Nojo'ya ta'sirlarning tez-tezligini aniqlashtirish quyidagi mezonlarga muvofiq o'tkaziladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥
1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda
(<1/10000), chastota noma'lum.
Tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha)
-bosh aylanishi, bosh og'rig'i
-metabolik alkaloz, suyuqlik va elektrolitlarning disbalansi (masalan, gipovolemiya, giponatriemiya)
-me'da-ichak buzilishlari (masalan, ishtahaning yo'qolishi, qorinning yuqori sohasida og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi,
ich qotishi)
-mushaklar spazmi
-charchoqlik, asteniya.
Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha)
-jigar fermentlarining (shu jumladan, gammaglutamiltranspeptidazaning), qonda siydik kislotasining kontsentrasiyasi,
qondagi glyukozaning, lipidlarning (masalan, trigliseridlar, xolesterinni) darajasini oshishi
-siydikning tutilishi, qovuqning kattalashishi.
Kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha)
- qonda mochevinaning, kreatininning oshishi.
Juda kam hollarda (<1/10000)
-qichishish, toshma, fotosensibilizasiya.
Tez-tezligi noma'lum
-anemiya, leykopeniya, trombositopeniya
-tserebral ishemiya, ongning chalqashligi, paresteziya
-ko'rishning buzilishi
-jiddiy teri reaktsiyalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz)
-quloqlardagi jaranglash, eshitishning yo'qolishi
-o'tkir miokard infarkti, miokard ishemiyasi, stenokardiya, xushdan ketish, gipotenziya
-tromboembolik asoratlar (yurak va Markaziy nerv tizimi)
-og'izni qurishi, pankreatit
-mialgiya
-podagra
-ekstrasistoliya, taxikardiya, yurakni tez urishi
-yuzning qizarishi
-burundan qon ketishi
-polidipsiya, meteorizm
- yuqori toliqish, giperfaollik, asabiylik, uyquchanlik, holsizlik
-tez-tez siyshi, poliuriya, nikturiya, siyishga chaqiruvlar
-impotentsiya va dispepsiya
-me'dadagi og'riq, kizilo'ngachdan qon ketishi, rektal qon ketishi, me'da-ichak yo'llariga qon quyilishi.
Klinik tadqiqotlarda qayd etilgan jiddiy nojo'ya ta'sirlarni hisobga olish lozim bo'ladi: yurak bo'lmachasi fibrillyasiyasi,
ko'krak qafasidagi og'riq, diareya, digitalisli intoksikasiya, giperglikemiya, giperurikemiya, gipokaliemiya, gipotenziya,
gipovolemiya, arterial gipotenziya, shunt trombozi, toshma, xushdan ketish va qorinchali taxikardiya.
Shu bilan birga, tarosemid qabul qilgan bemorda angiodistrofiya haqida xabar berilgan (keyinchalik unda sulfonamidlarga
allergiya aniqlangan).