×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TERPINKOD tabletkalari

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Faol modda:
Натрия гидрокарбонат, Кодеин, Терпингидрат
ATX kodi:
- R05FA02 Производные опия в комбинации с отхаркивающими препаратами
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
AMBROKSOL inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 Dongkwang Pharm. Co. Ltd Koreya
5 600 s`om dan
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N10 Татхимфармпрепараты, ОАО Rossiya
2 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TERPINKOD tabletkalari qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TERPINKOD®

TERPINCOD

 

Preparatning savdo nomi: Terpinkod®

Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): kodein+terpingidrat+natriya gidrokarbonat

Dori shakli: tabletkalar

Bir tabletka tarkibi:

Faol moddalar: kodein – 8 mg, terpingidrat – 250 mg, natriy gidrokarbonati – 250 mg.

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 71,1 mg, stearin kislotasi – 5,9 mg, talk –
15 mg.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik, faska va riskali tabletkalar. Biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: yo‘talga qarshi majmuaviy vosita (yo‘talga qarshi opioid vosita+balg‘am ko‘chiruvchi vosita).

ATX kodi: R05FA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Kodein – markaziy ta‘sirga ega bo‘lgan yo‘talga qarshi vosita, fenantren qatori alkaloidi. Opioid reseptorlarning agonisti, yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Tavsiya qilingan terapevtik dozalarda yo‘tal markazini susayishini chaqirmaydi, xilpillovchi epiteliyning faoliyatini buzmaydi va bronxial sekresiyani kamaytirmaydi, analgetiklar, uxlatuvchi va sedativ dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi. Ichakdagi opiat reseptorlarni faollashishi silliq mushaklarni bo‘shashini, peristaltikani pasayishini va barcha sfinkterlarning spazmini chaqiradi.

Terpingidrat bronxial bezlar sekresiyasini kuchaytiradi, balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega. Natriy gidrokarbonati bronxial shilliqning rN ni ishqoriy tomonga siljitadi, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi, shuningdek ma‘lum darajada xilpillovchi epiteliy va bronxiolalarning motor faoliyatini rag‘batlantiradi.

Terpinkod® yo‘tal refleksini susaytiradi va yo‘talda nafas yo‘llaridan shilliqni chiqarilishiga yordam beradi. Ichga qabul qilinganidan keyin ta‘sirining maksimumi 30-60 minut o‘tgach yuz beradi va 2-6 soat davom etadi.

Qo‘llanilishi

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi o‘pka va nafas yo‘llarining kasalliklaridagi (shu jumladan bronxopnevmoniya, bronxit, o‘pka emfizemasi) turli etiologiyali «quruq yo‘tal».

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta. Shifokorning maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 sutka.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (terini qichishishi, eshakemi). Ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyatlar, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Davomli nazoratsiz qo‘llanganida kodeinga qaramlik rivojlanishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, nafas yetishmovchiligi, bronxial astma, etonol yoki narkotik analgetiklarni bir vaqtda qabul qilish, bolalar (12 yoshgacha), homiladorlik va laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xloramfenikol jigarda kodeinning metabolizmini tormozlaydi va shu bilan uning organizmga ta‘sirini kuchaytiradi.

Markaziy nerv tizimining faoliyatini  susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, sedativ samarasi va nafas markaziga susaytiruvchi ta‘siri kuchayishi mumkin. Kodein etanolning psixomotor faoliyatga ta‘sirini kuchaytiradi.

Kodein katta dozalarda qo‘llanganida yurak glikozidlarining (digoksin va boshqalar) ta‘siri kuchayishi mumkin, chunki peristaltikani susayishi tufayli, ularni so‘rilishi kuchayadi. Adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar, kodeinni so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda kodeinni chiqarilishi sekinlashgan, shuning uchun preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirish tavsiya qilinadi.

Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Sportchilar preparat kodein saqlashini va doping ekanligini yodda tutishlari kerak;

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sedativ ta‘sirini rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor va harakat reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qusish, uyquchanlik, qovuq atoniyasi, ko‘rishni buzilishi bilan kechuvchi ko‘z soqqalarining xarakat koordinasiyasini buzilishi, bradipnoe, nafas markazini susayishi, aritmiyalar, bradikardiya.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mir yoki kaliy permanganati bilan me‘dani yuvish, nafas analeptiklarini, atropinni va kodeinning raqobatli fiziologik antagonisti – naloksonni yuborish.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TERPINKOD tabletkalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TERPINKOD tabletkalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TERPINKOD tabletkalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9