×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIMALIN liofilizat 10mg N10

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Тимуса экстракт
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Самсон-Mед, ООО
ATX kodi:
- L03AA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 91 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

48 700 s`om dan
METILURASIL suppozitorii 500mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
8 500 s`om dan
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 БИОКАД, ЗАО Rossiya
65 000 s`om dan
LEFNO tabletkalari 20mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
154 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TIMALIN liofilizat 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIMALIN

TYMALIN

 

Preparatning savdo nomi: Timalin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 ampula (1 flakon) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg yirik qoramol timusi (ayrisimon bez) ning quruq tozalangan ekstrakti;

yordamchi moddalar: glisin.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli amorf kukun yoki g‘ovaksimon massa.

Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyatorlar.

ATX kodi: L03A X.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamiasi

T- va V-limfositlarning va ularning subpopulyasiyalarining miqdorini va nisbatini boshqaradi, xujayra immunitetining reaksiyalarini rag‘batlantiradi, fagositozni kuchayiradi, regenerasiya va qon yaratilishini, ularning susayishi hollarida rag‘batlantiradi, shuningdek xujayra metabolizmi jarayonlarining kechishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Xujayra immunitetini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklarni kompleks davolashda:

  • suyak va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanishi kasalliklari;
  • regenerator jarayonlarni buzilishi (suyaklarni sinishi, kuyishlar, sovuq urishi, trofik yaralar, to‘qimalarni nurlanish oqibatidagi nekrozlari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi);
  • surunkali bakterial va virusli infeksiyalar, tarqalgan skleroz, obliterasiyalovchi ateroskleroz, revmatoid artrit;
  • nur bilan davolash yoki kimyoterapiya o‘tkazilgandan keyingi immunitetni va qon yaratilishini susayishi, antibiotiklarni katta dozalarda ishlatilganda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ishlatishdan oldin ampula (flakon) ichidagi modda 0,9% li natriy xloridi eritmasining 1-2 ml da eritiladi.

Timalinning dozalash sxemasini pasientning klinik va laborator tekshirishlari asosida klinik immunolog aniqlaydi.

Mushak ichiga har kuni quyidagi dozalarda yuboriladi: kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga – 5-20 mg dan (kursga 30-100 mg) immunitetni buzilishi darajasiga qarab, 3-10 davomida buyuriladi.

Bolalar. Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin.

Xujayraviy immunitetni buzilishlari (susayishi) borligi isbotlangan hollarda faqat shifokorning tavsiyasi va nazorati ostida qo‘llash kerak.

Immunitetni buzilish darajasiga qarab, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga -1 mg dan; 1-3 yoshlik bolalarga – 1-2 mg dan; 4-6 yosh bolalarga – 2-3 mg dan, 7-14 yosh bolalarga – 3-5 mg dan 3-10 kun davomida har kuni mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslari (1-6 oydan keyin) o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, teri toshmasi, giperemiya, terini qichishishi bo‘lishi mumkin.

Yuborish joyida o‘zgarishlar: yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparataning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Autoimmun kasalliklar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Biostimulyator va immunostimulyator preparatlar, rifampisin, izoniazid, glyukokortikoid preparatlar bilan mutanosib. Ta‘sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan Timalin va T-aktivin, timaktid, timogen yoki timoptin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Nomutanosibligi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin. Tayyorlanganidan keyin darhol qo‘llash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Timalin bilan davolashni immunologik ko‘rsatkichlarning muntazam nazorati ostida o‘tkazish kerak. IgE-ga bog‘liq patologiyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Timalin boshqa dori vositalariga bo‘lgan allergik reaksiyalarni, ular bir vaqtda qo‘llanganida potensiyalashi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. O‘rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya reaksiyalar kuchayishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Preparat 30 mg dan ampulada (flakonda). 10 ampuladan (flakonda) qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik ta‘siridan himoya qilish uchun original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIMALIN liofilizat 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIMALIN liofilizat 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIMALIN liofilizat 10mg N10 dori vositasi Самсон-Mед, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIMALIN liofilizat 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIMALIN liofilizat 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SITOXROM S liofilizat 10mg N5
XIMOTRIPSIN 0,01 eritma N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Самсон-Mед, ООО
XIMOTRIPSIN 0,01 eritma N10
SAMPROST liofilizat 0,005g N5
SAMPROST liofilizat 0,005g N10
Другие формы препарата
TIMALIN BELMED poroshok 10mg 9mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9