Timalinning aptekalardagi narxlari
TIMALIN liofilizat 10mg N10
|
|
90 ta dorixonada bor
|
57 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
114 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Timalin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TIMALIN
TYMALIN
Preparatning savdo nomi: Timalin
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi:
1 ampula (1 flakon) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg yirik qoramol timusi (ayrisimon bez) ning quruq tozalangan ekstrakti;
yordamchi moddalar: glisin.
Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli amorf kukun yoki g‘ovaksimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyatorlar.
ATX kodi: L03A X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiasi
T- va V-limfositlarning va ularning subpopulyasiyalarining miqdorini va nisbatini boshqaradi, xujayra immunitetining reaksiyalarini rag‘batlantiradi, fagositozni kuchayiradi, regenerasiya va qon yaratilishini, ularning susayishi hollarida rag‘batlantiradi, shuningdek xujayra metabolizmi jarayonlarining kechishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Xujayra immunitetini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklarni kompleks davolashda:
- suyak va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanishi kasalliklari;
- regenerator jarayonlarni buzilishi (suyaklarni sinishi, kuyishlar, sovuq urishi, trofik yaralar, to‘qimalarni nurlanish oqibatidagi nekrozlari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi);
- surunkali bakterial va virusli infeksiyalar, tarqalgan skleroz, obliterasiyalovchi ateroskleroz, revmatoid artrit;
- nur bilan davolash yoki kimyoterapiya o‘tkazilgandan keyingi immunitetni va qon yaratilishini susayishi, antibiotiklarni katta dozalarda ishlatilganda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin ampula (flakon) ichidagi modda 0,9% li natriy xloridi eritmasining 1-2 ml da eritiladi.
Timalinning dozalash sxemasini pasientning klinik va laborator tekshirishlari asosida klinik immunolog aniqlaydi.
Mushak ichiga har kuni quyidagi dozalarda yuboriladi: kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga – 5-20 mg dan (kursga 30-100 mg) immunitetni buzilishi darajasiga qarab, 3-10 davomida buyuriladi.
Bolalar. Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin.
Xujayraviy immunitetni buzilishlari (susayishi) borligi isbotlangan hollarda faqat shifokorning tavsiyasi va nazorati ostida qo‘llash kerak.
Immunitetni buzilish darajasiga qarab, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga -1 mg dan; 1-3 yoshlik bolalarga – 1-2 mg dan; 4-6 yosh bolalarga – 2-3 mg dan, 7-14 yosh bolalarga – 3-5 mg dan 3-10 kun davomida har kuni mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslari (1-6 oydan keyin) o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, teri toshmasi, giperemiya, terini qichishishi bo‘lishi mumkin.
Yuborish joyida o‘zgarishlar: yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparataning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Autoimmun kasalliklar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Biostimulyator va immunostimulyator preparatlar, rifampisin, izoniazid, glyukokortikoid preparatlar bilan mutanosib. Ta‘sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan Timalin va T-aktivin, timaktid, timogen yoki timoptin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Nomutanosibligi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin. Tayyorlanganidan keyin darhol qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Timalin bilan davolashni immunologik ko‘rsatkichlarning muntazam nazorati ostida o‘tkazish kerak. IgE-ga bog‘liq patologiyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Timalin boshqa dori vositalariga bo‘lgan allergik reaksiyalarni, ular bir vaqtda qo‘llanganida potensiyalashi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. O‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya reaksiyalar kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Preparat 30 mg dan ampulada (flakonda). 10 ampuladan (flakonda) qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik ta‘siridan himoya qilish uchun original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari