Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
15 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashSaqlash shartlari | В сухом, защищенном от света месте, при температуре 15–25 °C. Хранить в недоступном для детей месте. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 3 года. Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке. |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TINIDAZOL
TINIDAZOL
Preparatning savdo nomi: Tinidazol
Ta‘sir etuvchi modda: Tinidazol
Dori shakli: Plyonka qobiqli tabletkalar.
Tarkibi:
Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Tinidazol – 500 mg.
yordamchi moddalar: laktoza, suvsiz kolloidli kremniy, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, metilgidroksibenzoat, natriy kroskarmellozasi.
Ta‘rifi: Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Lamblia larga nisbatan faol. Quyidagi anaerob mikroorganizmlarga: Bacteroides spp. (shu jumladan V. melaninogenicus) Clostridum spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Peptococus spp., Peptjstreptococus spp., Veillonella spp. ga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi qo‘zg‘atuvchilarning DNK sintezini susaytirishi va strukturasini buzishiga bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qonda 2 soatdan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishiladi va 12 soatgacha saqlanadi (40-51 mkg/ml ni tashkil qilib, 12 soatdan keyin 11-19 mkg/ml ga, 72 soatdan keyin 1 mkg/ml gacha kamayadi).
Tinidazol organizmning barcha to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 12% ni tashkil etadi.
Preparat biotransformasiyasi jigarda yuz beradi. Taxminan 60-65% buyrak orqali (shu jumladan 20-25% o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng qabul qilinadi. Trixomoniaz va lyambliozda preparat kattalarga kuniga bir marta 2 g (4 tabletka) dan buyuriladi; bolalarga kuniga 1 marta tana vazniga 50-75 mg/kg dan buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda, preparatni o‘sha dozada qayta qabul qilish mumkin. Ichak amebiazida kattalar uchun kunlik doza 2 g ni tashkil qiladi va preparat 2-3 kun qabul qilinadi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg/kg hisobidan buyuriladi, davolash kursi – 3 kun.
Jigar amyobiazida: preparat kattalarga kuniga 1,5-2 g boshlang‘ich dozada buyuriladi. Davolash kursi – 3 kun, zaruratga tug‘ilganda, davolash kursi 6 kungacha uzaytirilishi mumkin. Infeksiyaning og‘irligiga qarab, kurslik doza 4,5-12 g ni tashkil qiladi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg doza hisobidan buyuriladi, davolash muddati – 5 kun.
Anaeroblar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarini davolashda, kattalarga davolanishning birinchi kuni bir marta sutkada – 2 g buyuriladi, keyin sutkada 1 g dan buyuriladi. Davolash 5-6 kun davom etadi. Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda kattalarga operasiyadan 12 soat oldin 2 g dan bir marta buyuriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyalarni davolash va oldini olishda, preparatni qo‘llash bezararligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, og‘izni qurishi va unda yoqimsiz ta‘m paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya, kam xollarda tirishish.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terida toshmalar, angionevrotik shish.
Boshqalar: kam hollarda – tranzitor leykopeniya, holsizlanish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llanganda tinidazol bilvosita antikoagullyantlarning qon ivishiga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Trixomoniazni davolashda tinidazol bilan ikkala jinsiy sherikni bir vaqtda davolash kerak. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agarda davolash 6 kundan ko‘pga cho‘zilsa, periferik qon ko‘rinishini muntazam nazorat qilish kerak. Antabussimon reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, tinidazol bilan davolash jarayonida alkogol is‘temol qilishdan, saqlanish lozim. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyani davolashda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar talab etadigan potensial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak. (avtotranport va mexanizmlarni boshqarish).
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari ta‘riflanmagan, agar paydo bo‘lsa, davolash simptomatik. Maxsus antidot yo‘q. Tinidazol dializ orqali chiqariladi.
Chiqarilish shakli
500 mg dan plyonka qobiq bidan qoplangan tabletkalar kontur uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bilan.