×
×
  • RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- КРКА д.д.
ATX kodi:
- N02AX52
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN tabletkalari N30 Lafz, ООО O'zbekiston
88 000 s`om dan
PIRALGIN tabletkalari N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RAMLEPSA®

RAMLEPSA®

 

Preparatning savdo nomi: Ramlepsa®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, tramadol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

tramadol gidroxloridi            – 37,5 mg

parasetamol                               – 325,0 mg

yordamchi moddalar: qayta jelatinlangan kraxmal, natriy kraxmal glikolyat (A tur), mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

Plyonka qobig‘i: Sariq Opadray 15V82958*

* Sariq Opadray 15V82958: gipromelloza 3 mPas, gipromelloza 6 mPas, polietilenglikol 400, polisorbat 80, titan dioksidi, temir (III) oksidi.

Ta‘rifi: oval, biroz ikki tomon yoqlama qavariq, sariq-jigarrang rangli plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy analgetik vosita (aralash ta‘sir mexanizmli analgetik vosita + analgetik nonarkotik vosita)

ATX kodi: N02AX52

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tramadol –markaziy nerv tizimiga (MNT) ta‘sir qiluvchi sintetik narkotik analgetik. Bosh miya va me‘da-ichak yo‘llaridagi (MIY) nosiseptiv tizimidagi afferent tolalarining pre- va postsinaptik membranalaridagi opioid reseptorlarning (µ-, δ-, k-) noselektiv agonisti xisoblanadi.

Analgetik ta‘sirining boshqa mexanizmlari neyronlarda noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibisiya bo‘lishi va serotoninni ajralib chiqishini kuchayishi xisoblanadi. Tramadol yo‘talga qarshi ta‘sirga ega. Morfindan farqli ravishda tramadol analgetik dozalarda nafas faoliyatini susaytirmaydi va me‘da-ichak yo‘llarining motorikasiga ta‘sir qilmaydi. Tramadolni yurak-tomir tizimiga samaralari odatda yengil ifodalangan. Analgetik ta‘sirining yaqqolligi marfindan 6-10 marta kuchsiz.

Parasetamol: analgetik ta‘sirining aniq mexanizmi noma‘lum, ehtimol markaziy va periferik samaralaridan iboratdir.

Og‘riqni bartaraf qilish bo‘yicha JSST tavsiyalarida Ramlepsa® II bosqichli analgetiklarga kiradi; tavsiyalarga muvofiq qo‘llash kerak.

Farmakokinetikasi

Tramadol ikki enantiomer: o‘ngga aylanuvchi (+) va chapga aylanuvchi (-) enantiomerlarning rasemik aralashmasidan iborat. Qonda Mono-O-dezmetiltramadol metaboliti (M1) aniqlanadi. Tramadolni so‘rilishi, parasetamolga nisbatan sekin yuz beradi, ayni vaqtda tramadolning yarim chiqarilish davri (T1/2) uzunroq.

Parasetamol/tramadol (37,5 mg/325 mg) tabletkalari bir marta ichga qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiya (Smax) [(+)-tramadol/(-)-tramadol] –
64,3/55,5 ng/ml ga va parasetamol 4,2 mkg/kg ga muvofiq [(+)-tramadol/(-)-tramadol] 1,8 soat o‘tgach, parasetamol 0,9 soat o‘tgach erishiladi.

Parasetamol/tramadol ichga qabul qilinganida preparatning ta‘sir qiluvchi moddalaridan xar biri aloxida qabul qilinganda kuzatiladigan ko‘rsatkichlarga farmakokinetik parametrlarining ahamiyatli o‘zgarishlari nisbatan aniqlanmagan.

So‘rilishi

Ichga qabul qilinganida tramadolning rasemati tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Bir martalik 100 mg dozaning mutloq biokiraolishi taxminan 75% ni tashkil qiladi, takroran qo‘llanganida – taxminan 90% gacha oshadi.

Ichga qabul qilinganidan keyin parasetamolning ingichka ichakda so‘rilishi tez va deyarli to‘liq yuz beradi. Qon plazmasidagi parasetamolning Smax ga 1 soat o‘tgach erishiladi va tramadol bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘zgarmaydi.

Ovqat qabul qilish tramadol va parasetamolning Smax yoki so‘rilish darajasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Taqsimlanishi

Tramadol to‘qimalarga yuqori yaqinlikka ega (V=203±40 l). Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 20% ni tashkil qiladi.

Parasetamol organizmning yog‘dan tashqari, ko‘pchilik to‘qimalariga, yaxshi taqsimlanadi. Taxmin qilingan taqsimlanish xajmi taxminan 0,9 l/kg ni tashkil qiladi. Parasetamolning nisbatan kam qismi (≈20%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi

Ichga qabul qilinganidan keyin tramadol O-metillanish yo‘li bilan (CYP2D6 izofermenti tomonidan katalizlanadi) M1 metabolitigacha, so‘ngra esa – N-demetillanish (CYP3A izofermenti tomonidan katalizlanadi) yo‘li bilan M2 metabotitigacha metabolizmga uchraydi. keyinchalik glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiya bo‘ladi. M1 Qon plazmasidan T1/2 7 soatni tashkil qiladi. M1 metaboliti analgetik samaraga ega va tramadolning o‘ziga nisbatan yaqqolroq ta‘sir ko‘rsatadi. Qon plazmasidagi M1 konsentrasiyasi tramadolning konsentrasiyasiga nisbatan bir necha marta past.

Parasetamol asosan jigarda ikkita asosiy yo‘l: glyukuronizasiya va sulfasiya yo‘llari bilan metabolizmga uchraydi. Agar doza terapevtik dozadan yuqori bo‘lsa, oxirgi yo‘li tez to‘yinadi. Dozaning katta bo‘lmagan (4% dan kamroq) qismi sitoxrom R450 ta‘siri ostida faol metaboliti (N-asetilbenzoxinonimin) gacha metabolizmga uchraydi, u normada glyutation tomonidan tez neytrallanadi va sistein va merkaptopurin kislotasi bilan kon‘yugasiya bo‘lganidan keyin buyraklar orqali chiqariladi. Lekin dozasi yaqqol oshirib yuborilganida, bu metabolitning konsentrasiyasi oshadi.

Chiqarilishi

Tramadol va uning metabolitlari, asosan buyraklar orqali chiqariladi: 30% o‘zgarmagan xolda, 60% esa – metabolitlari shaklida chiqariladi.

Parasetamolning T1/2 kattalarda 2 dan 3 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil qiladi. Bolalarda u biroz qisqa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda esa – uzaygan. Parasetamol asosan glyukuron va sulfon kon‘yugatlari ko‘rinishida chiqariladi, ularni xosil bo‘lishi parasetamolning dozasiga bog‘liq. Parasetamolning 9% dan kamroq qismi o‘zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqariladi.

Buyrak yetishmovchiligida preparatning xar ikkala faol komponentlarining T1/2 uzayadi.

Qo‘llanilishi

  • Turli etiologiyali o‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromi, shu jumladan yallig‘lanish, jarohat, qon tomirlarni shikastlanishi oqibatida rivojlangan og‘riq sindromini simptomatik davolash; (tramadol va parasetamol bilan majmuaviy davolashning zaruratida) bo‘lganda.
  • Og‘riqli diagnostik va davo muolajalarini o‘tkazishda og‘riqsizlantirish uchun qo‘llanadi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqalanishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Ramlepsa® tabletkalari butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutiladi. Chaynash yoki qismlarga bo‘lish mumkin emas.

Ramlepsa® preparati shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanadi. Preparatining dozasi og‘riq sindromining yaqqollik darajasi va o‘tkazilayotgan davolashning samarasiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi. Og‘riqsizlantirish maqsadida odatda minimal samarali doza buyuriladi. Ramlepsa® preparatini takroriy va uzoq muddat qilish zarurat bo‘lganida, davolashni shifokorning sinchkov nazorati ostida o‘tkazish kerak. Davolashni davom ettirish zaruratini baxolash uchun, davolashda iloji boricha tanaffuslar bilan qabul qilish kerak.

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar

Ramlepsa® preparatining tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 1-2 tabletkani tashkil qiladi preparatni qabul qilishlar o‘rtasida kamida 6 soatlik interval bo‘lishi kerak. Ramlepsa® preparatining maksimal sutkalik dozasi – 8 tabletka (300 mg tramadol va 2600 mg parasetamolga ekvivalent) ni tashkil etadi.

Bolalar

14 yoshdan kichik bolalarga Ramlepsa® preparatini qabul qilish mumkin emas, chunki 14 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Keksa yoshli pasientlar (75 yosh va undan katta)

Ramlepsa® preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Lekin, tramadolni sekin chiqarilishi mumkinligi tufayli, preparatni qabul qilishlari orasidagi interval oshirilishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda tramadolni chiqarilishi sekinlashadi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi (KK 10-30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda preparatni qabul qilishlari orasidagi interval kamida 12 soatni tashkil qilishi kerak.

Gemodializ yoki gemofiltrasiya o‘tkazilganida tramadol organizmdan juda sekin chiqarilishi tufayli, dializ muolajasidan keyin odatda preparatni qo‘llash talab etilmaydi.

.Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda tramadolni chiqarilishi sekinlashadi. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Ramlepsa® preparatini qo‘llash mumkin emas. Jigar faoliyatini o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lganida, preparatni qabul qilishlari orasidagi intervalni uzaytirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini tasnifi:

juda tez-tez               ≥1/10

tez-tez                        ≥1/100 dan ˂1/10 gacha

tez-tez emas               ≥1/1000 dan ˂1/100 gacha

kam hollarad             ≥1/10000 dan ˂1/1000 gacha

juda kam hollarad   ≤1/100000 dan

uchrash-tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas.

Har bir guruxda noxush samaralari ularning jiddiyligini kamayishi tartibida berilgan. Klinik tadqiqotlar davomida eng ko‘p aniqlangan nojo‘ya ko‘rinishlar: ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va uyquchanlik, ular 10% dan ko‘proq pasientlarda kuzatilgan.

Metabolizmni va ovqatlanishni  buzilishlari:

noma‘lum: gipoglikemiya

Ruxiyatni buzilishlari:

tez-tez: ongni chalkashishi, kayfiyatni beqarorligi (xavotirlik, asabiylik, eyforiya), uyquni buzilishi;

tez-tez emas: depressiya,galyusinasiyalar, “dahshatli” tushlar ko‘rish, amneziya;

kam hollarda: doriga qaramlik;

Postmarketing kuzatuvlar:

juda kam hollarda: suiiste‘mol qilish.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

juda tez-tez: bosh aylanishi, uyquchanlik

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, tremor;

tez-tez emas: mushaklarni ixtiyorsiz qisqarishi, parasteziya;

kam hollarda: ataksiya, tirishishlar.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi.

Eshitish a‘zosi tomonidan va labirintdagi buzilishlar:

tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: aritmiya, taxikardiya, yurak urishini xis qilish.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: arterial bosimni (AD) oshishi, yuz terisiga qonni “oqib kelishi” hissi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: xansirash.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

juda tez-tez: ko‘ngil aynishi;

tez-tez: ko‘ngil aynishi;

tez-tez: qusish, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurushi, diareya qorinda og‘riq, dispepsiya, meteorizm;

tez-tez emas: disfagiya, melena.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

tez-tez: kuchli terlash, terini qichishishi;

tez-tez emas: teri toshmasi, eshakemi.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: siyishni buzilishi (dizuriya va siydikni tutilishi), albuminuriya.

juda kam hollarda: jiddiy teri reaksiyalari. Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar;

tez-tez emas: isitma, ko‘krakda og‘riq (umuman organizmda: kam hollarda: qaltirash, yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”ni xis qilish, ko‘krak qafasida og‘riq)

Laborator va instrumental ma‘lumotlar:

tez-tez emas: transaminazalar faolligini oshishi.

Klinik sinovlarda uchramagan noxush samaralari, lekin ularni tramadol yoki parasetamolni qo‘llash bilan bog‘liqligini istisno qilish mumkin emas

Tramadol:

  • ortostatik gipotenziya, bradikardiya, kollaps;
  • klinika amaliyotida varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kam hollarda varfarinning samarasini o‘zgarishi, shu jumladan protrombin vaqtini uzayishini kuzatilgan;
  • kam hollarda: respirator simptomlar (masalan, xansirash, bronxospazm, xushtaksimon nafas, angionevrotik shish) bilan kechuvchi allergik reaksiyalar va anafilaktik shok;
  • kam hollarda: ishtaxani o‘zgarishi, mushaklarni kuchsizligi va nafasni susayishi;
  • ruhiy buzilishlar, ular jadalligi va tabiati bo‘yicha (shaxsning turi va davolashning davomiyligiga qarab) farqlanadilar: kayfiyatni o‘zgarishlari (odatda, eyforiya, ba‘zida disforiya), xarakat faolligini o‘zgarishi (odatda kuchli toliqish, kamroq faollikni oshishi) va kognitiv faoliyatlar va sezuvchanlikni o‘zgarishi (ya‘ni xis qilishni va xulqni o‘zgarishi);
  • bronxial astmaning kechishini zo‘rayish hollari ta‘riflangan. Sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan;
  • narkotik analgetiklarni bekor qilinganida kuzatiladigan belgilarga o‘xshash “bekor qilish” sindromining belgilari: ajitasiya, xovotirlik, asabiylik, uyqusizlik, giperkineziya, tremor va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar. Juda kam hollarda tramadol to‘satdan bekor qilinganida boshqa simptomlar aniqlangan: sarosima xurujlari, yaqqol xovotirlik, gallyusinasiyalar, parasteziya, quloqlarda shovqin va MNT tomonidan xarakterli bo‘lmagan simptomlar kuzatilgan.

Parasetamol:

  • parasetamol qo‘llanganida noxush reaksiyalar kam hollarda kuzatilgan, , o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi shu jumladan teri toshmasi bo‘lishi mumkin. Qon yaratish a‘zolari tomonidan buzilishlar, shu jumladan trombositopeniya va agranulositoz hollari ta‘riflangan. Parasetamolni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
  • parasetamolni bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash gipoprotrombinemiya chaqirishi mumkinligi xaqida bir necha xabarlar bor.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning faol moddalari yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • nafas faoliyatini susayishi yoki MNT ning faoliyatini jiddiy susayishi bilan kechuvchi xolatlar (ya‘ni alkogol, uyqu dori vositalari (DV), narkotik analgetiklar va boshqa psixofaol DV bilan o‘tkir zaxarlanishi);
  • monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda va ular bekor qilinganidan keyin 2 xafta davomida qo‘llash;
  • og‘ir darajadagi jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 10 ml dan kam);
  • davolash bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq;
  • narkotik DV ni to‘xtatish oqibatidagi “bekor qilish” sindromi;
  • bolalar (14 yoshgacha) (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: o‘rtacha og‘irlik darajadagi jigar yetishmovchiligi; o‘rtacha og‘irlik darajali buyrak yetishmovchiligi (KK 10-30 ml/min); opioidlarga qaramliligi bo‘lgan pasientlar, tirishish sindromiga moyilligi bo‘lgan bosh-miya jarohati yoki nazorat qilish mumkin bo‘lgan tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar, yoki tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi preparatlarni (ayniqsa serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, markaziy ta‘sirga ega analgetiklar yoki maxalliy anasteziyalovchi vositalar) bir vaqtda qabul qilish; o‘t- chiqarish yo‘llarini disfunksiyasi, shok xolatida, noma‘lum etiologiyali ongni buzilishi, nafas markazi faoliyatini buzilishi yoki nafas yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar; bosh miya ichki gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar; opioid reseptorlarning agonistlari-antagonistlari yoki qisman agonistlari (buprenorfin, nalbufen, pentazosin) bilan, maxalliy anasteziya vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash; yuzaki umumiy anasteziya (masalan, enfluran va dinitrogen oksidi) ni o‘tkazishdan oldin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tramadol serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI), serotoninni va norepinefrin qayta qamrab olinishini ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, antipsixotiklar va tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa preparatlar (bupropion, mirtazapin kabilar) qo‘llanganida tirishishlarni chaqirishi va tirishishlar rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Tramadol va serotoninergik preparatlar (SQQOSI), serotoninni va norepinefrin qayta qamrab olinishini ingibitorlari, MAO ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar va mirtazapin) bir vaqtda qo‘llanganida, serotoninning toksikligini chaqirishi mumkin.

Quyidagi simptomlardan biri bo‘lganida serotonin sindromini taxmin qilish mumkin:

  • spontan klonus,
  • ajitasiya va terlash bilan kechuvchi induksiyalangan yoki okulyar klonus,
  • tremor va giperrefleksiya,
  • arterial gipertenziya, tana xaroratini >38oS dan oshishi, induksiyalangan yoki okulyar klonus.

Serotoninergik preparatlarni bekor qilish odatda tez yaxshilanishga olib keladi. Davolash simptomlarning og‘irlik turiga bog‘liq.

Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas:

  • MAO ni noselektiv ingibitorlari, MAO ni selektiv ingibitorlari A (qaytuvchi) va MAO ni selektiv ingibitorlari V (qaytmas): serotonin sindromini (diareya, taxikardiya, terlash, tremor, ongni xatto komagacha chalkashishi) yoki MNT qo‘zg‘alashini, uni eslatuvchi simptomlarni rivojlanish xavfi bor. Ramlepsa® preparatini MAO ingibitorlari bekor qilinganidan keyin 2 xafta o‘tgach qabul qilish kerak.

Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi:

  • alkogol: tramadolning sedativ ta‘sirini kuchayishi, diqqatni susayishi. Alkogolli ichimliklar yoki spirt saqlovchi dori preparatlarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
  • karbamazepin va jigarning mikrosomal fermentlarini boshqa induktorlari (masalan, fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar): qon plazmasida tramadolning konsentrasiyasini kamayishi oqibatida samaradorligi pasayishi (og‘riq qoldiruvchi samarasi va uning davomiyligini kamayish) mumkin.
  • opioid reseptorlarning agonistlari-antagonistlari yoki qisman agonistlari (buprenorfin, nalbufin, pentazosin): reseptorlarni raqobatli bloklanishi xisobiga samaradorlik pasayishi (og‘riq qoldiruvchi samarasi kamayishi), “bekor qilish” mumkin sindromini rivojlanish xavfi bor.

Bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi:

  • Tramadolni boshqa serotoninergik vositalar (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va triptanlar) bilan bir vaqtda qo‘llash bilan xronologik bog‘liq bo‘lgan serotonin sindromi (ongni chalkashishi, ajitasiya, isitma, terlash, ataksiya, giperrefleksiya, mioklonus va diareya) hollari ta‘riflangan.
  • Boshqa narkotik analgetiklar (yo‘talga qarshi vositalar va opioid qaramlikda o‘rinbosar davolash sifatida qo‘llanadigan vositalar), benzodiazepinlar va barbituratlar: nafas faoliyatini susayish xavfi, u doza oshirib yuborilganida o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
  • MNT ning faoliyatini susaytiruvchi boshqa preparatlar: narkotik analgetiklar (shu jumladan yo‘talga qarshi vositalar va opioid qaramlikda o‘rinbosar davolash sifatida qo‘llanadigan vositalar), barbituratlar, benzodiazepinlar, anksiolitiklar, uyqu vositalari, sedativ antidepressantlar, sedativ xususiyatlari bo‘lgan N1-gistamin reseptorlarining blokatorlari, neyroleptiklar, markaziy ta‘sirga ega bo‘lgan gipotenziv preparatlar, talidomid va baklofen – MNT ning faoliyatini tramadol ta‘sirida qo‘shimcha susayishi.
  • Bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin): garchi Xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishi xaqida xabarlar bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
  • CYP3A4 izofermentining boshqa ingibitorlari, masalan, ketokonazol va eritromisin tramadol (N-demetillanish) va faol O-demetillangan (M1) metabolitini metabolizmni ingibisiya qilishi mumkin. Bunday o‘zaro ta‘sirning klinik axamiyati o‘rganilmagan.
  • Bupropion kabi tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori preparatlari, serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari (antidepressantlar), trisiklik antidepressantlar va neyroleptiklar: tirishishlarni paydo bo‘lish xavfi bor.
  • Metoklopramid yoki domperidonning ta‘siri ostida parasetamolning so‘rilish tezligi oshadi, kolesteramin ta‘siri ostida esa so‘rilishi pasayadi.
  • Qusishga qarshi dori vositasi ondansetronni (5-NTZ-serotonin reseptorlarining blokatori) operasiyadan oldin yoki keyin qo‘llash, operasiyadan keyingi og‘riq sindromi bo‘lgan pasientlarda tramadolning yuqoriroq dozalarini qo‘llashni talab qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kattalar va 14 yosh va undan katta bolalarda Ramlepsa® preparatining maksimal sutkalik dozasi 8 tabletkadan oshmasligi kerak. Pasientlar tavsiya etilgan dozadan oshirish yoki shifokorning maslaxatisiz bir vaqtda tramadol va parasetamol (shu jumladan reseptsiz beriladigan) saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish mumkin emasliklari xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Ramlepsa® preparatini og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 10 ml dan kam) da tavsiya etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Ramlepsa® preparatini qo‘llash mumkin emas. Parasetamolning dozasini oshirib yuborilish xavfi jigarni nosirrotik alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori bo‘ladi. Jigar faoliyatini o‘rtacha ifodalangan buzilishlarida preparatni qabul qilishlari orasidagi intervalni uzaytirish kerak.

Og‘ir darajadagi nafas yetishmovchiligida Ramlepsa® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Opioid qaramligi bo‘lgan pasientlarda tramadol o‘rinbosar davolash sifatida qo‘llanmaydi. Tramadol morfinning “bekor qilish” sindromini bartaraf qilmaydi.

Tirishish sindromini rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan yoki bir vaqtda tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi preparatlarni (ayniqsa serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, markaziy ta‘sirga ega bo‘lgan analgetiklar yoki maxalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar) qabul qilayotgan pasientlarda, tramadolni qo‘llash fonida tirishishlarni rivojlanishi kuzatilgan. Tramadolni tavsiya etilgandan maksimal dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida tirishishlar paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Nazorat qilish mumkin bo‘lgan tutqanog‘i bilan xastalangan pasientlarda va tirishish sindromi rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda, Ramlepsa® preparati faqat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Opioid reseptorlarning agonistlari-antagonistlari yoki qisman agonistlarini (buprenorfin, nalbufen, pentazosin) bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ramlepsa® preparatini opioid qaramligi, tirishish sindromi rivojlanishiga moyilligi, anamnezida bosh-miya jarohati bo‘lgan, o‘t chiqarish yo‘llarining kasalliklari, shok xolatida bo‘lgan, noma‘lum etiologiyali ongni buzilishi, nafas yetishmovchiligi va bosh miya gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Parasetamol yuqori dozalarda gepatotoksikdir.

Terapevtik dozalarda qo‘llangan tramadol bekor qilinganida, “bekor qilish” sindromining belgilari kuzatilishi mumkin. Kam hollarda, preparat uzoq muddat nazoratsiz qo‘llanganida doriga qaramlik rivojlanishi mumkin.

Narkotik analgetiklarni bekor qilinganida kuzatiladigan simptomlarga o‘xshash “bekor qilish” sindromi paydo bo‘lishi mumkin.

Dinitrogen oksidi bilan umumiy yuzaki anasteziya o‘tkazish vaqtida tramadolni qo‘llash ta‘riflangan, u operasiya vaqtida uyg‘onishga yordam bergan. O‘tkazish vaqtida, Yuzaki anasteziya (masalan, enfluran va dinitrogen oksidi bilan) qo‘shimcha ma‘lumot olingunicha tramadolni qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Ramlepsa preparatini xomiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Aloxida e‘tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (masalan, avtotransportni boshqarish, xarakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash) bajarish qobiliyatiga ta‘siri: Ramlepsa® preparati transportni boshqarish va xarakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga yaqqol ta‘sir ko‘rsatadi. Tramadol uyquchanlik va bosh aylanishi chaqirishi mumkin, ular alkogol va MNT ning faoliyatini susaytiruvchi boshqa vositalar ta‘siri ostida kuchayishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ramlepsa® preparatining dozasini oshirib yuborilish simptomlari, tramadol yoki parasetamolning, shuningdek xar ikkala faol komponentlarning dozasini oshirib yuborilish simptomlaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Tramadolning dozasini oshirib yuborilish simptomlari (narkotik analgetiklar uchun xarakterli bo‘lgan):

Mioz, qusish, kollaps, ongni xatto koma rivojlanishigacha bo‘lgan buzilishi, tirishishlar, nafas faoliyatini apnoegacha susayishi.

Parasetamolning dozasini oshirib yuborilishi:

Parasetamolning dozasini o‘tkir oshirib yuborilish: (parasetamol qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida rivojlanadi): teri qoplamalarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtaxani anoreksiyagacha pasayishi, qorinda og‘riq.

Parasetamolning dozasini surunkali oshirib yuborilishi: (parasetamol qabul qilinganidan keyin 12-48 soat o‘tgach rivojlanadi): og‘ir zaxarlanishda jigar yetishmovchiligi ensefalopatiya, koma va o‘lim holati rivojlangunigacha zo‘rayib borishi mumkin; miya shishi, gipokoagulyasiya, DVS-sindromini rivojlanishi, glyukoza metabolizmini buzilishi (gipoglikemiya) va metabolik asidoz; yurak aritmiyasi va pankreatit, kollaps rivojlanishi mumkin. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (o‘tkir tubulyar nekroz) xatto jigarni og‘ir darajada shikastlanishi bo‘lmaganida xam rivojlanishi mumkin.

Jigarni shikastlanishi kattalarda parasetamol 4 g yoki undan ko‘proq qabul qilinganda bo‘lishi mumkin. Toksik metabolitining ortiqcha miqdori ( parsetamol adekvat ravishida dozalanganida glyutation tomonidan faolsizlantiriladi) jigar to‘qimasi bilan qaytmas bog‘lanadi.

Davolash

Ixtisoslashtirilgan bo‘limga shoshilinch gospitalizasiya qilinadi. Agar pasient xushida bo‘lsa, qusishni chaqirish va me‘dani yuvish va adsorbentlarni (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish kerak. Davolash boshlanishidan oldin, iloji boricha parasetamol va tramadolning plazmadagi konsentrasiyalarini aniqlash, va jigar faoliyatini baxolash (boshida va dinamikada (xar 24 soatda)) kerak. Odatda “jigar” fermentlarining (aspartataminotransferaza (AST), alanin aminotransferaza (ALT)) faolligini oshishi aniqlanadi, u so‘ngra bir-ikki xaftadan keyin normallashadi. Nafas va yurak-tomir tizimlarining faoliyatini tutib turish kerak; nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta‘minlash; nafas faoliyati susayganida (tramadolning dozasi oshirib yuborilganida) nalokson yuboriladi, tirishishlarda – vena ichiga diazepam yuboriladi.  Parasetamolni taxminan 4 g yoki undan ko‘proq miqdorda qabul qilgan kattalar yoki o‘smirlarga oxirgi 4 soat davomida, parasetamolni 150 mg/kg qabul qilgan bolaga keyingi 4 soat davomida me‘dani yuvish o‘tkaziladi. Doza oshirib yuborilganidan keyin 4 soat o‘tgach jigarni shikastlanish xavfini baxolash uchun qon plazmasida parasetamolning konsentrasiyasini (Rumakk-Metyu nomogrammasi yordamida) aniqlash kerak. Ichga meteonin yoki vena ichiga asetilsisteinni qo‘llash talab etilishi mumkin, bu, xech bo‘lmaganda, doza oshirib yuborilganidan keyin birinchi 48 soat davomida ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Parasetamol qabul qilinganidan keyin birinchi 8 soatda asetilsisteinni qo‘llash (vena ichiga yuborish) eng samarali xisoblanadi. Agar parasetamol qabul qilinganidan keyin 8 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, butun davolash davri davomida asetilsisteinni ichga yoki vena ichiga qo‘llash kerak. Dozasi og‘ir darajada oshirib yuborilishiga gumon qilinganda asetilsistein bilan davolashni darxol boshlash kerak. Gemodializ yoki gemofiltrasiya samarali emas.

Parasetamolning qabul qilingan dozasidan qat‘iy nazar, antidot (asetilsistein) iloji boricha tezroq, doza oshirib yuborilganidan keyin birinchi 8 soat davomida, ichga yoki vena ichiga yuborilishi kerak.

Chiqarilish shakli

Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 37,5 mg+325 mg.

10 tabletkadan PVX/PVDX oq folga va alyumin folgali blisterda.

1, 2, yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Faqat resept bo‘yicha

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 dori vositasi КРКА д.д. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N20
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7
VAZILIP tabletkalari 20mg N28
VAZILIP tabletkalari 10mg N28
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N60
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N30
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N60
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N60
DIFLAZON kapsulalar 150mg N1
LORISTA N 100 tabletkalari 100mg/12,5mg N28
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N20
EMANERA kapsulalar 20mg N14
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N20
EFLORAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9