×
×
  • TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
ATX kodi:
- N02AX02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10 Ирбитский ХФЗ,ОАО Rossiya Federatsiyasi
900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TRAMADOL LANNAXER

TRAMADOL LANNAHER

 

Preparatning savdo nomi: Tramadol Lannaxer

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tramadol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan, ichga qabul qilish uchun tabletkalar 50 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg tramadol gidroxloridi,

yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, povidon, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: 30% li polietilakrilat dispersiyasi, makrogol 6000, gipromelloza 5 mPa, talk, titan dioksidi.

Ta‘rifi: dumaloq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni qavariq, sindirish chiziqchasisiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetiklar. Opioidlar.

ATX kodi: N02AX02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tramadol Lannaxer – markaziy ta‘sirga ega kuchli og‘riq qoldiruvchi vosita, siklogeksanol hosilasi. Markaziy nerv tizimidagi spesifik opioid reseptorlarning noselektiv agonisti hisoblanadi va og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi. Og‘riq qoldiruvchi boshqa ta‘sir mexanizmi bo‘lib neyronlar tomonidan noradrenalin va serotoninni qamrab olishini susayishi hisoblanadi. Terapevtik dozalarda nafasni susaytirmaydi. Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri qabul qilgandan 15-30 minutdan keyin rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

Tramadol Lannaxer ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Tramadol Lannaxer biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi. Tramadol va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi, yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Kuchli va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromida;

– operasiyadan keyingi davr;

– jarohatlarda;

– nevralgiyalarda;

– onkologik bemorlardagi og‘riqlar;

– og‘riqli diagnostik yoki davolovchi muolajalardagi o‘tkazishdagi og‘riqsizlantirishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tramadol Lannaxer shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi, preparatning dozalash tartibi individual ravishda, og‘riq sindromini yaqqolligiga va bemorning sezuvchanligiga qarab tanlanadi.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi, preparatni davolash nuqtai nazaridan ma‘qullangan muddatidan ortiq buyurish mumkin emas. Odatdagi boshlang‘ich dozasi – 1 tabletka (50 mg) ichga yetarlicha miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. 30-60 minut samarasi bo‘lmasa yana 1 tabletka qabul qilish mumkin; kuchli og‘riqlarda bir martalik doza 100 mg (2 tabletka) ni tashkil qilish kerak. Maksimal sutkalik doza 400 mg (8 tabletka) ni tashkil qiladi.

1 yoshdan  12 yoshgacha bolalarga, zarurati bo‘lganida tramadolni boshqa chiqarilish shakllarini (in‘eksiya uchun eritma, ichga qabul qilish uchun tomchilar) buyurish tavsiya etiladi, bir martalik doza 1-2 mg/kg tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

– terlash, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xolsizlik, toliqish, tormozlanish, uyquchanlik, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, harakat koordinasiyasini buzilishlari

– MNT rag‘batlantirish (asabiylik, ajatasiya, xavotirlik, tremor, mushaklar spazmi, eyforiya, emosional labillik, gallyusinasiyalar)

– markaziy genezli tirishishlar (antipsixotik vositalarni bir vaqtda buyurilishida)

– depressiya, amneziya, kognitiv faoliyatini buzilishlari, paresteziyalar, yurishdagi chayqalishlar

– og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, yutinishni qiyinlashishi, meteorizm, abdominal og‘riqlar, qabziyat, diareya

– taxikardiya, ortostatik gipotenziya, gipertenziya, sinkope, kollaps, vazodilatasiya

– eshakemi, qichishish, ekzantema, bullyoz toshma

– siyishni qiyinlashishi, dizuriya, siydik tutilishi

– ko‘rishni, ta‘mni buzilishi

– dispnoe

– hayz siklini buzilishi

– uzoq vaqt qo‘llanganda doriga qaramlik rivojlanishi mumkin

– preparatni keskin bekor qilinganda “bekor” qilish sindromi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • tramadol gidroxloridi yoki opioidlarga yuqori sezuvchanlik
  • alkogol, uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi yoki psixotrop preparatlar (ya‘ni markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi) bilan o‘tkir zaharlanish
  • monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda va ular bekor qilingandan keyin ikki xaftalik davrda
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • narkotiklarni bekor qilish sindromi
  • nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq
  • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tramadol Lannaxerni markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (umumiy anesteziya uchun vositalar, uxlatuvchi preparatlar, antipsixotik preparatlar, anksiolitiklar, antidepressantlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida bir birini ta‘siri kuchaytiradi, shu jumladan nafas markazini faolligini susayishiga olib keladi.

Karbamazepin va boshqa metabolik fermentlar induktorlarini qo‘llash Tramadol Lannaxerni og‘riq qoldiruvchi samarasini yaqqolligini va davomiyligini susaytirishga olib keladi. Narkotik analgetiklar (trimeperidin, fentanil, buprenorfin va boshqalar) bilan birga qo‘llash, o‘zaro ta‘sirini kutilmagan samaralari tufayli tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tramadol Lannaxer narkomaniyasi bo‘lgan bemorlarda, ongni chalkashishida, nafas markazi faoliyatini pasayishida, bosh miya gipertenziyasida, bosh miya jarohatlarida, tutqanoq sindromida, “o‘tkir” qorinda ehtiyokorlik bilan qo‘llash kerak.

Jiddiy buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bilan davolanish davrida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishini o‘ziga xosligi

Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli diqqatni yuqori va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘z qorachig‘ini kengayishi, arterial bosimni pasayishi. Tramadol gidroxloridi dozasini oshirib yuborilishining eng xavfli asoratlari nafasni qiyinlashishi va tutqanoq xisoblanadi.

Davolash: me‘dani yuvish, adekvat o‘pka ventilyasiyasini tutib turish va ixtisoslashgan bo‘lim sharoitlarida simptomatik davolash. Nafas susayishi hollarida antidot bo‘lib naloksonni, tirishishlarda diazepamni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

 

Chiqarilish shakli

50 mg dan qobiq bilan qoplangan 20 dona tabletkalar.

Blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

60 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 dori vositasi Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TROMBO ASS tabletkalari 75mg N30
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
DOKSILAN tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Doksisiklin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Pentoksifillin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
TRAMADOL LANNAXER inyeksiya uchun eritma 100mg 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Другие формы препарата
TRAMADOL suppozitorii 100mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TRAMADOL kapsulalar 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
TRAMADOL kapsulalar 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
TRAMADOL — ZN kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
TRAMADOL — ZN kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
TRAMADOL — ZN kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
TRAMADOL kapsulalar 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biopharma Pvt. Ltd
TRAMADOL kapsulalar 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biopharma Pvt. Ltd
TRAMADOL kapsulalar 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TRAMADOL eritma 100 mg/2 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d., Novo mesto
TRAMADOLA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
TRAMADOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
TRAMADOL — ZN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
TRAMADOL — ZN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
TRAMADOL inyeksiya uchun eritma 50 mg/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TRAMADOL LANNAXER inyeksiya uchun eritma 100mg 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9