Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TRAMADOL LANNAXER
TRAMADOL LANNAHER
Preparatning savdo nomi: Tramadol Lannaxer
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tramadol
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan, ichga qabul qilish uchun tabletkalar 50 mg
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 50 mg tramadol gidroxloridi,
yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, povidon, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi: 30% li polietilakrilat dispersiyasi, makrogol 6000, gipromelloza 5 mPa, talk, titan dioksidi.
Ta‘rifi: dumaloq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni qavariq, sindirish chiziqchasisiz tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Analgetiklar. Opioidlar.
ATX kodi: N02AX02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tramadol Lannaxer – markaziy ta‘sirga ega kuchli og‘riq qoldiruvchi vosita, siklogeksanol hosilasi. Markaziy nerv tizimidagi spesifik opioid reseptorlarning noselektiv agonisti hisoblanadi va og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi. Og‘riq qoldiruvchi boshqa ta‘sir mexanizmi bo‘lib neyronlar tomonidan noradrenalin va serotoninni qamrab olishini susayishi hisoblanadi. Terapevtik dozalarda nafasni susaytirmaydi. Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri qabul qilgandan 15-30 minutdan keyin rivojlanadi.
Farmakokinetikasi
Tramadol Lannaxer ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Tramadol Lannaxer biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi. Tramadol va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi, yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kuchli va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromida;
– operasiyadan keyingi davr;
– jarohatlarda;
– nevralgiyalarda;
– onkologik bemorlardagi og‘riqlar;
– og‘riqli diagnostik yoki davolovchi muolajalardagi o‘tkazishdagi og‘riqsizlantirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tramadol Lannaxer shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi, preparatning dozalash tartibi individual ravishda, og‘riq sindromini yaqqolligiga va bemorning sezuvchanligiga qarab tanlanadi.
Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi, preparatni davolash nuqtai nazaridan ma‘qullangan muddatidan ortiq buyurish mumkin emas. Odatdagi boshlang‘ich dozasi – 1 tabletka (50 mg) ichga yetarlicha miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. 30-60 minut samarasi bo‘lmasa yana 1 tabletka qabul qilish mumkin; kuchli og‘riqlarda bir martalik doza 100 mg (2 tabletka) ni tashkil qilish kerak. Maksimal sutkalik doza 400 mg (8 tabletka) ni tashkil qiladi.
1 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga, zarurati bo‘lganida tramadolni boshqa chiqarilish shakllarini (in‘eksiya uchun eritma, ichga qabul qilish uchun tomchilar) buyurish tavsiya etiladi, bir martalik doza 1-2 mg/kg tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
– terlash, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xolsizlik, toliqish, tormozlanish, uyquchanlik, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, harakat koordinasiyasini buzilishlari
– MNT rag‘batlantirish (asabiylik, ajatasiya, xavotirlik, tremor, mushaklar spazmi, eyforiya, emosional labillik, gallyusinasiyalar)
– markaziy genezli tirishishlar (antipsixotik vositalarni bir vaqtda buyurilishida)
– depressiya, amneziya, kognitiv faoliyatini buzilishlari, paresteziyalar, yurishdagi chayqalishlar
– og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, yutinishni qiyinlashishi, meteorizm, abdominal og‘riqlar, qabziyat, diareya
– taxikardiya, ortostatik gipotenziya, gipertenziya, sinkope, kollaps, vazodilatasiya
– eshakemi, qichishish, ekzantema, bullyoz toshma
– siyishni qiyinlashishi, dizuriya, siydik tutilishi
– ko‘rishni, ta‘mni buzilishi
– dispnoe
– hayz siklini buzilishi
– uzoq vaqt qo‘llanganda doriga qaramlik rivojlanishi mumkin
– preparatni keskin bekor qilinganda “bekor” qilish sindromi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tramadol Lannaxerni markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (umumiy anesteziya uchun vositalar, uxlatuvchi preparatlar, antipsixotik preparatlar, anksiolitiklar, antidepressantlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida bir birini ta‘siri kuchaytiradi, shu jumladan nafas markazini faolligini susayishiga olib keladi.
Karbamazepin va boshqa metabolik fermentlar induktorlarini qo‘llash Tramadol Lannaxerni og‘riq qoldiruvchi samarasini yaqqolligini va davomiyligini susaytirishga olib keladi. Narkotik analgetiklar (trimeperidin, fentanil, buprenorfin va boshqalar) bilan birga qo‘llash, o‘zaro ta‘sirini kutilmagan samaralari tufayli tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tramadol Lannaxer narkomaniyasi bo‘lgan bemorlarda, ongni chalkashishida, nafas markazi faoliyatini pasayishida, bosh miya gipertenziyasida, bosh miya jarohatlarida, tutqanoq sindromida, “o‘tkir” qorinda ehtiyokorlik bilan qo‘llash kerak.
Jiddiy buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bilan davolanish davrida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishini o‘ziga xosligi
Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli diqqatni yuqori va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘z qorachig‘ini kengayishi, arterial bosimni pasayishi. Tramadol gidroxloridi dozasini oshirib yuborilishining eng xavfli asoratlari nafasni qiyinlashishi va tutqanoq xisoblanadi.
Davolash: me‘dani yuvish, adekvat o‘pka ventilyasiyasini tutib turish va ixtisoslashgan bo‘lim sharoitlarida simptomatik davolash. Nafas susayishi hollarida antidot bo‘lib naloksonni, tirishishlarda diazepamni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Chiqarilish shakli
50 mg dan qobiq bilan qoplangan 20 dona tabletkalar.
Blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
60 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.