×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Travrelaks granulalari 5 g N6

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Faol modda:
Адатода сосудистая, имбирь лекарственный, солодка голая, Мята длиннолистная
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Vakil:
- GANGA HEALTHCARE M.CH.J
ATX kodi:
- R05CA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 29 ta dorixonasida topildi

ico 13 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 Tarkibi:

Har bir 5 g granula quyidagilarni saqlaydi:

Uzun bargli yalpiz (Mentha sylvestris) 6,0 mg

Ekstraktlar:

Yalang'och qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) 150,0 mg

Dorivor zanjabil (Zingiber officinale) 100,0 mg

Tomirli adatoda (Adhatoda vasica) 1,0 mg

Qandli asosi

Сhiqarilish shakli

laminatsiyalangan sasheda 5 mg.
 
6 sashedan karton qutida qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga.


Ta'sir etish usuli

TRAVRELAKS o'tlar asosidagi granulalar - bu o'simlik preparati, uning tarkibida tabiiy komponentlar mavjud. Qadim zamonlarda ayurvedik tibbiyot undan har qanday turdagi yo'tal, shamollash va grippni davolashda foydalangan.

Uzun bargli yalpiz.

Moyning asosiy komponenti mentol hisoblanadi. U og'riq va mushaklar va bo'g'imlar yallig'lanishini davolashda foydali xususiyatlarga ega, uning ta'siri esa qo'zg'alishni barataraf etishga qaratilgan.

Yalang'och qizilmiya

Preparatning yallig'lanishga qarshi ta'siri birinchi navbatda glisirrizinga taalluqli. Preparatning yo'talga qarshi va balg'am ajratuvchi xususiyatlari ham glisirrizinga tegishli, u traxeya shilimshig'i sekresiyasini tezlashtiradi. Preparatning yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'siri glisirrizinning va glisirretin kislotasining (enoksolonning) korkikosteroidga o'xshash faolligi bilan bog'liq. Mazkur birikmalar kortikosteroidlarning faolligini kuchaytirib, bilvosita samaraga ega. In vitro glisirretin kislotasi steroidli gormonlarni raqobatli inaktivasiya qiladigan β-reduktazani va Kortizolni dezaktivasiya qiladigan 11β-gidroksisteroiddegidrogenazani ingibirlaydi.

Dorivor zanjabil

Kalamushlar oyoqlarining karragenin-indusiyalangan shishida yallig'lanishga qarshi faolligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Boshqa tadqiqotlar doirasida preparat revmatizmga qarshi samara ko'rsatishi haqida ham ma'lumotlar olingan. In vitro shuningdek antigistamin ta'rifiga ega ta'siri ham ko'rsatilgan. Xorioallantoinning kasallangan membranasida o'simlik virionning toksik omilini ingibirlaydi, shuningdek W.M. - xatarli hujayralarning 25-chi liniyasini o'sishini ingibirlaydi. Itlar va dengiz cho'chqalaridagi tadqiqotlar doirasida yurakka nisbatan inotrop faolligi namoyish etilgan. Zanjabil ahamiyatli ravishda qusishga qarshi va zamburug'larga qarshi, masalan dramamin kabi xususiyatlarga egaligi ko'rsatilgan. U virusli gepatitlarda ishlatiladigan qora murch va uzun qalampir bilan bir qatorda tegishli o'simliklar ro'yxatiga kiritilgan. Zanjabil ko'pgina ayurvedik preparatlarning muhim komponenti hisoblanadi. Asosan u ko'ngil aynishi va dispepsiyani davolashda uy vositasi sifatida ishlatiladi.

Tomirli adatoda                               

Barglardan olingan ekstrakt ko'p asrlar davomida bronxit va astmani davolashda ishlatilgan. Yo'tal va nafas qisishini bartaraf qiladi. Ayurvedik tibbiyotda u shuningdek idiopatik trombositopenik purpurada rivojlanayotgan qon ketishlarni, peptik yarada lokal qon ketishlarni, orqa chiqish yo'li atrofida venalarni varikozli kengayishini, mennoragiyani va hokazolarda davolashda buyuriladi. Tuberkulyozni davolashda barglarning yangi siqilgan sharbatlarini yuqori dozalaridan foydalanilgan. Mahalliy qo'llanilishi pioreya va milklar qonashini davolashda yordam beradi.

Har bir 5 g granula quyidagilarni saqlaydi:

Uzun bargli yalpiz (Mentha sylvestris)-6,0 mg

Ekstraktlar:    

Yalang'och qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) -150,0 mg

Dorivor zanjabil (Zingiber officinale)- 100,0 mg

Tomirli adatoda (Adhatoda vasica) -1,0 mg

Qandli asosi  -e.m.

Ma'lumotlar mavjud emas.

Preparatning ingredientlariga nisbatan allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Retseptsiz.

Homiladorlik, laktasiya davrida, bolalar va keksa yoshlilarda qo'llanilishi.

Qandaydir nojo'ya ta'sirlari yo'q.

Preparatni sh lozim va yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.

Travrelaks granulalari yo'talda, shamollashda va grippda, shuningdek tomoqdagi og'riq yoki qichishish, burun bitishi, bezgak, bosh og'rig'i, tanadagi og'riq kabi simptomlar mavjudligida qo'llaniladi.
Ma'lumotlar mavjud emas.

30°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati-3 yil.

Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

O'ziga xos hid va ta'mga ega och-jigarrang granulalar.
• Bitta paketcha bir stakan qaynoq suv bilan aralashtirilib sekin ichiladi.

• Birdaniga bitta sashe-paketcha qabul qilinadi, kuniga 3-4 marta yoki zarurat bo'yicha qabul qilinadi.

• 12 yoshdan kichik bolalarga zarurat bo'yicha ½ stakan qaynoq suvda eritilgan yarim sashe-paketchadan qabul qilish tavsiya etiladi.

• Filtrasiya qilish kerak emas.

• Shakar va sut qo'shmagan ma'qul.

Mazkur o'simlik shakli yaxshi o'zlashtiriladi. Sutkada 10 tadan ortiq sashe-paketcha qabul qilingandan keyin dozani oshirib yuborishning ahamiyatsiz simptomatikasi namoyish bo'lishi mumkin (masalan, me'dani buzilishi).

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Travrelaks granulalari 5 g N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Travrelaks granulalari 5 g N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Travrelaks granulalari 5 g N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 19 500 so'mdan Batafsil
DENTASHAN gel 25g
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml
Narh: 26 300 so'mdan Batafsil
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9