×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TREPTOVELLUM kapsulalar N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
53 800 s`om dan
ENTEROKIND tomchilar 20ml Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
SAKOLIN sirop 200ml «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
132 700 s`om dan
CHERVUJID suppozitorii N12 S.C. Ircon S.R.L. Ruminiya
197 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 kapsula tarkibi:

faol moddalar: 5-gidroksitriptofan – 100,0 mg.

yordamchi moddalar: magniy stearati, makkajo‘xori kraxmal.

Faol moddalarning xususiyatlari

Oksitriptan (XPN) deb ham ataladigan 5-gidroksitriptofan (5-HTP) oqsillar tarkibidagi aminokislotadir. Bu serotonin neyrotransmitterining asosi xisoblanadi. Shuningdek, u tananing normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim aminokislota – Triptofanning metabolizmidagi oraliq moddadir.

5-gidroksitriptorfan – serotonin (pozitiv kayfiyat, quvonch va baxt garmoni) va melatonin (uyqu va sutkalik bioritmlarning regulyatori: uyqu-uyg‘onish sikllari) sintezini rag‘batlantiradigan dorivor bo‘lmagan tabiiy o‘simlik antidepressanti xisoblanadi.

Sintetik mahsulotlardan farqli o‘laroq, 5-gidroksitriptofan inson tanasi uchun mutlaqo tabiiydir.

Chiqarilish shakli:

Kapsulalar 0,5 g dan № 20

Agar nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelsa, foydalanishni to‘xtatib, shifokor bilan maslahatlashing.
Retseptsiz beriladi.
BFQ. Dori vositasi emas!
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmang.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Treptovellum stressning tanaga ta'sirini kamaytirish, stressga chidamliligini va tashqi asabiylashishga moslashtirish reaktsiyani oshirish uchun mo‘ljallangan.
Treptovellum emotsional holat va kayfiyatni yaxshilaydi, bezovtalik va tashvish, asabiylashish va agressiv xolatni kamaytirishga yordam beradi.
Treptovellum uyqu sifati va davomiyligini yaxshilashga yordam beradi, uyqu va uyg‘onish holatini takomillashtiradi.
Vaqt o‘zgarishlariga tez ko‘nikishga, noqulay sharoitlarga oson moslashishga yordam beradi.
Ishtahani yaxshilaydi, ovqatlanish odatlarini normallashtirishga yordam beradi, shirinliklar va kraxmalli ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi va semirishni kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Giyohvand moddalarga (tamaki, alkogolga) bo‘lgan ehtirosni kamaytiradi.
Ba'zi og‘riq sindromlarining (mushaklarning spazmlari, fibromiyalgiya) holatini yengillashtirishga yordam beradi, surunkali bosh og‘rig‘ini kamaytiradi, shuningdek, migren bosh og‘rig‘ida yordam beradi.
Kognitiv funktsiyalarni (xotira, e'tibor, faoliyatning bir turiga diqqatni jamlash, fikrlash) yaxshilaydi.
Treptovellum energiya kuchayishini ta'minlaydi, kundalik faollikni oshiradi va ishlash qobiliyati oshiradi.
Tadqiqotlarda 5-gidroksitriptofan platsebo bilan solishtirganda depressiyani davolashda ko‘proq samaradorlikni ko‘rsatdi, chunki u beta-endorfinlar chiqarilishini oshirishga yordam beradi.
Shuningdek, u Parkinson kasalligining alomatlarini yengillashtirish uchun anti-Parkinson dorilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Ichga qabul qilinadi.

Kattalar: kuniga 1-2 marta 1 kapsuladan, ovqatdan keyin. Kerak bo‘lganda kundalik doza 4 kapsulagacha oshirilishi mumkin (maksimal sutkalik doza 400 mg).
Qabul qilish davomiyligi 1 oydan kam emas. Agar ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, Treptovellum 6 xaftagacha uzaytirilishi mumkin.
Stress va asabiy xolatlarda qisqa muddatda qabul qilish mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TREPTOVELLUM kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TREPTOVELLUM kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TREPTOVELLUM kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9