TREPTOVELLUMning aptekalardagi narxlari
TREPTOVELLUM KAPSULA N20
|
|
28 ta dorixonada bor
|
|
|
TREPTOVELLUM kapsulalar N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
TREPTOVELLUM ko'rsatmalar
Treptovellum emotsional holat va kayfiyatni yaxshilaydi, bezovtalik va tashvish, asabiylashish va agressiv xolatni kamaytirishga yordam beradi.
Treptovellum uyqu sifati va davomiyligini yaxshilashga yordam beradi, uyqu va uyg‘onish holatini takomillashtiradi.
Vaqt o‘zgarishlariga tez ko‘nikishga, noqulay sharoitlarga oson moslashishga yordam beradi.
Ishtahani yaxshilaydi, ovqatlanish odatlarini normallashtirishga yordam beradi, shirinliklar va kraxmalli ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi va semirishni kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Giyohvand moddalarga (tamaki, alkogolga) bo‘lgan ehtirosni kamaytiradi.
Ba'zi og‘riq sindromlarining (mushaklarning spazmlari, fibromiyalgiya) holatini yengillashtirishga yordam beradi, surunkali bosh og‘rig‘ini kamaytiradi, shuningdek, migren bosh og‘rig‘ida yordam beradi.
Kognitiv funktsiyalarni (xotira, e'tibor, faoliyatning bir turiga diqqatni jamlash, fikrlash) yaxshilaydi.
Treptovellum energiya kuchayishini ta'minlaydi, kundalik faollikni oshiradi va ishlash qobiliyati oshiradi.
Tadqiqotlarda 5-gidroksitriptofan platsebo bilan solishtirganda depressiyani davolashda ko‘proq samaradorlikni ko‘rsatdi, chunki u beta-endorfinlar chiqarilishini oshirishga yordam beradi.
Shuningdek, u Parkinson kasalligining alomatlarini yengillashtirish uchun anti-Parkinson dorilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmang.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Kattalar: kuniga 1-2 marta 1 kapsuladan, ovqatdan keyin. Kerak bo‘lganda kundalik doza 4 kapsulagacha oshirilishi mumkin (maksimal sutkalik doza 400 mg).
Qabul qilish davomiyligi 1 oydan kam emas. Agar ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, Treptovellum 6 xaftagacha uzaytirilishi mumkin.
Stress va asabiy xolatlarda qisqa muddatda qabul qilish mumkin.
faol moddalar: 5-gidroksitriptofan – 100,0 mg.
yordamchi moddalar: magniy stearati, makkajo‘xori kraxmal.
Faol moddalarning xususiyatlari
Oksitriptan (XPN) deb ham ataladigan 5-gidroksitriptofan (5-HTP) oqsillar tarkibidagi aminokislotadir. Bu serotonin neyrotransmitterining asosi xisoblanadi. Shuningdek, u tananing normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim aminokislota – Triptofanning metabolizmidagi oraliq moddadir.
5-gidroksitriptorfan – serotonin (pozitiv kayfiyat, quvonch va baxt garmoni) va melatonin (uyqu va sutkalik bioritmlarning regulyatori: uyqu-uyg‘onish sikllari) sintezini rag‘batlantiradigan dorivor bo‘lmagan tabiiy o‘simlik antidepressanti xisoblanadi.
Sintetik mahsulotlardan farqli o‘laroq, 5-gidroksitriptofan inson tanasi uchun mutlaqo tabiiydir.
Chiqarilish shakli:
Kapsulalar 0,5 g dan № 20
Chiqarish shakllari