×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Якорцев стелющихся травы экстракт
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Софарма АО
ATX kodi:
- G04BX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ARISTA tabletkalari 20mg N4 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
UROLESAN tomchilar oralnie 25ml N1 Галичфарм, ПАО Ukraina
30 000 s`om dan
SOLIDAGOREN tomchilar oralnie 50ml Dr.Gustav Klein GmbH & Co.KG. Germaniya
129 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Dori preparatini qo‘llashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashish yoki yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak!

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(iste‘molchilar uchun ilova annotasiya)

Tribestan 250 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tribestan 250 mg film-coated tablets

Preparatning savdo nomi: Tribestan (Tribestan®)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti (Tribulus terrestris herba extractum siccum (35-45:1)) (furostanol saponinlarning miqdori kamida 112,5 mg)

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (101 turi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 25, krospovidon, magniy stearati, talk.

qobig‘ining tarkibi: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye171), temir (II, III) oksidi (Ye172), temir (II) oksidi (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), soya lesitini (Ye322), ksantan kamedi (Ye415).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang, diametri 13 mm li, o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tribestan ­ Tribulus terrestris L. o‘simligining yerusti qismidan olingan, asosan furostanol turidagi steroid saponinlarini saqlaydigan tabiiy maxsulotdir. Uning ta‘sir mexanizmi asosan prostodiossin birikmasi bilan bog‘liq. Prostodiossin organizmda degidroepiandrosterongacha (DGEA) metabolizmga uchraydi, u hujayra membranalarining o‘tuvchanligiga, erektil faoliyatga, xolesterin metabolizmi va immunitetga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tribulus terrestris L. o‘simligining tarkibiga kiruvchi boshqa faol furostanol saponinlar ehtimol protodiossinning samarasini modulyasiya qiladi.

Tribestan umumiy tonusni oshiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ba‘zi faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda libido va ereksiyani tiklaydi va yaxshilaydi. Spermatogenezga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, spermatozoidlarni miqdorini va ularning harakatchanligini oshiradi, testosteronning darajasini oshiradi. Tribestan ayollarda ham libodoni yaxshilaydi, ovulyasiyani rag‘batlantiradi. Gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta‘siri natijasida tabiiy va postkastrasion klimakterik sindromda uning gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta‘siri natijasida vazomotor ko‘rinishlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Sog‘lom ko‘ngillilardagi natijalar Tribestan buyrak usti bezi gormonlari va adrenokortikotrop gormonining darajalarini jiddiy o‘zgartirmay, gipofizar­gonad o‘qi gormonlarining zardobdagi darajasiga ta‘sir qilishini ko‘rsatdi.

Tribestan gipolipidemik samaraga ega, shu bilan birga dislipoproteinemiyasi bo‘lgan pasientlarda qon zardobida trigliseridlarning ko‘rsatkichiga va YUZLP-XS ga ishonchli ta‘sir etmay, umumiy xolesterin va YUZLP-Xs darajasini sezilarli kamaytiradi.

Tribestan ma‘lum darajada antigipertenziv va diuretik ta‘sirga ega.

 

Farmakokinetikasi

Odamlarda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Tribestan libidoni pasayishini, impotensiyani (jinsiy zaiflik), erkaklar va ayollardagi bepushtlikni kompleks davolashda; dislipoproteinemiyada (yog‘lar almashinuvini buzilishi) umumiy xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteinlarni kamaytirish uchun; klimakterik va postkastrasion sindromi (tuxumdonlarni operativ olib tashlangandan keyingi holat) bo‘lgan ayollarda neyrovegetativ va ruhiy ko‘rinishlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tribestanni doimo ushbu ilova­varaqadagi ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

Tabletkalar ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Libidoni pasayishi, impotensiya va bepushtlikda:

Libidoni pasayishi, impotensiya va bepushtligi bo‘lgan erkaklarga 1­2 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Davolash davomiyligi ­ kamida 90 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini qoniqarli davolovchi samaraga erishilgunigacha takrorlash mumkin.

Bepushtligi bo‘lgan ayollarga hayz siklining 1­chi kunidan 12­chi kunigacha 1­2 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Bu kursni homilador bo‘lgungacha vaqti­vaqti bilan takrorlash mumkin.

Dislipoproteinemiya:

2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi ­ kamida 3 oy.

Ayollarda klimakterik va postkastrasion sindrom:

1­2 tabletkadan kuniga 3 marta 60­90 kun davomida qabul qilish buyuriladi. Holat yaxshilanganidan keyin asta­sekin erishilgan samarani tutib turuvchi dozaga ­ 1­2 yil davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilishga o‘tiladi.

Agar Siz Tribestanni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz

Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini ushbu ilova­varaqadagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda qabul qilishni davom ettiring.

Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rashingizni iltimos qilamiz.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori preparatlari kabi Tribestan ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Moyilligi bo‘lgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Preparat me‘daning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Agar nojo‘ya ta‘sirlardan birontasi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilova­varaqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tribestanni quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • agar Sizda faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • og‘ir yurak­qon tomir yoki buyrak kasalliklarida;
  • prostata bezining adenomasida;
  • agar Siz 16 yoshdan kichik bo‘lsangiz;
  • Tribestan homiladorlik vaqtida va emizish davrida.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar berishingizni so‘raymiz.

Tribestanni ovulyasiyani rag‘batlantiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaralarini o‘zaro kuchayishiga olib keladi.

Tribestanni qo‘llash diuretiklar (siydik haydovchi vositalar) ning va antigipertenziv (yuqori qon bosimini davolash uchun) preparatlarning samarasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollarni davolashda davolovchi dozadan tutib turuvchi dozaga o‘tish asta­sekin amalga oshirilishi kerak. Samarali doza birdan kamaytirilsa yoki bekor qilinsa, klimakterik simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.

Tribestanni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llanishi

Tabletkalarni suv bilan ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik va emizish davri

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tribestanni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganidan keyin preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirning o‘ziga xosligi

Tribestan faol diqqatga ta‘sir ko‘rsatmaydi va uni haydovchilar va mashinalar operatorlari ham qo‘llashlari mumkin.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgacha Tribestanning dozasini oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Preparat katta miqdorda qabul qilib yuborilganida shifokor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganida me‘dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga; 6 blister ilova­varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 (uch) yil.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 dori vositasi Софарма АО tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRIBESTAN 0,25 tabletkalari 0,25mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NIVALIN eritma 1 ml 2,5 mg/ml N10
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
NIVALIN eritma 1 ml 1 mg/ml N10
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
NIVALIN eritma 1 ml 5 mg/ml N10
Narh: 163 400 so'mdan Batafsil
BRONXOLITIN sirop 125ml
Narh: 20 600 so'mdan Batafsil
NIVALIN eritma 1 ml 10 mg/ml N10
SOFALOR eritma 120 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: СОФАРМА АО
Narh: 26 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9