Bronxolitinning aptekalardagi narxlari
BRONXOLITIN tabletkalari 40mg N20
|
|
104 ta dorixonada bor
|
28 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
35 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXOLITIN sirop 5,75mg/4,6mg 125ml
|
|
3 ta dorixonada bor
|
21 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
BRONXOLITIN sirop 125ml
|
|
28 ta dorixonada bor
|
18 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
BRONXOLITIN sirop 5,75mg/4,6mg 125g
|
|
79 ta dorixonada bor
|
2 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
22 000 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXOLITIN sirop 125g
|
|
122 ta dorixonada bor
|
19 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
25 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
22 800 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXOLITIN AYVI sirop 7mg/ml 120ml N1
|
|
19 ta dorixonada bor
|
20 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
28 000 so'mdan
Bron qilish
|
Bronxolitin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BRONXOLITIN®
BRONCHOLYTIN®
Preparatning savdo nomi: Bronxolitin®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): glausin. efedrin
Dori shakli: sirop.
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 5,75 mg glausin gidrobromidi (glaucine hydrobromide) va 4,6 mg efedrin gidroxloridi (ephedrine hydrochloride);
yordamchi moddalar: bazilik moyi, limon kislotasi monogidrati, metil paragidroksibenzoati (Ye218), propil paragidroksibenzoati (Ye 216), polisorbat 80, saxaroza, etanol (96%), tozalangan suv.
Ta‘rifi: sariq jigarrang shirin ta‘mli va o‘ziga xos rayxon moyi hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: yo‘talga qarshi vosita.
ATX kodi: R05DB20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Bronxolitin majmuaviy preparat bo‘lib, yaqqol yo‘talga qarshi, bronxlarni kengaytiruvchi va bronxoantiseptik ta‘siriga ega. Alkoloid glausin nafasga ta‘sir qilmagan holda, yo‘tal markazini susaytiradi. Kuchsiz bronxospazmolitik va adrenolitik ta‘siriga ega va o‘rganib qolishni va qaramlikni chaqirmaydi.
Efedrin bevosita (alfa- va beta- reseptorlarni rag‘batlantiradi) va bilvosita (aminooksidazaning faolligini pasaytiradi) adrenomimetik ta‘siriga ega. Noradrenalinni va adrenalinni depodan ajralib chiqishini chaqiradi. Efedrin bronxlarning silliq mushaklariga spazmolitik samara ko‘rsatadi. Beta2-adrenoreseptorlarga yaqqol qo‘zg‘atuvchi ta‘siriga egaligi sababli, u bronxial mushaklarni uzoq vaqt bo‘shashtiradi. Efedrinni ta‘sirida bronxlarning shilliq qavatining shishini kamaytiradi va bronxlarni kengaytiradi. Bronxolitin siropini farmakologik tadqiqotlari, uni bronxlarga gistaminning spastik ta‘sirini pasaytirishini namoyish etgan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi: ichga qabul qilinganida glausin va efedrin me‘da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi.
Taqsimlanishi: glausin ichga qabul qilinganida plazmadagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti 1,5 soat.
Efedrin asosan jigarda, o‘pkalarda, buyraklarda, qora taloqda va bosh miyada to‘planishi bilan organizmda taqsimlanadi.
Metabolizmi: glausin va efedrin (ozgina qismi) jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi: glausin siydik bilan metabolitlari holida va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Efedrinni yarim chiqarilish davri taxminan 3-6 soatni tashkil qiladi. Siydik orqali asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har doim Bronxolitinni ushbu ilova-varaqada ta‘riflangandek qabul qiling. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringizdan yoki farmasevtdan so‘rang.
Siropni ovqatdan so‘ng ichga qabul qiling. Odatdagi doza:
Kattalarga va 10 yoshdan oshgan bolalarga: 10 ml dan kuniga 3-4 marta.
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml dan kuniga 3 marta.
Davolash davomiyligi: 5-7 kun.
Agar simptomlar 5 kundan keyin ham davom etsa yoki Sizning holatingiz yomonlashsa, shifokoringizga murojaat qiling!
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha dori vositalari kabi Bronxolitin ham nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, ammo ular barcha bemorlarda kuzatilavermaydi.
Sirop bilan davolaganda ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, obstipasiya, allergik toshmalar, qichishish, terlashni kuchayishi, bosh aylanish, qaltirash, kuchlanish, uyqusizlik, yurak faoliyatini tezlashishi, qon bosimini oshishi, ko‘rishni buzilishi, siydik chiqarilishini qiyinlashishi yoki prostata bezi kattalashgan bemorlarda siydikni tutilishi, o‘rganib qolish kuzatilishi mumkin.
Ko‘rinishlarning aniq tez-tezligi ma‘lum bo‘lmasligiga qaramasdan ayrim shaxslarda ko‘krakdagi og‘riqlar (stenokardiya kabi yurakni buzilishlari oqibatida) paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Bronxolitin bilan davolash vaqtida shu simptomlardan ayrimlari paydo bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering, lekin uning tavsiyasisiz va maslahatisiz dori preparatini qo‘llashni to‘xtatmang.
Agar nojo‘ya ta‘sirlaridan birontasi jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarini sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bronxolitinni quyidagilarda ishlatmang
- agar Sizda faol moddalarga yoki Bronxolitinning qolgan komponentlaridan birontasiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
- agar Sizda yurak ishemik kasalligi; qon bosimi yuqori; dekompensasiyasi ko‘rinishlari bilan kechuvchi yurakning og‘ir organik kasalliklari; qalqonsimon bezining funksiyasini oshishi (tireotoksikoz); feoxromositoma; ko‘z ichki bosimini oshishi (glaukoma); siydikni tutilishi bilan kechuvchi prostata bezining kattalashishi; uyqusizlik bo‘lsa.
- 3 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar.
- agar Siz homilador (birinchi 3 oyligi) bo‘lsangiz yoki emizsangiz.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar berishingizni so‘raymiz.
Bir vaqtda yurak ishini kuchaytiradigan (yurak glikozidlari), xinidin, umumiy anestetiklar (galotan), depressiyaga qarshi dori preparatlari (trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlar), nerv tizimining stimulyatorlari, shu jumladan tetiklantiruvchi ichimliklar (qaxva, choy, koka-kola) bilan bir vaqtda qo‘llash, yurak ritmini buzilishlarini yoki qon bosimini oshish xavfini oshiradi. Agar Siz depressiyani davolash uchun dori preparatlari (MAO ingibitorlarini) qabul qilgan bo‘lsangiz, Bronxolitin siropini ular tugaganiga 2 hafta o‘tganidan so‘ng davolashni boshlash mumkin. Bir vaqtda ergoalkaloidlarni saqlovchi migrenga qarshi dori preparatlari bilan yoki oksitosin bilan davolashda o‘xshash samaralarini kuzatish mumkin.
Bir vaqtda beta-blokatorlar (propanolol, atenolol, metoprolol) bilan qo‘llash siropning bronxolitik ta‘sirini pasaytiradi.
Bronxolitin va peroral diabetga qarshi dori preparatlarini birga davolanishda ularning gipoglikemik ta‘sirini (qonda qand miqdorini pasayishiga) kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Agar Sizda yurak kasalliklari, yurak ritmini buzilishi yoki stenokardiya bo‘lsa, Bronxolitinni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
- Preparatning tarkibida efedrin mavjudligi sababli doping-sinama ijobiy bo‘lishi mumkinligini sportchilar bilishlari kerak.
- Markaziy nerv tizimiga kuchsiz rag‘batlantiruvchi ta‘siri va uyquni buzilishi mumkinligi tufayli, Bronxolitin siropini soat 16.00 dan keyin qo‘llash mumkin emas.
- Dorilarga qaramlik rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringizdan yoki farmasevtdan maslahat so‘rang.
Bronxolitin siropini homiladorlikning birinchi 3 oyligida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda dori vositasini o‘ziga xos ta‘siri.
Bronxolitin siropini tarkibiga efedrin kiradi, u ko‘z qorachig‘ini kengaytirishi va transport vositasini boshqarishiga ta‘sir qilishi mumkin.
Preparatning ayrim yordamchi moddalari to‘g‘risida muhim ma‘lumotlar.
Bronxolitin 1,7 hajm % gacha etanol (alkogol) saqlaydi. Siropni 5 ml dozasi, 69 mg gacha alkogol saqlaydi. Alkogolizmi bo‘lganlar uchun zararli. Alkogol borligi sababli, homilador va emizikli ayollar, bolalar va tutqanoq va jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhlarda qo‘llashda alkogol saqlanishini hisobga olish kerak.
Dori preparati 43,75 g saxaroza saqlaydi. Dozalashga tavsiyalar bo‘yicha qo‘llanganida har 5 ml dozada organizmga 2 g gacha saxaroza kiradi. Agar shifokor Sizda saxarozani o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, Bronxolitin siropini qo‘llashdan oldin u bilan maslahatlashing.
Metil- va propil paragidroksibenzoati allergik reaksiyalar (ehtimol sekinlashgan tipdagi) chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozadan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda nerv qo‘zg‘alishi, qo‘l-oyoqlarni qaltirashi, terlashni kuchayishi, siyishni qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, ba‘zi hollarda lohaslik va uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Darhol davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Chiqarilish shakli
125 g sirop polietilen qopqoqchali to‘q shisha butilkada yoki polietilen qopqoqchali to‘q polietilentereftalat butilkada o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha qo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dori preparatini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar uchun konteynerga tashlash mumkin emas. Farmasevtdan dori preparatini qanday yo‘q qilish kerakligini so‘rang. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Flakon birinchi ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 1 (bir) oygacha.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari