×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Puerto-Riko / Germaniya
Faol modda:
Целекоксиб
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/ Р-Фарм Германия ГмбХ
ATX kodi:
- M01AH04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10 ОАО «Фармстандарт-УфаВИТА» Rossiya
DIKLOBERL RETARD kapsulalar 100mg N20 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
48 000 s`om dan
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
50 500 s`om dan
AERTAL tabletkalari 100mg N20 Gedeon Richter PLC, Венгрия по лицензии фирмы Аlmirall АG, Швейцария Vengriya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

SELEBREKS®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Savdo nomi: Selebreks®

Xalqaro patentlanmagan nomi: selekoksib

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi (1 kapsulaga): Faol modda: selekoksib – 100 mg yoki 200 mg.

Yordamchi moddalar:

Kapsulalar 100 mg va 200 mg

149,7 mg/49,8 mg laktoza monogidrati, 8,1 mg/8,1 mg natriy laurilsulfati, 6,8 mg/6,7 mg povidon K30, 2,7 mg/2,7 mg kroskarmelloza natriy, 2,7 mg/2,7 mg magniy stearati; qobig‘i: titan dioksidi taxminan 1,7 mg, jelatin taxminan 58,3 mg. 100 mg li kapsulalar uchun siyoh (havorang siyoh SB-6018) quyidagilarni saqlaydi: shellak 22-27%, etanol 33-38%, izopropanol 0,5-4%, butanol 4-8%, propilenglikol 3-6%, suvli ammiak 1-2%, indigotin bo‘yovchisi (Ye132) asosidagi havorang alyuminiy lak FD& Blue #2 24-28%.

200 mg kapsulalar uchun siyoh (sariq siyoh SB-3002) quyidagilarni saqlaydi: shellak 22-27%, etanol 33-38%, izopropanol 3-7%, butanol 4-9%, propilenglikol 3-6%, suvli ammiak 1-2%, temir (II) oksidi bo‘yovchisi (Ye172) 18-22%.

TA‘RIFI:

100 mg li kapsulalar: tiniq bo‘lmagan oq yoki deyarli oq, xavorang yo‘l-yo‘l belgilari bilan: kapsulaning bir qismida – ”100” va boshqa qismida – “7767” bo‘lgan qattiq jelatin kapsula.

200 mg li kapsulalar: tiniq bo‘lmagan oq yoki deyarli oq, xavorang yo‘l-yo‘l belgilari bilan: kapsulaning bir qismida – ”200” va boshqa qismida – “7767” bo‘lgan qattiq jelatin kapsula.

Kapsulalar ichidagisi: oq yoki deyarli oq rangli granulyat.

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP).

ATX kodi:  M01AN01.

 

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamikasi

Selekoksib yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega. Asosan siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni ingibisiya qilish hisobiga yallig‘lanish prostaglandinlarning (Pg) hosil bo‘lishini bloklaydi. Yallig‘lanishga javoban SOG-2 ning induksiyasi yuz beradi va prostaglandinlarning, ayniqsa prostaglandin Ye2 ning sintezi va to‘planishi yuz beradi, bunda yallig‘lanish ko‘rinishlarining (shish va og‘riq) kuchayishi yuz beradi. Odamda terapevtik dozalarda selekoksib siklooksigenaza 1 (SOG-1) ni ahamiyatli ingibisiya qilmaydi va SOG-1 ning faollashishi natijasida sintezlanadigan prostaglandinlarga ta‘sir qilmaydi, shuningdek SOG-1 bilan bog‘liq bo‘lgan va to‘qimalarda, avvalambor me‘da va ichak to‘qimalarida va trombositlarda kechuvchi normal fiziologik jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Buyrak faoliyatiga ta‘siri

Selekoksib siydik bilan PgE2 va 6-keto-PgF1 (prostasiklin metaboliti) chiqarilishini kamaytiradi, lekin zardob tromboksan V2 va siydik bilan 11-degidrotromboksan V2, tromboksan metabolitini (ikkalasi – SOG-1 mahsulotlari) chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi. Selekoksib keksa pasientlar va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda kalavalar filtrasiyasi tezligini (KFT) pasaytirmaydi, natriyning chiqarilishini tranzitor pasaytiradi. Artriti bo‘lgan pasientlarda ko‘pincha kuzatiladigan periferik shishlarni rivojlanishi, arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi SOG ning noselektiv ingibitorlarini qabul qilish fonidagi shundaylar bilan bir xil, ular SOG-1 va SOG-2 ga nisbatan ingibisiya qiluvchi faollikka ega bo‘ladilar. Bu samara diuretiklar bilan davolanayotgan pasientlarda eng yaqqol ifodalanadi. Shunga qaramasdan, arterial bosimni oshish hollari va yurak yetishmovchiligini rivojlanish tez-tezligini oshishi aniqlangan, periferik shishlar esa yengil darajali bo‘lgan va mustaqil o‘tib ketgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Och qoringa qabul qilinganida yaxshi so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 2-3 soatdan keyin erishiladi. 200 mg qabul qilinganidan keyin Smax – 705 ng/ml. Preparatning mutloq biokiraolishligi tekshirilmagan. Smax va “konsentrasiya-vaqt” farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) sutkada 2 marta 200 mg gacha dozalar doirasida qabul qilingan dozaga taxminan proporsional; selekoksib yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida Smax va AUC ni oshish darajasini proporsionalligi kamroq bo‘ladi.

Taqsimlanishi

Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi konsentrasiyasiga bog‘liq emas va taxminan 97% ni tashkil qiladi, selekoksib qon eritrositlari bilan bog‘lanmayli. Selekoksib gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.

Metabolizmi

Selekoksib jigarda gidroksilizasiya, oksidlanish va qisman glyukuronizasiya yo‘llari bilan metabolizmga uchraydi. Metabolizmi asosan sitoxrom R450 CYP2C9 ishtiroki bilan o‘tadi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Qonda aniqlanadigan metabolitlari SOG-1 va SOG-2 ga nisbatan farmakologik faol emas. Sitoxrom R450 CYP2C9 ning faolligi CYP2C9*3 polimorfizm bo‘yicha gomozigotli kabi genetik polimorfizmi bo‘lgan shaxslarda pasaygan, u enzimlarning samaradorligini kamayishiga olib keladi.

Chiqarilishi

Selekoksib jigarda metabolizmga uchraydi, ichak va buyraklar orqali metabolitlari (muvofiq 57% va 27%), qabul qilingan dozaning 1% dan kamrog‘i – o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Takroriy qo‘llanganda yarim chiqarilish davri 8-12 soatlarni tashkil qiladi, klirensi esa taxminan 500 ml ni tashkil qiladi. Takroriy qo‘llanganda qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyasiga 5-nchi kuni erishiladi. Asosiy farmakokinetik ko‘rsatkichlarining (AUC, Smax, yarim chiqarilish davri) o‘zgaruvchanligi taxminan 30%. Yosh sog‘lom katta pasientlarda muvozanat holatidagi o‘rtacha taqsimlanish xajmi taxminan 500 l/70 kg ga teng, bu selekoksibni to‘qimalarda keng taqsimlanishini ko‘rsatadi.

Ovqat qabul qilishni ta‘siri

Selekoksibni yog‘li ovqat bilan birga qabul qilish Smax ga erishish vaqtini taxminan 4 soatga oshiradi va to‘liq so‘rilishini taxminan 20% ga ko‘paytiradi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Keksa pasientlar

65 yoshdan oshgan pasientlarda selekoksibning Smax va AUC ning o‘rtacha qiymatlarini 1,5-2 marta oshishi aniqlanadi, bu ko‘proq darajada yosh bilan emas, balki tana vaznini o‘zgarishi bilan bog‘liq (keksa yoshdagi pasientlarda, odatda, yoshroq shaxslarga qaraganda tananing o‘rtacha vaznini pastroqligi kuzatiladi, shuning uchun boshqa barcha teng sharoitlarda selekoksibning yuqoriroq konsentrasiyalariga erishiladi). Shu sababga ko‘ra keksa ayollarda, keksa erkaklarga qaraganda, odatda preparatning yuqoriroq konsentrasiyasi aniqlanadi. Ko‘rsatilgan farmakokinetikasining xususiyatlari, odatda, dozaga tuzatish kiritishni talab qilmaydi. Shunga qaramasdan, tana vazni 50 kg dan past keksa pasientlarda, davolashni minimal tavsiya etilgan dozadan boshlash kerak.

Irq

Negroid irq vakillarida selekoksibning AUC, yevropaliklardagiga qaraganda 40% ga yuqori. Buning sabablari va klinik ahamiyati noma‘lum.

Jigar faoliyatini  buzilishi

Yengil darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A sinfi) bo‘lgan pasientlarda selekoksibning qon plazmasidagi konsentrasiyasi ahamiyatsiz o‘zgaradi.

Og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi) bo‘lgan pasientlarda selekoksibning qon plazmasidagi konsentrasiyasi deyarli 2 marta oshishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan pasaygan KFT >65 ml/min/1,73 m2 pasientlarda, va KFT 35-60 ml/min/1,73 m2 ga teng bo‘lgan pasientlarda selekoksibning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Zardob kreatininining miqdori (yoki kreatinin klirensi (KK)) va selekoksibning klirensi orasida ahamiyatli bog‘liqlik aniqlanmaydi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligining mavjudligi selekoksibning klirensiga ta‘sir qilmaydi, chunki uning chiqarilishini asosiy yo‘li – jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarga aylanishi hisoblanadi.

QO‘LLANILISHI

Osteoartroz, revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitni simptomatik davolash.

Og‘riq sindromi (belda og‘riq, og‘riqning suyak-mushak, operasiyadan keyingi va boshqa turlari).

Birlamchi dismenoreyani davolashda qo‘llanadi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Selekoksibga yoki preparatning xar qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Sulfonamidlarga ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Bronxial astma, burun va burun oldi bo‘shliqlarning qaytalanuvchi polipozi va asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP ni, shu jumladan SOG-2 ning boshqa ingibitorlarini o‘zlashtiraolmaslikni to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan qo‘shilishi (shu jumladan anamnezdagi).

Me‘da yoki o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining faol eroziv-yarali shikastlanishlari yoki zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki me‘da-ichak qon ketishi.

Zo‘rayish bosqichidagi ichakning yallig‘lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit).

Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha II-IV funksional sinfi).

Klinik tasdiqlangan yurak ishemik kasalligi va yaqqol ifodalangan bosqichdagi serebrovaskulyar kasalliklar.

Gemorragik insult.

Subaraxnoidal qon quyilishi.

Homiladorlik va laktasiya davri (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash” bo‘limiga qarang).

Og‘ir jigar yetishmovchiligi (qo‘llash tajribasi yo‘q).

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK 30 minutiga ml dan kam), buyraklarning kuchayib boruvchi kasalliklari, tasdiqlangan giperkaliemiya (qo‘llash tajribasi yo‘q).

Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbsiya.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qo‘llash tajribasi yo‘q).

EHTIYOTKORLIK BILAN

Selebreksni quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, yarali kolit, Kron kasalligi, anamnezdagi qon ketishi), Helicobacter pylori infeksiyasini mavjudligi; antikoagulyantlar (varfarin), antiagregantlar (asetilsalisil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (prednizolon), diuretiklar, serotoninni qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin), digoksin bilan birga qo‘llash; suyuqlikni tutilishi va shishlar; og‘irligi o‘rtacha darajali jigar faoliyatini buzilishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), anamnezdagi jigar kasalliklari, jigar porfiriyasi; surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30-60 ml); aylanayotgan qon hajmini ahamiyatli pasayishi (shu jumladan jarrohlik aralashuvlardan keyin); yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, arterial gipertenziya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); serebrovaskulyar kasalliklar; dislipidemiya/giperlipidemiya; qandli diabet; periferik arteriyalarning kasalliklari; CYP2C9 izofermentining ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash; sekin metabolizatorlar bo‘lgan yoki bunday holatga gumon qilingan pasientlar; NYAQP ni uzoq muddat qo‘llash; og‘ir somatik kasalliklar; keksa pasientlar (shu jumladan diuretiklarni qabul qilayotganlar, tana vazni kam bo‘lgan kuchsizlangan pasientlar); chekish; tuberkulyoz; alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANISHI

Selekoksibni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida Selebreks® preparatini qo‘llashning potensial xavfi aniqlanmagan, lekin istisno qilish mumkin emas.

Ta‘sir mexanizmiga muvofiq NYAQP, shu jumladan selekoksib, qo‘llaganda ayrim ayollarda tuxumdonlarda o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin, u homiladorlik vaqtidagi asoratlarning yoki fertillikning izdan chiqishi sababi bo‘lishi mumkin. Homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshirishdan o‘tayotgan ayollarda, NYAQP, shu jumladan selekoksibni, qabul qilish masalasini ko‘rish kerak.

Prostaglandinlar sintezining ingibitorlari guruhiga kiruvchi selekoksib, homiladorlik vaqtida, ayniqsa III uch oyligida qabul qilish, bachadon qisqarishlarini kuchsizligini va arterial yo‘lini muddatidan oldin bekilishini chaqirishi mumkin.

Selekoksibni ko‘krak suti bilan chiqarilishi bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar mavjud. Tadqiqotlarda selekoksibni ko‘krak suti bilan juda past konsentrasiyalarda chiqarilishi ko‘rsatilgan. Shunga qaramasdan, ona uchun Selebreks® preparatini qabul qilishni muhimligini hisobga olib, emizikli bolada selekoksibdan nojo‘ya samaralarni rivojlanishi potensial mumkinligini e‘tiborga olib, emizishni yoki selekoksibni qabul qilishni bekor qilishni maqsadga muvofiqligini baholash kerak.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Ichga, chaynamasdan, suv bilan birga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Selebreks® preparatining dozasi va qabul qilish davomiyligini oshishi bilan yurak-qon tomir tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan asoratlar xavfi tufayli, uni mumkin bo‘lgan minimal qisqa kurs va preparatni minimal samarali dozada qo‘llash kerak. Davomli qabul qilishda tavsiya etiladigan maksimal sutkalik doza – 400 mg.

Osteoartrozni simptomatik davolash: tavsiya etiladigan doza 1 yoki 2 qabulda 200 mg ni tashkil qiladi.

Revmatiod artritni simptomatik davolash: selekoksibning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 2 marta 100 yoki 200 mg ni tashkil qiladi.

Ankilozlovchi spondilitni simptomatik davolash: selekoksibning tavsiya etiladigan dozasi 1 yoki 2 qabulda sutkada 200 mg ni tashkil qiladi. Ayrim pasientlarda sutkada 400 mg ni qo‘llashni samaradorligi aniqlangan.

Og‘riq sindromini davolash: selekoksibning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi, keyinchalik, zarurati bo‘lganda, birinchi kuni 200 mg qo‘shimcha dozani qabul qilish bilan 400 mg ni tashkil qiladi. Keyingi kunlari tavsiya etiladigan doza, zaruratga qarab sutkada 2 marta 200 mg ni tashkil qiladi.

Birlamchi dismenoreyani davolash: selekoksibning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi, keyinchalik, birinchi kuni 200 mg qo‘shimcha dozani qabul qilish bilan 400 mg ni tashkil qiladi. Keyingi kunlari tavsiya etiladigan doza, zaruratga qarab sutkada 2 marta 200 mg ni tashkil qiladi.

Keksa pasientlar: odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Lekin tana vazni 50 kg dan kam pasientlarda davolashni yaxshisi minimal tavsiya etiladigan dozadan boshlash kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi: og‘irligi yengil darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A sinfi) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi) bo‘lgan pasientlarda preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasini ikki marta pasaytirish kerak. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinfi) bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llashning tajribasi yo‘q (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q (“Maxsus ko‘rsatmalar”, “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang).

Flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llash: flukonazol (CYP2C9 izofermentining ingibitori) va Selebreks® preparati bir vaqtda qo‘llanganda, preparatning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasini ikki marta pasaytirish kerak. CYP2C9 izofermentning boshqa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Selebreks®ni sekin metabolizatorlar yoki bunday holatga gumon bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu qon plazmasida selekoksibning yuqori konsentrasiyalarini to‘planishiga olib kelishi mumkin. Bunday pasientlarda preparatning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasini ikki marta pasaytirish kerak.

NOJO‘YA SAMARALARI

Tez-tezligini baxolash mezonlari: juda tez-tez ≥10%; tez-tez – ≥1% va <10%; tez-tez emas – ≥0,1% va <1%; kam hollarda – ≥0,01% va <0,1%; juda kam hollarda – ≤0,01%.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar, arterial bosimni oshishi, shu jumladan arterial gipertenziyaning og‘ir kechishi; tez-tez emas – “oqib kelishlar”, yurak urishini his qilish; kam hollarda – surunkali yurak yetishmovchiligini namoyon bo‘lishi, aritmiya, taxikardiya, ishemik insult va miokard infarkti.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – abdominal og‘riq, diareya, dispepsiya, meteorizm, qusish; tez-tez emas – tishlarning kasalliklari (postekstraksion uyachali alveolit); kam hollarda – me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, qizilo‘ngach yarasi; juda kam hollarda – ichak perforasiyasi, pankreatit.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, uyqusizlik; tez-tez emas – bezovtalik, mushak tonusini oshishi, uyquchanlik; kam hollarda – ongni chalkashishi (psixoz).

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – siydik yo‘llarining infeksiyalari.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – bronxit, yo‘tal, sinusit, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari; tez-tez emas – faringit, rinit.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez – terini qichishishi (shu jumladan tarqalgan), teri toshmasi; tez-tez emas – eshakemi, ekximozlar; kam hollarda – alopesiya.

Qon tomonidan: tez-tez emas – anemiya, ekximozlar; kam hollarda- trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – angionevrotik shish; juda kam hollarda – bullyoz toshmalar (bullyoz dermatit).

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqlarda shovqin, ko‘rishni noaniqligi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tez emas – “jigar” fermentlari faolligini oshishi (shu jumladan alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza).

Umumiy: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik, grippsimon sindrom, tasodifiy jarohatlar, yuzni shishi.

Postmarketing kuzatuvlarda aniqlangan nojo‘ya samaralar:

Bu reaksiyalar postmarketing kuzatuvlar davomida aniqlanganligiga qaramasdan, ular tez-tezligi bo‘yicha quyidagi tarzda taqsimlangan: : juda tez-tez ≥10%; tez-tez – ≥1% va <10%; tez-tez emas – ≥0,1% va <1%; kam hollarda- ≥0,01% va <0,1%; juda kam hollarda- ≤0,01%, tez-tezligi noma‘lum – bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – gallyusinasiyalar; juda kam hollarda – bosh miyaga qon quyilishi, aseptik meningit, ta‘m sezishni yo‘qolishi, hid sezishni yo‘qolishi.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan: tez-tez emas – kon‘yunktivit.

Qon tomirlar tomonidan: juda kam hollarda – vaskulit.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, pnevmonit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – me‘da-ichak qon ketishlari.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: kam hollarda – gepatit; juda kam hollarda – jigar yetishmovchiligi, fulminant gepatit, jigar nekrozi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limi, “Jigar faoliyatiga ta‘siri” kichik bo‘limiga qarang), xolestaz, xolestatik gepatit, sariqlik.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: kam hollardai- fotosezuvchanlik reaksiyasi; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik sindromi) bilan birga dori toshmasi, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, eksfoleativ dermatit.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limi, “Buyrak faoliyatiga ta‘siri” kichik bo‘limiga qarang), giponatriemiya; juda kam hollarda – tubulointerstisial nefrit, nefrotik sindrom, minimal o‘zgarishlar kasalligi.

Reproduktiv tizimi tomonidan: kam hollarda – hayz ko‘rish siklini buzilishi; tez-tezligi noma‘lum1ayollarda fertillikni pasayishi (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).

Tizimli buzilishlar: tez-tez emas – ko‘krak qafasida og‘riq.

1 Homiladorlikni rejalashtirga ayollar tadqiqotdan chiqarilgan, shuning uchun reaksiyaning uchrash tez-tezligini hisoblashda ular inobatga olinmagan.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Dozani oshirib yuborilishini klinik tajribasi cheklangan. 1200 mg gacha bir martalik va 1200 mg gacha ko‘p martalik dozalari sutkada 2 qabulda klinik ahamiyatli nojo‘ya samaralarsiz qo‘llangan. Dozani oshirib yuborilishiga gumon bo‘lganda muvofiq tutib turuvchi davolashni ta‘minlash kerak. Preparatni qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi tufayli, dializ preparatni qondan chiqarishni samarali usul hisoblanmaydi.

BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Selekoksibni CYP2D9 izofermentining ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda selekoksibning dozasini pasaytirish kerak bo‘lishi mumkin.

Selekoksibni CYP2A9 izofermentining rifampisin, karbamazepin va barbituratlar kabi induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida uning konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda uning dozasini oshirish kerak bo‘lishi mumkin.

Farmakokinetikasini klinik tadqiqotlarida va in vitro sharoitdagi tekshirishlarda, selekoksib garchi CYP2D6 izofermentining substrati bo‘lmasa ham, lekin uning faolligini ingibisiya qiladi. Shuning uchun metabolizmi CYP2D6 izofermenti bilan bog‘liq bo‘lgan preparatlar bilan in vivo sharoitda dorilarning o‘zaro ta‘sirining ehtimoli mavjud.

Varfarin va boshqa antikoagulyantlar: bir vaqtda qabul qilinganida protrombin vaqtini oshishi mumkin.

Flukonazol, ketokonazol: bir vaqtda 200 mg flukonazaol sutkada bir marta qo‘llanganida, qon plazmasida selekoksibning konsentrasiyasini 2 marta oshishi aniqlanadi. Bunday samara flukonazol tomonidan CYP2S9 orqali selekoksibning metabolizmini susayishi bilan bog‘liq. Flukonazol qabul qilayotgan pasientlar (CYP2S9 izofermentining ingibitori), selekoksibning tavsiya etilgan dozasini ikki marta pasaytirish tavsiya etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Ketokonazol (CYP3A4 izofermentining ingibitori), selekoksibning metabolizmiga klinik ahamiyatli samara ko‘rsatmaydi.

Dekstrametorfan va metoprolol: bir vaqtda selekoksib sutkada 200 mg dozada qo‘llanganda, dekstrometorfan va metoprololning (CYP2D6 izofermentining substratlari) konsentrasiyalarini muvofiq 2,6 va 1,5 marta oshishiga olib kelishi aniqlangan. Konsentrasiyalarni bunday oshishi selekoksib tomonidan CYP2D6 izofermentining o‘zini faolligini ingibisiya qilishi orqali CYP2D6 izofermenti substratlarining metabolizmini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq. Shuning uchun selekoksib bilan davolashni boshlash oldidan CYP2D6 izofermentining substratlari bo‘lgan preparatlarning dozasini pasaytirish kerak, selekoksib bilan davolash tuguganidan keyin esa bu preparatlarning dozasini oshirish kerak.

Metotreksat: selekoksib va metotreksat orasida farmakokinetik klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Antigipertenziv preparatlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari / angiotenzin II antagonistlari (yoki angiotenzin reseptorlarining blokatorlari), diuretiklar va beta-adrenoblokatorlar: prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi antigipertenziv preparatlarning, shu jumladan AAF ingibitorlari va/yoki angiotenzin reseptorlarining blokatorlari, diuretiklar va beta-blokatorlarning samarasini pasaytirishi mumkin. Selekoksib AAF ingibitorlari va/yoki angiotenzin reseptorlarining blokatorlari, diuretiklar va beta-blokatorlar bilan birga qo‘llanganida bu o‘zaro ta‘sirni e‘tiborga olish kerak.

Keksa pasientlarda, suvsizlangan pasientlarda (shu jumladan diuretiklar bilan davolanayotgan pasientlarda) yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda NYAQP, SOG-2 ni selektiv ingibitorlarini, AAF ingibitorlari bilan, angiotenzin II antagonistlari va diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash, buyrak faoliyatini, shu jumladan mumkin bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Odatda bu samaralar qaytuvchandir. Bunday hollarda oldin regidratasiya o‘tkazish, so‘ngra esa Selebreks® preparati bilan davolashni boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, davolashni boshida va preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda vaqti-vaqti bilan buyrak faoliyatini monitoringini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rish kerak.

Siklosporin: NYAQP ni prostaglandinlarning buyrak sinteziga ta‘sir ko‘rsatishini hisobga olib, siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda ular nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshirishlari mumkin.

Diuretiklar: ilgari ma‘lum bo‘lgan NYAQP ayrim pasientlarda prostaglandinlarning buyrak sintezini pasaytirishi hisobiga furosemid va tiazidlarning natriyuretik samarasini pasaytirishi mumkin, selekoksibni qo‘llashda buni nazarda tutish kerak.

Peroral kontraseptivlar: kontraseptiv majmuaning (1 mg noretisteron / 35 mkg etinilestradiol) farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘siri aniqlanmagan.

Litiy: litiy va selekoksib birga qabul qilinganida qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini taxminan 17% ga oshishi aniqlangan. Litiy bilan davolanayotgan pasientlar, selekoksibni qabul qilishda yoki bekor qilishda sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Boshqa NYAQP: selekoksib va boshqa NYAQP ni (asetilsalisil kislotasini saqlamaydigan) bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Lizinoprilni tekshirish natijalari: 1 va 2 darajali arterial gipertenziyasi bo‘lgan, shuning uchun lizinopril qabul qilayotgan pasientlardagi 28-kunlik tadqiqotda, sutkada ikki marta 200 mg dozada selekoksibni bir vaqtda qo‘llash, plasebo bilan solishtirganda, o‘rtacha sistolik yoki diastolik bosimni klinik ahamiyatli oshishiga olib kelmasligi aniqlangan (arterial bosimni 24-soatlik monitoringi natijalari bo‘yicha aniqlangan). Plasebo qabul qilgan pasientlar bilan solishtirganda (bu guruxda 27% pasientlarda javob aniqlanmagan), sutkada ikki marta 200 mg dozada selekoksib qabul qilayotgan pasientlar orasida, ular orasida 48% ida lizinopril bilan davolashga javob bo‘lmagan (javob mezonlariga diastolik bosimni 90 mm sim. ust. dan ko‘proq yoki diastolik bosimni dastlabki daraja bilan solishtirganda 10% ga oshishi qabul qilingan).

Boshqa preparatlar: selekoksib va antasidlar (alyuminiy- va magniy-saqlovchi preparatlar), omeprazol, glibenklamid, fenitoin yoki tolbutamid orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Past dozalarda qabul qilinadigan asetilsalisil kislotasining antiagregant samarasiga selekoksib ta‘sir qilmaydi. Selekoksib trombositlarning faoliyatiga kuchsiz ta‘sirga ega shuning uchun unga yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun qabul qilinadigan asetilsalisil kislotasining o‘rnini bosuvchisi sifatida qarash mumkin emas.

Sog‘lom ko‘ngillilarda NYAQP digoksinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Shunga qaramasdan, digoksin va indometasin va ibuprofen bir vaqtda qo‘llanganida, pasientlarda qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasini oshishi aniqlangan. Qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasini oshiradigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida buni e‘tiborga olish kerak. Selekoksib va digoksinni o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Selekoksibni yurak-qon tomir tizimiga boshqa samaralarini hisobga olib, uni digoksin bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Bunday hollarda nojo‘ya reaksiyalarni sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi.

Selekoksib jigarda asosan CUP2C9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Barbituratlar CUP2C9 izofermentining induktorlari bo‘lganligi uchun, ular selekoksib bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida selekoksibning konsentrasiyasini pasayishi aniqlanishi mumkin.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Selebreks®, isitmani tushiruvchi ta‘sirini hisobga olib, isitma kabi simptomning diagnostik ahamiyatini pasaytirishi va infeksiyani diagnostikasiga ta‘sir qilishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri

Selekoksib, barcha koksiblar kabi, yurak-qon tomir tizimi tomonidan tromb hosil bo‘lishi, miokard infarkti va insult kabi jiddiy asoratlar xavfini oshirishi mumkin, ular o‘limga olib kelishlari mumkin. Bu reaksiyalarni paydo bo‘lishini xavfi doza va preparatni qabul qilish davomiyligi bilan, shuningdek yurak-qon tomir tizimining kasalliklari va bunday kasalliklarning xavf omillari bo‘lgan pasientlarda oshishi mumkin. Selebreks® qabul qilayotgan pasientlarda bu reaksiyalar paydo bo‘lishi xavfini pasaytirish uchun, uni minimal samarali dozalarda va mumkin bo‘lgan minimal kursda (davolovchi shifokorning xoxishicha) qo‘llash kerak. Davolovchi shifokor va pasient xatto yurak-qon tomir tizimi faoliyatini ilgari ma‘lum bo‘lgan simptomlari bo‘lmaganida ham, bunday asoratlar paydo bo‘lishi mumkinligini nazarda tutishlari kerak. Pasientlar yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta‘sirining belgilari va simptomlari haqida va ular paydo bo‘lgan xolda ko‘riladigan choralar xaqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak.

Aorta-koronar shuntlash operasiyasidan keyin og‘riq sindromini davolash uchun NYAQP (SOG-2 ning selektiv ingibitorlari) qo‘llanganida birinchi 10-14 kunlarda miokard infarkti va bosh miyada qon aylanishlarining buzilishlari tez-tezligini oshishi mumkin.

Trombositlar faoliyatiga selekoksibni kuchsiz ta‘siri tufayli, u tromboemboliyani oldini olish uchun asetilsalisil kislotasining o‘rnini bosuvchi bo‘la olmaydi. Shuning uchun tromboembolik asoratlar rivojlanishini xavfi bo‘lgan pasientlarda antiagregant davolashni (masalan, asetilsalisil kislotasini) bekor qilish mumkin emas.

Barcha NYAQP kabi selekoksib, arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin, bu yurak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarning sababi ham bo‘lishi mumkin. Barcha NYAQP, shu jumladan selekoksib, arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Arterial bosimni kuzatish selekoksib bilan davolashni boshida, shuningdek davolash kursi davomida amalga oshirilishi kerak.

Me‘da-ichak yo‘llariga ta‘siri

Selekoksib qabul qilgan pasientlarda juda kam hollarda perforasiya, yaralanish va me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi kuzatilgan. NYAQP bilan davolashda bu asoratlarning rivojlanishini xavfi keksa odamlarda, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, bir vaqtda asetilsalisil kislotasini qabul qilayotgan pasientlarda va anamnezida yara, qon ketishi kabi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari, zo‘rayish bosqichidagi yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan pasientlarda juda yuqori. Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanishini boshqa xavf omillari peroral glyukokortikoidlar va antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash, NYAQP bilan davomli davolash, chekish, alkogol iste‘mol qilish hisoblanadi. Me‘da-ichak yo‘llaridagi jiddiy nojo‘ya samaralar xaqidagi ko‘pchilik spontan xabarlar keksa va kuchsizlangan pasientlarga taalluqli bo‘lgan.

Peroral antikoagulyantlar bilan birga qo‘llash

NYAQP peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishlar xavfi oshadi. Bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Peroral antikoagulyantlar varfarin, kumarin qatori antikoagulyantlari va yangi peroral antikoagulyantlarni (masalan, apiksaban, dabigatran va rivaroksaban) o‘z ichiga oladi. Varfarin yoki o‘xshash vositalar bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda jiddiy (ulardan ba‘zilari fatal bo‘lgan) qon ketishlar haqida xabar berilgan. Protrombin vaqtini (xalqaro protrombin vaqtini (XPV)) oshishi haqida xabar berilganligi tufayli, Selebreks® preparati bilan davolash boshlanganidan yoki uning dozasi o‘zgartirilganidan keyin, bir vaqtda varfarin yoki kumarin qatori antikoagulyantlari bilan davolanayotgan pasientlarda, antikoagulyant faollik va/yoki XPV nazorat qilinishi kerak.

Suyuqlikni tutilishi va shishlar.

Prostaglandinlar sintezini tormozlovchi boshqa dori vositalarini qo‘llashdagi kabi, Selebreks® qabul qilayotgan qator pasientlarda, suyuqlikni tutilishi va shishlar kuzatilishi mumkin, shuning uchun moyilligi yoki suyuqlikni tutilishi tufayli yomonlashuvchi holatlari bo‘lgan pasientlarda bu preparat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari yoki arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

 

Buyrak faoliyatiga ta‘siri

NYAQP, shu jumladan selekoksib, buyrak faoliyatiga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Selekoksibni boshqa NYAQP bilan solishtirganda yuqori toksiklikka ega emasligi aniqlangan. Buyrak faoliyatini buzilishi, yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda va keksa pasientlarda Selebreks®ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday pasientlarda buyrak faoliyati sinchiklab nazorat qilinishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda Selebreks® preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday hollarda oldin regidratasiya o‘tkazish, so‘ngra esa Selebreks® preparati bilan davolashni boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Jigar faoliyatiga ta‘siri

Selebreks® og‘ir darajali jigar faoliyatini buzilishi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinfi) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Selebreks®ni og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va preparatni tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasini ikki marta pasaytirish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Ayrim hollarda jigar tomonidan og‘ir reaksiyalar, fulminant gepatit (ba‘zida o‘lim bilan yakunlangan), jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi (ba‘zida o‘lim bilan yakunlangan yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazish zarurati bo‘lgan) kuzatilgan. Bu reaksiyalarning ko‘pchiligi selekoksibni qabul qilish boshlanganidan keyin 1 oy o‘tgach rivojlangan.

Jigar faoliyatini buzilishlarini simptomlari va/yoki belgilari bo‘lgan pasientlar yoki laboratoriya usullari bilan jigar faoliyatini buzilishlari aniqlangan pasientlar, Selebreks® preparati bilan davolash vaqtida jigar tomonidan og‘irroq reaksiyalar rivojlanishi mumkinligiga sinchikov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Anafilaktik reaksiyalar

Selebreks® preparati qabul qilinganda anafilaktik reaksiyalar hollari qayd qilingan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Teri qoplamalari tomonidan jiddiy reaksiyalar

Selekoksib qabul qilganda teri qoplamalari tomonidan juda kam hollarda eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy reaksiyalar aniqlangan, ulardan ayrimlari fatal bo‘lgan. Pasientlarda bunday reaksiyalar paydo bo‘lishini xavfi davolashni boshida yuqoriroq, ko‘pchilik aniqlangan hollarda bunday reaksiyalar davolashni birinchi oyida boshlangan. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda o‘zgarishlar yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lganda, Selebreks® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash

Selebreks® glyukokortikosteroidlarning o‘rnini bosaolmaydi yoki glyukokortikosteroid yetishmovchiligini davolash sifatida qo‘llanmaydi.

CYP2D6 izoferment faoliyatini susayishi

Selekoksibni CYP2D6 izofermentining o‘rtacha ingibitori ekanligi aniqlangan. Selekoksib bilan davolashni boshlash davrida CYP2D6 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlarning dozasini pasaytirish, selekoksib bilan davolash tugaganidan keyin esa bu preparatlarning dozasini oshirish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Selekoksibni avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri tekshirilmagan. Lekin farmakodinamik xususiyatlari va xavfsizligining umumiy profiliga asoslanib, Selebreks®ni bunday ta‘sir ko‘rsatishini ehtimoli kam.

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, ular ko‘rsatilgan faoliyatga ta‘sir qilishi mumkin.

CHIQARILISH SHAKLI

Kapsulalar 100 mg va 200 mg dan, 10 kapsuladan AVX/alyumin folgali blisterda (kontur uyali o‘ram), 1, 2, 3, 4, 5 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

SAQLASH SHAROITI

Quruq joyda 15 oS dan 30oS gacha xaroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 dori vositasi Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/ Р-Фарм Германия ГмбХ tomonidan Puerto-Riko / Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SELEBREKS 0,4 kapsulalar N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SELEBREKS 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Целекоксиб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Мэньюфэкчеринг Дойчланд ГмбХ.
Другие формы препарата
SELEBREKS 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Целекоксиб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Мэньюфэкчеринг Дойчланд ГмбХ.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9