16 300 s`om dan
Dorixonalardan izlash50 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish16 300 s`om dan
Bron qilishILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
MEZIM® FORTE
3500 TB Ph.Eur. lipaza
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Ta‘sir etuvchi modda: pankreatin
Ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval ilova-varaqani to‘liq diqqat bilan o‘qib chiqing, unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.
Preparatni doimo ilova varaqada keltirilgan ko‘rsamalarga qat‘iy rioya qilgan holda, yoki davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimini ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. · Bu ilova-varaqani tashlab yubormang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qishga to‘g‘ri kelishi mumkin. · Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslaxatlashing. · Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli. 4-bo‘limga qarang. · Agar Sizda simptomlarning chuqurlashishi yoki 7-14 kun o‘tgach yaxshilanish bo‘lmasa shifokorga murojaat qiling. |
Ilova-varaqaning mazmuni:
Mezim® forte preparati o‘zi nima
Mezim® forte ta‘sir etuvchi moddasi pankreatin bo‘lgan dori preparati hisoblanadi.
Mezim® forte nima uchun qo‘llaniladi
Mezim® forteni qabul qilmang
Mezim® forteni qabul qilishdagi ehtiyotkorlik choralari
Mezim® forteni qo‘llashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing
Mukovissidozli bemorlarda ichak tutilishi shaklidagi asoratlar tez-tez kuzatiladi.
Boshqa dorilar va Mezim® forte
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Pankreatin saqlovchi preparatlarni qabul qilish, organizmda folat kislotasining so‘rilishini yomonlashtirishi mumkin, natijada folat kislotasini qo‘shimcha qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Akarboza va miglitolning (peroral diabetga qarshi preparatlar) gipoglikemik samarasi, Mezim® forte bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorligingizni taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Mezim® forteni homiladorlikda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajribalar yo‘q. Homiladorlikka, homilani rivojlanishiga, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga nisbatan hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlardan olingan ma‘lumotlar yetarli emas.
Preparatni qo‘llashda odamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf noma‘lum. Homiladorlikda va emizish davrida Mezim® forteni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat davolovchi shifokor preparatni qo‘llash mutloq zarur degan qarorga kelgan holatlar bundan mustasno.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Mezim® forte transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Mezim® forte va azorubin
Preparat azorubin laki (Ye 122) bo‘yovchisi saqlaydi, u allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Mezim® forteni qanday qabul qilish kerak
Dori vositasini ushbu ilova-varaqadagi ko‘rsatmaga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalash:
Tavsiya etilgan doza:
Mezim® fortening 1-2 tabletkasi ovqat qabul qilish vaqtida (3500-7000 birlik lipaza bir ovqat qabul qilishga to‘g‘ri keladi)
Mezim® forte preparatining buyuriluvchi dozasi ovqat hazm qilishning buzilishini og‘irlik darajasiga bog‘liq va shaxsiy ravishda tanlanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda preparatning ko‘rsatilgan dozasini oshirish mumkin.
Ovqatning turiga va ovqat hazm qilishning buzilishini aniqlangan yoki taxminiy og‘irlik darajasiga qarab, ovqat qabul qilish vaqtida yana plyonka qobiq bilan qoplangan 2-4 tabletkani qabul qilish kerak.
Fermentning sutkalik dozasi 1 kilogramm tana vazniga 15000-20000 TB lipazadan oshmasligi kerak.
Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanishi
Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.
Qo‘llash usuli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar yetarli miqdorda suyuqlik bilan birga butunligicha yutiladi. Tabletkalarni butunligicha yutilishini nazorat qiling, chunki Mezim® fortening samaradorligi tabletkalarni chaynash natijasida pasayadi, tarkibidagi fermentlar og‘iz bo‘shlig‘ida ajralib chiqishi natijasida esa og‘iz bo‘shlig‘i shikastlanishi mumkin. Bundan so‘ng yetarli miqdorda suyuqlik (suv yoki sharbat) ichish kerak.
Davolash davomiyligi
Preparatni uzoq vaqt davomida doimiy qabul qilish masalasini shifokor belgilaydi. Agar ahvol yaxshilanishi kuzatilmasa yoki yomonlashsa shifokoringizga murojaat qiling.
Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanishi
Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.
Agar Siz Mezim® fortening tavsiya qilingan dozasini oshirgan bo‘lsangiz
Mezim® forte preparatining tavsiya qilingan dozasiga qaraganda, yuqoriroq dozalarda qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Zararli oqibatlardan xavfsiramasa ham bo‘ladi.
Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasining o‘rnini bosish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, davolashni tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.
Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni vaqtidan oldin to‘xtatgan bo‘lsangiz yoki davolashni to‘xtatsangiz, Sizda yana simptomlarni takrorlanishini sezishingiz mumkin. Shifokoringizga murojaat qiling.
Agar Sizda bu preparatni qo‘llash usuli bo‘yicha aniqlanmagan savollar qolgan bo‘lsa, dorixona xodimiga murojaat qiling.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
Barcha boshqa dori vositalari kabi Mezim® forte ham nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ular hammada ham bo‘lmaydi.
Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin
Tez-tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydigan):
Azorubin laki (Ye122) allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berish
Agar Siz o‘zingizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganini sezsangiz shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli.
Siz shuningdek, V ilovada ko‘rsatilgan bevosita Milliy axborot tizimi orqali ham nojo‘ya ta‘sirlar yuzasidan xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzasidan xabar berib, Siz ushbu dori vositasini xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
Mezim® forteni qanday saqlash kerak
Ushbu dori preparati bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Mezim® forte qutida ko‘rsatilgan “goden do:” yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizasiya yoki mahalliy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dori preparatlarini utilizasiyasi masalalari bo‘yicha dorixona xodimiga murojaat qiling.
Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi.
O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
Mezim® forte quyidagilarni saqlaydi
Ta‘sir etuvchi modda:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkada minimal faollikka ega bo‘lgan ta‘sir etuvchi modda pankreatin saqlaydi
lipaza 3500 TB Ph.Eur.
amilaza 4200 TB Ph.Eur.
proteaza 250 TB Ph.Eur.
Yordamchi moddalar:
Yadrosi:
mikrokristall sellyuloza; kraxmalning natriyli glikolyati (A turi) tuzi; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati
Qobig‘i:
30% li poliakrilat dispersiyasi (quruq massa), gipromelloza, talk, simetikon emulsiyasi (quruq massa), makrogol 6000, azorubin laki (Ye 122), titan dioksidi (Ye171).
Mezim® forte preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi
Mezim® forte pushti, yassi, silindr shaklli, deyarli yassi parallel yuzali va chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalardan tashkil topgan.
10, 20, 40, 80 va 100 tabletka o‘ramda chiqariladi.
Tabletkalarni o‘rami sifatida bukiladigan, bosib chiqariladigan karton quti qo‘llaniladi. Birlamchi o‘rami: OPA/alyuminiy/PVX va qattiq alyumindan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister, hamda PVX/PE/PVDX va qattiq alyumin folgadan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister.
Sotuvda o‘ramning hamma o‘lchamlari bo‘lmasligi ham mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz.