×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Seliksel konsentrat 43,4 ml N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Россия
Faol modda:
Паклитаксел
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Фармасинтез-Норд»
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- L01CD01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
297 000 s`om dan
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
128 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat 6 mg/ml.

Dori preparatining birlamchi o'rami 

Preparat 5; 16,7; 20; 23,3; 25; 35; 41,7; 43,4; 46; 50 yoki 60 ml dan I turdagi (USP/er) rangsiz shisha flakonlarda, brombutil tiqin bilan germetik yopilgan va "flip-off" turidagi alyumin qalpoqchalari bilan mahkamlangan. Har bir flakonga yorliq yoki yozma qog'ozli yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq yopishtiriladi. 

Dori preparatining ikkilamchi o'rami

Preparatli 1 flakon qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga, kichik guruhi xromli yoki xrom-erzasli, yoki boshqa analogik sifatli iste'molchilar tarasi uchun mo'ljallangan karton qutiga joylanadi. Qutilar umumiy qutilarga joylanadi.

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: paklitaksel – 6,0 mg; 

yordamchi moddalar: polioksil-35-kanakunjut moyi – 527,0 mg, suvsiz limon kislotasi – 1,0 mg, 95 % li etanol – 1,0 ml gacha.

Paklitaksel biosintetik yo'l bilan olinadigan o'smalarga qarshi preparat hisoblanadi. 

Ta'sir mexanizmi interfazada tubulinning dimer molekulalaridan mikronaychalar hosil bo'lishini rag'batlantirish, ularning tuzilishini barqarorlashtirish va dinamik qayta tuzilishini tormozlash hususiyati bilan ifodalanadi, bu holat hujayraning mitoz funktsiyasini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, paklitaksel hujayra tsikli davomida mikronaychalardan iborat bo'lgan anomal birikmalar, yoki "bog'lar" hosil bo'lishini induktsiya qiladi va mitoz vaqtida ko'p sonli mikronaychalar yulduzlarini hisol qiladi. Eksperimental ma'lumotlarga ko'ra mutagen va embriotoksik hususiyatlarga ega, reproduktiv funktsiyani pasaytiradi.

Vena ichiga yuborilganidan so'ng paklitakselning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi ikki fazali kinetikaga muvofiq kamayadi. 

Paklitakselning farmakokinetikasi preparat 135 va 175 mg/m2 dozalarda 3 va 24 soat davomida infuziya qilinganidan so'ng aniqlangan. Paklitakselning yarim chiqarilish davri va umumiy klirensi o'zgaruvchan va uning dozasi va yuborish davomiyligiga bog'liq: muvofiq ravishda 13,0 dan 52,7 soatgacha, 12,2 dan 23,8 l/soat/m2 gacha. O'rtacha taqsimlanish hajmi 198 dan 688 l/m2 gacha bo'lgan qiymatni tashkil etadi. 

Davolash kurslari ko'p marotaba o'tkazilganida paklitakselni kumulyasiyasi kuzatilmagan. 

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi o'rtacha 89% ni tashkil etadi. 

In vitro sharoitida jigar mikrosomalarida o'tkazilgan tadqiqotlarda, paklitaksel jigarda CYP28 izofermenti ishtirokida 6-alfa-gidroksipaklitakselgacha va SUR3F4 izofermenti ishtirokida 3-para-gidroksipaklitakselgacha va 6-alfa, 3-para-digidroksipaklitakselgacha metabolizmga uchrashi aniqlangan. 

Chiqarilishi 

Paklitaksel (15-275 mg/m2) 1, 6 yoki 24 soat davomida vena ichiga infuziya qilinganidan so'ng yuborilgan dozaning 1,3-12,6% buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilgan. Radiofaol paklitaksel 225-250 mg/m2 dozalarda 3-soatlik infuziyasidan keyin 120 soat davomida radiofaol paklitakselni 14% buyraklar orqali, 71% - ichak orqali chiqarilgan. Yuborilgan radiofaol paklitakselni 5% ichak orqali o'zgarmagan holda chiqarilgan, qolgan qismini metabolitlar, asosan 6-alfagidroksipaklitaksel tashkil etgan.

Tuxumdonlar raki, sut bezlari raki, mayda hujayrali bo'lmagan o'pka raki yoki Kaposhi sarkomasini davolashda kuzatiladigan nojo'ya samaralar odatda uchrash tezligi va og'irligi bo'yicha farqlanmaydi. Biroq OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda infektsiyalar (shu jumladan opportunistik), qon yaratilishini susayishi, febril neytropeniya odatdagidan ko'proq kuzatiladi va og'irroq kechadi. 

Monoterapiyada kuzatiladigan nojo'ya samaralar 

Nojo'ya reaktsiyalarni uchrash tezligi quyidagi shkalaga muvofiq ravishda keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar yordamida baholash mumkin emas). 

Izoh: nojo'ya samaralar xaqida postmarketing ma'lumotlar yulduz bilan belgilangan. 

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – mielosupressiya, neytropeniya, anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, isitma, qon ketishi; kam hollarda* - febril neytropeniya; juda kam hollarda* - o'tkir mieloid leykoz, mielodiplastik sindrom. 

Immun tizimi tomonidan: juda tez-tez – ahamiyatsiz darajadagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, asosan giperemiya (qon "oqimini kuchayishi") va teri toshmalari ko'rinishida namoyon bo'ladi; tez-tez emas – davolash talab etilgan yaqqol ifodalangan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, arterial bosimni (AD) pasayishi, angionevrotik shish, nafas funktsiyasini buzilishi, tarqoq eshakemi, shish, belda og'riq, et uvishishi); kam hollarda* - anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan, o'lim bilan yakunlangan); juda kam hollarda* - anafilaktik shok. 

Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – neyrotoksiklik (eng avvalo, periferik neyropatiya); kam hollarda* - harakat neyropatiyasi (qo'l-oyoqlarni ahamiyatsiz susayishiga olib keluvchi); juda kam hollarda* - ongni chalkashishi, paralitik ichak tutilishi va ortostatik gipotenziya bilan namoyon bo'luvchi vegetativ neyropatiya, grand mal turidagi tutqanoq hurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, ataksiya. 

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – EKG da o'zgarishlar, ABni pasayishi; tez-tez – bradikardiya; tez-tez emas – arterial bosimni (AB) oshishi, tromboz, tromboflebit, kardiomiopatiya, simptomsiz kechuvchi yurak qorinchalari taxikardiyasi, bigeminiya bilan kechuvchi taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokardi infarkti; juda kam hollarda* - bo'lmachalar fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, shok. 

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda* - hansirash, plevra bo'shlig'iga suyuqlik yig'ilishi, nafas etishmovchiligi, interstisial pnevmoniya, o'pkalar fibrozi, o'pka arteriyasi emboliyasi; juda kam hollarda* - yo'tal. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit; kam hollarda – ichak tutilishi, ichak perforasiyasi, ishemik kolit, pankreatit; juda kam hollarda* - qorin parda arteriyasi trombozi, soxta membranoz kolit, ezofagit, qabziyat, assit, anoreksiya. 

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan: juda kam hollarda* - gepatonekroz (o'lim bilan yakunlangan), jigar entsefalopatiyasi (o'lim bilan yakunlangan). 

Ko'rish a'zolari tomonidan: juda kam hollarda* - ko'ruv nervini orqaga qaytuvchan shikastlanishlari va/yoki ko'rish faoliyatini buzilishi (xilpillovchi skotoma, yoki ko'z migreni), fotopsiya, ko'zning shishasimon tanasini destruktsiyasi; uchrash tezligi noma'lum* - makulyar shish. 

Eshitish a'zolari tomonidan: juda kam hollarda* - eshitishni yo'qolishi, quloqlarda shovqin, vertigo (vestibulyar bosh aylanishi), ototoksiklik. 

Teri, teri osti kletchatkasi va teri ortiqlari: juda tez-tez – alopesiya; tez-tez – teri va Tirnoqlarni vaqtinchalik ahamiyatsiz o'zgarishlari; kam hollarda* - terini chiqishishi, toshmasi, eritema, flebit, teri osti kletchatkasini yallig'lanishi, terini eksfoliasiyasi, teri nekrozi va fibrozi, terini shikastlanishi, nur bilan davolashni eslatuvchi oqibatlar; juda kam hollarda* - Stivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, ko'p shaklli ekssudativ eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixolizis; uchrash tezligi noma'lum – sklerodermiya, tizimli qizil yugurik teri shakli*. 

Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda tez-tez – artralgiya, mialgiya; uchrash tezligi noma'lum* – tizimli qizil yugurik. 

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – mahalliy shish, og'riq, eritema, indurasiya. 

Laborator ko'rsatkichlari tomonidan: tez-tez - aspartataminotransferazaning (ast) faolligini oshishi, ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi; tez-tez emas – bilirubinning kontsentrasiyasini oshishi; kam hollarda* – zardob kreatininning kontsentrasiyasini oshishi. 

Boshqalar: juda tez-tez – ikkilamchi infektsiyalarni qo'shilishi; tez-tez emas – septik shok; kam hollarda* - pnevmoniya, sepsis, asteniya, umumiy lohaslik, tana xaroratini oshishi, suvsizlanish, periferik shishlar; uchrash tezligi noma'lum* – o'smani lizisi sindromi. 

Majmuaviy davolashda nojo'ya samaralari 

Tuxumdonlar rakini 1-chi qator davolashda Tseliksel preparati + tsisplatin 

Neyrotoksiklik, artralgiya/mialgiya va o'ta yuqori sezuvchanlikni uchrash tezligi va og'irlik darajasi tsiklofosfamid va tsisplatin bilan davolashga nisbatan yuqori. Aksincha, mielosupressiyani namoyon bo'lishi tsiklofosfamid va tsisplatin qo'llangandagiga nisbatan kamroq kuzatiladi va sustroq ifodalangan bo'ladi. 

Tsisplatinning 75 mg/m2 dozasi bilan majmuada qo'llanganida og'ir darajadagi neyrotoksiklikni namoyon bo'lishi paklitaksel 135 mg/m2 dozada 24-soatlik infuziya ko'rinishida qo'llanganida, 175 mg/m2 dozada 3-soatlik infuziya ko'rinishida yuborilgandagiga nisbatan kamroq kuzatiladi. 

Sut bezlari rakini davolashda Tseliksel preparati + Trastuzumab 

Sut bezlarining metastatik rakini 1-chi qator davolash uchun paklitaksel Trastuzumab bilan majmuada qo'llanganida quyida sanab o'tilgan nojo'ya samaralar: yurak etishmovchiligi, infektsiyalar, et uvishishi, isitma, yo'tal, toshma, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial bosim (AB)ni oshishi, burundan qon ketishi, akne, gerpetik toshmalar, bexosdan kuzatilgan jarohatlar, uyqusizlik, rinit, sinusit, yuborilgan joyda og'riq paklitaksel bilan monoterapiya o'tkazilgandagiga nisbatan ko'proq kuzatilgan. Paklitaksel Trastuzumab bilan majmuada 2-chi qator davolash uchun (antrasiklin qatori preparatlaridan keyin) qo'llash yurak faoliyatini buzilish og'irligi va tezligini paklitaksel bilan monoterpiya o'tkazilgandagiga nisbatan oshishiga (kam hollarda o'lim bilan yakunlangan holatga) olib kelgan. Ko'pgina holatlarda nojo'ya samaralar muvofiq davolash buyurilganidan so'ng orqaga qaytgan. 

Sut bezlari rakini davolashda Tseliksel preparati + doksorubitsin 

Ilgari kimyoterapiya o'tkazilgan pasientlarda dimlangan yurak etishmovchiligi holatlari kuzatilgan. Oldindan kimyoterapiya kurslari, ayniqsa antrasiklinlar bilan davolash o'tkazilgan pasientlarda ko'pincha yurak faoliyatini buzilishi, chap qorinchaning zarb fraktsiyasini kamayishi va yurak qorinchalari funktsiyasini etishmovchiligi holatlari kuzatilgan. Kam holatlarda miokard infarkti kuzatilgan. 

Tseliksel preparati + nur bilan davolash 

Nur bilan davolash va paklitaksel bir vaqtda buyurilgan pasientlarda nur ta'siridagi pnevmonit holatlari kuzatilgan.

Tseliksel preparatini qo'llash o'smalarga qarshi kimyoterapevtik preparatlari bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Tseliksel preparatini suyultirilgan eritma ko'rinishida qo'llash kerak. Tseliksel preparatini bemorlarga yuborishdan avval glyukortikosteroidlar, N1 - va N2 - gistamin reseptorlarining blokatorlari bilan premedikasiya o'tkazilishi kerak. Agar Tseliksel preparati tsisplatin bilan majmuada qo'llanilsa, avval Tseliksel preparatini, so'ngra tsisplatin preparatini yuborish kerak. 

Anafilaksiya va jiddiy o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari 

O'tkazilgan premedikasiyaga qaramay, 1% dan kamroq pasientlarda, paklitaksel bilan davolanganda jiddiy o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan. Bunday reaktsiyalarni og'irligi va uchrash tezligi preparatning dozasi va yuborish sxemasiga bog'liq bo'lmagan. Og'ir reaktsiyalar rivojlanganida bo'g'ilish, qon oqimini kuchayishi, ko'krakda og'riq, taxikardiya, shuningdek abdominal og'riqlar, qo'l-oyoqlarda og'riqlar, kuchli terlash, arterial bosimni (AB) oshishi eng ko'p kuzatilgan. 

Og'ir o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida Tseliksel preparatini yuborishni zudlik bilan to'xtatish va zarurat bo'lganida simptomatik davolash buyurish kerak; bunday holatlarda preparat bilan takroriy davolash kurslarini buyurish 

mumkin emas. 

Yuborilgan joydagi reaktsiyalar 

Preparatni vena ichiga yuborish vaqtida yuborilgan joyda odatda quyidagi engil reaktsiyalar: tsellyulitni rivojlanilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan shish, yuborilgan joyda og'riq, eritema, yuborilgan joyda sezuvchanlik, yuborilgan joyni qattiqlashishi, qon quyilishi kuzatilgan. Bunday reaktsiyalar ko'pincha 3-soatlik infuziyaga qaraganda 

24-soatlik infuziyada kuzatilgan. Ayrim holatlarda bunday reaktsiyalarni boshlanishi ham infuziya vaqtida, ham undan so'ng 7-10 kundan keyin kuzatilgan. 

Mielosupressiya 

Suyak ko'migi funktsiyasini susayishi (eng avvalo, neytropeniya) preparatning dozasi va yuborish sxemasiga bog'liq va preparatning dozasini cheklaydigan asosiy toksik reaktsiya hisoblanadi. Masalan, tsisplatin 75 mg/m2 dozada va paklitaksel 175 mg/m2 dozada 

3-soatlik infuziya ko'rinishida yuborilganida og'ir neyrotoksiklik paklitaksel 135 mg/m2 dozada 24-soatlik infuziya ko'rinishida yuborilgandagiga nisbatan tez-tez kuzatiladi, ya'ni infuziyaning davomiyligi, dozasiga nisbatan, mielosupressiyani rivojlanish havfiga ko'proq ta'sir qiladi. Anamnezida ilgari rentgenoterapiya o'tkazilgan pasientlarda neytropeniya kamroq va ancha engil darajada rivojlangan, va organizmda preparatni to'planishiga qarab og'irlashmagan. Tuxumdonlar raki bo'lgan pasientlarda paklitaksel + tsisplatin majmuasi qo'llanganida buyrak etishmovchiligini rivojlanish havfi tsisplatin bilan monoterapiyaga nisbatan yuqori bo'ladi. Infektsiyani rivojlanish holatlari juda tez-tez kuzatilgan va ba'zida o'lim bilan yakunlangan, shu jumladan sepsis, pnevmoniya va peritonit kuzatilgan. Siydik chiqarish yo'llarining va yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari eng ko'p asoratlangan infektsiyalar sifatida kuzatilgan. Immunosupressiyasi bo'lgan pasientlarda, OITS-infektsiyasi bo'lgan pasientlarda va OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda hech bo'lmaganida bitta opportunistik infektsiya kuzatilgan. 

Qo'llab-quvvatlovchi davolash o'tkazish, jumladan granulositar koloniyalarni rag'batlantiruvchi faktorni qo'llash og'ir neytropeniya kuzatilgan pasientlar uchun tavsiya etilgan. Trombositlar miqdorini 100000/mkl dan kamayishi paklitaksel bilan butun davolash davomida kamida bir marta kuzatilgan, ba'zida trombositlarning miqdori 50000/mkl dan kam bo'lgan. Shuningdek qon ketishi holatlari kuzatilgan, ularning ko'pchiligi mahalliy bo'lgan, va ularni rivojlanish tezligi paklitaksel preparatining dozasiga va yuborish sxemasiga bog'liq bo'lmagan. 

Tseliksel preparati qo'llanganida qon manzarasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Neytrofillarning miqdori 1500/mkl dan kam bo'lgan bemorlarda va OITS sababli Kaposhi sarkomada 1000/mkl dan kam bo'lgan bemorlarga, va trombositlarning miqdori 100000/mkl dan kam bemorlarga (OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda 75000/mkl) preparatni buyurish mumkin emas. 

Tseliksel preparati bilan davolanish vaqtida og'ir neytropeniya (500/mkg dan kam) yoki og'ir periferik nefropatiya rivojlanganida, navbatdagi davolash kurslarida preparatning dozasini 20% ga kamaytirish (OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda – 25% ga kamaytirish) tavsiya etiladi. 

Yurak-qon tomir tizimiga ta'siri 

Tseliksel preparatini yuborish vaqtida kuzatiladigan arterial bosimni (AB) pasayishi, oshishi va bradikardiya odatda simptomsiz bo'ladi va ko'pgina holatlarda davolashni talab etmaydi. Arterial bosimni (AB) pasayishi va bradikardiya odatda infuziyaning dastlabki 3-soati davomida kuzatilgan. Shuningdek EKG da sinusli taxikardiya, sinusli bradikardiya va erta ekstrasistoliya kabi re-polyarizasiyani buzilishlari ko'rinishidagi buzilishlar kuzatilgan. Og'ir holatlarda Tseliksel preparati bilan davolashni to'xtatish yoki bekor qilish lozim. Ayniqsa preparatni infuziya qilishni dastlabki soati davomida hayotiy muhim a'zolarning funktsiyalari ko'rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar sut bezining metastatik rakini davolash uchun Tseliksel preparati Trastuzumab yoki doksorubitsin bilan majmuada qo'llanilsa, yurak funktsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. 

Paklitaksel bilan davolanganda yurak o'tkazuvchanligini og'ir buzilishlari kuzatilgan. Yurak o'tkazuvchanligini buzilish simptomlari aniqlanganida bemorlarga yurak-qon tomir tizimini doimiy EKG-monitoringi bilan bir qatorda muvofiq davolash buyurish kerak. 

Nerv tizimiga ta'siri 

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlarni uchrash tezligi va og'irligi asosan dozaga bog'liq bo'lgan. Paklitaksel bilan davolanganda odatda o'rtacha ifodalangan periferik neyropatiya tez-tez kuzatilgan. Periferik neyropatiyani rivojlanish tezligi organizmda preparatni to'planishi bilan ko'paygan. Paresteziya holatlari ko'pincha giperesteziya ko'rinishida kuzatilgan. Og'ir neyropatiya kuzatilganida navbatdagi davolash kurslarida preparatning dozasini 20% ga (OITS sobabli Kaposhi sarkoma rivojlangan pasientlarda – 25% ga) pasaytirish tavsiya etiladi. Periferik neyropatiya Tseliksel preparati bilan davolashni to'xtatish uchun sabab bo'lishi mumkin. Preparat bilan davolash to'xtatilganidan so'ng bir necha oy davomida neyropatiyaning simptomlari kamaygan yoki butunlay yo'qolgan. Oldin o'tkazilgan davolash vaqtida neyropatiyani rivojlanishi Tseliksel preparatini buyurish uchun qarshi ko'rsatma bo'lib hisoblanmaydi. 

Ko'ruv nervini turg'un shikastlanishi kuzatilgan pasientlarda ko'ruv nervini potentsiali tomonidan chaqirilgan buzilish holatlari kam kuzatilgan. 

Tseliksel preparatining tarkibida saqlanadigan etanolni ta'sir qilishi mumkinligini e'tiborga olish kerak. 

Me'da-ichak yo'llariga ta'siri 

Ko'ngil aynishi/qusish, diareya, mukozitni engil va o'rtacha og'irlikdagi holatlari barcha pasientlarda juda tez-tez kuzatilgan. Mukozitni rivojlanish holatlari preparatni yuborish sxemasiga bog'liq bo'lgan va 3-soatlik infuziyaga nisbatan 24-soatlik infuziyada ko'proq kuzatilgan. Granulositar koloniyalarni rag'batlantiruvchi faktor buyurilishiga qaramay, paklitakselni monoterpiya ko'rinishida va boshqa kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada buyurilgan pasientlarda neytropenik enterokolit (tiflit) ni kam holatlari kuzatilgan. 

Jigar etishmovchiligi 

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar nojo'ya samaralarni toksikligi, ayniqsa 3-4 darajadagi mielosupressiya bilan bog'liq bo'lgan havf guruhi hisoblanadilar. Pasientning ahvolini sinchiklab kuzatish va zarurat bo'lganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish masalasini ko'rib chiqish kerak. 

Nur ta'siridagi pnevmonit nur bilan yondosh davolash o'tkazilganida qayd etilgan. 

Pasientlarga Tseliksel preparati bilan davolanish vaqtida va, hech bo'lmaganida davolash tugaganidan so'ng 3 oy davomida ishonchli kontratsepsiya usullaridan foydalanish kerak. 

Vaktsinasiya 

Tseliksel preparati va tirik virusli vaktsinalar birga qo'llanganida vaktsina virusini replikasiyasi kuchayishi mumkin va/yoki vaktsinalar qo'llanganida nojo'ya samaralari kuchayishi mumkin, chunki preparat qo'llanilishi sababli normal himoya mexanizmlari susayishi mumkin. Tseliksel preparati qo'llanilayotgan pasientlarga tirik virusli vaktsinalar bilan vaktsinasiya o'tkazish og'ir infektsiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaktsina yuborilganida pasientda kuzatiladigan immun javob reaktsiyasi pasayishi mumkin. Bunday pasientlarda tirik vaktsinalarni qo'llashdan saqlanish va mutaxassisning maslahatini olish kerak. 

Homiladorlikda va emizish vaqtida qo'llanishi 

Homiladorlikda va emizish vaqtida Tseliksel preparatini qo'llash mumkin emas. 

Fertillik. Tseliksel preparati qo'llanganida mutagen samarasi kuzatilishi mumkinligini e'tiborga olib, har ikkala jinsdagi pasientlarga Tseliksel preparati bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so'ng 6 oy davomida samarali kontratsepsiya usullaridan foydalanish tavsiya etilishi kerak. Shuningdek erkaklarda fertillikni pasayishi kuzatilishi mumkinligi sababli, kelajakda otalantirish bo'lishi uchun spermani kriokonservasiya qilish tavsiya etilishi mumkin. 

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Tseliksel preparati tarkibida etanol saqlaydi, shuning uchun davolanish vaqtida avtomobilni boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. 

Tseliksel preparatini yuborishdan avval pasientga o'tkaziladigan premedikasiya ham diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tseliksel preparati tsitotoksik modda hisoblanadi, u bilan ishlaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish, qo'lqoplardan foydalanish va preparatni teri yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak, bunday holatlarda sovun va suv bilan yaxshilab yuvish, yoki (ko'zlarni) katta miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvish kerak.

Tuxumdonlar raki 

Tuxumdonlarni tarqalgan raki yoki dastlabki laparotomiya o'tkazilgandan keyin qoldiq o'smali (1 sm dan katta) pasientlarda platina preparatlari bilan majmuada birinchi qator davolash; 

Standart davolashdan so'ng ijobiy natijaga olib kelmagan tuxumdonlarning metastatik raki bo'lgan pasientlarda ikkinchi qator davolash sifatida qo'llanadi. 

Sut bezlari raki 

Standart majmuaviy davolash o'tkazilganidan so'ng limfa tugunlarida metastazlari mavjud bo'lgan bemorlarda ad'yuvant davolash; 

Kechki bosqichdagi rak yoki metastatik rak bilan xastalangan pasientlarda ad'yuvant davolash boshlanganidan so'ng 6 oy davomida kasallik qaytalanganidan so'ng, antrasiklin qatori preparatlarini qo'llash uchun ko'rsatmalar mavjud bo'lmaganida ular bilan birga birinchi qator davolash sifatida; 

Sut bezlarini kechki bosqichdagi raki yoki metastatik raki bilan xastalangan pasientlarda antrasiklin qatori preparatlarini qo'llash uchun ko'rsatmalar mavjud bo'lmaganida ushbu preparatlar bilan majmuada, yoki HER-2 ekspressiyasini 2+ yoki 3+ darajalari immunogistokimyoviy tasdiqlangan ayol pasientlarda Trastuzumab bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida; 

Kechki bosqichdagi rak yoki metastatik rak bilan xastalangan pasientlarda majmuaviy kimyoviy davolashdan so'ng kasallik zo'rayganida ikkinchi qator davolash sifatida qo'llanadi. Oldindan o'tkaziladigan davolashga antrasiklin qatori preparatlarini qo'llash uchun ko'rsatmalar mavjud bo'lmaganida ushbu preparatlarni kiritish kerak. 

Mayda hujayrali bo'lmagan o'pka raki 

Jarrohlik yo'li bilan davolash va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmagan pasientlarda monoterapiya ko'rinishida yoki tsisplatin bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida qo'llanadi. 

OITS bilan xastalangan bemorlarda Kaposhi sarkomasi 

Ikkinchi qator davolash sifatida qo'llanadi.

Paklitakselga yoki Tseliksel preparatining tarkibiga kiruvchi istalgan komponentga, ayniqsa polioksil-35-kanakunjut moyiga yuqori sezuvchanlikda; 

Solid o'smalari bo'lgan pasientlarda neytrofillarning dastlabki miqdori 1500/mkl dan kam bo'lganida; 

OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda neytrofillarning dastlabki yoki davolanish jarayonida qayd etilgan miqdori 1000/mkl dan kam bo'lganida; 

homiladorlik va emizish davrida; 

18 yoshgacha bo'lgan bolalarda (preparatni qo'llash havfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma'lumotlar etarli emas) preparatni qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan 

Trombositopeniya (100000/mkl dan kam), jigar etishmovchiligi, o'tkir infektsion kasalliklar (shu jumladan o'rab oluvchi temiratki, suvchechak, gerpes), yurak ishemik kasalligini og'ir kechishi, miokard infarkti (anamnezida) aritmiyalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Tsisplatin: paklitaksel tsisplatindan keyin yuborilganida mielosupressiya tsisplatin paklitakseldan keyin yuborilgandagiga nisbatan kuchliroq ifodalangan bo'ladi, paklitakselning klirensi esa 20% ga pastroq bo'ladi. 

Doksorubitsin: paklitaksel doksorubitsin bilan majmuada qo'llanganida qon zardobida doksorubitsin va uning faol metaboliti doksorubitsinolning miqdori oshishi mumkin. Neytropeniya va stomatit kabi nojo'ya samaralar paklitaksel doksorubitsindan avval yuborilganida, shuningdek infuziya tavsiya etilgandagiga nisbatan davomliroq o'tkazilganida kuchliroq ifodalangan bo'ladi. 

CYP2C8 va CYP3A4 izofermentlarining substratlari, induktorlari va ingibitorlari: paklitaksel CYP2C8 va CYP3A4 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi, shuning uchun Tseliksel preparati ushbu fermentlarning substratlari (masalan, midazolam, buspiron, felodipin, lovastatin, eletriptan, sildenafil, simvastatin, triazolam, repaglinid va roziglitazon), induktorlari (masalan, rifampisin, karbamazepin, fenitoin, efavirenz, nevirapin) yoki ingibitorlari (masalan, eritromisin, fluoksetin, gemfibrozil, ketokonazol, ritonavir, indinavir, nelfinavir) bilan davolash fonida qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Tirik vaktsinalar bilan birga qo'llanganida o'limga olib keluvchi fatal tizimli vaktsina kasalligini rivojlanish havfi yuqori bo'lishi mumkin. Immunosupressiya kuzatilgan pasientlarda tirik vaktsinalarni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25С dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati 

2 yil. 

Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

Og'ir darajadagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishidan saqlanish maqsadida barcha pasientlarda glyukokortikosteroidlar, H1- i H2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, masalan: Tseliksel preparatini yuborishdan taxminan

12 va 6 soat avval 20 mg deksametazon (yoki uning ekvivalenti)ni ichga qabul qilish yoki Tseliksel preparatini yuborishdan taxminan 30-60 minut avval vena ichiga 20 mg deksametazon yuborish, Tseliksel preparatini yuborishdan 30-60 minut avval vena ichiga
50 mg Difengidramin (yoki uning ekvivalenti) va 300 mg tsimetidin yoki vena ichiga 50 mg ranitidin bilan premedikasiya o'tkazish kerak.

Solid o'smalari bo'lgan pasientlarga Tseliksel preparati bilan takroriy davolash kurslari neytrofillarning miqdori 1500/mkl (OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda 1000/mkl), trombositlarning miqdori - 100 000/mkl (OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda 75 000/mkl) erishilganidan so'ng buyuriladi. Og'ir neytropeniya rivojlangan (neytrofillarning miqdori bir haftadan ortiqroq muddat davomida 500/mkl dan kamroq qiymatni tashkil etgan) pasientlar uchun yoki og'ir periferik nefropatiyasi bo'lgan pasientlar uchun Tseliksel preparati bilan navbatdagi davolash kurslarini o'tkazish vaqtida uning dozasini 20% ga (OITS sababli Kaposhi sarkomasi rivojlangan pasientlarda 25% ga) pasaytirish lozim. Neyrotoksiklik va neytropeniya dozaga bog'liq bo'ladilar.

Tuxumdonlar raki

Birinchi qator davolash

3 haftada 1 marta: 175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida keyinchalik platina preparatlari yuboriladi.

yoki

3 haftada 1 marta: 135 mg/m2 dozada vena ichiga 24-soatlik infuziya ko'rinishida keyinchalik platina preparatlari yuboriladi.

Ikkinchi qator davolash (monoterapiya)

3 haftada 1 marta: 175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida yuboriladi.

Sut bezlari raki

Ad'yuvant davolash standart majmuaviy davolashdan keyin o'tkaziladi. Tseliksel preparati 175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida yuboriladi.

Hammasi bo'lib 3 haftalik oraliq bilan 4 ta davolash kursini o'tkazish tavsiya etiladi.

Birinchi qator davolash

monoterapiya: 175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida har 3 haftada yuboriladi.

majmuaviy davolash:

Trastuzumab bilan: Trastuzumab yuborilganidan so'ng keyingi kunda – Tseliksel preparati 75 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida har 3 haftada yuboriladi, Trastuzumab yaxshi o'zlashtirilganida – trastuzumabning navbatdagi dozalari yuborilgan zahoti yuboriladi.

doksorubitsin (50 mg/m2) bilan: doksorubitsin yuborilganidan so'ng 24 soatdan keyin Tseliksel preparati 220 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida har 3 haftada yuboriladi.

Ikkinchi qator davolash

175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida har 3 haftada yuboriladi.

Mayda hujayrali bo'lmagan o'pka raki

Majmuaviy davolash:

175 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida, so'ngra – platina preparati, har 3 haftada yuboriladi

yoki

135 mg/m2 dozada vena ichiga 24-soatlik infuziya ko'rinishida, so'ngra – platina preparati, har 3 haftada yuboriladi.

Monoterapiya

175 mg/m2 – 225 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida har 3 haftada yuboriladi.

OITS sababli Kaposhi sarkomasi

Ikkinchi qator davolash

135 mg/m2 dozada vena ichiga 3-soatlik infuziya ko'rinishida, har 3 haftada yuboriladi yoki 100 mg/m2 dozada vena ichiga tomchilab 3 soat davomida yuboriladi, infuziya har 2 haftada (haftada 45-50 mg/m2 dozada) o'tkaziladi. Immunosupressiyaning darajasiga qarab OITSning ancha kechikkan shakli bo'lgan pasientlarda quyidagi choralarni o'tkazish tavsiya etiladi:

deksametazonning (premedikasiya tarkibidagi) peroral dozasini 10 mg gacha kamaytirish;

neytrofillarning miqdori kamida 1000 hujayra/mkl, trombositlarning miqdori – 75000/mkl bo'lganidagina Tseliksel preparatini qo'llash;

og'ir neytropeniyada (bir hafta va undan ortiq muddat davomida qondagi neytrofillar 500 hujayra/mkl dan kam) yoki og'ir darajadagi periferik neyropatiyada – navbatdagi davolash kurslarida Tseliksel preparatining dozasini 25% ga kamaytirish;

zarurat bo'lganida – granulositar koloniyalarni rag'batlantiruvchi faktor (g-KSF) buyurish tavsiya etiladi.

Jigar funktsiyasi buzilganida qo'llanishi. Jigar etishmovchiligi bo'lgan va u bilan bog'liq toksiklik (xususan, III-IV mielosupressiya) havfi yuqori bo'lgan pasientlarga preparatning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Pasientlarning ahvolini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi.

1-jadval. Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun tavsiya etiladigan dozalari

Jigar etishmovchiligi darajasi

Preparatning dozasi b

Jigar transaminazalarining faolligi

Qon zardobidagi bilirubinning kontsentrasiya a

24-soatlik infuziya

<2×MYUCH

va

≤1.5 mg/dl

135 mg/m2

2-<10×MYUCH

va

≤1.5 mg/dl

100 mg/m2

<10×MYUCH

va

1.6–7.5 mg/dl

50 mg/m2

≥10×MYUCH

yoki

>7.5 mg/dl

tavsiya etilmaydi

3-soatlik infuziya

<10×MYUCH

va

≤1.25×MYUCH

175 mg/m2

<10×MYUCH

va

1.26–2.0×MYUCH

135 mg/m2

<10×MYUCH

va

2.01–5.0×MYUCH

90 mg/m2

≥10×MYUCH

yoki

>5.0×MYUCH

tavsiya etilmaydi

a 3- va 24-soatlik infuziya o'rtasida bilirubinning kontsentrasiyasidagi farqlar klinik tadqiqotlarning dizaynidagi farqlar bilan ifodalanadi.

b dastlabki davolash kursi uchun tavsiya etilgan dozalari; navbatdagi davolash kurslarida dozaga tuzatish kiritish preparatni individual o'zlashtirilishiga asoslanishi kerak.

MYUCH = me'yorning yuqori chegarasi.

Infuziya uchun eritmani tayyorlash:

Tseliksel preparatini tayyorlashda, saqlashda va yuborishda qismlari polivinilxlorid (PVX): masalan, shisha, polipropilen yoki poliolefin saqlamagan moslamalardan foydalanish kerak.

Preparatning eritmasi paklitakselning kontsentrati yakuniy kontsentrasiyasi 0,3 mg/ml dan 1,2 mg/ml gacha suyultirish yo'li bilan tayyorlanadi. Suyultiruvchi eritma sifatida quyidagi eritmalar: 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza eritmasidan foydalanish mumkin. Eritmadagi paklitakselning kontsentrasiyasi 0,3 mg/ml dan 1,2 mg/ml gacha bo'lgan qiymatni tashkil etishi kerak. Tayyorlangan eritmalar, dori shaklining tarkibida tashuvchi-asos mavjud bo'lganligi tufayli yaltiroq bo'lishi mumkin.

Preparat yuborilganida membrana filtrli (teshiklarining o'lchami 0,22 mikrondan ko'p bo'lmagan) tizimdan foydalanish kerak.

Preparatni 5% li dekstroza eritmasida suyultirish bilan olingan eritmalar 5 dan 25oS gacha xaroratda saqlanganida 7 kun davomida barqaror hisoblanadi, 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan olingan eritmalar 14 kun davomida barqaror hisoblanadi. 

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Seliksel konsentrat 43,4 ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Seliksel konsentrat 43,4 ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Seliksel konsentrat 43,4 ml N1 dori vositasi АО «Фармасинтез-Норд» tomonidan Россия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Seliksel konsentrat 43,4 ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Seliksel konsentrat 43,4 ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml
ABITAKSEL konsentrat 150mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
ABITAKSEL konsentrat 100mg/16,7ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
LIPISEL konsentrat 30mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
INTAKSEL konsentrat 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited, Индия для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
ABITAKSEL konsentrat 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9