×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Паклитаксел
Ishlab chiqaruvchi:
- Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- L01XA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ml da 6 mg paklitaksel quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
5 ml kontsentratli 1 flakon 30 mg paklitaksel saqlaydi (6 mg/ml).
16,7 ml kontsentratli 1 flakon 100 mg paklitaksel saqlaydi (6 mg/ml).
43.34 ml kontsentratli 1 flakon 260 mg paklitaksel saqlaydi (6 mg/ml).
yordamchi moddalar: 35 polioksietillangan kanakunjut moyi, suvsiz etanol.
Rezina tiqinlar bilan bekitilgan va rangli plastik qopqoqli siqma alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan jigar rang shisha flakonlar.
1 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Chiqarilish shakli
1 x 5 ml/30 mg paklitaksel
1 x 16,7 ml/100 mg paklitaksel
1 x 43,34ml/260 mg paklitaksel
Paklitaksel tubulin dimerlaridan mikronaychalar yig'ilishini rag'batlantiradi, va ularning depolimerizatsiyasini buzib, ularning strukturasini turg'unlashtiradi. Bu interfaza va mitoz davrida mikronaychalar to'rini normal kechuvchi qayta tuzilishini bostiradi. Bundan tashqari, paklitaksel xamma xujayra sikli davomida mikronaychalar bog'larining va mitoz jarayonida mikronaychalarning ko'psonli yulduzsimon to'plamlarining patologik yig'ilishini induktsiya qiladi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin paklitaksel qon plazmasidagi kontsentratsiyasining pasayishini ikki fazali davri bilan xarakterlanadi. Preparatning yarimchiqarilishini o'rtacha terminal davri 3,0 dan 52,7 soatgacha o'zgaradi, umumiy klirensi 11,6 dan 24,0 l/s/m2 ni tashkil qiladi va qon plazmasida paklitakselning kontsentratsiyasini oshishi bilan pasayadi. Preparatning taqsimlanishini o'rtacha muvozanatli xajmi 198 dan 688 l/m2 ni tashkil qiladi. Preparat 100 mg/m2 dozada vena ichiga tomchilab yuborilgandan keyin 3 soat davomida Smax ni o'rtacha qiymati 1530 ng/ml, AUC ni o'rtacha qiymati – 5619 ng/s/ml ni, taqsimlanish xajmi – 291 l/m2 ni tashkil qiladi.
Davolash sikllarini ko'psonli takrorlanishida preparat to'planmaydi. Paklitakselni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 89-98% ni tashkil qiladi. Simetidin, ranitidin, deksametazon va difengidramin oqsillar bilan bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi.
Yuborilgan dozaning 1,3% lan12,6% gachasi o'zgarmagan xolda siydik bilan chiqariladi. Paklitaksel asosan sitoxrom R450 ning CYP2C8, CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Axlat bilan yuborilgan dozaning o'rtacha 34% metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Gemodializ olayotgan patsiyentlarda 3-soatlik infuziya ko'rinishida tana yuzasining maydoniga 135 mg/m3 dozada paklitaksel yuborilganda, uning farmakokinetikasini parametrlari, dializli davolash olmayotgan patsiyentlardagi shundaylar bilan solishtirarli bo'lgan.
Noxush samaralarning uchrash tez-tezligini quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ≤1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ≤1/100); kam hollarda (≥1/10000, ≤1/1000); juda kam hollarda (≤1/10000); noma'lum (bor bo'lgan ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez: infektsiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo'llarining), shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi.
Tez-tez emas: septik shok.
Kam: peritonit, pnevmoniya.
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan
Juda tez-tez: suyak ko'migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, qon ketishi.
Kam hollarda: febril neytropeniya.
Juda kam hollarda: o'tkir miyeloleykoz, miyelodisplastik sindrom.
Noma'lum: qon ivishini disseminirlangan tomirichki sindromi (DVS).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: o'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir bo'lmagan reaktsiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari).
Tez-tez emas: o'ta yuqori sezuvchanlikning davolash o'tkazishni talab qiluvchi og'ir reaktsiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress-sindrom, yoyilgan eshakemi, qaltirash, orqada og'riqlar, ko'krak qafasida og'riqlar, taxikardiya, qorin og'riqlari, oyoq-qo'llarda og'riqlar, ko'p terlash va arterial gipertenziya).
Kam hollarda: anafilaktik reaktsiyalar.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Ovqatlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari
Juda kam hollarda: anoreksiya.
Noma'lum: o'sma lizisi sindromi.
Ruxiy buzilishlar
Juda kam hollarda: ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya).
Kam hollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo'llarning distal bo'limlarida mushaklarning biroz kuchsizligiga olib keluvchi).
Juda kam hollarda: avtonom neyropatiya (ichakni o'tkazmasligiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: ko'ruv nervi va/yoki ko'rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni tavsiya etilgandan yuqori dozalarda olgan patsiyentlarda.
Noma'lum: sariq dog'ni shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzib yuruvchi xiralashishi.
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: eshitishni yo'qolishi, ototoksiklik, quloqlarda jaranglash, bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bradikardiya.
Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti.
Kam hollarda: yurak yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: bo'lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya.
Tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: arterial gipotenziya.
Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit.
Juda kam hollarda: shok.
Noma'lum: flebit.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: dispnoe, plevral suyuqlik, interstitsial pnevmoniya, o'pka fibrozi, o'pka arteriyasini tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: yo'tal.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit.
Kam hollarda: ichakni o'tkazmasligi, ichakni teshilishi, ishekmik kolit, pankreatit.
Juda kam hollarda: qatqorin trombozi, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, astsit, neytropenik kolit.


Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: jigar nekrozi, jigar entsefaolpatiyasi (ikala xolda xam o'lim xollari aniqlangan).
Ter iva teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: alopetsiya.
Tez-tez: tirnoqlar va terining o'tkinchi yaqqol bo'lmagan o'zgarishlari.
Kam hollarda: terini qichishishi, teri toshmalari, eritema.
Juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixoliz (davolanish davrida patsiyentlar qo'l va oyoq kaftlarini quyosh yorug'idan ximoya qilishlari kerak).
Noma'lum: sklerodermiya.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: artralgiya, mialgiya.
Noma'lum: tizimli qizil yugirik.
Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Tez-tez: yuborish joyidagi reaktsiyalar (shu jumladan lokal shish, og'riq, eritema, induratsiya, ekstravazatsiya, u gipodermitga, fibrozga va terining nekroziga olib kelishi mumkin).
Kam hollarda: asteniya, pireksiya, degidratatsiya, shishlar, darmonsizlik.
Laborator va instrumental tekshirishlardagi o'zgarishlar
Tez-tez: aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini axamiyatli oshishi.
Tez-tez emas: bilirubinning kontsentratsiyasini axamiyatli oshishi.
Kam hollarda: qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.

Paklitaksel faqat sitostatiklarni ishlatish tajribasiga ega bo'lgan shifokorlar tomonidan ishlatilishi kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlikning mumkin bo'lgan og'ir reaktsiyalarini shoshilinch bartaraf qilish uchun muvofiq jixozlar bo'lishi kerak.

Kontsentratni suyultirish faqat maxsus o'rgatilgan xodim tomonidan aseptik sharoitlarda bajarilishi kerak.

Xodimlar sitostatiklar bilan ishlashga o'rgatilgan bo'lishlari kerak.

Xomilador ayollar paklitaksel bilan ishlamasliklari kerak.

Preparat toksik va ishlash va utilizatsiya qilishda maxsus Extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab etadi.

Xamma boshqa sitostatiklar kabi paklitaksel xam aloxida extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak: u bilan ishlaganda ximoya kiyimi va qo'lqoplarni kiyish va niqob taqish kerak.

Paklitakselni teri va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Paklitaksel eritmasi teriga tushganida, darxol shikastlangan soxani sovunli suv bilan yuvish kerak. Maxalliy ta'siridan keyin to'qimalarning sanchilishi, achishishi va qizarishi rivojlanishi mumkin. Paklitaksel eritmasi shilliq qavatlarga tushganida shikastlangan soxani suv bilan yaxshilab yuvish va darxol tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi. Preparat nafas bilan kirgandan keyin dispnoe, ko'krak qafasida og'riq, tomoqda achishish va ko'ngil aynishi aniqlangan.

Preparatning hamma ishlatilmagan qoldig'i va u bilan ifloslangan materiallarni maxalliy normativ aktlarning talablariga muvofiq utilizatsiya qilish kerak.

Qon va limfani atrofdagi to'qimalarga tushishi va tarqalishi mumkinligini xisobga olib, preparatni yuborish jarayonida infuziya soxasiga infilьtratsiya mumkinligiga sinchikov monitoring o'tkazish tavsiya etiladi.

Paklitaksel Naprod preparatini yuborish oldidan xamma patsiyentlarda kortikosteroidlar, antigistamin vositalari va N2-retseptorlarining blokatorlari bilan premedikatsiya o'tkazish kerak, masalan, quyidagi tartibda:

Preparat

Doza

Paklitaksel Naprodni yuborishga nisbatan yuborish muddatlari

Deksametazon

20 mg peroral*

yoki vena ichiga

Peroral qabul: taxminan 12 va 6 soat

Vena ichiga yuborish:

Difengidramin**

50 mg vena ichiga

30-60 minut oldin

Simetidin yoki

ranitidin

300 mg vena ichiga

50 mg vena ichiga

30-60 minut oldin

* Kaposhi sarkomasida – 8-20 mg.

** Yoki boshqa o'xshash antigistamin preparat, masalan, xlorfeniramin.

Paklitaksel Naprodni teshiklar diametri ≤ 0,22 mkm bo'lgan filьtr o'rnatilgan sistema yordamida yuborish kerak.

Infuziya oldidan Paklitaksel Naprodni aspetik sharoitlarda natriy xloridining 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi va natriy xloridining 0,9% li eritmasining aralashmasi bilan 0,3-1,2 mg/ml yakuniy kontsentratsiyasigacha suyultirish kerak. Suyultirganda eritma loyqa bo'lishi mumkin.

Paklitaksel Naprodni, shuningdek uning eritmalarini polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan yoki uni saqlovchi konteynerlar va moslamalar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Preparatning yordamchi moddalari (polioksietillangan kanakunjut moyi) plastifikator dietilgeksilftalatni (DEGF) PVX dan ishqorlashib chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

Paklitaksel Naprod infuziya uchun eritmasi shisha, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarda saqlanishi va polietilen (PVX saqlamaydigan) infuzion sistemalar yordamida yuborilishi kerak.

Kam xollarda Paklitaksel Naprodni infuziyasi jarayonida (odatda 24 soatlik infuziyaning oxirida) cho'kma paydo bo'lishi aniqlangan. Paklitaksel Naprodni Cho'kmaga tushishi xavfini pasaytirish maqsadida Paklitaksel Naprod suyultirilgandan keyin mumkin bo'lgan qisqa muddatlarda ishlatilishi kerak; shuningdek xaddan ziyod vibratsiya va silkitishdan saqlanish kerak. Ishlatish oldidan infuzion sistema yaxshilab yuvilgan bo'lishi kerak. Infuziya jarayonida eritmaning tashqi ko'rinishini tez-tez nazorat qilish lozim; cho'kma paydo bo'lganda infuziyani to'xtatish kerak.

Paklitaksel Naprod etanol (401,66 mg/ml) saqlashi tufayli, MNGT va organizmning boshqa tizimlari tomonidan uning samaralari rivojlanishi mumkin.

Sisplatin bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni birinchi yuborish kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir reaktsiyasi rivojlangan xolda darxol paklitaksel infuziyasini to'xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Bu patsiyentga preparatni takroriy yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Preparat yuborilganda qonning ko'rsatgichlarini tez-tez nazorat qilish kerak. Paklitaksel Naprodni neytrofillar kamida 1500/mm3 (KS da – kamida 1000/mm3) va trombotsitlar miqdori kamida 100 000/mm3 (KS da – kamida 75 000/mm3) gacha tiklanmagunicha takroriy yuborish mumkin emas. Patsiyentda og'ir neytropeniya (7 kun va ko'proq vaqt davomida neytrofillar miqdorini ≤ 500/mm3 ga pasayishi) rivojlangan xolda yoki og'ir periferik neyropatiyada davolashning keyingi sikllarida paklitakselning dozasi 20% ga (KS da – 25% ga) pasaytirilishi kerak.

Paklitakselni infuziyasi vaqtida o'tkazuvchanlikning og'ir buzilishlari rivojlanganda, muvofiq davolashni boshlash va preparat bilan keyingi davolash davomida yurak faoliyatini uzuluksiz monitoringini o'tkazish kerak.

Xayotiy muxim faoliyatlar parametrlarini, ayniqsa paklitaksel infuziyasini birinchi soati davomida tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi.

Sut bezining metastatik rakini birinchi yo'nalish davolash sifatida paklitaksel doksorubitsin va trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda, yurak faoliyatini sinchikov monitoringini amalga oshirish kerak. Bu majmualarda paklitaksel bilan davolashni boshlash oldidan, yurakningdastlabki xolatini o'tkazish va davolashning xamma vaqti davomida (masalan, xar 3 oyda) yurak faoliyatini muntazam nazoratini o'tkazish kerak. Yurak faoliyatining xatto simptomsiz buzilishi aniqlanganda, davolovchi shifokor davolashni davom ettirishning klinik foydasini, yurakning shikastlanishini potentsial, shu jumladan potentsial qaytmas xavfi bilan sinchiklab solishtirishi kerak. Davolash davom ettirilgan xolda yurak faoliyatining monitoringini tez-tezroq o'tkazish kerak (masalan, xar 1-2 oyda).

Paklitaksel ishlatilganda tez-tez periferik neyropatiya rivojlanishi aniqlanadi, lekin u kam jiddiy shaklda bo'ladi. Og'ir xollarda bu preparat bilan davolashning keyingi sikllari vaqtida paklitakselning dozasini 20% ga (KS sida – 25% ga) pasaytirish tavsiya etiladi.

Paklitaksel ishlatilganida, shu jumladan bir vaqtda antibiotiklarni olmayotgan patsiyentlarda, soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin.

O'pkalar soxasiga nurli davolashni paklitaksel bilan davolashni qo'shilishi (ularning ketma-ketligidan qat'iy nazar) interstitsial pnevmonit rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Paklitakselni arteriya ichiga yuborishni oldini oshish uchun, aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki maxalliy o'zlashtirilishini xayvonlardagi tekshirishlarda arteriya ichiga yuborilganda u og'ir maxalliy reaktsiyalar chaqirgan.

Jigar faoliyatini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar paklitaksel olmasliklari kerak.

Paklitakselni 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish

Paklitakselni xomiladorlikda qo'llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ikkala jins patsiyentlari va/yoki ularning jinsiy xamkorlari paklitaksel bilan davolashning xamma davomiyligi davrida va u yakunlangandan keyin eng kamida 6 oy davomida kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Erkak jinsi patsiyentlarga, bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolashni boshlashgacha urug' suyuqligini konservatsiya qilish bo'yicha maslaxat olish tavsiya etiladi.

Emizish davrida paklitakselni qo'llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta'siri

Paklitaksel bu qobiliyatga xech qanday ta'sir qilmaydi. Lekin Paklitaksel Naprodni etanol saqlashini e'tiborga olish kerak.

- Tuxumdon raki
Paklitaksel Naprod ko'rsatilgan:
Tarqalgan yoki laporatomiyadan keyin rezidual (≥1 sm) tuxumdon rakini sisplatin bilan majmuada birinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
Platina preparati asosidagi standart davolashda muvaffaqiyat bo'lmagandan keyin tuxumdonning metastatik rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
- Sut bezining raki
Paklitaksel Naprod antratsiklin va siklofosfamid majmuasi bilan davolashdan keyin regionar limfa tugunlarida metastazlari bo'lgan sut bezining rakini ad'yuvant davolash sifatida (AS). Paklitaksel Naprod preparati bilan ad'yuvant davolash, AS ximioterapiyaning uzaytirilgan kursiga alьternativa sifatida qaralishi kerak.
Paklitaksel Naprod trastuzumab bilan majmuada sut bezining tarqalgan yoki HER-2 giperekspressiyasi bo'lgan (+++ immunogistoximik tekshirishlarning ma'lumotlari bo'yicha), shuningdek antratsiklinlarni ishlatishni iloji bo'lmaganda, birinchi yo'nalish davolash sifatida ko'rsatilgan.
Paklitaksel Naprod monoterapiyada samara yo'qligiga iqror bo'lgandan keyin yoki antratsiklin asosidagi davolashni ishlatish mumkin bo'lmaganda sut bezining metastatik rakini davolash uchun ko'rsatilgan.
- O'pkaning tarqalgan maydaxujayrali raki
Paklitaksel Naprod sisplatin bilan majmuada, potentsial radikal jarroxlik aralashuvi va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmagan, o'pkaning maydaxujayrali raki bo'lgan patsiyentlarga ko'rsatilgan.
- Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan assotsiatsiyalangan Kaposhi sarkomasi
Paklitaksel Naprod lizosomal antratsiklinlar bilan ilgari o'tkazilgan davolashdan muvaffaqiyat bo'lmaganda, OITS bilan assotsiatsiyalangan tarqalgan Kaposhi sarkomasida (KS) ko'rsatilgan.
Paklitakselni quyidagilarda qo'llash mumkin emas:
Faol moddadagi yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga, ayniqsa makrogoglitserol ritsinoleatiga o'ta yuqori sezuvchanlik.
Xomiladorlik va emizish.
Neytrofillarning dastlabki miqdori ≤1500/mm3 (KS da - ≤1000/mm3).
Yondosh jiddiy va nazorat qilinmaydigan infektsiyasi bo'lgan Kaposhi sarkomasi bor bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Majmuaviy davolash
Paklitaksel va sisplatin
Paklitakselni sisplatin bilan majmuasida, ayniqsa 175 mg/m2 doza 3 soat davomida yuborilganda 135 mg/m2 doza 24 soat davomida yuborilishi bilan solishtirganda, asosan periferik neyropatiya shaklidagi neyrotoksiklikning yuqori xavfi bor. Periferik neyropatiya davolashni birinchi siklidan keyin aniqlanishi va paklitaksel bilan davolash davom etgan sari yomonlashishi mumkin. Sensor buzilishlari paklitaksel bekor qilinganidan keyin bir necha oy davomida kamayadi yoki o'tib ketadi. Ilgari o'tkazilgan davolash bilan bog'liq bo'lgan mavjud neyropatiya, paklitaksel bilan davolash o'tkazishga qarshi ko'rsatma xisoblanmaydi. Ayollar jinsiy a'zolarining o'smalari bo'yicha paklitaksel sisplatin bilan majmuada ishlatilganda, sisplatinni monoterapiyada ishlatish bilan solishtirganda, buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishi mumkin.
Paklitaksel va trastizumab
Paklitaksel trastizumab bilan majmuada ishlatilganda, paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda, quyidagi nojo'ya ko'rinishlarning tez-tezligini oshishi mumkin (ularni ikkali preparatlarni qo'llash bilan aloqasidan qat'iy nazar): yurak yetishmovchiligi, infektsiya, qaltirash, tana xaroratini oshishi, yo'tal, teri toshmalari, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial gipertenziya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes, tasodifiy travmalar, insomniya, rinit, sinusit va yuborish joyidagi reaktsiya.
Paklitaksel va doksorubitsin
Sut bezining metastatik raki bo'lgan bemorlarda doksorubitsinni paklitaksel bilan majmuada ishlatishda yurak mushagining qisqaruvchanligini buzilishi rivojlanishini yuqori xavfi bor (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini ≥20% ga pasayishi). Dimlangan yurak yetishmovchiligi ≤1% patsiyentlarda kuzatilgan. Trastuzumab paklitaksel bilan majmuada ilgari antratsiklinlar olgan patsiyentlarga yuborilganda, paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda yurak faoliyatining buzilishlarini tez-tezligi va og'irlik darajasini oshishi mumkin.
Sisplatin
Tuxumdon rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida paklitakselni sisplatin oldidan yuborish tavsiya etiladi, chunki aks xolda miyelosupressiya xavfini oshishi va paklitakselning klirensini taxminan 20% ga pasayishi aniqlangan. Ayollar jinsiy a'zolarining o'smalari bo'lgan va paklitakselni sisplatin bilan majmuada olgan patsiyentlarda, sisplatin monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda, buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini xavfi oshishi mumkin.
Doksorubitsin
Doksorubitsin va sisplatinni yuborishlar orasidagi qisqa vaqt oralig'ida, doksorubitsin va uning faol metabolitlarini chiqarilishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun paklitakselni doksorubitsindan keyin 24 soat o'tgach yuborish kerak.
Sitoxrom R450 izofermentining substratlari
Paklitaksel CYP2C8 yoki CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol yoki boshqa imidazolli zamburug'larga qarshi vositalar, eritromitsin, fluoksetin, gemifibrozil, klopidogrel, simetidin, ritonavir, sakvinavir, indinavir va nelfinavir) bilan bir vaqtda ishlatilganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki paklitakselning ekspozitsiyasi qiymatlarini oshishi va uning toksikligini kuchayishi mumkin. Paklitakselni CYP2C8 yoki CYP3A4 ni ma'lum induktorlari (masalan, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, efavirenz va nevirapin) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki paklitakselning ekspozitsiyasi qiymatlarini va uning samaradorligini pasayishi mumkin.
Simetidin
Simetidin bilan premedikatsiya paklitakselning klirensiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Proteaza ingibitorlari
Indinavirdan farqli ravishda, nelfinavir va ritonavir, paklitakselning tizimli klirensini ishonchli pasaytiradi. Bir vaqtda proteaza ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda, paklitakselni extiyotkorlik bilan ishlatish kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda, original o'ramida (yorug'likdan ximoya qilish maqsadida), 25oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
Original o'ramida: 2 yil.
Birinchi ochilgandan keyin: 28 kun.
Suyultirilgandan keyin: 2-8oS xaroratda 24 soat.
Mikrobiologik nuqtai nazardan suyultirilgan preparat bevosita tiklangandan yoki suyultirilgandan keyin ishlatilishi kerak, bu operatsiyalar nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan xollardan tashqari. Kimyoviy va fizik turg'unligi, 2-8oS xaroratda yorug'likdan ximoyalangan joyda saqlanganda 14 kun davomida yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirilgandan keyin – 7 kun davomida, va 0,9% li natriy xolridining eritmasi bilan suyultirganda va yorug'likdan ximoyasiz xona xaroratida – 5 kun davomida, namoyish qilingan.
Saqlash muddatlari va sharoitlariga rioya qilish bo'yicha javobgarlik foydalanuvchi zimmasida bo'ladi.
Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan va suyultirishni talab qiladi.
Tuxumdon rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Garchi dozalashning boshqa sxemaliri tekshirilayotgan bo'lsa xam, Paklitaksel Naprod preparatini sisplatin bilan majmualash tavsiya etiladi. Paklitaksel Naprodni infuziyaning davomiyligiga qarab, ikki turli dozalarda ishlatish tavsiya etiladi: 175 mg/m2 tana yuzasi maydoniga, vena ichiga, 3 soat davomida, so'ngra – sisplatin (75 mg/m2), yoki 135 mg/m2, tomchilab, 24 soat davomida, so'ngra - sisplatin (75 mg/m2). Davolash sikllari orasida 3 xafta davomiylikdagi interval qilish kerak, uning davomida davolash o'tkazilmaydi.
Tuxumdon rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Sut bezi rakini ad'yuvant ximioterapiyasi
Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. AS davolash yakunlanganidan keyin davolashning to'rt sikli 3 xaftalik intervallar
bilan takrorlanadi.


Sut bezi rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Doksorubitsin (50 mg/m2) bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel Naprodni undan keyin 24 soat o'tgach yuborish kerak. Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 220 mg/m2 ni tashkil qiladi, vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Trastizumab bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi, vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Trastizumab bilan majmuada ishlatilganda paklitakselning infuziyasini trastuzumabning birinchi dozasi yuborilgandan keyingi kuni yoki, agarda trastuzumabni oldingi yuborishlari yaxshi o'zlashtirilgan bo'lsa, trastuzumabning navbatdagi dozalari yuborilgandan keyin bevosita boshlash mumkin (trastuzumabni yuborish usuli bo'yicha batafsil ma'lumot uni qo'llash bo'yicha uni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasida keltirilgan).
Sut bezi rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
O'pkaning tarqalgan mayda xujayrali bo'lmagan rakini davolash
Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, so'ngra sisplatin80 mg/m2 dozada yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
OITS bilan assotsiatsiyalangan Kaposhi sarkomasi (KS)
Paklitaksel Naprod preparatining tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 2 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Keyingi yuborishlardagi Paklitaksel Naprod preparatining dozasi davolashni shaxsiy o'zlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Jigar funktsiyasini yengil va og'irligi o'rtacha darajali buzilishi bo'lgan patsiyentlarda paklitakselning dozasini modifikatsiyalash bo'yicha tavsiyalar xaqida adekvat ma'lumotlar yo'q. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar paklitakselni olmasliklari kerak.
Bolalarda ishlatilishi
Paklitaksel Naprod preparatini 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki patsiyentlarning bu populyatsiyasida uning xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q.
Doza oshirib yuborilgan xolda ishlatish uchun paklitakselning antidoti noma'lum. Dozani oshirib yuborilishini asosiy kutiladigan ko'rinishlari quyidagilar: miyelosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit. Doza oshirib yuborilgan xolda patsiyent sinchikov kuzatuv ostida bo'lishi kerak. Davolash toksiklikning asosiy kutiladigan ko'rinishlari bilan belgilanadi.
Bolalarda dozani oshirib yuborilishi etanolning toksikligini o'tkir ko'rinishlari bilan assotsiatsiyalanadi.
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PAKLITAKSEL EBEVE®

PAKLITAKSEL EBEWE®

 

Preparatning savdo nomi: Paklitaksel Ebeve®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): paklitaksel

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Tarkibi:

1 flakon saqlaydi:

faol moda: paklitaksel

1 ml da 6 mg paklitaksel saqlanadi.

5 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 30 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi.

16,7 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 100 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi.

25 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 150 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi.

35 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 210 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi.

50 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 300 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi.

yordamchi moddalar: polioksietillangan kanakunjut moyi (makragol gliserilrisinoleati), suvsiz etanol (40166 mg/ml).

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och-sariq, yot zarralarni saqlamaydigan eritma.

Farmakoterapevtik guruxi: o‘smalarga qarshi vositalar, o‘simliklardan olinadigan alkaloidlar va boshqa tabiiy moddalar, taksanlar.

ATX kodi: L01CD01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Paklitaksel tubulin dimerlaridan mikronaychalar yig‘ilishini rag‘batlantiradi va ularning strukturasini barqarorlashtirib, ularning depolimerizasiyasini buzadi. Bu interfaza va mitoz davrida xujayra faoliyatini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan mikronaychalar to‘rini normal xolda kechuvchi qayta tashkil etilishini susaytiradi. Bundan tashqari, paklitaksel butun xujayra sikli davomida mikronaychalar bog‘larini patologik yig‘ilishini va mitoz jarayonidagi ko‘p sonli mikronaychalarning yulduzsimon to‘plamlarini induksiya qiladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganidan keyin paklitaksel qon plazmasida konsentrasiyasini ikki fazali pasayish davri bilan xarakterlanadi. Preparatning yarim chiqarilishini o‘rtacha terminal davri 3,0 dan 52,7 soatgacha o‘zgarib turadi, umumiy klirensi 11,6 dan
24,0 l/s/m2 gachani tashkil qiladi va qon plazmasida paklitakselning konsentrasiyasi oshishi bilan pasayadi. Preparatning taqsimlanishini o‘rtacha muvozanatli xajmi 198 dan
688 l/m2 gachani tashkil qiladi. Preparat 100 mg/m2 dozada 3 soat davomida vena ichiga tomchilab yuborilganidan keyin Cmax ning o‘rtacha qiymati 1530 ng/ml, AUC ning o‘rtacha qiymati – 5619 ng/s/ml, taqsimlanish xajmi – 291 l/m2 ni tashkil qiladi.

Davolash sikllari ko‘p marta takrorlanganda preparat to‘planmaydi. Paklitakselni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 89-98% ni tashkil qiladi. Simetidin, ranitidin, deksametazon va difengidramin preparatni oqsillar bilan bog‘lanish darajasiga ta‘sir qilmaydi.

Yuborilgan dozaning 1,3% dan 12,6% gacha qismi siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Paklitaksel asosan sitoxrom R450 ning CYP2C8, CYP3A4, CYP2C8 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning o‘rtacha 34% metabolitlari ko‘rinishida axlat bilan chiqariladi. Gemodializ qabul qilayotgan pasientlarda, paklitaksel tana yuzasining maydoniga 135 mg/m2 dozada 3-soatlik infuziya ko‘rinishida yuborilganda, uning farmakokinetikasini parametrlari dializ qabul qilmayotgan pasientlardagi shunday ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘lgan.

Qo‘llanishi

Tuxumdonlar raki

Paklitaksel Ebeve®:

  • Tarqalgan yoki rezidual (>1 sm) tuxumdon rakini laparotomiyadan keyin birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida sisplatin bilan majmuada.
  • Tuxumdonning metastatik rakini platina preparatlari asosidagi standart davolash muvaffaqiyatli bo‘lmaganidan keyin ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida qo‘llaniladi.

Sut bezi raki

Paklitaksel Ebeve regionar limfa tugunlarida metastazlari bo‘lgan sut bezi rakini antrasiklin va siklofosfamid (AS) majmuasi bilan davolashdan keyin ad‘yuvant terapiya sifatida ko‘rsatilgan. Paklitaksel preparati bilan ad‘yuvant terapiya, AS ximioterapiyasini uzaytirilgan kursiga muqobil sifatida qaralishi kerak.

Paklitaksel Ebeve® trastuzumab bilan majmuada sut bezining HER-2 giperekspressiyasi bilan (+++ immunogistoximik tekshirish ma‘lumotlari bo‘yicha) tarqalgan yoki metastatik rakini shuningdek antrasiklinlarni ishlatish mumkin bo‘lmaganda birinchi yo‘nalish terapiyasi sifatida qo‘llaniladi.

O‘pkaning tarqalgan mayda xujayrali bo‘lmagan raki

Paklitaksel Ebeve® sisplatin bilan majmuada potensial radikal operativ aralashuvni bajarish va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmaydigan o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan rakida qo‘llanadi.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan assosiasiyalangan Kaposhi sarkomasi

Paklitaksel Ebeve® OITS bilan assosiasiyalangan tarqalgan Kaposhi sarkomasida, ilgari liposomal antrasiklinlar bilan o‘tkazilgan davolashda muvaffaqiyat bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan va suyultirishni talab qiladi.

Tuxumdon rakini birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi

Garchi dozalashning boshqa tartiblari tekshirilayotgan bo‘lsada, Paklitaksel Ebeve® preparatini sisplatin bilan majmuada qo‘llash tavsiya etiladi. Infuziya davomiyligiga qarab, Paklitaksel Ebeve®ni ikkita turli dozalarda ishlatish tavsiya etiladi: tana vazni yuzasiga 175 mg/m2, vena ichiga, 3 soat davomida, so‘ngra–sisplatin (75 mg/m2), yoki
135 mg/m2, tomchilab, 24 soat davomida, so‘ngra–sisplatin (75 mg/m2) yuboriladi.

Davolash sikllari orasida 3 xafta davomiylikdagi interval qilish kerak, shu vaqt davomida davolash o‘tkazilmaydi.

Tuxumdon rakini ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi

Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan o‘tkaziladi.

Sut bezi rakini ad‘yuvant ximioterapiyasi

Doksorubisin (50 mg/m2) bilan majmuada ishlatilganda, Paklitaksel Ebeve®ni undan keyin 24 soat o‘tgach yuborish kerak. Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 220 mg/m2 ni tashkil qiladi, 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan o‘tkaziladi.

Trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni trastuzumabning birinchi dozasi yuborilganidan so‘ng keyingi kuni boshlash yoki agar trastuzumabning oldingi yuborilganda u yaxshi o‘zlashtirilsa, trastuzumabning keyingi dozalari yuborilgandan keyin darxol yuborish mumkin (tastuzumabni yuborish usuli xaqida keng ma‘lumot, uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan).

Sut bezi rakini ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi

Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.

O‘pkaning tarqalgan maydaxujayrali bo‘lmagan rakini davolash

Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, so‘ngra sisplatin 80 mg/m2 dozada yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.

OITS bilan assosiasiyalangan Kaposhi sindromi (KS)

Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Keyingi yuborishlardagi Paklitaksel Ebeve® preparatining dozasi davolashning o‘zlashtirilishiga qarab, individual ravishda belgilanadi.

Jigar funksiyasining buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda paklitakselning dozasini modifikasiyasi bo‘yicha tavsiyalar xaqida adekvat ma‘lumotlar yo‘q. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlar paklitakselni qabul qilmasliklari kerak.

Bolalarda ishlatilishi

Paklitaksel Ebeve®ni 18 dan kichik yoshli bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki bu gurux pasientlarda uning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar mavjud emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarining uchrash tezligining quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (10 dan ≥ 1 ); tez-tez (100 dan ≥ 1, lekin 10 dan ≤ 1); tez-tez emas  (1000 dan ≥ 1, lekin
100 dan ≤ 1); kam xollarda (10000 dan ≥ 1, lekin 1000 dan ≤ 1); juda kam xollarda (10000 dan ≤ 1); noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas).

Infeksiyalar va invaziyalar

Juda tez-tez: infeksiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi infeksiyalar.

Tez-tez emas: septik shok.

Juda kam xollarda: peritonit, pnevmoniya.

Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, qon ketishi.

Kam xollarda: febril neytropeniya.

Juda kam xollarda: o‘tkir mieloleykoz, mielodisplastik sindrom.

Noma‘lum: disseminasiyalangan tomir ichki ivish sindromi (DVS).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaksiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari).

Tez-tez emas: davolash o‘tkazishni talab etuvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress sindrom, yoyilgan eshakemi, et uvishishi, belda og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riqlar, taxikardiya, qorinda og‘riqlar, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar, terchanlik va arterial gipertenziya).

Kam xollarda: anafilaktik reaksiyalar.

Juda kam xollarda: anafilaktik shok.

Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari

Juda kam xollarda: anoreksiya.

Noma‘lum: o‘sma lizisi sindromi.

Ruxiy buzilishlar

Juda kam xollarda: ongni chalkashishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya).

Kam xollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo‘llarning distal bo‘limlarida mushaklarni yaqqol bo‘lmagan kuchsizligiga olib keluvchi).

Juda kam xollarda: avtonom neyropatiya ( ichak tutilishiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, ensefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: ko‘ruv nervi va/yoki ko‘rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni taviya etilgandan yuqori dozalarda olayotgan pasientlarda.

Noma‘lum: sariq dog‘ning shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzuvchi xiralashishi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bradikardiya.

Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti.

Kam xollarda: yurak yetishmovchiligi.

Juda kam xollarda: yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikardiya.

Qon tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: arterial gipotenziya.

Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit.

Juda kam xollarda: shok.

Noma‘lum: flebit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: dispnoe, plevrada suyuqlikni to‘planishi, interstisial pnevmoniya, o‘pka fibrozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi.

Juda kam xollarda: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit.

Kam xollarda: ichak tutilishi, ichakni teshilishi, ishemik kolit, pankreatit.

Juda kam xollarda: qatqorin qon tomirlarining trombozi, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, assit, neytropenik kolit.

Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: jigar nekrozi, jigar ensefalopatiyasi (ikala xollarda o‘lim bilan yakunlangan holatlar aniqlangan).

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: alopesiya.

Tez-tez: tirnoqlar va terining o‘tkinchi yaqqol bo‘lmagan o‘zgarishlari.

Kam xollarda: terini qichishishi, teri toshmalari, eritema.

Juda kam xollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘pshaklli eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixoliz (davolash davrida pasientlar qo‘l va oyoq kaftlarini quyosh nuridan ximoya qilishlari kerak).

Noma‘lum: sklerodermiya.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: artralgiya, mialgiya.

Noma‘lum: tizimli qizil yugirik.

Yuborish joyidgi tizimli buzilishlar va asoratlar

Tez-tez: yuborish joyida reaksiyalar (shu jumladan lokal shish, og‘riq, eritema, indurasiya, ekstravazasiya u gipodermitga, teri fibroziga va nekroziga olib kelishi mumkin).

Kam xollarda: asteniya, pireksiya, degidratasiya, shishlar, darmonsizlik.

Laborator va instrumental tekshirishlarning o‘zgarishlari

Tez-tez: aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfataza faolligini axamiyatli oshishi

Tez-tez emas: bilirubinning konsentrasiyasini axamiyatli oshishi.

Kam xollarda: qonda kreatininning konsentrasiyasini oshishi.

Majmuaviy davolapsh

Paklitaksel va sisplatin

Paklitakselni sisplatin bilan majmuasida, asosan periferik neyropatiya shaklidagi neyrotoksiklikning, ayniqsa 3 soat davomida 175 mg/m2 dozada yuborilganida, 24 soat davomida 135 mg/m2 dozada yuborishga nisbatan, yuqori xavfi bor. Periferik neyropatiya davolashning birinchi siklidan keyin aniqlanishi va paklitaksel bilan davolash davom etgan sari chuqurlashishi mumkin. Sensor buzilishlar paklitaksel bekor qilinganidan keyin bir necha oylar davomida kamayadi yoki o‘tib ketadi. Ilgari o‘tkazilgan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud neyropatiya, paklitaksel bilan davolashni o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma xisoblanmaydi. Ayollar jinsiy a‘zolarining o‘smalari yuzasidan paklitaksel sisplatin bilan majmuada ishlatilganda, sisplatinni monoterapiyada ishlatilganiga qaraganda, buyrak yetishmovchiligining yuqori xavfi bo‘lishi mumkin.

Paklitaksel va trastuzumab

Paklitakselni trastizumab bilan majmuasida paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagiga nisbatan quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlarning soni oshishi mumkin (ikkala preparatlarni qo‘llash bilan aloqasidan qat‘iy nazar): yurak yetishmovchiligi, infeksiya, et uvishishi, tana haroratini oshishi, yo‘tal, teri toshmalari, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial gipertenziya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes, tasodifiy travmalar, insomniya, rinit, sinusit va yuborish joyida reaksiyalar.

Paklitaksel va doksorubisin

Sut bezining metastatik raki bo‘lgan bemorlarda doksorubisinni paklitaksel bilan majmuasida yurak mushagining qisqaruvchanligini buzilishi (chap qorinchadan qon otilib chiqish fraksiyasini ≥ 20% ga pasayishi) rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Dimlangan yurak yetishmovchiligi ≤ 1% pasientlarda kuzatiladi. Ilgari antrasiklinlarni olgan pasientlarga trastizumab paklitaksel bilan majmuada yuborilganda, paklitaksel bilan monoterapiya bilan solishtirganda, yurak faoliyatini buzilishlari soni va og‘irlik darajasi oshishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Paklitakselni quyidagilarda:

  • Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga, ayniqsa makrogolgliserolning risinoleatiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda.
  • Xomiladorlik va emizishda.
  • Neytrofillarning dastlabki soni ≤ 1500/mm2 (SK – ≤ 1000/mm2 da) bo‘lganida.
  • Yondosh jiddiy va nazorat qilinmaydigan infeksiyalari bo‘lgan Kaposhi sarkomasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sisplatin

Tuxumdon rakini birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida paklitakselni sisplatindan oldin yuborish tavsiya etiladi, chunki aks xolda mielosupressiya xavfini rivojlanishi oshishi va paklitakselning klirensini taxminan 20% ga pasayishi aniqlangan. Ayollar jinsiy a‘zolarining o‘smalari bo‘lgan va paklitakselni sisplatin bilan majmuada qabul qilayotgan pasientlarda, sisplatin monoterapiyada ishlatilgandagiga nisbatan, buyrak yetishmovchiligi xavfi oshishi mumkin.

Doksorubisin

Doksorubisin va paklitakselni yuborish orasidagi qisqa vaqt oralig‘ida doksarubisin va uning faol metabolitlarini chiqarilishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun paklitakselni doksorubisindan keyin 24 soat o‘tgach yuborish kerak.

Sitoxrom R450 izofermentlarining substratlari

Paklitaksel CYP2C8 yoki CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol yoki boshqa imidazol zamburug‘larga qarshi vositalar, eritromisin, fluoksetin, gemfibrozil, klopidogrel, simetidin, ritonavir, sakvinavir, indinavir va nelfinavir) bilan bir vaqtda ishlatilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, paklitakselning ekspozisiyasi qiymatlarini oshishi va uning toksikligini kuchayishi mumkin. Paklitakselni CYP2C8 yoki CYP3A4 ning ma‘lum induktorlari (masalan, rifampisin, karbamazepin, fenitoin, efavirenz va nevirapin) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki paklitaksel ekspozisiyasining qiymatlarini va uning samaradorligi pasayishi mumkin.

Simetidin

Simetidin bilan premedikasiya paklitakselning klirensiga ta‘sir qilmaydi.

Proteaza ingibitorlari

Nelfinavir va ritonavir, indinavirdan farqli ravishda, paklitakselning tizimli klirensini ishonchli pasaytiradi. Proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda, paklitakselni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Paklitaksel faqat sitostatiklarni ishlatish tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar tomonidan ishlatilishi kerak.

Og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini shoshilinch ravishda bartaraf qilish uchun muvofiq jixozlar mavjud bo‘lishi kerak.

Konsentratni suyultirish aseptik sharoitlarda maxsus o‘rgatilgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Xodimlar sitostatiklar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishlari kerak.

Xomilador ayollar paklitaksel bilan ishlamasliklari kerak.

Preparat toksik va ishlashda xamda va utilizasiyada maxsus ehtiyotkorlik
choralariga rioya qilishni talab etadi.

Barcha boshqa sitostatiklar kabi, paklitaksel aloxida extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak: u bilan ishlaganda ximoya kiyim qo‘lqoplar kiyish va niqob taqish kerak.

Paklitakselni teri va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Paklitakselning eritmasi teriga tushgan xolda shikastlangan sohani darxol sovunlab suv bilan yuvish kerak. Paklitaksel eritmasi shilliq qavatga tushganda shikastlangan sohani suv bilan yaxshilab yuvish va darxol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparat bilan nafas olinganda dispnoe, ko‘krak qafasida og‘riqlar, tomoqda achishish va ko‘ngil aynishi aniqlangan.

Preparatning barcha ishlatilmagan qoldiq qismi va u bilan ifloslangan materiallar maxalliy me‘yoriy aktlarning talablariga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

Qon va limfaning atrofdagi to‘qimalarga kirishi va tarqalishi mumkinligini xisobga olib, preparatni yuborish jarayonida infuziya sohasini infiltrasiya mumkinligiga sinchkov monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.

Paklitaksel Ebeve® preparatini  yuborish oldidan xamma pasientlarda kortikosteroid, antigistamin vosita va N2-reseptorlarining antagonisti bilan, masalan, quyidagi tartibda premedikasiya qilish kerak:

Preparat Doza Paklitaksel Ebeve®ni yubo-

rishga nisbatan yuborish muddati

Deksametazon 20 mg, peroral* yoki vena ichiga Peroral qabul: taxminan 12 va 6 soat oldin

Vena ichiga yuborish: 30-60 minut oldin

Difengidramin** 50 mg, vena ichiga 30-60 minut oldin
Simetidin

yoki

ranitidin

300 ig, vena ichiga

 

50 mg, vena ichiga

 

30-60 minut oldin

* Kaposhi sarkomasida – 8-20 mg

** Yoki boshqa o‘xshash antigistamin preparati, masalan, xlorfeniramin.

Paklitaksel Ebeve®ni teshiklar diametri ≤ 0,22 mm filtr kiritilgan sistema yordamida yuborish kerak.

Infuziya oldidan Paklitaksel Ebeve®ni aseptik sharoitlarda 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi va natriy xloridining 0,9% li eritmasi aralashmasida 0,3-1,2 mg/ml li oxirgi konsentrasiyagacha suyultirish kerak.

Suyultirilgandan keyin eritma loyqa bo‘lishi mumkin.

Paklitaksel Ebeve®, shuningdek uning eritmalarini polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan yoki uni saqlovchi konteynerlar va jixozlar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Preparatning yordamchi moddasi (polioksietillangan kanakunjit moyi) PVX dan plastifikator dietilgeksil ftalatni ishqoriylanishiga olib kelishi mumkin.

Paklitaksel Ebeve® infuziya uchun eritmasi shisha, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarda saqlanishi va polietilen (PVX saqlamaydigan) infuzion tizimlar yordamida yuborilishi kerak

PVX lan tayyorlangan qisqa kiruvchi va chiquvchi patrubkali filtrlarni ishlatish, DEGF ni ko‘p miqdorda ajralib chiqishiga olib kelmaydi.

Kam xollarda Paklitaksel Ebeve®ni infuziyasi jarayonida (odatda 24-soatli infuziyaning oxirida) cho‘kma xosil bo‘lishi aniqlangan. Paklitaksel Ebeve®ni cho‘kmaga tushishi xavfini pasaytirish uchun, suyultirilgandan keyin iloji boricha qisqa muddatlarda ishlatilishi kerak; shuningdek xaddan ziyod vibrasiya va silkitishdan saqlanish kerak. Ishlatish oldidan infuzion tizim yaxshilab yuvilgan bo‘lishi kerak. Infuziya jarayonida ko‘proq eritmaning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish, cho‘kma paydo bo‘lganda infuziyani to‘xtatish kerak.

Paklitaksel Ebeve® etanol (401,66 mg/ml) saqlashi tufayli, MNT va organizmning boshqa tizimlariga etanolning samaralari rivojlanishi mumkin.

Sisplatin bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni birinchi yuborish kerak.

Og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlangan xollarda darxol paklitakselning infuziyasini to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Bu pasientga preparatni takroriy yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Preparat yuborilganda qon ko‘rsatgichlarini tez-tez nazorat qilish kerak. Paklitaksel Ebeve®, leykositlar soni minimum 1500/mm3 gacha (SK – minimum 1000/mm3 da) va trombositlar soni minimum 100000/mm3 gacha (SK – 75000/mm3 da) tiklanmaguncha takroran yuborilmasligi kerak. Pasientda og‘ir neytropeniya rivojlangan xolda (7 yoki ko‘proq kun davomida neytrofillar soni ≤500/mm3 pasayishi) yoki og‘ir periferik neytropeniyada davolashning keyingi sikllarida paklitakselning dozasini 20% ga (SK – 25% da) pasaytirish kerak.

Paklitakselning infuziyasi vaqtida o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari rivojlanganda, muvofiq davolashni boshlash va preparat bilan keyingi davolash davomida yurak faoliyatini uzluksiz monitoringini o‘tkazish kerak.

Xayotiy muxim faoliyatlarning parametrlarini, ayniqsa paklitaksel infuziyasining birinchi soati davomida tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi.

Sut bezining metastatik rakini birinchi qator davolash sifatida paklitaksel doksorubisin yoki trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda, yurak faoliyatini sinchkov monitoringini amalga oshirish kerak. Bu majmualarda paklitaksel bilan davolashni boshlash oldidan, yurakning xolatini dastlabki baxolashni bajarish va davolashning butun davri davomida yurak faoliyatini muntazam nazoratini (masalan, xar 3 oyda) o‘tkazish kerak. Yurak faoliyatini buzilishlari aniqlanganda, xatto simptomsizida xam, davolovchi shifokor davolashni davom ettirishning klinik foydasini, yurakni shikastlanishining potensial xavfi, shu jumladan potensial qaytmas xavfini, sinchiklab solishtirishi kerak. Davolash davom ettirilgan xolda, yurak faoliyatining monitoringini tez-tez o‘tkazib turish kerak (masalan, xar 1-2 siklda).

Paklitaksel ishlatilganda ko‘pincha periferik neyropatiyani rivojlanishi aniqlanadi, lekin u kam xollarda jiddiy bo‘ladi. Og‘ir xollarda bu preparat bilan davolashning keyingi sikllari vaqtida paklitakselning dozasini 20% ga (SK – 25% da) pasaytirish tavsiya etiladi.

Paklitaksel ishlatilganda, shu jumladan bir vaqtda antibiotiklarni qabul qilmayotgan pasientlarda, soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin.

Paklitaksel bilan davolash bilan birga o‘pka soxasida nur bilan davolashni qo‘shish (ularning ketma-ketligidan qat‘iy nazar) interstisial pnevmonitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Kaposhi sarkomasi bo‘lgan bemorlarda og‘ir mukozit rivojlanishi mumkin. Bunday xollarda paklitakselning dozasini 25% ga pasaytirish kerak.

Paklitakselni arteriya ichiga yuborishni oldini olish uchun, aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki maxalliy o‘zlashtirishni o‘rganish yuzasidan xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda arteriya ichiga yuborilganda u og‘ir maxalliy reaksiyalar chaqirgan.

Jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan pasientlar paklitakselni qabul qilmasliklari kerak.

Paklitakselni 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Paklitaksel bu qobiliyatga xech qanday ta‘sir qilmaydi. Lekin Paklitaksel Ebeve®ni etanol saqlashini e‘tiborga olish kerak.

Xomiladorlitk va emizish

Paklitakselni xomiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ikkali jins pasientlari va/yoki ularning jinsiy sheriklari paklitaksel bilan davolashning butun davri davomida va minimum u yakunlanganidan keyin 6 oy kontrasepsiyaning samarali usullarini qo‘llashlari kerak. Erkak pasientlarga bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, paklitaksel bilan davolash boshlangunicha urug‘ suyuqligini konservasiya qilish bo‘yicha maslaxat olish tavsiya etiladi.

Emizish davrida paklitakselni qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan xollarda ishlatish uchun paklitakselning antidoti noma‘lum. Dozani oshirib yuborilishining asosiy kutiladigan ko‘rinishlari: mielosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit. Doza oshirib yuborilgan xollarda pasient sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Davolash toksiklikning asosiy kutilayotgan ko‘rinishlari bilan belgilanadi.

Bolalardagi dozani oshirib yuborilishi etanolning toksikligini o‘tkir ko‘rinishlari bilan assosiasiyalanadi.

 

Chiqarilish shakli

Rangli plastik qopqoqli siqilgan alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan va rezina tiqinlar bilan berkitilgan tiniq shisha flakonlar.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

O‘ram o‘lchamlari:

1 × 5 ml/30 mg paklitaksel.

1 × 16,7 ml/100 mg paklitaksel. 1 × 25 ml/150 mg paklitaksel.

1 × 35 ml/210 mg paklitaksel. 1 × 50 ml/300 mg paklitaksel.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, original o‘ramida (yorug‘likdan ximoya qilish maqsadida), 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Original o‘ramida: 3 yil.

Birinchi ochilgandan keyin: 25 kun.

Suyultirilgandan keyin: 2-8ºS xaroratda 24 soat.

Mikrobiologik nuqtai nazardan suyultirilgan preparat bevosita tiklanganida yoki suyultirilganidan keyin, ko‘rsatilgan operasiyalar nazoratli va validasiyalangan aseptik sharoitlar xollaridan tashqari, ishlatilishi kerak. Kimyoviy va fizik barqarorligi yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 2-8 S xaroratda saqlanganda 14 kungacha vaqt davomida yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirilgandan keyin – 7 kungacha vaqt davomida, va natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirilganda yorug‘likdan ximoyasiz xona xaroratida – 5 kun davomida bo‘lishi namoyish qilingan.

Saqlash muddatlari va sharoitlariga rioya qilishga javobgarlik foydalanuvchida bo‘ladi.

Berish tartibi

Stasionar sharoitlarda qo‘llash uchun.

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml dori vositasi Naprod Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ABITAKSEL konsentrat 150mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
ABITAKSEL konsentrat 100mg/16,7ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
LIPISEL konsentrat 30mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
INTAKSEL konsentrat 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited, Индия для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
ABITAKSEL konsentrat 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Паклитаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratory Tuteur S.A.C.I.F.I.A manufactured by Laboratory IMA S.A.I.C.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
ETOPOZID NAPROD konsentrat 5ml 100mg/5ml
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml
PROPOFOL NAPROD emulsiya 20ml 1% N1
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
L ASPARAGINAZA NAPROD poroshok 10000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 5 ml 100 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 1 ml 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
NAPREZO poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
METOTREKSAT NAPROD eritma 2 ml 50 mg/2 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
LEYKOVORIN NAPROD eritma 5 ml 50 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
BLEOMISIN NAPROD poroshok 15 ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 50mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 260mg/43,34ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 100mg/16,67ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Другие формы препарата
PAKLITAKSEL konsentrat 16,7 ml 6 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jodas Expoim Private Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 50 ml 6 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jodas Expoim Private Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 50 ml 300 mg/50 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 16,7 ml 100 mg/16,7 N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 5 ml 30 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 6 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 30mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
PAKLITAKSEL KELUN KAZFARM konsentrat 60mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kelun-Kazpharm,TOO
PAKLITAKSEL KELUN KAZFARM konsentrat 30mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kelun-Kazpharm,TOO
PAKLITAKSEL KELUN KAZFARM konsentrat 100mg/16,7ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kelun-Kazpharm,TOO
PAKLITAKSEL EBEVE konsentrat 6mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
PAKLITAKSEL EBEVE konsentrat 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
PAKLITAKSEL EBEVE konsentrat 100mg/16,7ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9