×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
диклофенак натрий
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Scott-Edil Pharmacia Limited
ATX kodi:
- M01AB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 19 ta dorixonasida topildi

ico 38 100 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 38 600 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KEYVER tabletkalari 25mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
43 000 s`om dan
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
26 900 s`om dan
ZEVENAK inyeksiya uchun eritma 4ml 75mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10 Geltec Private Limited Hindiston
16 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Eritmani har bir ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 75 mg diklofenak natriy; yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy metabisulьfit, gidrogenizirovannoye polioksilovoye kostorovoye maslo, dinatriy edetati.
Innofenak yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sirlarga ega. Siklooksigenaza 1 va 2 ni tanlamasdan susaytirib, araxidon kislotasining metabolizmini buzadi, yallig'lanish o'chog'ida prostaglandinlarning miqdorini kamaytiradi. Revmatik kasalliklarda diklofenakning yallig'lanishga qarshi va og'riqni qoldiruvchi ta'siri, og'riqning yaqqolligini, bo'g'imlarning ertalabki tangligini, shishini ahamiyatli kamayishga yordam beradi, bu bo'g'imlarning funktsional holatini yaxshilaydi. Jarohatlarda, operatsiyadan keyingi davrda diklofenak og'riq tuyg'ularini va yallig'lanish shishini kamaytiradi.
Preparatni o'rtacha namoyon bo'lgan va og'ir og'riq sindromida kuchli analьgetik ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Travma yoki jarrohlik aralashuvi oqibatida yallig'lanish yuz berganida, preparat spontan og'riqni ham, harakatlardagi og'riqni ham tez yo'qotadi, shuningdek to'qimalarning yallig'lanish shishi va xirurgik jarohat sohasidagi shishni kamaytiradi.
Mushak ichiga 75 mg dozada yuborilganida maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 15-30 minut, maksimal kontsentratsiyasining kattaligi – 1,9-4,8 mkg/ml (o'rtacha 2,7). Yuborilganidan keyin 3 soat o'tgach plazmadagi kontsentratsiyasi maksimal kontsentratsiyaning o'rtacha 10% ni tashkil qiladi.
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 99% dan ko'proq (katta qismi alьbuminlar bilan bog'lanadi).
Diklofenak sinovial suyuqlikka o'tadi, u yerda uning maksimal kontsentratsiyasiga, qon plazmasidagiga nisbatan 2-4 soat kechroq erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga erishilgandan keyin 2 soat o'tgach, sinovial suyuqligidagi diklofenakning kontsentratsiyasi yuqoriroq bo'lib qoladi; bu holat 12 soat davomida saqlanadi.
Metabolizmi ko'p martalik yoki bir martalik gidroksillanish va glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiyasi natijasida yuz beradi. Preparatning metabolizmida R450 SYP2C9 ferment tizimi ishtirok qiladi. Metabolitlarining farmakologik faolligi diklofenakka nisbatan past.
Tizimli klirensi 350 ml/min ni tashkil qiladi, taqsimlanish hajmi – 550 ml/kg. Plazmadan yarim chiqarilish davri - 2 soat. Yuborilgan dozaning 65% metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi; 1% dan kamrog'i o'zgarmagan holda, dozaning qolgan qismi metabolitlari ko'rinishida o't-safro bilan chiqariladi.
Yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam), metabolitlarining o't-safro bilan chiqarilishi ko'payadi, bunda ularning qondagi kontsentratsiyasini oshishi kuzatilmaydi.
Surunkali gepatiti yoki kompensatsiyalangan jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda diklofenakning farmakokinetik parametrlari o'zgarmaydi. Diklofenak ko'krak sutiga o'tadi.
Noxush ko'rinishlarini rivojlanish xavfini kamaytirish uchun qisqa kurs bilan minimal samarali dozani qo'llash kerak.
Tez-tez – 1-10%; ba'zida – 0,1-1%; kam hollarda – 0,01-0,1%; juda kam hollarda – 0,001-0,01% dan kam, shu jumladan alohida hollar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- tez-tez – epigastral og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya, aminotransferazalarning faolligini oshishi;
- kam hollarda – gastrit, proktit, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi (qonli qusish, melena, ahlatda qon paydo bo'lishi), me'da-ichak yo'llarining yaralari (qon ketishi bilan yoki qon ketishisiz yoki perforatsiya), gepatit, sariqlik, jigar faoliyatini buzilishi;
- juda kam hollarda – stomatit, glossit, qizilo'ngachni shikastlanishi, ichakni diafragmasimon strikturasi (nospetsifik gemorragik kolit, yarali kolitni zo'rayishi yoki Kron kasalligi), qabziyat, pankreatit, yashin tezligidagi gepatit.
Nerv tizimi tomonidan:
- tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi;
- kam hollarda – uyquchanlik;
- juda kam hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, shu jumladan paresteziyalar, xotirani buzilishi, tremor, tirishishlar, xavotirlik, serebrovaskulyar buzilishlar, aseptik meningit, dezoriyentatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi “dahshatlar”, ta'sirchanlik, ruhiy buzilishlar.
Sezgi a'zolari tomonidan:
- tez-tez – vertigo;
- juda kam hollarda – ko'rishni buzilishi (ko'rishni noaniqligi, diplopiya), eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin, ta'm bilishni buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan:
- juda kam hollarda – o'tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, papillyar nekroz.
Qon yaratish a'zolari tomonidan:
- juda kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, gemolitik va aplastik anemiya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar:
- kam hollarda – anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan AB yaqqol pasayishi va shok;
- juda kam hollarda – angionevrotik shish (shu jumladan yuzni).
Yurak-tomir tizimi tomonidan:
- juda kam hollarda - yurak urishi, ko'krak sohasida og'riq, arterial bosimni oshishi, vaskulit, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.
Nafas tizimi tomonidan:
- kam hollarda – bronxial astma (shu jumladan hansirash);
- juda kam hollarda – pnevmonit.
Teri qoplamalari tomonidan:
- tez-tez – teri toshmasi;
- kam hollarda – eshakemi;
- juda kam hollarda – bullyoz toshmalar, ekzema, shu jumladan ko'p shaklli ekssudativ eritema va Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, eksfoliativ dermatit, qichishish, sochlarni to'kilishi, fotosezuvchanlik, purpura, shu jumladan allergik purpura.
Mushak ichiga yuborishdagi mahalliy reaktsiyalar:
- achishish, infilьtrat, aseptik nekroz, yog' to'qimasining nekrozi.
Preparatni ishlatayotgan patsiyentlar, diqqatni yuqori jamlash va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiluvchi faoliyat turlaridan, alkogolь iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Jigar porfiriyasi bo'lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlik kerak, chunki preparat porfiriya xurujlarini qo'zg'atishi mumkin.
Buyrakda qon oqimini tutib turishda prostaglandinlar muhim rolь o'ynashi tufayli, yurak yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarni, keksa yoshli patsiyentlarni, diuretik vositalarni olayotgan bemorlarni, shuningdek aylanayotgan plazma hajmini har qanday etiologiyali ahamiyatli kamayishi bo'lgan, masalan, katta xirurgik aralashuvlargacha va keyingi davrda, bemorlarda preparat bilan davolashda alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Bunday hollarda preparat bilan davolash vaqtida, ehtiyotkorlik chorasi sifatida, buyraklar faoliyatini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Preparat bekor qilinganidan keyin buyraklar faoliyati odatda dastlabki darajasigacha tiklanadi.
Yuqorida keltirilgan barcha ko'rsatmalar bo'yicha preparatni qo'llash bir necha kunlar bilan cheklanadi. Biroq, agarda qo'llash bo'yicha tavsiyalarga qaramasdan, preparat uzoq vaqt davomida qo'llansa, boshqa NYaQP uzoq muddat qo'llanganida bo'lgani kabi, periferik qon tarkibini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Preparat boshqa NYaQP kabi, trombotsitlar agregatsiyasini vaqtinchalik ingibirlashi mumkin. Shuning uchun gemostazning buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda sinchkov tegishli laboratoriya nazoratini o'tkazish kerak.
Umumiy tamoyillardan kelib chiqib, keksa yoshli patsiyentlarda ham preparatni ishlatishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu ayniqsa holsizlangan yoki tana vazni kam bo'lgan keksa odamlarda dolzarbdir; ularga preparatni minimal samarali dozada buyurish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Turli genezli o'rtacha jadallikdagi og'riqlarni qisqa muddatli davolash uchun:
tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondiloartrit, podagrik artrit, yumshoq to'qimalarning revmatik shikastlanishi,
periferik bo'g'imlar va umurtqa pog'onasining osteoartrozi (shu jumladan radikulyar sindromi bilan).
Preparat ishlatilgan vaqtda simptomatik davolash, og'riq va yallig'lanishni kamaytirish uchun mo'ljallangan, kasallikning yuksalishiga ta'sir qilmaydi;
lyumbago, ishias, nevralgiya;
alьgodismenoreya, kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish jarayonlari, shu jumladan adneksit;
yallig'lanish bilan birga kechuvchi jarohatdan keyingi og'riq sindromi;
- operatsiyadan keyingi og'riq.

-O'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYaQP ga),
-me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida), me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi,
-ichakning yallig'lanish kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi),
-yaqqol jigar yetishmovchiligi,
-jigar kasalliklarining o'tkir davri,
-yaqqol buyrak yetishmovchiligi, (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam),
-yurak yetishmovchiligi,
-giperkaliyemiya,
-atsetilsalitsil kislotasini to'liq yoki to'liq bo'lmagan o'zlashtirolmaslik sindromi (atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP qabul qilganda rivojlanadigan rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavatining poliplari, bronxial astma),
-qon yaratilishini buzilishi,
-gemostazni buzilishi (shu jumladan gemofiliya),
-homiladorlik,
-laktatsiya davri,
-bolalik yoshi (18 yoshgacha),
-aortakoronar shuntlash o'tkazilganidan keyingi davr.
Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, aylanayotgan qon hajmini ahamiyatli darajada pasayishi (shu jumladan katta jarrohlik aralashuvlaridan keyin), shish sindromi, periferik arteriyalarning kasalliklari, dislipidemiya, qandli diabet, anemiya, bronxial astma, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam), alkogolizm, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali kasalliklarining zo'rayish bosqichidan tashqari hollari, anamnezdagi jigar kasalliklari, divertikulit, katta jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holat, induktsiyalanadigan porfiriya, keksalik yoshi, chekish, og'ir somatik kasalliklar, biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qo'llanishi, glyukokortikosteroidlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, giperlipidemiya, Helicobacter pylori infektsiyasi.
Plazmada digoksin, metotreksat, litiy preparatlari va siklosporinning kontsentratsiyasini oshiradi.
Diuretiklarning samarasini pasaytiradi, kaliy tejovchi diuretiklar fonida giperkalemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi; antikoagulyantlar, trombolitik vositalar (alteplaza, streptokinaza, urokinaza) qon ketishi xavfini (ko'pincha me'da-ichak yo'llaridan) oshiradi.
Gipotenziv va uyqu chaqiruvchi dori vositalarining samarasini kamaytiradi.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroid vositalarining nojo'ya samaralarining (me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlar) paydo bo'lishi ehtimolini, metotreksatning zaharliligini va siklosporinning nefrotoksikligini oshiradi.
Atsetilsalitsil kislotasi qonda diklofenakning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Paratsetamol bilan bir vaqtda qo'llash diklofenakning nefrotoksik samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Antikoagulyantlar. Garchi klinik tekshirishlarda antikoagulyantlarning samarasiga preparatning ta'siri aniqlangan bo'lmasada, diklofenak va bu preparatlarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda, qon ketishlarining xavfini oshishi haqida alohida xabarlar bor. Shuning uchun, dori vositalarini bunday birga qo'llanganda, patsiyentlarni sinchiklab va muntazam kuzatish tavsiya qilinadi.
Diabetga qarshi preparatlar. Klinik tadqiqotlarda preparatni oral diabetga qarshi vositalar bilan birga qo'llash mumkinligi va ularning davolovchi ta'sirini o'zgartirmasligi aniqlangan. Biroq, bunday hollarda ham gipoglikemiyani, ham giperglikemiyani rivojlanish hollari haqida alohida xabarlar ma'lum, bu preparatni qo'llash vaqtida qandni pasaytiruvchi preparatlarning dozasini o'zgartirishni talab qilgan.
Sefamandol, sefoperazon, sefotetan, valьproat kislotasi va plikamitsin gipoprotrombinemiyani rivojlanish tez-tezligini oshiradi.
Siklosporin va oltin preparatlari buyraklarda prostaglandinlar sinteziga diklofenakning ta'sirini oshiradi, bu nefrotoksikligini oshiradi.
Etanol, kolxitsin, kortikotropin va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda buyurish, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi havfini oshiradi.
Diklofenak fotosensibilizatsiya chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Naychalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar, diklofenakning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi, shu bilan uning zaharliligini oshiradi.
Xinolon guruhi antibakterial dori vositalari – tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanmasi
Innofenak - 1 ml eritmada faol moddaning kontsentratsiyasi yukori bo'lgan noyob preparat hisoblanadi. Dozalar individual ravishda tanlanishi va maksimal qiska muddatda qullanishi kerak. Maksimal sutkalik doza 150 mg (2 ampula) ni tashkil etadi. Qo'llash davomiyligi 2 kundan oshmasligi kerak.
Mushak ichiga yuborish:
Kattalar uchun odatdagi sutkalik doza 75 mg ni tashkil etadi, mushak ichiga (delьtasimon mushakka yoki dumba mushagining yukorigi tashqi kvadratiga) yuboriladi. Navbatdagi inьektsiya boshka soxaga yuboriladi.
Vena ichiga yuborish:
Bolyus in'ektsiyasi kurinishida: operatsiyadan keyingi o'rtacha va og'ir darajadagi og'riklarda 75 mg eritmani vena ichiga bolyus xolida 30-60 minut davomida yuborish kerak. Zarurat bulganida 4-6 soatdan keyin takroran yuboriladi. Dozasi 24 soat davomida 150 mg dan oshmasligi kerak.
Vena ichiga infuziya kurinishida: 75 mg dozani 100-500 ml 5% li glyukoza eritmasida, yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirish kerak.
Operatsiyadan keyingi o'rtacha va og'ir darajadagi og'riklarni davolash uchun 75 mg dozasi 30-120 minut davomida yuboriladi va zarurat bulganida 4-6 soatdan keyin takrorlanadi. Operatsiyadan keyingi og'riklarnn oldini olish uchun operatsiyadan keyingi 15 minut - 1 soatdan keyin 25-50 mg yuklama doza yuboriladi, keyinchalik soatiga taxminai 5 mg doza, 150 mg maksimal sutkalik dozaga erishilgunicha uzluksiz infuziya kilinadi.
Keksalar: minimal tavsiya etiladigan doza ko'llanadi.
Simptomlari: qusish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hansirash, ongni chalkashishi, bolalarda – mioklonik tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riq, qon ketishi, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi.
Davolash: simptomatik davolash, jadallashtirilgan diurez.
Gemodializ kam samarali.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5 dori vositasi Scott-Edil Pharmacia Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ankur Drugs and Pharma Limited, Unit-II
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 28 800 so'mdan Batafsil
Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3
Narh: 177 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
BIORAN RAPID tabletkalari 46,5mg N20
NAKLOFEN SR tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
MR NOKLOFIN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
INNOFER eritma 100mg/5ml N5
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
TAMNIK PR tabletkalari 0,4mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
Narh: 87 900 so'mdan Batafsil
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
PROKASIN eritma 500 mg/2 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
PROKASIN eritma 100 mg/2 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
EZOMERA poroshok 40mg N1
Narh: 60 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9