×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Белмедпрепараты РУП
ATX kodi:
- N06X
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50 Валента фарм АО Rossiya Federatsiyasi
82 900 s`om dan
DROLOSIT NEO eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
60 000 s`om dan
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N30 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
40 000 s`om dan
SINDRANOL tabletkalari 2mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company, Венгрия произведено: Pharmathen International S.A. Gretsiya
120 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEREBROLIZAT

CEREBROLYSATUM

Preparatning savdo nomi: Serebrolizat

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

Qoramol va cho‘chqa bosh miyasining

aminokislotalar (quruq moddaga qayta hisoblanganda)

va peptidlar saqlovchi gidrolizati, yig‘indisi                       – 47-77 mg/ml

aminokislotalarning umumiy miqdori                         – 27-42 mg/ml

shu jumladan erkin aminokislotalar:

L-Lizin                                                                               – 0,4-5,5 mg/ml

L-Gistidin                                                                          – 0,3-4,5 mg/ml

L-Arginin                                                                           – 0,8-5,4 mg/ml

L-Asparagin  kislotasi                                                    – 1,0-3,5 mg/ml

L-Treonin                                                                            – 0,7-4,2 mg/ml

L-Serin                                                                               – 0,4-3,5 mg/ml

L-Glutamin kislotasi                                                       – 3,0-6,5 mg/ml

L-Alanin                                                                             – 0,8-5,2 mg/ml

L-Prolin                                                                             – 0,4-4,2 mg/ml

Glisin                                                                                 – 0,7-2,1 mg/ml

L-Valin                                                                               – 1,3-4,1 mg/ml

L-Metionin                                                                        – 0,4-2,0 mg/ml

L-Leysin                                                                             – 2,0-6,0 mg/ml

L-Fenilalanin                                                                   – 0,4-2,0 mg/ml

L-Izoleysin                                                                       – 0,8-3,6 mg/ml

L-Tirozin                                                                            – 0,2-0,7 mg/ml

Fenol                                                                                   – 3 mg/ml

Ta‘rifi: tiniq sarg‘ish suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop.

ATX kodi: N06BX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Eksperimental ma‘lumotlar qoramol va cho‘chqa miyasidan olingan, quyi molekulyar peptidlarni saqlovchi preparatlarni parenteral yuborishda, gematoensefalik to‘siq buzilganda bosh miyaning shikastlangan qismlarida uning ehtiyoji miqdoriga ta‘sir qilib, shuningdek bosh miyada moddalar almashinuvi jarayonini buzilishida ijobiy samarani namoyon qilib, glyukozani o‘tishi tezligini oshirish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, biologik faol neyropeptidlar saqlovchi preparatlar sut kislotasining serebral konsentrasiyasi darajasini pasaytirish qobiliyatiga ega.

Qoramol va cho‘chqa miyasining gidrolizatlari asosida olingan preparatlar uchun barcha yosh guruhlari uchun psixometrik testlar yordamida olingan neyrofiziologik ko‘rsatkichlarning klinik yaxshilanishining miqdoriy baholari mavjud.

Farmakokinetikasi

Erkin aminokislotalar va peptidlar yig‘indisini o‘z ichiga olgan serebrolizatning murakkab tarkibi tufayli, farmakokinetik tashhislarni qo‘yish qiyin hisoblanadi.

 

Qo‘llanilishi

  • bosh miyaning organik xarakterdagi moddalar almashunuvini buzilishi, shu jumladan Alsgeymerga o‘xshash qarilikdagi esdan og‘ishlar;
  • insultdan keyingi davr;
  • bosh miya jarohatlarida (bosh miyani chayqalishi, lat yeyishlar, bosh miyada jarrohlik aralashuvlari) qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Parenteral qo‘llaniladi. Doza va davolash davomiyligi kasallikning turi va og‘irligiga, shuningdek bemorning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘qqi dozasi bo‘lgan 50 ml gacha erishish bilan, bir martalik dozani buyurish mumkin, biroq davolash kursini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Tavsiya etilgan optimal davolash kursi 10-20 kun davomida har kungi in‘eksiyalarni tashkil qiladi.

O‘tkir holatlar (ishemik insult, bosh miya jarohatlari, neyroxirurgik operasiyalarning asoratlari) 10 ml dan  50 ml gacha
Bosh miya  insultining rezidual davri va bosh miyaning jarohatli shikastlanishlari 5 ml dan  50 ml gacha
Psixoorganik sindrom va depressiyada 5 ml dan  30 ml gacha
Alsgeymer kasalligida, qon tomir kasalligi va aralash genezli demensiyada 5 ml dan  30 ml gacha
Neyropediatriya amaliyotida sutkada 1-2 ml

Davolashni samarasini oshirish uchun davolash natijasida bemorning holati yaxshilanishi kuzatilmagunigacha takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin. Birinchi kursni o‘tkazgandan so‘ng, buyurish davriyligi haftada 2 martagacha yoki 3 martagacha kamaytirilishi mumkin. Serebrolizat in‘eksiya holida qo‘llaniladi: mushak ichiga (5 ml gacha) va vena ichiga (10 ml gacha). 10 ml dan 50 ml gacha bo‘lgan dozalarni faqat infuziya uchun standart eritmalarda suyultirgandan so‘ng, sekin vena ichi infuziyasi ko‘rinishida yuborish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘siri

Tez-tez nojo‘ya samaralar – 1/100 ko‘p – 1/10 kam; kam hollardagi nojo‘ya samaralar –1/1000 ko‘p – 1/100 kam; juda kam hollardagi nojo‘ya samaralar – 1/10000 ko‘p – 1/1000 kam; juda kam hollardagi nojo‘ya samaralar – 1/10000 dan kam.

Xaddan ziyod tez yuborilganida kam hollarda issiqlik hissi, ko‘p terlash, bosh aylanishi va (alohida hollarda) tezlashgan yurak urishi yoki aritmiyalar kuzatilishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda ishtahani yo‘qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyatlar, ko‘ngil aynishi va qusish.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: juda kam hollarda faollikning kutilgan samarasi qo‘zg‘aluvchanlik bilan birga kechgan (agressiv xarakat, ongni chalkashishi, uyqusizlik bilan namoyon bo‘lgan).

Qoramol va cho‘chqa bosh miyasidan olingan, peptidlarni saqlovchi preparatlar bilan davolanish davrida ko‘p tutqanoqsimon hushdan ketishlar va tirishishlarni kelib chiqishi haqidagi alohida xabarlar mavjud.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda bosh og‘rig‘i,  bo‘yinda, oyoq-qo‘llarda, belning pastki qismida og‘riq hislari, hansirash, qaltirash va kollaps holatlari bilan namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va allergik reaksiyalar aniqlangan.

Mahalliy  reaksiyalar: juda kam hollarda terini qizarishi, qichishish va in‘eksiya joyida achishish kuzatiladi.

Boshqalar: qoramol va cho‘chqa miyasidan olingan, peptidlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilishda juda kam hollarda giperventilyasiya, gipotoniya, charchoqlik hissi, tremor, depressiya, apatiya, ongni chalkashishi va grippsimon simptomlar (shamollash, yo‘tal, nafas yo‘llarining infeksiyalari).

Serebrolizat ko‘pincha keksa yoshli pasientlarda qo‘llanilganligi sabali, ushbu guruh populyasiyada yuqorida ko‘rsatilgan holatlar tez-tez kuzatiladi, ular preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda ham rivojlanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • fenolga yoki uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
  • tutqanoq xuruji;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu toifali pasientlarda xavfsizlikni tasdiqlovchi maxsus tadqiqotlar yo‘q, bolalarda yuqori sezuvchanlik haqida ma‘lumotlar yo‘q);
  • homiladorlik va laktasiya davri (homiladorlik vaqtida fenolning o‘zaro ta‘siriga duchor bo‘lgan hayvonlarda tug‘ma nuqsonlar aniqlangan);
  • yurakning ishemik kasalligi (fenol oqibatida va YUIK dan yuqori o‘lim haqida xabarlar bor + fenol yurak ritmini o‘zgarishlarini chaqiradi);
  • yurak ritmini buzilishi holatida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antidepressatlarning samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ampula ochilganidan keyin eritma darhol ishlatilishi lozim.

Haddan ziyod tez in‘eksiya qilinganda issiqlik hissi, ko‘p terlash, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun preparatni sekin yuborish lozim.

Fenol sog‘liq uchun jiddiy xavf solishi mumkin: u markaziy nerv tizimiga ta‘sir qilishi va jigar hamda buyrakning shikastlanishini chaqirishi mumkin. U mutagen samaraga ega va fenol reproduktiv toksiklik ko‘rsatish qobiliyatiga ega ekanligi haqida tasdiqlar mavjud.

Fenolning takroriy ta‘siri bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, yutishni qiyinlashishi, ich ketishi, qusishni chaqirishi mumkin, fenol markaziy nerv tizimi, jigar va buyrakka ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparatning quyidagi infuziya uchun standart eritmalar bilan mutanosibligi tekshirilgan va tasdiqlangan (24 soat davomida hona haroratida va yorug‘lik mavjud bo‘lgan joyda):

  • 0,9% li natriy xlorid eritmasi (9 mg natriy xloridi/ml);
  • Ringer eritmasi (Na+ – 153,98 mmol/l; Sa2+ – 2,74 mmol/l; K+ – 4,02 mmol/l; SL – 163,48 mmol/l);
  • 5% li glyukoza eritmasi.

Serebrolizatni vitaminlar va yurakni qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin, biroq ushbu preparatlarni bir shprisda Serebrolizat bilan aralashtirish mumkin emas. Faqat tiniq eritmani va faqat bir marta yuborish lozim.

Allergik diatezlar, tutqanoqlar, tirishish xurujlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanilishi.

Serebrolizat preparatini insonning reproduktiv faoliyatiga ta‘siri xaqidagi ma‘lumotlar yo‘q.  Homiladorlikda Serebrolizat faqat ona uchun kutilayotgan foyda va homila/bola uchun potensial xavf nisbatini sinchkov baholagandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin. Preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Avtotransport va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Diqqat konsentrasiyasi va tez psixomotor reaksiyalarni talab etuvchi faoliyatni bajarish qobiliyatini buzishining ehtimolini istisno etib bo‘lmaydi, shuning uchun davolanish vaqtida avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutida;
5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan. 5 ml dan ampulalar, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda,
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi Белмедпрепараты РУП tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TETRASIKLIN BELMED tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
MUKOSAT BELMED kapsulalar 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON maz 10 g 5 mg/g
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
NISTATIN tabletkalari 500000ed N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N10
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
VARFARIN tabletkalari 2,5mg N100
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ALLOXOL tabletkalari N50
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ALLOXOL tabletkalari N10
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
NISTATIN maz 25g 100000YeD
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEKSIBEL eritma 2ml 50mg/ml N10
OVOMIN BELMED eritma 5ml 12000 ATE/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: ovomin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 300 000 so'mdan Batafsil
PIRALGIN tabletkalari N10
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN BELMED poroshok 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFAZOLIN BELMED poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
TETRASIKLIN BELMED tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
RIFAMPISIN BELMED kapsulalar 150mg N900
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
RIFAMPISIN BELMED kapsulalar 150mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9