×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya Respublikasi
Faol modda:
Цианокобаламин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ATX kodi:
- B03BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

FERROTON kapsulalar N30 Mega Lifesciences Public Company Limited Tailand
FERROSON 5ml N5 Harson Laboratories Hindiston
SEROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Global Pharmatech Pvt. Ltd Hindiston
339 400 s`om dan
FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
290 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIANOKOBALAMIN

CYANOCOBALAMIN

Preparatning savdo nomi: Sianokobalamin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sianokobalamin (Vitamin V12)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sianokobalamin – 0,5 mg.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: pushti ranglidan yorqin-qizil rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: V03V A01

 

Farmakologik xususiyatlari

V12 vitamini (sianokobalamin) metabolik, gemopoetik ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmda (asosan jigarda) koferment shakli – V12 vitaminining faol shakli bo‘lgan kobamamid yoki adenozilkobalaminga aylanadi. Kobamamid juda ko‘p fermentlarning tarkibiga, shu jumladan folat kislotasini tetragidrofolatga aylantiruvchi reduktazaning tarkibiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid metil va boshqa bir karbonli fragmentlarni tashilishida ishtirok etadi, shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, kreatinin, metil guruhlarning donori – metioninni hosil bo‘lishi uchun, lipotrop omil – xolinning sintezida, metilmalon kislotasini mielinning tarkibiga kiruvchi qahrabo kislotasiga aylantirish uchun propion kislotasini utilizasiyasi uchun zarurdir. Kobamamid normal qon yaratilishi uchun kerak, chunki eritrositlarni yetilishiga yordam beradi. Eritrositlarda sulfgidril guruhlarni saqlovchi birikmalarni sintezida va to‘planishida ishtirok etadi, bu ularning gemolizga bo‘lgan tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollikni va protrombinning faolligini oshishini chaqiradi. Qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi. Nerv tizimi va jigar funksiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarning regenerasiyalanish xususiyatini oshiradi.

Farmakokinetikasi

V12 vitamini parenteral qo‘llanganida tizimli qon oqimiga tez tushadi. Qonda, uni to‘qimalarga tashuvchi I va II transkobalaminlar bilan bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganidan keyin maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TCmax) taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Jigardan ichakka safro bilan chiqariladi va qonga qayta so‘riladi. Jigardan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 500 kun. Buyrakning normal funksiyasida 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% – ahlat bilan chiqariladi; buyrak funksiyasi pasayganida – 0-7% buyrak orqali, 70-100% ahlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Tanqislik sababidan (Addison-Birmer kasalligi, alimentar makrositar anemiya) qat‘iy nazar, V12 vitamini tanqisligi bilan kechuvchi surunkali anemiyalar, anemiyalarni kompleks davolash tarkibida (shu jumladan temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik anemiya, toksik moddalar va/yoki dori vositalarini qo‘llash oqibatidagi anemiyalar). Surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi. Polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan, uch shoxli nerv nevralgiyasi). Funikulyar mieloz, periferik nervlarning jarohatlari, amiotrofik yon sklerozi, bolalar serebral falaji, Daun kasalligi. Teri kasalliklari (psoriaz, fotodermatoz, gerpesga o‘xshash dermatit, atopik dermatit). Profilaktika maqsadida – biguanidlar, paraaminosalisil kislotasi, askorbin kislotasini yuqori dozalarda buyurilganda. V12 vitaminini so‘rilishini buzilishi bilan kechuvchi me‘da va ichak kasalliklarida (me‘da va ingichka ichakning bir qismining rezeksiyasi, Kron kasalligi, seliakiya, malabsorbsiya sindromi, spru). O‘tkir nur kasalligida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga va intralyumbal qo‘llanadi.

Kattalar. Addison-Birmer kasalligida – sutkada 100-200 mkg dan, kunora teri ostiga; V12 tanqisligi bilan bog‘liq anemiyalarda – sutkada 100-200 mkg dan kunora. Funikulyar mielozning ko‘rinishlari bilan kechuvchi anemiyalarda va nerv tizimini shikastlanishi bilan kechuvchi makrositar anemiyalarda – birinchi haftada 400-500 mkg dan har kuni, so‘ngra – 5-7 kunda 1 marta (bir vaqtda folat kislotasi buyuriladi). Remissiya davrida funikulyar mielozning belgilari bo‘lmaganida tutib turuvchi doza – 100 mkg dan bir oyda 2 marta, nevrologik simptomlar bo‘lganida – 200-400 mkg dan bir oyda 2-4 marta.

O‘tkir postgemorragik va temir tanqisligi anemiyalarida – 30-100 mkg dan haftada 2-3 marta, aplastik anemiyada 100 mkg dan klinik-gematologik yaxshilanish bo‘lgunicha yuboriladi.

Markaziy nerv tizimi kasalliklarida, og‘riq sindromi bo‘lgan nevrologik kasalliklarda oshib boruvchi dozalarda – 200 mkg dan 500 mkg gacha, holat yaxshilanganida esa – sutkada 100 mkg buyuriladi. Davolash kursi – 2 haftani tashkil etadi. Periferik nerv tizimining travmatik shikastlanishlarida – 200-400 mkg kunora  40-45 kun davomida.

Gepatit va jigar sirrozida sutkada 30-60 mkg yoki 100 mkg kunora 25-40 kun davomida yuboriladi.

O‘tkir nur kasalligi, diabetik nevropatiya, spruda – 60-100 mkg dan har kuni 20-30 kun davomida buyuriladi.

Funikulyar mieloz, amiotrofik yon sklerozi, tarqoq sklerozda – 15-30 mkg dan intralyumbal va har navbatdagi in‘eksiyada doza oshiriladi (50, 100, 150, 200 mkg). Intralyumbal in‘eksiyalar har 3 kunda qilinadi, kursga hammasi bo‘lib 8-10 in‘eksiya zarur. Remissiya davrida funikulyar mieloz belgilari bo‘lmaganida samarani bir maromda tutib turuvchi davolash uchun 100 mkg dan bir oyda 2 marta, nevrologik simptomlari bo‘lganida – 200- 400 mkg dan bir oyda 2-4 marta buyuriladi.

V12 vitaminini tanqisligini bartaraf etish uchun preparat 1 mg dan har kuni 1-2 hafta davomida, oldini olish uchun – bir oyda 1 marta mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi.

Davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 500 mkg.

Bolalar. Tana vazniga 1 mkg/kg dozada teri ostiga yuboriladi, maksimal sutkalik doza 100 mkg.

Alimentar anemiya va chala tug‘ilgan bolalar anemiyasida – teri ostiga kuniga 30 mkg har kuni, 15 kun davomida, aplastik anemiyada – 100 mkg dan, klinik-gematologik yaxshilanish bo‘lgunicha.

Kasalliklardan keyingi distrofik holatlar, Daun kasalligi va bolalar serebral falajida – teri ostiga 15-30 mkg dan kunora.

Gepatitlar va jigar sirrozida sutkada 30-60 mkg yoki 100 mkg kunora 25-40 kun davomida yuboriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari patologiyaga bog‘liq va sutkada 30 mkg dan 100 mkg gacha oraliqda o‘zgarib turadi. Dori shaklining 500 mkg/ml dozasi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Gematologik buzilishlar: giperkoagulyasiya.

Yurak-qon tomir buzilishlari: taxikardiya, yurak sohasida og‘riq.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nerv qo‘zg‘alishi.

Modda almashinuv jarayonlarini buzilishlari: akne, bullyoz toshmalar, ko‘ngil aynishi, terlash, purin almashinuvini buzilishi.

Allergik reaksiyalar: teri ko‘rinishlari (eshakemi, toshma, qichishish), anafilaktik shok.

Umumiy buzilishlar: holsizlik, isitma.

Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, in‘eksiya joyida zichlashish va nekroz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Eritremiyalar, eritrositoz, xavfli o‘smalar, megaloblast anemiya va V12 vitaminining tanqisligi bilan kechuvchi hollaridan tashqari hollarda. O‘tkir tromboembolik kasalliklar. Zo‘riqish stenokardiyasining yuqori funksional sinfi. 1 ml da 500 mkg sianokobalamin saqlovchi dori shakli uchun 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozidlar, salisilatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, kolxisin, kaliy preparatlari preparatni so‘rilishini pasaytiradi, uning kinetikasiga ta‘sir qiladi. Kanamisin, neomisin, polimiksinlar, tetrasiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida sianokobalaminni so‘rilishi susayadi.

Askorbin kislotasi, og‘ir metall tuzlari (sianokobalaminni faolsizlanishi), tiamin bromidi, piridoksin, riboflavin (sianokobalamin molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni boshqa vitaminlarni buzadi) bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.

Tiamin – tiamin chaqirgan allergik reaksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Xloramfenikol – preparatga gematopoetik javobni pasaytiradi.

Sitamen – bir vaqtda qo‘llanganida sitamenning samarasi pasayadi.

Peroral kontraseptivlar – qonda sianokobalaminning konsentrasiyasini pasaytiradi.

Antimetabolitlar va ko‘pchilik antibiotiklar sianokobalaminning mikrobiologik tekshirish natijalarini o‘zgartiradi.

Nomutanosibligi. Sianokobalaminning molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni askorbin kislotasi, tiamin bromidi, riboflavinni bir eritmada parchalanishiga yordam beradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash vaqtida periferik qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak: davolashning 5-8 kuni retikulositlar soni, temirning konsentrasiyasi aniqlanadi. Gemoglobinning, eritrositlarning miqdori va rangli ko‘rsatkichni bir haftada 1-2 marta 1 oy davomida, so‘ngra – bir oyda 2-4 marta nazorat qilish kerak. Eritrositlar soni 4 000 000-4 500 000/mkg gacha oshganida, eritrositlarning normal o‘lchamlarga erishilganida, anizo- va poykilositozni yo‘qolishida, retikulositar krizdan keyin retikulositlar soni normal bo‘lganida remissiyaga erishiladi. Gematologik remissiyaga erishilgandan keyin periferik qon nazorati 4-6 oyda 1 martadan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladi.

Tromb hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan shaxslarda va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda davolash jarayonida qon ivishini nazorat qilish va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikda (V12 vitaminining yuqori dozalarida teratogen ta‘siri to‘g‘risida yakka ma‘lumotlar bor) va emizish vaqtida foyda/xavf nisbatini hisobga olib, shifokor nazorati ostida  ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Bolalar. Teri ostiga yuboriladi. Qo‘llash usuli va dozalari patologiyaga bog‘liq va sutkada 30 mkg dan 100 mkg gacha oraliqda o‘zgarib turadi. 500 mkg/ml dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.

Avtotransportni boshqarishida yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyatlari. Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida o‘pka shishi, periferik qon tomirlarining trombozi bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 0,05% 1 ml. 1 ml dan ampuladan neytral-shishalarda; 10 ampuladan kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 dori vositasi Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО tomonidan Belarusiya Respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIANOKOBALAMIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mkg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAMIN B12 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 2,5% N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FOLIEVAYA KISLOTA tabletkalari 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Eritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 26 100 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Enalapril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Enalapril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Sefotaksim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
FUROSEMID inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Furosemid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
FURAZOLIDON tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Furazolidon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 400 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Inozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU liniment 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Degot, kseroform ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 4 200 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bromgeksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 700 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISAKODIL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisakodil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Atenolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Atenolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Propranolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Propranolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Azitromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ADONIS BROM tabletkalari N30
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9