×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
железа (III) гидроксид сахарозный комплекс
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- B03AC02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 11 ta dorixonasida topildi

ico 355 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 380 800 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

VENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Vifor International Inc. Shveytsariya
264 900 s`om dan
FOLISPEY tabletkalari 5mg N20 РЕПЛЕК ФАРМ Лтд. Makedoniya
28 000 s`om dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N50 Egis Pharmaceuticals Private Limited Vengriya
71 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKUROUZ

AKUROSE

 

Preparatning savdo nomi: Akurouz

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): temir (III) gidroksidi saxaroza kompleksi

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har 1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 20 mg elementar temirga ekvivalent bo‘lgan temir (III) gidroksidi saxaroza kompleksi;

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: to‘q jigarrang rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: B03AC02

Farmakologik hususiyatlari

Temir (III) gidroksidining ko‘p yadroli markazlari tashqarisidan saxarozaning ko‘p sonli nokovalent bog‘langan molekulalari bilan o‘ralgan. Natijada molekulyar massasi taxminan 43 kDa ni tashkil qiluvchi kompleks hosil bo‘ladi, buning oqibatida uni buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin bo‘lmaydi. Ushbu kompleks turg‘un va fiziologik sharoitlarda temir ionlarini chiqarmaydi. Bu kompleksda temir tabiiy ferritinga o‘xshash strukturalar bilan bog‘langan.

Farmakokinetikasi

100 mg temir saqlovchi Akurouz preparati vena ichiga bir marta yuborilganidan keyin, temirning o‘rtacha 538 mmol maksimal konsentrasiyasiga, in‘eksiya qilinganidan so‘ng 10 minut o‘tgach erishiladi. Markaziy kameraning taqsimlanish hajmi zardob hajmiga (taxminan 3 l) deyarli butunlay mos keladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 6 soat. Barqaror holatdagi taqsimlanish hajmi taxminan 8 litrni tashkil qiladi (bu temirni organizmning suyuq muxitlarida past taqsimlanishini ko‘rsatadi). Temir saxaratining turg‘unligi transferringa nisbatan pastligi tufayli, temirni raqobatli almashinuvi transferrinni foydasiga kuzatiladi. Natijada 24 soat davomida taxminan 31 mg temir olib o‘tiladi. In‘eksiya qilingandan keyingi birinchi 4 soat davomida buyraklar orqali temirni chiqarilishi temirning umumiy klirensidan 5% dan kamroq qismini tashkil etadi. 24 soat o‘tgach zardobdagi temirning darajasi dastlabki (yuborilishigacha bo‘lgan) qiymatiga qaytadi va taxminan 75% saxaroza qon-tomirlar xavzasini tark etadi.

Qo‘llanilishi

Akurouz quyidagi hollarda temir tanqisligi holatlarini davolash uchun:

  • organizmdagi temirni tez to‘ldirish zarurati bo‘lganida;
  • peroral qo‘llanadigan temir preparatlarini o‘zlashtiraolmaydigan yoki davolash tartibiga rioya qilmaydigan bemorlarda;
  • ichakning faol yallig‘lanish kasalliklari bo‘lganida, peroral qo‘llanadigan temir preparatlarini qo‘llash samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Yuborilishi

Akurouz faqat vena ichiga – asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab, shuningdek dializ tizimining venoz sohasiga yuboriladi va mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan. Preparatning butun terapevtik dozasini bir lahzada yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Preparatning birinchi terapevtik dozasini yuborishdan oldin sinama – dozani buyurish kerak. Agar kuzatish davri davomida o‘zlashtiraolmaslikni ko‘rinishlari paydo bo‘lsa, preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Ampulani ochishdan oldin unda cho‘kma va shikastlanishlar bo‘lishi ehtimolini ko‘zdan kechirish kerak. Faqat jigarrang rangli, cho‘kmasiz eritmani ishlatish mumkin.

Tomchilab yuborish

AB ni yaqqol pasayishi va eritmani vena qon tomiri atrofidagi bo‘shliqqa tushish xavfini kamaytirish uchun, Akurouzni infuziya holida tomchilab yuborish afzaldir. Bevosita infuziya qilishdan oldin Akurouzni natriy xloridining 0,9% li eritmasida 1:20 nisbatda suyultirish kerak, (masalan – 1 ml (20 mg temir) 20 ml natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultiriladi). Olingan eritma quyidagi tezlik bilan yuboriladi:

100 mg temir – kamida 15 minut davomida;

200 mg temir – 30 minut davomida;

300 mg temir – 1,5 soat davomida;

400 mg temir – 2,5 soat davomida;

500 mg temir – 3,5 soat davomida.

Tana vazniga 7 mg temir/kg ni tashkil etuvchi, o‘zlashtiraolinadigan maksimal bir martalik dozani, preparatning umumiy dozasidan qat‘iy nazar, minimum 3,5 soat davomida yuborish kerak.

Akurouz preparatining terapevtik dozasini birinchi marta tomchilab yuborish oldin sinama-dozani yuborish kerak. Kattalar va tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga         20 mg temir va tana vazni 14 kg dan kam bo‘lgan bolalarga kundalik dozaning yarmini         (1,5 mg temir/kg) 15 minut davomida yuborish kerak. Noxush ko‘rinishlar bo‘lmaganida, eritmaning qolgan qismini tavsiya etilgan tezlikda yuborish kerak.

Oqim bilan yuborish

Akurouz preparatini, shuningdek suyultirilmagan eritma ko‘rinishida vena ichiga asta-sekin minutiga 1 ml Akurouz preparati (20 mg temir) tezlikda (norma) yuborish ham mumkin, ya‘ni 5 ml Akurouz preparati (100 mg temir) minimum 5 minutda yuboriladi. Preparatning maksimal hajmi 1 in‘eksiyaga 10 ml Akurouz preparati (200 mg temir) dan oshmasligi kerak.

Akurouz preparatining terapevtik dozasini birinchi marta oqim bilan yuborishdan oldin sinama-dozani buyurish kerak – 1 ml Akurouz preparati (20 mg temir) kattalar va tana vazni 14 kg dan ortiq bolalarga va tana vazni 14 kg dan kam bo‘lgan bolalarga kundalik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 1-2 minut davomida yuboriladi. Keyingi         15 minut kuzatuv davomida noxush ko‘rinishlar bo‘lmasa, eritmaning qolgan qismini tavsiya etilgan tezlikda yuborish kerak. In‘eksiyadan so‘ng bemorga ma‘lum vaqt davomida qo‘lini yozilgan holatda tutib turish tavsiya etiladi.

Dializ tizimiga yuborish

Akurouzni vena ichiga in‘eksiya qilish uchun ta‘riflangan qoidalarga qat‘iy amal qilgan holda, dializ tizimining venoz sohasiga bevosita yuborish mumkin.

Dozani hisoblash:

Preparatning dozasi organizmdagi temirning umumiy tanqisligiga muvofiq formula bo‘yicha shaxsiy ravishda hisoblanadi:

Temirning umumiy tanqisligi, (mg) = tana vazni, (kg) × (Hb normal darajasi – bemorning Hb darajasi), (gl) × 0,24* + zahiradagi temir, mg.

Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bemorlar uchun: Hb normal darajasi = 130 g/l, zahiradagi temirning miqdori = tana vazniga 15 mg/kg.

Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bemorlar uchun: Hb normal darajasi = 150 g/l, zahiradagi temirning miqdori = 500 mg.

* Koeffisient 0,24 = 0,0034 × 0,07 × 1000 (Hb dagi temirning miqdori = 0,34%; qonning hajmi = tana vaznidan 7%; 1000 koeffisienti = “g” dan “mg” ga o‘tkazish)

Akurouz preparatining yuborilishi                   temirning yig‘indi tanqisligi (mg)

kerak bo‘lgan umumiy hajmi (ml)              =          ————————————————-

                                                                                               20 (mg/ml)

Jadval:

Davolash uchun Akurouz preparatining umumiy hajmi

Tana vazni, kg Akurouz preparatini davolash uchun kumulyativ terapevtik dozasi
Hb 60 g/l Hb 75 g/l Hb 90 g/l Hb 105 g/l
mg Fe ml mg Fe ml mg Fe ml mg Fe ml
5 160 8 140 7 120 6 100 5
10 320 16 280 14 240 12 220 11
15 480 24 420 21 380 19 320 16
20 640 32 560 28 500 25 420 21
25 800 40 700 35 620 31 520 26
30 960 48 840 42 740 37 640 32
35 1260 63 1140 57 1000 50 880 44
40 1360 68 1220 61 1080 54 940 47
45 1480 74 1320 66 1140 57 980 49
50 1580 79 1400 70 1220 61 1040 52
55 1680 84 1500 75 1300 65 1100 55
60 1800 90 1580 79 1360 68 1140 57
65 1900 95 1680 84 1440 72 1200 60
70 2020 101 1760 88 1500 75 1260 63
75 2120 106 1860 93 1580 79 1320 66
80 2220 111 1940 97 1660 83 1360 68
85 2340 117 2040 102 1720 86 1420 71
90 2440 122 2120 106 1800 90 1480 74

Umumiy terapevtik doza ruxsat etilgan maksimal bir martalik dozadan yuqori bo‘lganida, preparatni bo‘lib yuborish tavsiya etiladi. Agar Akurouz preparati bilan davolash boshlanganidan so‘ng 1-2 haftadan keyin, gematologik ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi yuz bermasa, dastlabki tashxisni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Qon yo‘qotilganidan yoki autologik qon topshirilganidan keyin temirning miqdorini to‘ldirish uchun dozani hisoblash:

Akurouz preparatining dozasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Agar yo‘qotilgan qonning miqdori ma‘lum bo‘lsa: 200 mg temirni vena ichiga yuborish              (10 ml Akurouz preparati) 1 birlik qonni (Hb konsentrasiyasi = 150 g/l bo‘lgan 400 ml qon) quyganda kuzatilgani kabi Hb konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

To‘ldirish kerak bo‘lgan temirning miqdori (mg) = yo‘qotilgan

qon miqdorini birligi × 200

yoki

Akurouz preparatining kerakli hajmi (ml) = yo‘qotilgan

qon miqdorini birligi × 10.

Hb darajasi pasayganida:, agar temir zahirasini to‘ldirish talab qilinmasa, dastlabki formuladan foydalaning.

O‘rnini to‘ldirish kerak bo‘lgan temirning miqdori (mg) = tana vazni, (kg) × 0,24 × (normal Hb darajasi – bemorning Hb darajasi), g/l.

Masalan: tana vazni 60 kg, Hb tanqisligi = 10 g/l temirning kerakli miqdori × 150 mg Akurouz preparatining kerakli hajmi = 7,5 ml.

Standart dozalash

Kattalar va keksa yoshdagi bemorlarga – 5-10 ml Akurouz (100-200 mg temir) gemoglobinning darajasiga qarab haftada 1-3 marta yuboriladi.

Bolalar

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha faqat cheklangan ma‘lumotlar mavjud. Qolgan yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilgan doza 1 kg tana vazniga 0,15 ml Akurouz preparati (3 mg temir) dan ko‘p emas, gemoglobinning darajasiga qarab haftada 1-3 marta yuboriladi.

Maksimal o‘zlashtiraolinadigan bir martalik doza:

Kattalar va keksa yoshdagi bemorlar:

Oqim bilan yuborish uchun: 10 ml Akurouz preparati (200 mg temir), yuborishning davomiyligi kamida 10 minut;

Tomchilab yuborish uchun ko‘rsatmalarga qarab bir martalik doza 500 mg temirga yetishi mumkin. Ruxsat etilgan maksimal bir martalik doza 1 kg tana vazniga 7 mg temirni tashkil qiladi va haftada bir marta yuboriladi, lekin u 500 mg temirdan oshmasligi kerak. Preparatni yuborish vaqtini va suyultirish usulini “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limidan qarang.

Akurouzni bir shprisda faqat steril fiziologik eritma bilan aralashtirish mumkin. Vena ichiga yuborish uchun hech qanday boshqa eritmalarni va terapevtik preparatlarni qo‘shishga ruxsat berilmaydi, chunki presipitasiya va/yoki boshqa farmasevtik o‘zaro ta‘sir qilish xavfi bor. Shisha, polietilen va polivinilxloriddan tashqari boshqa metariallardan bo‘lgan konteynerlar bilan mutanosibligi o‘rganilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtda Akurouz preparatini yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik va mumkin aloqador quyidagi noxush ko‘rinishlar ma‘lum. Barcha simptomlar juda kam xollarda kuzatilgan (rivojlanish tez-tezligi 0,01% dan kam va 0,001% ga teng yoki ko‘proq).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xushdan ketish, parasteziyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, kollaptoid holatlar, qizib ketish hissi, yuzni qizib ketishi, periferik shishlar.

Nafas a‘zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: qorinda tarqoq og‘riqlar, epigastral sohasida og‘riq, diareya, ta‘m bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Teri koplamalari tomonidan: eritema, qichishish, toshma, pigmentasiyani buzilishi, kuchli terlash.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi, mialgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.

Immun tizimi tomonidan: allergik anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan yuzni, xiqildoqni shishi.

Umumiy xarakterga ega bo‘lgan buzilishlar va in‘eksiya joyidagi reaksiyalar: asteniya, ko‘krakda og‘riq, ko‘krakda og‘irlik hissi, xolsizlik, periferik shishlar, yuborilgan joyda og‘riq va shish (ayniqsa, preparat qon-tomir tashqarisiga tushganida), lohaslik hissi, oqarish, tana haroratini oshishi, et uvishishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Akurouz preparatini quyidagi hollarda:

  • temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiya;
  • organizmda temirning miqdori oshganida (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uning utilizasiya jarayonlarini buzilishi bo‘lganida;
  • Akurouz preparatiga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida;
  • homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Bronxial astma, ekzema, polivalent allergiya, temirning parenteral yuboriladigan boshqa preparatlariga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga va zardobning temirni bog‘lab olish hususiyati past bo‘lgan va/yoki folat kislotasi tanqisligi bo‘lgan shaxslarga, Akurouz preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Shuningdek jigar yetishmovchiligi, o‘tkir yoki surunkali infeksion kasalliklari bo‘lgan pasientlarga va qon zardobidagi ferritinning ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan shaxslarga temir preparatlarini yuborishda ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki parenteral yuborilayotgan temir bakterial yoki virusli infeksiya mavjud bo‘lganida noxush ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Akurouz preparati temirning ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan dori shakllari bilan bir vaqtda buyurilmasligi kerak, chunki temirni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamayishiga yordam beradi. Temirning peroral preparatlari bilan davolashni oxirgi in‘eksiyadan so‘ng kamida 5 kun o‘tgach boshlash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Akurouz faqat anemiya tashxisi tegishli laborator ma‘lumotlar (masalan, zardob ferritini yoki gemoglobin va gemotokritning darajasi, eritrositlarning miqdori va ularning ko‘rsatkichlari – eritrositlarning o‘rtacha hajmi, eritrositdagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori yoki eritrositdagi gemoglobinning o‘rtacha konsentrasiyasini aniqlash natijalari) bilan tasdiqlangan bemorlarga buyurilishi kerak.

Temirning vena ichiga yuboriladigan preparatlari allergik yoki anafilaktoid reaksiyalarni chaqirishi mumkin, ular hayot uchun potensial xavfli bo‘lishi mumkin.

Akurouz preparatini yuborish tezligiga qat‘iy rioya qilish kerak (preparat tez yuborilganida AB pasayishi mumkin). Nojo‘ya ta‘sirlarini yanada ko‘proq rivojlanish chastotasi (ayniqsa – AB pasayishi), ular shuningdek og‘irroq ham bo‘lishi mumkin, dozani oshirilishi bilan assosiasiyalanadi. Shunday qilib, “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida keltirilgan preparatni yuborilish vaqtiga, xatto agar pasient preparatni maksimal o‘zlashtira olinadigan bir martalik dozada qabul qilmayotgan bo‘lsa ham, qat‘iy rioya qilinishi kerak.

Temir dekstraniga yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga ega bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, Akurouz preparati bilan davolash fonida asoratlarning yo‘qligini ko‘rsatdi.

Preparatni vena qon tomiri atrofidagi bo‘shliqqa kirishidan saqlanish kerak, chunki Akurouzni tomir tashqarisiga tushishi to‘qimalarning nekroziga va terining jigarrang rangga bo‘yalishiga olib keladi. Ushbu asorat rivojlanganida organizmdan temirni chiqarilishini tezlashtirish uchun va uni atrofdagi to‘qimalarga yanada o‘tishini oldini olish uchun, in‘eksiya joyiga geparin saqlovchi preparatlarni qo‘yish tavsiya etiladi (gel yoki surtma ishqalamasdan yengil harakatlar bilan surtiladi).

Konteyner birinchi marta ochilganidan keyingi yaroqlilik muddati:

Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.

Fiziologik eritma bilan suyultirilganidan keyingi saqlash muddati:

Preparat suyultirilganidan so‘ng kimyoviy va fizik barqarorligi xona haroratida 12 soatni tashkil etadi. Agar preparat suyultirilganidan keyin darhol ishlatilmagan bo‘lsa, saqlash sharoiti va muddatiga iste‘molchi javob beradi, u har qanday holatda, agar suyultirish nazoratlangan va kafolatlangan aseptik sharoitlarda bajarilgan bo‘lsa, xona haroratida 3 soatdan oshmasligi kerak.

Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanishi

Homilador pasientlarda Akurouz preparatini qo‘llashning cheklangan tajribasi, temir saxaratini homiladorlikni kechishiga va homila/yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga noxush ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtgacha homilador ayollarda nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarning reproduksiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari embrion/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli ta‘sirini aniqlamagan. Shunga qaramasdan, xavf/foyda nisbatini baholash talab qilinadi. Ko‘krak sutiga metabolizmga uchramagan temir saxaratini tushishi ehtimoli kam. Shunday qilib, Akurouz emizikli chaqaloqlarga xavf tug‘dirmaydi.

Avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Akurouz preparatini avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta‘sir ko‘rsatish ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi, gemosiderozning belgilari bilan namoyon bo‘luvchi, temirning miqdorini o‘tkir oshishini chaqirishi mumkin.

Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik vositalarni va agar zarurati bo‘lsa, temirni bog‘lovchi moddalarni (xelatlar) qo‘llash, masalan vena ichiga deferoksaminni yuborish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

5 ml dan qahrabo rangli shisha ampulada. 5 ampula PVX kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
STER-FE eritma 5 ml 100 mg/5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Steril-Gene Life Sciences (P) Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
AKSIFER inyeksiya uchun eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NovaMed Pharmaceuticals Pvt Ltd
  • Vakil: IS GROUP PHARMA
Narh: 407 000 so'mdan Batafsil
INNOFER eritma 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Индия
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
FERROSON 5ml N5
FEROGLOBIN inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Syren Healthcare, Индия произведено: Sakar Healthcare Ltd
  • Vakil: Positive healthcare MChJ
LINDAFER inyektsiya uchun eritma 10ml 500mg / 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Nitin Lifesciences Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 302 400 so'mdan Batafsil
VIFOR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Allmed (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Allmed PL
RENIFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Celon Laboratories Ltd
YeVROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shvetsiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rechon Life Science AB
FERROSTAB eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ellington General L.P., Великобритания произведено: Health Biotech Ltd
ENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
SEROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Global Pharmatech Pvt. Ltd
Narh: 339 400 so'mdan Batafsil
MEGAFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
GEMOLIF inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Ltd.13 New Industrial Township, Faridabad - 121001, Haryana-India
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Montage Laboratories PVT. LTD., Индия (производитель) для Avantika Medex PVT. LTD., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 420 000 so'mdan Batafsil
FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
FER SUKROZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
SUFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Narh: 315 000 so'mdan Batafsil
JIFON inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor International Inc.
Narh: 264 900 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UNOPROG gel 8% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Progesteron ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
UNOROK KIT tabletkalari N31
AKUMERO 1000 poroshok 1000mg N1
PLENMOKSI tabletkalari 400mg N10
PLENMOKSI infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml
DJOYKLAV 228.5 poroshok 228,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
AZINOVEL 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
UNOSURE 72 tabletkalari 1,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levonorgestrel ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
S AMLOVEL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
S AMLOVEL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
VEROKSIB 120 tabletkalari 120mg N30
Narh: 162 400 so'mdan Batafsil
VEROKSIB 90 tabletkalari 90mg N30
Narh: 179 200 so'mdan Batafsil
VEROKSIB 60 tabletkalari 60mg N30
Narh: 94 000 so'mdan Batafsil
UNOSURE 72 tabletkalari 1,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levonorgestrel ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
UNOKETRO DT tabletkalari N100
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
AZINOVEL suspenziya 15ml 200mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Azitromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
P MOL infuziya uchun eritma 100ml 1000mg/100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
UNOKETRO eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ketorolak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
DJOYKLAV 625 tabletkalari 500mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
VELRAB 20 tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIZONE TZ 562,5 poroshok 562,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
SEFTRIZONE TZ 1125 poroshok 1125mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
SUPERVELGRA tabletkalari 100mg/60mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
DURAJEKT 60 tabletkalari 60mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9