×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SISTINOL AKUT tabletkalari N40

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Farmakoterapevtik guruh:
- O'simliklardan kelib chiqishi urologiyada qo'llaniladigan vositalar.
Faol modda:
Экстракт толокнянки обыкновенной
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- Шапер & Брюммер ГмбХ & Ко. КГ
Vakil:
- Medice
ATX kodi:
- G04BP01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Xar bir qobiq bilan qoplangan tabletkalarning tarkibi:

Faol modda:

Archagul barglarining quruq ekstrakti (3,5- 5,5:1) 238,7-297,5 mg, suvsiz arbutinga qayta hisoblanganda, 70 mg gidroxinon hosilasiga mos keladi (Fotometriya Yev.F. 1998). yordamchi moddalar:

mikrokristallik tsellyuloza, uzun zanjirli qisman glitseridlar, gipromelloza, laktoza monogidrati, makrogol 6000, magniy stearati (EV.F.), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, xinolin sarig'i Ye104, indigokarmin Ye132, alyuminiy gidroksid, titan dioksidi Ye171.

Сhiqarilish shakli

O'ramida qobiq bilan qoplangan 40 tablektadan.

20 tabletkadan PVX/PVDX/alyumin fol'gali kontur uyali o'ramlarda. PVX/PVDX/alyumin fol'gali 2 ta kontur uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutilarda.

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
In vitro sharoitida archagul barglari preparatlari quyidagilarga nisbatan Proteus vulgaris, Yescherichia soli, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma hominis, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Enterococcus faecalis, Streptococcus strains, , shuningdek Sandida albicans antibakterial ta'sir ko'rsatadi. Antibakterial samarasi asosan arbutindan yoki arbutinning chiqarib yuborish vaqtida hosil bo'lgan mahsulotlardan ajralib chiqadigan gidroxinon aglikonlari bilan bog'liq.

Siydik yo'li infektsiyasini keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarning fermentativ faolligi gidrokinonni kon'yugatlardan (gidroxinon glyukuronid va- sul'fat) chiqarishda muhim rol' o'ynaydi.

Archagul barglaridan Arbutin (olddori) ingichka ichakda so'riladi, jigarda fermentativ ravishda parchalanadi va tez metabolizmga uchraydi. II bosqich reaktsiyasi natijasida gidroxinon kon'yugatlari glyukuronid va gidrokinon sul'fat shaklida hosil bo'ladi. Ushbu toksik bo'lmagan metabolitlar suvda eriydi va siydik bilan chiqariladi.

Sog'lom ko'ngillilarda metabolizmni o'rganishda (Tsistinol akut preparatini qobiq bilan qoplangan tabletkalarni kuniga 3 marta, 2 tabletkadan), qo'llaniladigan arbutin dozasining 70% gacha siydik bilan kon'yugirlangan gidroxinon sifatida 24 soat davomida chiqariladi.

Erkin gidroxinon sifatida olingan faol modda arbutin dozasining 0,5% dan kamini tashkil etadi.
E. coli bilan keyingi mikrobiologik testi shuni ko'rsatdiki, kon'yugatlarning parchalanishi asosan bakterial fermentativ tarzda sodir bo'ladi va shuning uchun siydik rN qiymatiga bog'liq emas. Dezinfektsiyalash samarasi kerakli harakat joyida bakteriyalar mavjud bo'lganda kuchayadi.
Barcha dori vositalari kabi, ushbu dori ham nojo'ya ta'sirga ega bo'lishi mumkin, garchi ular kam xollarda uchraydi.

Bo'lishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'siri:

Kam xollarda (uchrash tez-tezligi 1000 nafardan 1 tasida) me'daning yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsientlarda ovqat-hazm qilish yo'llari tomonidan (ko'ngil aynishi va qusish) simptomlariga shikoyat qilishlari mumkin.

Juda kam hollarda (uchrash tez-tezligi 10000 nafardan 1 tasida) allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin.

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi yoki boshqa nojo'ya ta'sirlarning dastlabki belgilarida Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni to'xtatish kerak.

Retseptsiz.

Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishda alohida e'tibor bering, agar:

- siydikda qon mavjud bo'lsa.

- sizda yuqori harorat bo'lsa.

- ushbu preparatni 5 kundan ortiq qabul qilganidan keyin simptomlar yaxshilanmasa. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Galaktozani irsiy o'zlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza mal'absorbsiyasi bo'lgan patsientlar Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo'llanilmaydi.

Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta'siri

Maxsus ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.

Quyi siydik-chiqarish yo'llarining yallig'lanish kasalliklarida qo'llaniladi.
• Archagul barglariga yoki preparatning boshqa xar qanday komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;

• Homiladorlik va laktatsiya;

• 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Tsistinol akut kislotali siydik ishlab chiqarishga olib keladigan preparatlar bilan qabul qilmaslik kerak (masalan, metionin). Bu archagul barglarining antibakterial samarasini kamaytirishini istisno qilib bo'lmaydi. Agar ishonchingiz komil bo'lmasa, shifokor yoki farmatsevtdan so'rang.

Agar siz boshqa dorilarni, shu jumladan retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, o'z shifokoringizga yoki farmatsevtingizga xabar bering.

Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.

Yorqin-yashil rangli, yaltiroq, loviya shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlarga kuniga 3 marta (ertalab, kunduzi va kechqurun) 2 tabletkadan buyuriladi.

Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalari ovqatdan so'ng darhol yetarli miqdorda suyuqlik bilan, yaxshisi 1 stakan suv bilan qabul qilinishi kerak.

Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurmagan bo'lsa, unda arbutin saqlovchi preparatni 1 haftadan ko'p bo'lmagan va yiliga 5 martadan ko'p bo'lmagan muddatda qo'llanilishi kerak. Bolalar: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.

Kuniga Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini ushbu varaqada tavsiya etilganidek yoki shifokor buyurganidan ko'proq qabul qilmang. Agar siz tasodifan ikki baravar dozani olgan bo'lsangiz, bu odatda salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Biroq, tavsiya etilganidan ko'ra kattaroq dozalarni qabul qilish ko'ngil aynishi va qusish bilan birga me'da-ichak yo'llarida shikoyatlar, shuningdek, qonli siydik va jigar shikastlanishi kabi muhim shikoyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday holda, siz Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni darhol to'xtatishingiz kerak, va xatto biron bir simptomlarni sezmasangiz ham shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SISTINOL AKUT tabletkalari N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SISTINOL AKUT tabletkalari N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SISTINOL AKUT tabletkalari N40 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9