Sistinol akut ko'rsatmalar
• Homiladorlik va laktatsiya;
• 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Sog'lom ko'ngillilarda metabolizmni o'rganishda (Tsistinol akut preparatini qobiq bilan qoplangan tabletkalarni kuniga 3 marta, 2 tabletkadan), qo'llaniladigan arbutin dozasining 70% gacha siydik bilan kon'yugirlangan gidroxinon sifatida 24 soat davomida chiqariladi.
Erkin gidroxinon sifatida olingan faol modda arbutin dozasining 0,5% dan kamini tashkil etadi.
E. coli bilan keyingi mikrobiologik testi shuni ko'rsatdiki, kon'yugatlarning parchalanishi asosan bakterial fermentativ tarzda sodir bo'ladi va shuning uchun siydik rN qiymatiga bog'liq emas. Dezinfektsiyalash samarasi kerakli harakat joyida bakteriyalar mavjud bo'lganda kuchayadi.
- siydikda qon mavjud bo'lsa.
- sizda yuqori harorat bo'lsa.
- ushbu preparatni 5 kundan ortiq qabul qilganidan keyin simptomlar yaxshilanmasa. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Galaktozani irsiy o'zlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza mal'absorbsiyasi bo'lgan patsientlar Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo'llanilmaydi.
Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta'siri
Maxsus ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalari ovqatdan so'ng darhol yetarli miqdorda suyuqlik bilan, yaxshisi 1 stakan suv bilan qabul qilinishi kerak.
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurmagan bo'lsa, unda arbutin saqlovchi preparatni 1 haftadan ko'p bo'lmagan va yiliga 5 martadan ko'p bo'lmagan muddatda qo'llanilishi kerak. Bolalar: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Bo'lishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'siri:
Kam xollarda (uchrash tez-tezligi 1000 nafardan 1 tasida) me'daning yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsientlarda ovqat-hazm qilish yo'llari tomonidan (ko'ngil aynishi va qusish) simptomlariga shikoyat qilishlari mumkin.
Juda kam hollarda (uchrash tez-tezligi 10000 nafardan 1 tasida) allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi yoki boshqa nojo'ya ta'sirlarning dastlabki belgilarida Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni to'xtatish kerak.
Agar siz boshqa dorilarni, shu jumladan retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, o'z shifokoringizga yoki farmatsevtingizga xabar bering.
Xar bir qobiq bilan qoplangan tabletkalarning tarkibi:
Faol modda:
Archagul barglarining quruq ekstrakti (3,5- 5,5:1) 238,7-297,5 mg, suvsiz arbutinga qayta hisoblanganda, 70 mg gidroxinon hosilasiga mos keladi (Fotometriya Yev.F. 1998). yordamchi moddalar:
mikrokristallik tsellyuloza, uzun zanjirli qisman glitseridlar, gipromelloza, laktoza monogidrati, makrogol 6000, magniy stearati (EV.F.), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, xinolin sarig'i Ye104, indigokarmin Ye132, alyuminiy gidroksid, titan dioksidi Ye171.
Сhiqarilish shakli
O'ramida qobiq bilan qoplangan 40 tablektadan.
20 tabletkadan PVX/PVDX/alyumin fol'gali kontur uyali o'ramlarda. PVX/PVDX/alyumin fol'gali 2 ta kontur uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutilarda.
Siydik yo'li infektsiyasini keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarning fermentativ faolligi gidrokinonni kon'yugatlardan (gidroxinon glyukuronid va- sul'fat) chiqarishda muhim rol' o'ynaydi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
Biroq, tavsiya etilganidan ko'ra kattaroq dozalarni qabul qilish ko'ngil aynishi va qusish bilan birga me'da-ichak yo'llarida shikoyatlar, shuningdek, qonli siydik va jigar shikastlanishi kabi muhim shikoyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bunday holda, siz Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni darhol to'xtatishingiz kerak, va xatto biron bir simptomlarni sezmasangiz ham shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.
Chiqarish shakllari