×
×
  • SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
ATX kodi:
- L01BC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
297 000 s`om dan
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
128 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SITARABIN

CYTARABINE

Preparatning savdo nomi: Sitarabin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitarabin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun

Tarkibi:

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitarabin – 100 mg;

yordamchi modda: K qiymati 17 bo‘lgan povidon.

Ta‘rifi: tabletkaga o‘xshab zichlashtirilgan oq rangli g‘ovak massa.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘smalarga qarshi vosita. Antimetabolitlar. Pirimidin analoglari.

ATX kodi: L01BC01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sitarabin o‘smalarga qarshi, immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi.

Sitarabin pirimidin almashinuvi antimetabolitlari guruhiga mansub bo‘lib, leykozga qarshi faollikka xam ega. Sitarabinning antileykemik ta‘siri mieloblastlar, limfoblastlar va limfositlarni proliferasiyasini tormozlashi bilan bog‘liqdir.

O‘sma (leykoz) xujayralarida eng faol kechuvchi Sitarabinni fosforlanishi jarayonida, DNK-polimerazani susaytiruvchi faol metabolit hosil bo‘ladi, buning oqibatida DNK sintezi buziladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganda qisqa taqsimlanish fazasidan keyin (T1/2 10 minutni tashkil etadi) yuborilgan Sitarabinning 80% faolsizlanadi va buyrak bilan chiqariladigan 1-β-D-arabino-furanozilurasil (T1/2 1-3 soatni tashkil etadi) hosil bo‘ladi.

Sitarabin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi (yuborilgan dozaning 15% bog‘lanadi). Gematoensefalik to‘siq orqali bir marta vena ichiga yuborilganda yomon o‘tadi, lekin uzluksiz infuziyada orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi qondagi darajasining 40-50% ga yetadi.

Qo‘llanilishi

Kattalar va bolalarda o‘tkir nolimfoblast leykozlarda remissiyaga erishish va uni tutib turish.

O‘tkir limfositar leykoz, surunkali mieloblast leykoz (blastli kriz) kabi leykozlarning xar xil turlarini davolash uchun qo‘llaniladi.

Monoterapiya ko‘rinishida yoki boshqa preparatlar (metotreksat, gidrokortizon) bilan majmuada intratekal ravishda leykozli meningitni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llaniladi.

Sitarabinni monoterapiya ko‘rinishida yoki boshqa antineoplastik vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin, eng yaxshi natijalarga odatda kompleks davolashda erishiladi. Sitarabin preparati tomonidan induksiyalangan remissiyalar, keyinchalik tutib turuvchi davolashsiz qisqa muddatli hisoblanadi.

Asoratlarning yuqori xavfi bo‘lgan leykozni, refrakter leykozni va o‘tkir leykozni qaytalanishi o‘smalarga qarshi kimyoterapevtik vositalarni yuqori dozalarda yondosh qo‘llanishidan qat‘iy nazar davolashda qo‘llaniladi.

Bolalarda noxodjkin limfomasini davolash uchun majmuaviy davolash (LSA2L2) tarkibida.

Sitarabin o‘smalarning har xil turlarini davolash uchun eksperimental ravishda qo‘llanilgan (solid o‘smalari bo‘lgan kam pasientlarda davolashga ijobiy javob olingan).

Qo‘llash usuli va dozalari

Sitarabinni faqat o‘smalarga qarshi davolashni o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor buyuradi. U davolash kursi davomiyligini, qo‘llash tartibini va har bir pasient uchun shaxsiy ravishda dori vositasining dozasini belgilaydi. Davolash taktikasini tanlashda ushbu shifokor dori vositasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga, kasalliklarni davolash yuzasidan xalqaro va milliy standartlarga, ixtisoslashgan adabiyotlardagi ilmiy nashrlarga, shuningdek preparatni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha shaxsiy tajribasiga amal qiladi.

Preparatni boshqa sitotoksik vositalar bilan majmuada, turli dozalash sxemalarini ishlatgan holda qo‘llash lozim. Uni vena ichiga infuziya yoki in‘eksiya yo‘li bilan, teri ostiga yoki intratekal yuborish mumkin. Teri ostiga faqat 20 mg/ml konsentrasiyaga ega in‘eksiya uchun eritmani yuborishga ruxsat beriladi. Teri ostiga yuborish uchun standart doza ko‘rsatmalar va dozalash tartibiga qarab, 20-100 mg/m2 ni tashkil etadi.

Preparatni intratekal yuborish uchun va yuqori dozalar bilan davolashda benzil spirtini saqlovchi erituvchilarni ishlatish man etiladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Kattalar uchun dozalar

  1. Remissiyani induksiyasi
  2. Uzoq muddat davomida qo‘llash

Bolyusli in‘eksiya uchun tavsiya qilingan doza 10 kun davomida sutkada tana vazniga
2 mg/kg ni tashkil etadi. Qonning miqdoriy tahlilini har kuni o‘tkazish kerak. Terapevtik javob bo‘lmagan va toksiklik belgilari paydo bo‘lmagan hollarda dozani sutkada tana vazniga 4 mg/kg gacha oshirish mumkin. Bunday dozani qo‘llashni terapevtik javob yoki toksiklik belgilari paydo bo‘lgunicha davom ettirish mumkin. Yuqorida keltirilgan dozalarda qo‘llangan sharoitlarda toksik simptomlar deyarli barcha pasientlarda kuzatiladi.

Sutkada tana vazniga 0,5-1 mg/kg ga teng bo‘lgan dozani infuziya yo‘li bilan ko‘pi bilan 24 soat davomida yuborish mumkin. Ko‘pchilik pasientlarda qoniqarli natija infuziyaning birinchi soatidan keyinoq kuzatiladi. 10 kundan so‘ng dozani sutkada tana vazniga maksimum 2 mg/kg gacha oshirish va toksiklik belgilari paydo bo‘lgunicha yoki remissiyaga erishilgunicha qo‘llash mumkin.

b. Uzlukli terapiya

Sitarabinni sutkada tana vazniga 3-5 mg/kg dozalarda ketma-ket 5 kun davomida vena ichiga yuboriladi. Davolash 2 kundan 9 kungacha davom etadigan tanaffusdan keyin takrorlanadi. Bunday davolash tartibini toksiklik belgilari paydo bo‘lgunicha yoki remissiyaga erishilgunicha davom ettirish mumkin.

Suyak ko‘migini tiklanish belgilarini paydo bo‘lishini 7-64 kundan (o‘rtacha 28 kundan) keyin kutish mumkin. Standart dozani, agar toksiklik belgilari bo‘lmasa va standart dozalash tartibi qo‘llangan sharoitlarda remissiya kuzatilmasa, asta-sekin oshirish mumkin.

  1. Samarani bir maromda tutib turuvchi dozalash

Sitarabinni va/yoki boshqa preparatlarni qo‘llash bilan erishilgan remissiyani, Sitarabinni haftada tana vazniga 1 mg/kg dozada 1-2 vena ichiga yoki teri ostiga yuborishni qo‘llab, samarani bir maromda tutib turish mumkin.

  1. Yuqori dozalar bilan davolash

Yuqori dozalar bilan kimyoterapiyani o‘tkazishda Sitarabin tana yuzasiga 2-3 g/m2 hisobidan 1-6 kun davomida har 12 soatda 1-3 soatlik davomiylikka ega infuziya yo‘li bilan yuboriladi.

Yuqori dozalar bilan kimyoterapiya, faqat bunday davolash tajribasiga ega bo‘lgan tibbiy personal tomonidan maxsus ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi lozim.

Agar pasientlar preparatni sekin infuziyalar ko‘rinishida emas, balki tezkor in‘eksiyalar yo‘li bilan qabul qilayotgan bo‘lsalar, umumiy o‘zlashtira olinadigan doza yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bu fenomen preparatni tezda faolsizlanishi va tezkor yuborilgandan keyin yuqori konsentrasiyalarni sezuvchan normal va o‘sma xujayralarga qisqa muddatli ta‘siri bilan bog‘liq. Normal xujayralar va o‘sma xujayralari preparatni bunday turli yuborish usullariga bir xil tarzda javob beradi, shuning uchun bu usullardan birontasining aniq klinik afzalliklari aniqlanmagan.

Yuqori dozali davolash uchun sitarabin eritmasini tayyorlash uchun benzil spirtini saqlovchi erituvchilarni ishlatish man etiladi(«Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

  1. Leykozli meningitlarda intratekal qo‘llash

Sitarabin preparatini monoterapiya ko‘rinishida intratekal yuborish yo‘li bilan yoki metotreksat (15 mg/m2) va gidrokortizon (15 mg/m2) bilan majmuada yuborish bilan qo‘llash konkret holatga bog‘liq (leykozda markaziy nerv tizimini fokal shikastlanishi Sitarabin bilan intratekal davolashga javob ko‘rsatmasligi mumkin, shuning uchun nur bilan davolash maqsadga muvofiqroq hisoblanadi).

Monoterapiya ko‘rinishida intratekal yuborish bilan qo‘llanadigan Sitarabinning dozasi 5 dan 75 mg/m2 gacha atrofida bo‘ladi va odatda orqa miya suyuqligining ko‘rsatkichlari normaga yetmagunicha har 4 kunda 30 mg/m2 ni tashkil etadi (keyinchalik qo‘shimcha davolash o‘tkaziladi).

Dozalash nevrologik simptomatikaning turi va og‘irligiga, shuningdek avval o‘tkazilgan davolash samaradorligiga bog‘liqdir.

Adabiyotlardan olingan ma‘lumotlar (klinik holatlar) ga ko‘ra, Sitarabin metotreksat va gidrokortizon bilan majmuada intratekal yuborilgan.

Intratekal yuborish uchun sitarabin eritmasini tayyorlash uchun benzil spirtini saqlovchi erituvchilarni ishlatish man etiladi(«Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Sitarabinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Buyrak faoliyatini holatiga qarab, dozani kamaytirish tavsiya etiladi. Sitarabin preparatining yuqori dozalari bilan davolagandan so‘ng markaziy nerv tizimi tomonidan bo‘ladigan toksik reaksiyalar buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yuz berishi ehtimoli yuqoriroqdir.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Sitarabinni ehtiyotkorlik bilan va kichik dozalarda buyurish kerak. Yuborilgan preparatning ancha katta qismi jigar orqali chiqariladi. Sitarabin preparatining yuqori dozalari bilan davolagandan so‘ng markaziy nerv tizimi tomonidan bo‘ladigan toksik reaksiyalar jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yuz berishi ehtimoli yuqoriroqdir.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlar toksik nojo‘ya samaralarni yomonroq o‘zlashtiradilar, shuning uchun leykopeniya, trombositopeniya va anemiyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, ularning holatini nazorat qilishni kuchaytirish kerak. Zarurat tug‘ilganida samarani bir maromda tutib turuvchi davolashni buyurish kerak. 60 yosh va undan katta yoshdagi pasientlarni katta dozalar bilan davolashni xavf va kutilayotgan foyda nisbatini baholagan taqdirdagina o‘tkazish kerak.

Bolalar

Preparatni bolalarda qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ishonarli ma‘lumotlar yo‘q. Bolalar uchun dozalash sxemasi kattalarning davolash sxemasiga o‘xshash. O‘tkir mielositar leykozi bo‘lgan bolalarda Sitarabinni standart dozalarda boshqa preparatlar bilan majmuada intratekal yuborilgandan keyin o‘limga olib keluvchi kechikkan avj oluvchi yuqoriga ko‘tariluvchi falajni yuz berishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Eritmani tayyorlash

Flakondagi kukunni suyultirish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan erituvchilar:

  • in‘eksiya uchun suv;
  • natriy xloridi eritmasi (0,9%);
  • glyukoza eritmasi (5%).

Eritmani Sitarabin konsentrasiyasi 0,5 mg/ml bo‘lgunicha suyultirish kerak. Mikrobiologik nuqtai nazaridan eritmani darhol yuborish lozim.

Intratekal yuboriladigan eritma benzil spirtini saqlamasligi kerak, shuning uchun eritmani tayyorlash uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasining 5-10 ml (yoki tavsiyalarga muvofiq: Ringer laktat eritmasi, hech qanday erituvchilar qo‘shilmagan pasientning orqa miya suyuqligi, bunday eritma tayyorlanganidan so‘ng darhol yuborilishi lozim).

Qo‘llashdan oldin tayyor eritmani erimagan zarrachalar borligi yoki rangi o‘zgarganini istisno etish uchun tekshirish kerak.

Sitarabinni metotreksat, boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin, lekin ularni bir shprisda yoki infuzion tizimda aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kutilgan nojo‘ya reaksiyalar

Qon yaratish a‘zolari va limfatik tizim tomonidan:

Sitarabin suyak ko‘migiga toksik ta‘siri borligi tufayli, suyak ko‘migi va periferik qonning xujayra o‘zgarishlari bo‘lishi mumkin. Preparat qo‘llanganda anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, megaloblastoz rivojlanishi, shuningdek retikulositlar soni kamayishi mumkin.

Infeksiyalar va invaziyalar:

Infeksiyalar: virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar yoki istalgan sohalarda joylashgan saprofit infeksiyalar Sitarabinni monoterapiyada yoki boshqa immunodepressiv preparatlar bilan majmuada, xujayraviy va gumoral immunitetga ta‘sir etuvchi dozalarda qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu infeksiyalar kuchsiz namoyon bo‘lishi mumkin, lekin og‘ir bo‘lishi va xatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Sitarabinli sindrom:

Sitarabinli sindrom isitma, mialgiya, suyaklarda og‘riq, ba‘zida ko‘krak qafasida og‘riq, makulopapulez toshma, kon‘yunktivit va umumiy holsizlik bilan xarakterlanadi. Odatda u preparat qo‘llangandan keyin 6-12 soatdan so‘ng kuzatiladi. Bu sindromni oldini olish va davolashda kortikosteroidlarning samaradorligi isbotlangan. Agar sindromning simptomlarini davolashning iloji bo‘lsa, kortikosteroidlarni qo‘llash mumkinligini va Sitarabin bilan davolashni davom ettirishni ko‘rib chiqish kerak.

Standart dozalash tartibi

Sitarabinning standart dozalash sxemalari yordamida, boshqa preparatlar bilan majmuada davolashda, pasientlar qorinda og‘riq va yondosh neytropeniya va trombositopeniya bilan kechuvchi yashirin qon yuzasidan musbat reaksiya bo‘lgan kolit to‘g‘risida xabar berilgan.

Pasientlar konservativ medikamentoz davolashga reaksiya qilishgan.

O‘tkir mielositar leykozi bo‘lgan bolalarda, Sitarabinni standart dozalarda boshqa preparatlar bilan majmuada intratekal yuborilgandan keyin kechikkan avj oluvchi ko‘tarilib boruvchi falaj to‘g‘risida xabar berilgan.

Infeksiyalar va invaziyalar: pnevmoniya, sepsis, in‘eksiya qilingan sohada teri osti kletchatkasini yallig‘lanishi.

Qon yaratish a‘zolari va limfatik tizim tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, anemiya, megaloblastoz, retikulositopeniya.

Immun tizimi tomonidan: anafilaksiya, allergik shish.

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: anoreksiya.

Nerv tizimi tomonidan: neyrotoksiklik, nevrit, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: kon‘yunktivit (toshma bilan kechishi mumkin).

Yurak tomonidan: perikardit.

Qon tomirlari tomonidan: tromboflebit.

Nafas a‘zolari, ko‘krak faqasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: nafasni qiyinlashishi, tomoqda og‘riq.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: pankreatit, qizilo‘ngachda yaralarni hosil bo‘lishi, qorinda og‘riq, diareya, ezofagit, ko‘ngil aynishi/qusish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yoki anal sohani yallig‘lanishi yoki yaralanishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar disfunksiyasi, sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari kasalliklari: terini yaralar bilan qoplanishi, alopesiya, sepkillarni paydo bo‘lishi, toshmalar, qichishish, eshakemi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, siyishni tutilishi.

Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyida reaksiyalar: ko‘krakda og‘riq, isitma, yuborish joyida reaksiyalar (teri ostiga yuborish joyida og‘riq va yallig‘lanishi).

Intratekal yuborish

Sitarabin preparatini intratekal yuborish tizimli toksiklikka olib kelishi mumkin, shuning uchun qon yaratish tizimini sinchkov nazorat qilish tayinlangan. Antileykoz davolashga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Ancha yaqqol namoyon bo‘luvchi toksiklik kam yuz beradi. Intratekal yuborilganda eng ko‘p yuz beradigan nojo‘ya reaksiyalarga ko‘ngil aynishi, qusish va isitma kiradi. Bu reaksiyalar kuchsiz namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Paraplegiyani rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan. Tirishishlar bilan yoki u siz kechuvchi nekrotik leykoensefalopatiyani rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan; ayrim hollarda pasientlarga intratekal ravishda metotreksat va gidrokortizon yuborilgan, shuningdek MNT nur bilan davolash o‘tkazilgan.

Alohida neyrotoksik ta‘siri to‘g‘risida xabar berilgan. Majmuaviy tizimli kimyoterapiya, MNT ni profilaktik nurlantirish va Sitarabinni intratekal yuborish yordamida davolangan, remissiya holatida bo‘lgan ikkita pasient ko‘r bo‘lib qolishgan. Sitarabin preparatini intratekal va vena ichiga bir vaqtda bir necha kun davomida qo‘llanganda orqa miya tomonidan toksik reaksiyalarni yuz berish xavfi mavjud, biroq hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarni davolashda, shifokor o‘z fikriga ko‘ra Sitarabin preparatini keyinchalik intratekal va vena ichiga qo‘llashni buyuradi

Yuqori dozalarni qo‘llab o‘tkaziladigan sxemalar

Infeksiyalar va invaziyalar: sepsis, jigar abssessi.

Nerv tizimi buzilishlari: koma yoki bosh miya va miyacha faoliyatini buzilishi, shu jumladan shaxsni o‘zgarishi, uyquchanlik va tirishishlar; periferik motor va sensor neyropatiyalar.

Ko‘rishni buzilishlari: shox pardaga toksik ta‘sir, gemorragik kon‘yunktivit.

Yurak faoliyatini buzilishlari: o‘lim bilan yakunlanuvchi kardiomiopatiya.

Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari buzilishlari: kattalarda respirator distress-sindrom, o‘pka shishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ichak nekrozi, nekrotik kolit, me‘da-ichak yo‘llarida yaralarni hosil bo‘lishi (shu jumladan ichakning kistozli pnevmatozi, bu peritonitga olib keladi).

Gepatobiliar tizim tomonidan: giperbilirubinemiya bilan kechuvchi jigarni shikastlanishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: keyinchalik deskvamasiya bilan kechuvchi teri toshmasi, alopesiya.

Ayrim pasientlarda in‘eksiya yoki infuziya sohasida tromboflebit yuz bergan, ayrim pasientlar teri osti in‘eksiyalari sohalarida og‘riq va yallig‘lanish yuz bergani to‘g‘risida xabar berishgan.

Biroq ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtirilgan.

Sitarabinni (1 g/m2) ham alohida, ham boshqa kimyoterapevtik preparatlar (meta-AMSA, daunorubisin, VP-16) bilan birga eksperimental tarzda qabul qilgan pasientlarda yaqqol sabablarsiz diffuz interstisial pnevmoniya holatlari aniqlangan, biroq ular Sitarabin bilan davolashga bog‘liq bo‘lishi xam mumkin.

Kam hollarda deskvamasiyaga olib kelgan terida toshmalar to‘g‘risida xabar berilgan.

To‘liq alopesiya standart davolash dasturiga nisbatan, yuqori dozalar bilan davolashga bo‘lgan eng tarqalgan reaksiya hisoblanadi.

Xabar berilishicha, leykozning qaytalanishlari yuzasidan yuqori dozalarda davolashdan keyin keskin respirator distress sindrom kuzatilgan, u tezda o‘pka shishi va kardiomegaliyagacha avj olgan. O‘lim holati qayd etilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • faol moddaga yoki xar qanday yordamchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • suyak ko‘migi faoliyatini medikamentoz susayishi (xavf va kutilgan foyda baholangan taqdirda);
  • homiladorlik davrida preparatni faqat xavf va kutilgan foyda baholangandan keyingina yuborish kerak («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
  • emizish davrida qo‘llash mumkin emas («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitarabinni boshqa antiblastik vositalar, mielosupressiv moddalar yoki nur bilan davolash bilan birga qo‘llash sitotoksik va immunosupressiv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

O‘ldirilgan virusli vaksinalar: Sitarabin tomonidan himoyaning normal mexanizmlarni susayishi oqibatida, antitelalarni hosil bo‘lishi kamayishi mumkin.

Tirik virusli vaksinalar: Sitarabin tomonidan himoyaning normal mexanizmlarni susayishi oqibatida, virus replikasiyani kuchayishi, nojo‘ya samaralarni kuchayishi, antitelalarni hosil bo‘lishi kamayishi mumkin.

Digoksin: beta-asetildigoksin va siklofosfamid, vinkristin va prednizonni o‘z ichiga olgan ximioterapiya olgan pasientlarda Sitarabin yoki prokarbazin qabul qilishdan qat‘iy nazar qon plazmasida digoksinning muvozanat konsentrasiyasini va glikozidning buyrak ekskresiyasini qaytuvchan pasayishi kuzatilgan. Digitoksinning muvozanat konsentrasiyasida o‘zgarishlar kuzatilmagan. Shuning uchun ximioterapiyaning shunday majmuaviy tartiblarini qo‘llagan pasientlarda qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Bunday pasientlarga digitoksinni buyurish muqobil davolash sifatida ko‘rilishi mumkin.

Gentamisin: gentamisin va Sitarabinning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha in vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarda K.pneumoniae shtammlariga sezgirligiga Sitarabinning antagonistik ta‘sirini ko‘rsatdi. Bu tadqiqot Sitarabin va K.pneumoniae chaqirgan infeksiyani davolash uchun gentamisin qabul qilayotgan bemorlarda tezkor terapevtik samarani yo‘qligi antibakterial davolashni takroran baholash zarur ekanligidan dalolat berishini taxmin qilish imkonini beradi.

Ftorsitozin: klinik ma‘lumotlar Sitarabin preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ftorsitozinning samaradorligi pasayishi mumkinligi haqida dalolat beradi. Bu uning to‘planishini potensial raqobatli ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Dorilarning nomutanosibligi

Sitarabin geparin, insulin, 5-ftorurasil, penisillinlar (oksasillin va penisillin G), metilprednizalon qahrabo-kislotali natriy bilan fizik jihatdan nomutanosib.

Sitarabinni “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan preparatlardan tashqari boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Preparatni biron-bir modda bilan aralashtirishdan oldin uni mutanosiblikka tekshirish kerak.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Xavfsizlikning maxsus choralari

Sitarabinga toksik ta‘sirlar xos bo‘lganligi tufayli, preparat bilan ishlaganda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak:

  • xodimlar preparatni suyultirish, yuborish va ular bilan muomala qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak;
  • homilador ayollarga preparat bilan ishlash taqiqlanadi;
  • xodimlar himoya kiyimlaridan (ko‘zoynak, tibbiy xalatlar va bir martalik qo‘lqoplar va niqoblar) foydalanishlari kerak;
  • eritmani suyultirish uchun maxsus joy ajratish kerak (laminar havo oqimli maqsadga muvofiq);
  • ishlash yuzasi bir martalik plastmassa asosli namlikni yutuvchi qog‘oz bilan himoyalangan bo‘lishi kerak;
  • preparatni suyultirganda, yuborganda yoki tozalanganda ishlatilgan barcha materiallar (shu jumladan qo‘lqoplar) ni tegishli amaldagi talablarga muvofiq utilizasiya qilish kerak;
  • teri yoki ko‘zlarga to‘satdan tushgan holatda shikastlangan joyni ko‘p miqdordagi suv, sovun yoki natriy bikarbonati eritmasi bo‘lgan suv bilan darhol yuvish va shifokorga murojaat etish kerak;
  • to‘kib yuborilgan eritmani rN 7-8 bo‘lgan bufer eritma (masalan, fosfatli-bufer eritma) bilan yuvish kerak.

O‘tkir leykozlarda Sitarabin preparatini qo‘llash bilan induksion va konsolidasiya qiluvchi davolash malakali onkolog nazorati ostida va sinchkov kuzatuvni ta‘minlagan holda faqat stasionar sharoitda olib borilishi kerak.

Induksion davolash davrida pasientlar preparatni o‘zlashtiraolinishini monitoring qilish va dori vositasining toksikligi kuzatilayotgan pasientlarda hayotiy muhim faoliyatlarni himoya qilish va tutib turish uchun laborator va qo‘shimcha tibbiy uskunalarga ega klinikada davolanishlari kerak.

Sitarabin preparatining asosiy toksik samarasi bo‘lib suyak ko‘migi faoliyatini susayishi va leykopeniya, trombositopeniya va anemiyani rivojlanishi hisoblanadi. Kamroq jiddiylikdagi toksiklikning ko‘rinishlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralarni paydo bo‘lishi va jigar faoliyatini buzilishini o‘z ichiga oladi.

Sitarabin preparatini buyurishdan oldin bemor uchun potensial foydani va toksik ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini baholash kerak. Foyda/xavfni baholashdan yoki davolashni boshlashdan oldin shifokor quyida keltirilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishi kerak.

Qon yaratish a‘zolari va limfatik tizim tomonidan

Sitarabin suyak ko‘migining faoliyatini susaytiruvchi kuchli ta‘sirga ega modda hisoblanadi; preparatning ta‘sir kuchi dozaga va qo‘llash sxemasiga bog‘liq. Dori vositalarini avvalgi qo‘llash chaqirgan suyak ko‘migi faoliyatini depressiyasi bo‘lgan bemorlarda davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Sitarabin qabul qilayotgan bemorlar qat‘iy tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak va induksion davolash jarayonida leykositlar va trombositlarga qon tahlilini har kuni topshirishlari kerak. Periferik qondan blast xujayralar yo‘q bo‘lganidan keyin suyak ko‘migi tekshiruvini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish kerak. Agar preparatni qabul qilish oqibatida suyak ko‘migi faoliyatini susayishi natijasida eritrositlar soni 50000 dan kamaysa yoki polimorf-yadroli granulositlar 1000/mm3 dan kamaysa, davolashni to‘xtatish yoki davolash dasturini o‘zgartirish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.

Periferik qon shakllari elementlarining soni preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin ham kamayishda davom etishi mumkin, eng past ko‘rsatkichga dori vositasi bilan davolash to‘xtatilgandan 12-24 kundan keyin erishiladi. Suyak ko‘migi faoliyatini tiklanishining aniq belgilari paydo bo‘lgandan keyin davolash takroran boshlanadi. Klinikada potensial o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan suyak ko‘migi faoliyatini susayishi ko‘rinishida asoratlarni (granulositopeniya natijasida infeksiyalar va organizmning himoya mexanizmlarining boshqa buzilishlari, trombositopeniya chaqirgan qon quyilishi) davolash uchun dori vositalari bo‘lishi kerak.

Jigar va/yoki buyrak faoliyati

Jigar Sitarabinning qabul qilingan dozasining ahamiyatli qismini neytralizasiya qiladi. Buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar Sitarabinni yuqori dozalarda qabul qilgandan keyin markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shuning uchun buyrak yoki jigar faoliyatini susayishi bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish, yaxshisi kamaytirilgan dozada qabul qilish tavsiya etiladi.

Sitarabin qabul qilayotgan pasientlar qon, siydik tahlili va suyak ko‘migi punktatlarini topshirib, suyak ko‘migi faoliyati, buyrak va jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilishlari kerak.

O‘sma lizisi sindromi

Boshqa sitotoksik preparatlar kabi Sitarabin neoplastik xujayralarni tez parchalanishi oqibatida giperurikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun davolash vaqtida qonda siydik kislotasi darajasini vaqti-vaqti bilan tekshirish va zarurat bo‘lganida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashni (masalan, rekombinant urat-oksidaza, allopurinolni qo‘llash, iste‘mol qilinayotgan suyuqlik miqdorini oshirish) buyurish kerak.

Anafilaktik reaksiyalar

Sitarabin bilan davolash vaqtida anafilaktik reaksiyalar kuzatilgan. Qon aylanishi va nafasni buzilishiga olib kelgan preparatni yuborgandan keyin darhol kuzatilgan anafilaktik reaksiya haqida xabar berilgan, u reanimasion choralarni talab etgan.

Sitarabin preparatining yuqori dozalari bilan davolash

Yuqori dozalar (2-3 g/m2) bilan davolagandan keyin markaziy nerv tizimi (MNT), me‘da-ichak yo‘llari va o‘pka (Sitarabinning standart dozalarini qabul qilish vaqtida paydo bo‘ladiganlardan farqli) tomonidan ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi og‘ir toksik reaksiyalarni paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Bunday reaksiyalarga quyidagilar kiradi: shox pardani qaytuvchan shikastlanishi va gemorragik kon‘yunktivit, kortikosteroidlar saqlovchi ko‘z tomchilari bilan profilaktika yo‘li orqali ulardan saqlanish yoki ularni namoyon bo‘lishini minimumga yetkazish mumkin; ko‘pgina hollarda bosh miya va miyacha faoliyatini qaytuvchan buzilishlari, shu jumladan shaxsni o‘zgarishi, uyquchanlik va koma, konvulsiyalar; og‘ir kechuvchi me‘da-ichak yo‘llari yara kasalligi, shu jumladan ichakning kistoz pnevmatozi, bu peritonitga olib keladi; sepsis va jigar abssessi; o‘pka shishi, giperbilirubinemiya bilan kechuvchi jigarni shikastlanishi; ichak nekrozi va nekrotik kolit. O‘tkir nolimfositar leykozi bo‘lgan ikki nafar katta pasientlarda Sitarabin, daunorubisin va asparaginazaning yuqori dozalari bilan konsolidasiyadan keyin periferik motor va sensor neyropatiya rivojlangan. Sitarabin preparatining yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarni neyropatiya simptomlarini mavjudligi yuzasidan tekshirish kerak, chunki qaytmas nevrologik buzilishlardan saqlanish uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Immunitetni susayishi/infeksiyalarga moyillikni oshishi

Ximioterapevtik preparatlar, shu jumladan Sitarabinni qabul qilish oqibatida immuniteti susaygan pasientlarga tirik yoki attenuizasiya qilingan tirik vaksinalarni yuborish jiddiy yoki o‘limga olib keluvchi infeksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Sitarabin qabul qilayotgan pasientlarda tirik vaksinalar bilan emlashdan saqlanish kerak. Faolsizlantirilgan yoki o‘ldirilgan vaksinalarni yuborish mumkin, lekin bunday vaksinalarga javob kuchsiz bo‘lishi mumkin.

Har qanday lokalizasiyadagi virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar yoki saprofit infeksiyalar Sitarabin preparatini monoterapiya ko‘rinishida yoki xujayraviy yoki gumoral immunitetni susaytiruvchi dozalarda boshqa immunosupressiv vositalar bilan majmuada qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu infeksiyalar kuchsiz namoyon bo‘lishi mumkin, lekin og‘ir va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Bir necha soat davomida preparatni vena ichiga takroran yuborilgandan keyin ko‘ngil aynishi yoki qusish paydo bo‘lishi mumkin. Agar preparatni infuziya yo‘li bilan yuborilsa, bunday reaksiyalardan saqlanish mumkin.

Boshqa preparatlar bilan majmuada Sitarabin bilan davolangan pasientlarda o‘tkir pankreatit kuzatilgan.

Sitarabin preparatining kanserogenligi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda isbotlangan. Sitarabinni odamlarda uzoq vaqt qo‘llaganda bunday ta‘sirni inkor etib bo‘lmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Fertillik faoliyatini buzilishi

Sitotoksik preparatlar bilan davolash vaqtida homiladorlikni kechishini og‘ishlarini rivojlanishining potensial xavfi tufayli, ayniqsa homiladorlikning I uch oyligida, homilador yoki Sitarabin bilan davolash vaqtida homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlar homila uchun potensial xavf va homiladorlikni saqlab qolishni baholashlari kerak. Agar davolash homiladorlik II yoki III uch oyligida davomida boshlansa ma‘lum, lekin ahamiyatli darajada past xavf mavjud. Garchi homiladorlikning uchchala uch oyligi davomida Sitarabin bilan davolangan ayollar tomonidan sog‘lom bolalar tug‘ilgan holatlar qayd etilgan bo‘lsada, bunday bolalarni keyinchalik tibbiy kuzatish kerak.

Erkaklar davolanganda va davolagandan keyin kamida 6 oy davomida urug‘lantirishdan saqlanish uchun kontrasepsiya vositalardan foydalanishlari kerak. Davolashni boshlashdan oldin pasientlar spermani saqlash imkoniyati borligidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak, chunki Sitarabin bilan davolangandan keyin qaytmas bepushtlik paydo bo‘lishi xavfi mavjud.

Homiladorlik

Preparatni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarning ayrim turlari uchun Sitarabin teratogen modda hisoblanadi. Bu preparatni homilador ayollarga yoki homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollarga faqat, agar ona uchun kutilayotgan potensial foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina buyurish kerak. Reproduktiv yoshdagi ayollarga homiladorlik yuz berishidan saqlanish uchun kontrasepsiyaning tegishli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida Sitarabin (monoterapiya ko‘rinishida yoki boshqa preparatlar bilan majmuada) qo‘llagan ayollarda sog‘lom bolalar tug‘ilgan. Ayrim bolalar chala tug‘ilgan yoki tana vazni past bo‘lib tug‘ilgan. Ayrim bolalarni preparatning ta‘siridan so‘ng 6 haftadan 7 yilgacha bo‘lgan muddat davomida kuzatilgan va hech qanday patologiya aniqlanmagan. Bir bola 80 kundan keyin gastroenterit tufayli nobud bo‘lgan.

Tug‘ma patologiyaning 2 holati, xususan, homiladorlikning I uch oyligida homila Sitarabin bilan tizimli davolashga duchor bo‘lganligi haqida xabar berilgan. Ko‘rsatilgan patologiyalar qo‘l va oyoqlarning distal sohalarining nuqsonlari va qo‘l-oyoqlar va quloqlar deformasiyasini o‘z ichiga olgan.

Homiladorlik vaqtida Sitarabin ta‘siriga duchor bo‘lgan bolalarda neonatal davrda davomida pansitopeniya, leykopeniya, anemiya, trombositopeniya, elektrolitlar darajasini og‘ishi, qaytuvchan eozinofiliya, IgM darajasini oshishi va giperpireksiya, sepsis rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanishi haqida xabar berilgan. Bu bolalarning ayrimlari chala tug‘ilgan.

Emizish davri

Preparat ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Ko‘pgina dori vositalari ko‘krak suti bilan ajralganligi tufayli, Sitarabin chaqirgan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishining potensial xavfi mavjud. Ona uchun preparatni qo‘llashdan foydani hisobga olib, emizishni to‘xtatish yoki preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

 

 

Bolalar

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi. Dozalash va yuborish tartibi kattalarda preparatni qo‘llashga o‘xshash. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolaganda benzil spirtini saqlovchi erituvchilar qo‘llanmasin.

Avtotransport va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sitarabin transport vositalarini boshqarish yoki boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Sitarabin bilan davolash vaqtida diskomfort, bosh aylanishi yoki ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Bunday hollarda transport vositalari yoki boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani surunkali oshirib yuborilishi simptomlari: katta qon ketishi, hayot uchun xavfli infeksiyalarni rivojlanishi, shuningdek neyrotoksik ta‘sirni namoyon bo‘lishi bilan kechishi mumkin bo‘lgan suyak ko‘migining og‘ir depressiyasi. 4.5 g/m2 li 12 doza vena ichiga infuziya yo‘li bilan har 12 soatda 1 soat davomida yuborilganda MNT ga qaytmas toksiklikni kutilmagan o‘sishiga va o‘limga olib keldi.

Davolash. Sitarabinning dozasi oshirib yuborilganda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan antidot mavjud emas, shuning uchun preparatni har gal yuborishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim. Agar doza oshirib yuborilsa, yordam beruvchi choralarni (gemotransfuziya, antibiotikoterapiya) o‘tkazish lozim. Intratekal yuborish vaqtida yuz bergan dozani og‘ir oshirib yuborish hollarida, orqa miya suyuqligini tezkor drenajini ta‘minlash uchun takroriy lyumbal punksiyalarni o‘tkazish kerak, ehtimol ventrikulolyumbal perfuziya bilan neyrojarroxlik aralashuvi o‘tkazilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

100 mg dan flakonlarda, o‘ramda №1, №40.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 dori vositasi Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SICPLATIN konsentrat 100 ml 100 mg/100 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SICPLATIN konsentrat 50 ml 50 mg/50 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SICPLATIN konsentrat 10 ml 10 mg/10 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SICPLATIN konsentrat 1 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 20 ml 2 g/20 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 10 ml 1 g/10 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 1 ml 100 mg/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 100 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 20 ml 2 g/20 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 10 ml 1 g/10 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 1 ml 100 mg/1 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
SITARABIN eritma 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 50 ml 300 mg/50 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 16,7 ml 100 mg/16,7 N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 5 ml 30 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
PAKLITAKSEL konsentrat 6 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
OKSALIPLATIN konsentrat 40 ml 200 mg/40 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
OKSALIPLATIN konsentrat 20 ml 100 mg/20 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
OKSALIPLATIN konsentrat 10 ml 50 mg/10 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
OKSALIPLATIN konsentrat 5 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
ANASTROZOL tabletkalari 1 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Accord Healthcare Irl Ltd, Ирландия произведено: Accord Healthcare Limited
Narh: 336 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9