×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Гидрохлоротиазид, Телмисартан
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия произведено: IND-SWIFT LTD
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- C09CA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 63 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
66 000 s`om dan
LIZINOKOR tabletkalari 10mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
29 800 s`om dan
ATORIS tabletkalari 60mg N30 KRKA d.d. Sloveniya
135 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Твардокс Н40 или H80: 7 таблеток в каждом блистере. 4 блистера вместе с инструкцией по медицинскому применению в картонной коробке.
Tvardoks N40:
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
telmisartan Ph.Eur. 40 mg;
gidroxlorotiazid Ph.Eur. 12,5 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, polisorbat 80,
trietanolamin, povidon, gipromelloza, makrogol 6000,
tozalangan suv, mannitol, magniy stearati, natriy kraxmal
glikolyati, temir (III) oksidi bo'yovchisi.
Tvardoks N80:
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
telmisartan Ph.Eur. 80 mg;
gidroxlorotiazid Ph.Eur. 12,5 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, polisorbat 80,
trietanolamin, povidon, gipromelloza, makrogol 6000,
tozalangan suv, mannitol, magniy stearati, natriy kraxmal
glikolyati, temir (III) oksidi bo'yovchisi
Tvardoks N o'zida angiotenzin II reseptorlari antagonisti –
telmirsartan va tiazidli diuretik – gidroxlortiazidi
majmuasini namoyon qiladi. Ushbu tarkibiy qismlarning
majmuasi komponentlarning har birini alohida qabul qilishga
nisbatan yuqoriroq darajada antigipertenziv ta'sirni
ta'minlaydi. Preparat sutkada bir marta qabul qilinganida
davolash dozasi chegarasida arterial bosimning samarali va
bir tekisda pasayishi ta'minlanadi.
Telmisartan peroral qabul qilinganida samarali va 1 tipi
osti (AT1) angiotenzin II reseptorlarining spesifik
(selektiv) antagonisti bo'lib hisoblanadi. Telmisartan
angiotenzin II ni o'rnini bosadi, chunki bog'lanish joyida
angiotenzin II ning aniqlangan ta'sirlariga mas'ul bo'lgan AT1
reseptorlariga yuqori o'xshashlikka ega. Telmisartan tanlab
olingan holda va uzoq vaqt AT1 reseptorlari bilan bog'lanadi
va boshqa reseptorlarga, jumladan AT2 va boshqa AT
reseptorlari bilan o'xshashlikka ega emas. Ko'rsatilgan
reseptorlarning funktsional roli, shu jumladan angiotenzin II
ni ehtimol yuqori darajada rag'batlantirilishida ularning
samarasi aniqlanmagan, bunda angiotenzin II ning darajasi
telmisartan ta'siri ostida ortadi. Telmisartan qon
plazmasida aldosteron darajasini pasaytiradi va
angiotenzinga aylantiruvchi ferment (kininaza II) faolligini
susaytirmaydi, bunda mazkur ferment ishtirokida bradikinin
sintezining pasayishi yuz beradi, shu sababli bradikinin
salbiy ta'sirlarining kuchayishi yuz bermaydi.
Telmisartan fonida angiotenzin II ni ingibitsiya qilinishi 24
soatdan ortiq ushlab turiladi va 48 soatgacha saqlanadi.
Telmisartan qo'llanilganidan keyin antigipertenziv
faollikka 3 soat davomida erishiladi. Arterial bosimning
maksimal pasayishi umuman olganda davolash boshlanganidan
keyin 4-8 hafta o'tgach erishilgan va uzoq davolash davrida
davom etgan. Antigipertenziv ta'siri 24 soat davomida
doimiy darajada ushlab turilgan.
Gipertenziyali pasientlarda telmisartan puls tez-tezligiga
ta'sir qilmagan holda ham sistolik, ham diastolik bosimni
pasaytiradi.
Telmisartan bilan davolash birdaniga to'xtatilganida
arterial bosim "rebaund-sindrom" (arterial bosimning
keskin oshishi) rivojlanmasidan bir necha kun davomida
avvalgi darajasiga bosqichma-bosqich qaytadi.
Tiazidlar buyrak kanalchalarida taxminan bir xil miqdorda
natriy va xloridlar ekskresiyasini bevosita oshirgan holda
elektrolitlar reabsorbtsiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Gidroxlortiazidning diuretik ta'siri qon plazmasi hajmini
pasayishiga, qon plazmasida renin darajasini oshishiga,
aldosteron sekresiyasini oshishiga olib keladi, bu kaliy va
biokarbonatlarni siydik bilan chiqarilishini oshishiga va
muvofiq ravishda qon zardobida kaliy darajasini pasayishiga
xizmat qiladi. Telmisartanni diuretiklar bilan birgalikda
qo'llanilganida renin-angiotenzin-aldosteron tizimini
blokada qilish organizmda kaliyni qaytuvchan yo'qotilishiga
olib keladi. Gidroxlortiazid qabul qilinganida diurez 2 soat
o'tgach boshlanadi, diuretik ta'sirning maksimal cho'qqisiga
qabul qilinganidan keyin 4 soat o'tgach erishiladi, ta'siri 6-12
soat davom etadi.
 Telmisartan
Ichga qabul qilganida miy da tezda so'riladi. Biokiriaolishi
– taxminan 50% ni tashkil etadi. Telmisartanning Cmax
qiymatiga qo'llanilganidan keyin 0,5-1,5 soat davomida
erishiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida AUC
qiymatini pasayishi 6% dan (40 mg li doza qabul qilinganida)
19% gacha (160 mg doza qabul qilinganida) chegarasida o'zgarib
turadi. Ichga qabul qilinganidan keyin 3 soat o'tgach qon
plazmasida kontsentrasiyasi ovqatlanishga bog'liq bo'lmagan
holda tenglashadi.
Qon plazmasi oqsillari, asosan albumin va α1-glikoproteini
bilan sezilarli (99,5% dan ortiq) bog'lanadi. Vd taxminan 500
l.
Telmisartan glyukuron kislotasini kon'yugasiya bo'lishi yo'li
bilan metabolizmga uchraydi. Metabolitlar farmakologik
jihatdan nofaol bo'ladi.
T1/2 20 soatdan ortiqni tashkil etadi. Ichak orqali o'zgarmas
ko'rinishda chiqariladi, buyraklar orqali chiqarilishi – 2% dan
kam. Plazmadagi umumiy klirensi yuqori (taxminan minutiga
900 ml).
Alohida klinik hollarda farmakokinetikasi
Erkaklar va ayollarda qon plazmasida telmisartanning
kontsentrasiyalarida farq kuzatiladi. Cmax va AUC
qiymatlari samaradorligiga sezilarli ta'sirsiz ayollarda
erkaklarga nisbatan muvofiq ravishda taxminan 3 va 2 marta
yuqori bo'ladi. Shunga qaramay, bunda ayollarda gipotenziv
ta'sirning kuchayishi kuzatilmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlarda telmisartan farmakokinetikasi
yosh pasientlarnikidan farq qilmaydi. Dozaga tuzatish kiritish
talab qilinmaydi.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, jumladan
gemodializda bo'lgan pasientlarda telmisartan dozasini
o'zgartirish talab qilinmaydi.
Jigar etishmovchiligida T1/2 o'zgarmaydi.
Gidroxlortiazid
Peroral qo'llanilganida gidroxlortiazid kontsentrasiyalariga
qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o'tgach erishiladi.
Gidroxlortiazid buyrak ekskresiyasida to'planib qolishi
mumkinligini e'tiborga olgan holda mutlaq biokiraolishi
60% ni tashkil etadi.
Gidroxlortiazid qon plazmasi proteinlari bilan 68% ga
bog'lanadi va uning ko'rinarli taqsimlanish hajmi 0,83-1,14
l/kg ni tashkil etadi.
Gidroxlortiazid odamda metabolizmga uchramaydi va
buyraklar orqali siydik bilan deyarli to'liq o'zgarmas
ko'rinishda chiqariladi. Peroral dozaning taxminan 60%
o'zgarmas ko'rinishda 8 soat davomida chiqariladi. Buyrak
klirensi 250-300 ml/minutni tashkil etadi.
Gidroxlortiazidni terminal yarim chiqarilish davri 10-15
soatni tashkil etadi.
x anemiya (shu jumladan aplastik, gemolitik anemiyada), suyak
ko'migi funktsiyasini susayishi, leykopeniya, eozinofiliya,
neytropeniya/agranulositoz, trombositopeniya;
x allergik va anafilaktik reaktsiyalar;
x giperurikemiya, gipokaliemiya, giperkaliemiya,
giponatriemiya, giperglikemiya, qon zardobida kreatinin va
fosfokinaza kreatinini, xolesterin va trigliseridlar, jigar
fermentlari darajasini oshishi;
x xavotirlik, depressiya, bosh aylanishi, xolsizlik, hushdan
ketish holatlari, uyqusizlik, ko'rishning xiralashishi,
paresteziyalar, uyquni buzilishi, ko'p terlash;
x ko'rishning buzilishi, o'tib ketuvchi "ko'zlar oldida parda
xissi", ksantopsiya;
x bradikardiya, taxikardiya, yurak ritmi buzilishlari,
gipotenziya, ortostatik;
x nekrozga uchrayotgan vaskulitlar;
x yuqori nafas yo'llari infektsiyalari, hansirash, respirator
distress sindromi (jumladan pnevmoniya va o'pka shishishi);
x anoreksiya, ishtahaning pasayishi, og'izning qurishi, me'dada
og'riq, gastrit, diareya, dispepsiya, meteorizm, qabziyat,
pankreatitlar, sialadenit;
x jigar funktsiyasini buzilishi, jigar yoki xolestatik sariqlik;
x ekzema, eritema, angioedema, qichishish, teri eritematoz
reaktsiyalari, teri vaskuliti, yorug'likka sezuvchanlik
reaktsiyalari, toshma, tizimli qizil yugurikka (TQYU) o'xshash
teri reaktsiyalari, TQYU reaktivasiyasi, toksik epidermal
nekroliz;
x artralgiyalar, artrozlar, belda og'riq, oyoqlarda og'riqlar yoki
tirishishlar, mialgiyalar, tendinit, mushak spazmi;
x siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari, buyrak funktsiyasini
buzilishi, jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi,
interstisial nefrit, glyukozuriya;
x impotentsiya;
x grippga o'xshash simptomlar, ko'krakda og'riqlar, isitmali
qaltirash.
·Arterial gipertenziyani davolashda.
·Tvardoks N monoterapiya ko'rinishida telmisartan yoki
gidroxlortiazidni qo'llash yo'li bilan arterial bosim
darajasini nazorat qilish mumkin bo'lmagan pasientlar uchun
buyuriladi.
·preparatning har qanday komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda;
·homiladorlik va laktasiya davrida;
·xolestazda va safro chiqarish yo'llarining obstruktsiyasida;
·jigar funktsiyasini og'ir buzilishlarida;
·og'ir buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi 30
ml/minutdan kam);
·refrakter gipokaliemiya va giperkaltsiemiyada;
·18 yoshgacha bo'lganlarda (preparat xavfsizligi va
samaradorligi aniqlanmagan);
·fruktoza ta'sirini o'zlashtira olmaslikning nasliy shaklida
qo'llash mumkin emas.
Jigar funktsiyasi buzilishi yoki jigarning zo'rayib boruvchi
kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan
qo'llaniladi, chunki suv-elektrolit muvozanatida axamiyatsiz
o'zgarishlar ham jigar komasiga olib kelishi mumkin.
Buyrak arteriyasining bilateral stenozi yoki yagona faoliyat
ko'rsatayotgan buyrak arteriyasining stenozi bo'lgan
pasientlarda renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir
ko'rsatuvchi preparatlarni qabul qilish fonida og'ir gipotenziya
va buyrak etishmovchiligi rivojlanishining yuqori xavfi
mavjud bo'lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Tvardoks N quyidagilar bilan birgalikda qo'llanilganida:
·litiy bilan qo'llanilganida kam hollarda qon zardobida
litiy kontsentrasiyasining qaytuvchan oshishi va litiyning
buyrak klirensi pasayishi oqibatida litiy bilan
zaharlanishning rivojlanishi kuzatiladi. Shu munosabat bilan
litiy va Tvardoks N preparatini birgalikda qo'llanilishi
tavsiya etilmaydi. Ushbu preparatlarni birgalikda buyurish
zarurati bo'lganida qon plazmasida litiy darajasining
monitoringi olib borilishi lozim, pasientlar esa
shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida bo'lishi kerak;
·kaliyni yo'qotilishiga va gipokaliemiyaga olib keluvchi
preparatlar (kaliyli diuretiklar, ichni yumshatuvchilar,
kortikosteroidlar, buyrak usti bezlari po'stlog'ining
gormonlari, amfoterisin, karbenoksolon, penisillin G ning
natriyli tuzi, salisil kislotasi va uning hosilalari) bilan
qo'llanilganida qon plazmasida kaliy darajasini qat'iy
nazorat qilish lozim. Ushbu preparatlar gidroxlortiazidning
gipokaliemik ta'sirini kuchaytirishi mumkin; ·qonda kaliy darajasi o'zgarib turishiga bog'liq dori
vositalari (digitalis glikozidlari) bilan, shuningdek yurak
qorinchasi taxikardiyasini keltirib chiqaruvchi preparatlar
(antiaritmik vositalar: xinidinlar, gidroxinidinlar,
dezoperamidlar, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid),
tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, triftoroperazin,
tsiamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid,
pimozid, galoperidol, droperidol, bepridil, tsisaprid,
difemanil, eritromisin IV, galofantrin, mizolastin,
pentamidin, sparfloksasin, terfenadin, vinkamin IV) bilan
qo'llanilganida qon zardobida kaliy darajasini davriy
monitoringini va elektrokardiografiyani o'tkazish lozim,
chunki gipokaliemiya yurak qorinchasi taxikardiyasi yuzaga
kelishiga olib keluvchi omil bo'lib hisoblanadi;
x boshqa antigipertenziv preparatlar bilan qo'llanilganida
ularning antigipertenziv ta'sirini kuchaytirishi mumkin;
x alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar yoki
antidepressantlar bilan qo'llanilganida ortostatik
gipertenziya kuchayishi mumkin;
x baklofen, amifostin bilan qo'llanilganida
antigipertenziv ta'sir kuchayishi mumkin;
x diabetga qarshi vositalar (peroral vositalar va insulin)
bilan qo'llanilganida diabetga qarshi vositalar dozasiga
tuzatish kiritish talab qilinadi;
x metformin bilan qo'llanilganida preparat tarkibiga
kiruvchi gidroxlortiazidni birgalikda buyurilishidan kelib
chiqadigan laktasidoz rivojlanishi xavfi yuzaga keladi;
x xolestiramin va xolesterin smolalari bilan
qo'llanilganida gidroxlortiazidning so'rilishi pasayadi;
x nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan
qo'llanilganida ayrim pasientlarda tiazidli diuretiklarning
diuretik, natriy uretik va antigipertenziv ta'sirlari
pasayadi. Keksa pasientlarda va suvsizlangan bemorlarda
o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanishi xavfi bo'lishi
mumkin, shu sababli etarlicha gidratasiyani va buyrak
funktsiyasini monitoringini o'tkazish lozim;
x pressor aminlar (noradrenalin) bilan qo'llanilganida
pressor aminlar ta'siri oshadi;
x skelet mushaklarining qutbsizlantirmaydigan relaksantlari
(tubokurarin) bilan qo'llanilganida qutbsizlantirmaydigan
relaksantlar ta'sirini kuchayishi kuzatiladi;
x podagrani davolash uchun qo'llaniladigan dori preparatlari
bilan qo'llanilganida urikozurik vositalar dozasiga tuzatish
kiritish talab etiladi, chunki gidroxlortiazid qon zardobida
siydik kislotasi darajasini oshirishi mumkin. Sallopurinol
bilan birgalikda qabul qilish allopurinolga nisbatan yuqori
sezuvchanlik reaktsiyasiga olib kelishi mumkin;
x kaltsiy tuzlari bilan qo'llanilganida kaltsiy
eliminasiyasi ushlanib qolishi tufayli qonda uning darajasi
oshishi mumkin. Agar kaltsiyni saqlovchi vitaminlar buyurilsa,
qonda uning darajasini nazorat qilish va muvofiq ravishda
dozaga tuzatish kiritish lozim;
x beta-blokatorlar va Diazoksid bilan qo'llanilganida betablokatorlar va diazoksidning giperglikemik ta'siri kuchayishi
mumkin;
x antixolinergik vositalar (masalan atropin, biperidin)
bilan qo'llanilganida tiazidli diuretiklarning
biokirishaolishligi oshishi mumkin;
x amantadin bilan qo'llanilganida amantadinni qabul
qilishdan kelib chiqadigan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi
xavfi oshishi mumkin;
x tsitotoksik preparatlar (masalan, tsiklofosfamid,
metotreksat) bilan qo'llanilganida tsitotoksik
preparatlarning buyrak orqali ekskresiyasi pasayishi va
ularning mielosupressiv ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan
haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 goda.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin
qo'llanilmasin.
ikki qavatli (bir qavati deyarli oq rangli, boshqa
qavati pushti rangli) ikki tomonlama qavariq, kapsula shaklli,
ikki tomoni silliq qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Tvardoks N preparatini ovqatlanishga bog'liq bo'lmagan holda
sutkada 1 marta ichga qabul qilinishi lozim.
Tvardoks N 40 preparati uni 40 mg dozada yoki
gidroxlorotiazidni qo'llanilishi arterial bosimni adekvat
ravishda nazorat qilinishiga olib kelmaydigan pasientlarga
buyurilishi mumkin.
Tvardoks N 80 preparati uni 80 mg dozada yoki Tvardoks N 40 ni
qo'llanilishi arterial bosimni adekvat ravishda nazorat
qilinishiga olib kelmaydigan pasientlarga buyurilishi
mumkin.
Og'ir darajadagi arterial gipertenziyali pasientlarda
telmisartanning eng yuqori dozasi sutkada 160 mg ni tashkil
etadi. Ushbu doza ta'siri yaxshi ko'tariladi va u samaralidir.
Buyrak funktsiyasining kichikroq yoki o'rtacha buzilishlarida
preparat dozasiga o'zgartirish kiritish talab qilinmaydi.
Bunday pasientlarda buyrak funktsiyasini (kk 30 ml/minutdan
ortiq bo'lganida) nazorat qilish lozim.
Keksa yoshdagi pasientlarda dozalash tartibiga o'zgartirishlar
kiritish talab qilinmaydi.
Jigar funktsiyasi o'rtacha va kamroq darajada buzilishlari
bo'lgan pasientlarda preparat dozasi sutkada bir marta
40/12,5 mg dan oshmasligi kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda
Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab
qilinmaydi.
Simptomlari: telmisartan dozasini oshirib yuborilishining
eng ko'p namoyon bo'lishi gipotenziya va taxikardiyaning
rivojlanishi bo'lishi mumkin; kam hollarda bradikardiya
rivojlanishi mumkin. Gidroxlortiazid dozasini oshirib
yuborilishi ko'pincha elektrolit muvozanatini buzilishiga
(gipokaliemiya, gipoxloremiyaga) va jadal diurez natijasida
degidratasiyaga olib keladi, ko'ngil aynishi va uyquchanlik
bo'lishi ham mumkin. Gipokaliemiya mushak spazmiga va/yoki
asosan digitalis glikozidlari yoki aritmiyaga qarshi ma'lum
vositalarni birgalikda qo'llanilishidan kelib chiqadigan yurak
aritmiyasining zo'rayishiga olib kelishi mumkin.
Davolash: simptomatik va qo'llab-quvvatlovchi bo'lishi kerak va
ovqatlanish vaqti va simptomlarning og'irligiga bog'liq.
Pasient shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida bo'lishi kerak.
Tavsiya etiladigan choralar qusishni keltirib chiqarishni va/yoki
me'dani yuvishni, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilishni
ichiga oladi. Elektrolitlar va qon zardobida kreatinin
darajasini sinchkov monitoring o'tkazish zarur. Gipotenziya
rivojlanganida pasientni gorizontal holda joylashtirish va
zudlik bilan regidratasiyali va tuzli davolashni o'tkazish
lozim. Telmisartan gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Gidroxlortiazid qanday darajada gemodializ yo'li bilan
chiqarilishi aniqlanmagan.
Tvardoks N preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas. Telmirsartan teretogen ta'sirga ega emas, lekin fetotoksik ta'sir ko'rsatadi. Homiladorlikni II va III uch oyligida antagonist angiotenzin II reseptorlarni ta'siri odamda fetotoksiklikni (buyrak funktsiyasini pasayishi, oligogidramnion, bosh miya suyagini ossifikasiyasini pasayishi), shuningdek neonatal toksiklik (buyrak etishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkalemiya) chaqirishi haqida ma'lumot bor. Gidroxlortiazid yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Homiladorlikni II va III uch oyligida qo'llanganda homilada suv-eletrolit buzilishini chaqirishi, shuningdek kattalardagi kabi ma'lum boshqa buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Gidroxlortiazidni onaga qo'llanilgan hollarda neonatal trombositopeniyani, sariqlikni (homilada va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda) rivojlanishi haqida xabarlar bo'lgan. Telmisartanni ko'krak sutiga o'tishi haqida xozircha noma'lum, gidroxllortiazid ko'krak sutiga o'tadi va laktasiyani ingibitsiya qilish mumkin. Shuning uchun preparat laktasiya davrida qo'llanilishi mumkin emas. Homildadorlikni rejalashtirayotgan hollarda Tvardonks N preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin bo'lgan boshqa preparatlar bilan almashtirish tavsiya etiladi. Agar homiladorlik aniqlangan bo'lsa, preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak. Telmisartan va gidroxlortiazid majmuasi fertillikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28 dori vositasi VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия произведено: IND-SWIFT LTD tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
TELI G tabletkalari 40mg 40 mg + 12,5 mg N30
POLSART NST tabletkalari 80mg/25mg N28
POLSART NST tabletkalari 80mg/12,5mg N28
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
POLSART NST tabletkalari 40mg/12,5mg N28
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TVARDOKS H80 tabletkalari 80 mg/12,5 mg N28 tabletkalari
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Telmisartan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия произведено: IND-SWIFT LTD
  • Vakil: VEGAPHARM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9