64 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashYaroqlilik muddati (oy) | 24 |
7 tabletkadan (PVX/Al/Pa) folga/alyumin folgali blisterda.
2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
faol moddalar: 12,50 mg gidroxlorotiazid; 40,00 mg telmisartan;
yordamchi moddalar: 12,00 mg meglyumin, 3,36 mg natriy gidrooksidi, 13,55 mg povidon (PVPK-30), 0,65 mg polisorbat-80, 235,94 mg mannitol, 6,07 mg magniy stearati, 43,75 mg laktoza monogidrati, 0,18 mg temir qizil oksidi bo'yovchisi (E 172).
faol moddalar: 12,50 mg gidroxlorotiazid; 80,00 mg telmisartan;
yordamchi moddalar: 24,00 mg meglyumin, 6,72 mg natriy gidrooksidi, 27,10 mg povidon (PVPK-30), 1,30 mg polisorbat-80, 479,38 mg mannitol, 12,15 mg magniy stearati, 92,50 mg laktoza monogidrati, 0,35 mg temir qizil oksidi bo'yovchisi (E 172).
Telmisartan
Telmisartan - angiotenzin II reseptorlarining (AT1 tip) spesifik antagonisti, ichga qabul qilinganda samarali. Angiotenzin II ning ta'siri namoyon bo'ladigan angiotenzin II reseptorlarining AT1 tipiga yuqori yaqinlikka ega. Angiotenzin II ni reseptor bilan bog'idan siqib chiqaradi, bunda bu reseptorga nisbatan agonistik ta'sirga ega emas. Telmisartan faqat angiotenzin II ning AT1-reseptorlari bilan bog'lanadi. Bog'uzoq muddatli xarakterga ega. Bosh reseptorlarga, shu jumladan AT2 va angiotenzin II ning kamroq o'rganilgan boshqa reseptorlariga nisbatan affinlikka ega emas. Bu reseptorlarning funktsional ahamiyati, shuningdek ularni telmisartan ta'siri osida kontsentrasiyasi oshadigan angiotenzin II tomonidan ortiqcha rag'batlantirilishining oqibatlari ham o'rganilmagan. Telmisartan qon plazmasida aldosteronning kontsentrasiyasini kamaytiradi. Telmisartan qon plazmasida reninni ingibitsiya qilmaydi va ion kanallarini bloklamaydi, angiotenzinga aylantiruvchi fermentni ingibitsiya qilmaydi, bradikininni faolsizlantirmaydi.
Arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda 80 mg dozada telmisartan angiotenzin II ning gipertenziv ta'sirini to'liq bloklaydi. Telmisartanning birinchi dozasi qabul qilingandan keyin uning antigipertenziv samarasi 3 soat davomida sekin rivojlanadi. Preparatning ta'siri 24 soat davomida saqlanadi va 48 soatgacha sezilarli bo'lib qoladi. Yaqqol antigipertenziv samara odatda muntazam qabul qilganda 4 xaftadan keyin erishiladi.
Arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda telmisartan yurak qisqarishlari tez-tezligiga (YuQT) ta'sir qilmasdan sistolik va diastolik arterial bosimni pasaytiradi.
Telmisartanni to'satdan bekor qilgan hollarda arterial bosim "bekor qilish" sindromi rivojlanmasdan asta-sekin dastlabki darajaga qaytadi.
Telmisartan bilan o'tkazilgan tadqiqotda yurak-qon tomir sababli o'lim, fatal bo'lmagan miokard infarkti, fatal bo'lmagan insult yoki dimlangan yurak etishmovchiligi tufayli gospitalizasiya holatlari baholangan. 55 yoshdan oshgan yurak-qon tomir xavfi yuqori (koronar arteriyalar kasalliklari, insult, periferik arteriyalar kasalliklari yoki qandli diabet, retinopatiya, chap qorincha gipertrofiyasi, anamnezida makro - yoki mikroalbuminuriya kabi nishon a'zolarni yondosh shikastlanishi) bo'lgan pasientlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o'lim sonini pasayishi isbotlangan.
Gidroxlortiazid
Gidroxlortiazid tiazid diuretik hisoblanadi. Tiazid diuretiklari natriy va xloridlarni (taxminan ekvivalent miqdorda) chiqarilishini bevosita oshirib, buyrak kanalchalarida elektrolitlarni qayta so'rilishiga ta'sir ko'rsatadi. Gidroxlortiazidning diuretik ta'siri aylanib yurgan qon xajmini (AYUQX) kamayishi, plazmada renin faolligini oshishi, aldosteron sekresiyasini oshishiga olib keladi va siydikda kaliy va bikarbonatlarning darajasini oshishi bilan kechadi, buning natijasida qon plazmasida kaliyning darajasi kamayadi. Telmisartan bilan bir vaqtda qabul qilinganda ehtimol renin-angiotenzin-aldosteron tizimini blokadasi hisobiga tiazid diuretiklar chaqirgan kaliyni yo'qotilishini to'xtatilishiga moyillik kuzatiladi.
Gidroxlortiazid qabul qilingandan keyin diurez 2 soatdan keyin kuchayadi, maksimal samara esa taxminan 4 soatdan keyin kuzatiladi. Preparatning diuretik samarasi taxminan 6-12 soat davomida saqlanadi.
Gidroxlortiazidni uzoq vaqt qo'llash yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari va ular tufayli o'lim xavfini kamaytiradi.
Telsartan® N ning maksimal antigipertenziv samarasi odatda davolash boshlanganidan keyin 4 xafta o'tgach erishiladi.
2) gidroxlortiazidni qo'llash tajribasi asosida kutiladigan;
3)telmisartan va gidroxlortiazidni bir vaqtda qo'llanilganda kuzatilmagan, lekin Telsartan® N preparatini qo'llash vaqtida kutiladigan nojo'ya samaralar.
Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish (shu jumladan, o'lim bilan yakunlangan holatlar)3), eritema3), teri qichishishi3), toshma3), eshakemi3), anafilaktik reaktsiyalar1),2), allergik reaktsiyalar1), ekzema1), dori toshmasi1),2), toksik epidermal nekroliz1),2), toksik teri toshmasi1), yugiruksimon teri ko'rinishlari2), tizimli qizil yugirukning teri simptomlarini zo'rayishi yoki kuchayishi3), nekrotik vaskulit2), teri vaskuliti2), fotosensibilizasiya reaktsiyalari2), tizimli qizil yugirukning kechishini yomonlashishi yoki zo'rayishi2), nekrotik angiit (vaskulit)2).
Markaziy nerv tizimi tomonidan: hushdan ketish/hushdan ketishdan oldingi holat3), peresteziyalar3), uyquni buzilishi3), uyqusizlik3), bosh aylanishi2),3), xavotirlik3), depressiya3), yuqori qo'zg'aluvchanlik2).
Teri qoplamalari tomonidan: ko'p terlash3).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak etishmovchiligi, shu jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi1), interstisial nefrit2), glyukozuriya2).
Tayanch-harakat apparati tomonidan: belda og'riq3), mushak spazmlari3), mialgiya3), artralgiya3), bordir mushaklari tirishishi3), oyoqlarda og'riq3), artroz1), paylarda og'riq (tendinitsimon simptomlar)1), ko'krak qafasida og'riq3).
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya3), og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi3), meteorizm3), qorinda og'riq3), qabziyat3), qusish3), gastrit3), ishtahani pasayishi2), anoreksiya2), giperglikemiya2), giperxolesterinemiya2), pankreatit2), jigar faoliyatini buzilishi3), jigar kasalligi3), sariqlik (gepatosellyulyar yoki xolestatik)2), dispepsiya1),2),3).
Qon yaratish a'zolari tomonidan: anemiya1), aplastik anemiya2), gemolitik anemiya2), trombositopeniya1),2), eozinofiliya1), leykopeniya2), neytropeniya/agranulositoz2), suyak ko'migi faoliyatini susayishi2).
Nafas tizimi tomonidan: respirator distress sindrom (shu jumladan pnevmoniya va o'pka shishi)3), hansirash3).
Sezgi a'zolari tomonidan: ko'rishni buzilishi3), ko'rishni o'tuvchan noaniqligi3), ksantopsiya2).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar3), taxikardiya3), bradikardiya1), arterial bosimni yaqqol pasayishi (shu jumladan ortostatik gipotenziya)3).
Reproduktiv tizim tomonidan: impotentsiya3).
Laborator ko'rsatkichlar: qon plazmasida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi3), jigar fermentlari faolligini oshishi3), kreatinfosfokinaza faolligini oshishi3), qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasini oshishi3), gipertrigliseridemiya2), gipokaliemiya3), giperkaliemiya1), giponatriemiya3), suv-elektrolit muvozanatini buzilishi2), giperurikemiya3), AYUQX kamayishi2), gipoglikemiya (qandli diabeti bo'lgan pasientlarda)1), glikemik nazoratni yomonlashishi2), qonda gemoglobin darajasini pasayishi1).
Boshqalar: grippsimon sindrom3), isitma2), turli lokalizasiyali og'riq sindromi3), holsizlik1),2), sepsis, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan holatlar1), yuqori nafas yo'llari infektsiyalari (bronxit, faringit, sinusit)1),3), siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (shu jumladan tsistit)1), so'lak bezlarini yallig'lanishi2).
Homiladorlik;
Emizish davri;
Xolestaz va o't chiqarish yo'llarining obstruktiv kasalliklari;
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha S sinf);
Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam)
Refrakter gipokaliemiya, giperkaltsiemiya;
Qandli diabeti va buyrak etishmovchiligi (kalavalar filtrasiyasi tezligi (kft) <60 ml/minut/1,73 m2) bo'lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda davolash;
Fruktozani tug'ma o'zlashtiraolmaslik;
Galaktozani o'zlashtiraolmaslik va laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya sindromi;
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi, buyrak funktsiyasini og'ir darajada buzilishi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);
jigar funktsiyasini buzilishi yoki jigarning avj oluvchi kasalliklari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A sinf) ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);
avvalgi diuretiklar bilan davolash, osh tuzini qabul qilishni cheklash, diareya yoki qusish oqibatida AYUQX ni kamayishi;
giperkaliemiya;
buyrak transplantasiyasidan keyingi holat (qo'llash tajribasi yo'q);
Nyu-York kardiologlar assosiasiyasi (NYHA) tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinf surunkali yurak etishmovchiligi (Syue);
aortal va mitral klapan stenozi;
ideopatik gipertrofik subaortal stenoz;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);
qandli diabet;
birlamchi aldosteronizm;
podagra;
yopiq burchakli glaukoma (tarkibida gidroxlortiazid borligi tufayli);
buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30 ml dan ko'p) bo'lgan pasientlarda cheklangan, lekin buyraklar tomonidan nojo'ya samaralarni rivojlanishini tasdiqlamaydi va dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar olomaydigan joyda saqlansin!
12,5 mg+40 mg tabletkalar
Uzunchoq shaklli, qobiq bilan qoplanmagan, ikki qavatli, bir tomonida och-pushtidan pushti ranggacha va boshqa tomonida oqdan deyarli oq ranggacha, pushti rangli dog'lari bo'lishi mumkin bo'lgan, bo'luvchi riskali va uning turli tomonlarida "T" va "1" yozuvi bosib tushirilgan tabletkalar.
12,5 mg+80 mg tabletkalar
Uzunchoq shaklli, qobiq bilan qoplanmagan, ikki qavatli, bir tomonida och-pushtidan pushti ranggacha va boshqa tomonida oqdan deyarli oq ranggacha, pushti rangli dog'lari bo'lishi mumkin bo'lgan, bo'luvchi riskali va uning turli tomonlarida "T" va "2" yozuvi bosib tushirilgan tabletkalar.
Telsartan® N ni kuniga 1 marta qabul qilish kerak.
Telsartan® N 12,5 mg/40 mg ni 40 mg dozada Telsartan® preparatini yoki gidroxlortiazid buyurilgan pasientlarda qo'llash AB ni adekvat nazorat qilishga olib kelmagan pasientlarga buyurilishi mumkin.
Telsartan® N 12,5 mg/80 mg ni 80 mg dozada Telsartan® preparatini yoki Telsartan® N 12,5 mg/40 mg buyurilgan pasientlarda qo'llash AB ni adekvat nazorat qilishga olib kelmagan pasientlarga buyurilishi mumkin.
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Buyrak funktsiyasini biroz yoki o'rtacha yaqqollikdagi buzilishi bo'lgan pasientlarda gidroxlortiazid va telmisartan majmuasini qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar bunday hollarda dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi. Bunday pasientlarda buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini o'rtacha buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda gidroxlortiazid/telmisartan majmuasining sutkalik dozasi kuniga 12,5 mg/40 mg dan oshmasligi kerak ("Farmakokinetkasi" bo'limiga qarang).
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozalash tartibi o'zgartirishni talab etmaydi.
Davolash: preparatni qabul qilgandan o'tgan vaqt va simptomlarning og'irlik darajasiga bog'liq simptomatik va tutib turuvchi davolash. Qusishni chaqirish va/yoki me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish. Qon zardobida elektrolitlar darajasi va kreatinin kontsentrasiyasini tez-tez nazorat qilish kerak. Arterial gipotenziya rivojlangan hollarda pasientni tezda chalqancha yotqizish va elektrolitlar va AYUQX o'rnini to'ldirishga qaratilgan davolashni o'tkazish kerak. Telmisartan gemodializ yordamida chiqarilmaydi. Gemodializ o'tkazilganda gidroxlortiazidni chiqarilish darajasi aniqlanmagan.
Telmisartan
Homiladorlik vaqtida angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qo'llash mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak. Zarurati bo'lganida muqobil davolash (homiladorlik vaqtida qo'llashga ruxsat etilgan gipotenziv preparatlarning boshqa sinflari) qo'llanishi kerak.
Telmisartanning klinik oldi tadqiqotlari teratogen ta'sirlar aniqlanmagan, ammo fetotoksiklik aniqlangan. Angiotenzin II reseptorlari antagonistlarining homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligidagi ta'siri homilada fetotoksiklik chaqirishi ma'lum (buyrak funktsiyasini susayishi, oligogidramnion, bosh miya suyagining ossifikasiyasini sekinlashishi). Homiladorlikni rejalashtirgan pasientlarga muqobil davolashni buyurish kerak. Agar angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini bilan davolash homiladorlikning ikkinchi uch oyligida o'tkazilgan bo'lsa, homilaning buyrak va bosh miya suyagini ultratovush tekshiruvini o'tkazish tavsiya etiladi.
Onalari angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qabul qilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar arterial gipotenziya yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak.
Gidroxlortiazid
Gidroxlortiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida qo'llash tajribasi cheklangan. Gidroxlortiazid yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Gidroxlortiazidning farmakologik ta'sir mexanizmini hisobga olib, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida uni qo'llash fetoplasentar perfuziyani buzilishi va embrion va homilada sariqlik, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi va trombositopeniya kabi o'zgarishlarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlardagi shish, homiladorlardagi arterial gipertenziya yoki preeklampsiya vaqtida gidroxlortiazidni qo'llash mumkin emas, chunki qon plazmasi xajmini kamayishi va plasentar perfuziyani pasayishi xavfi mavjud, ijobiy samara esa ko'rsatilgan klinik holatlarda mavjud emas. Gidroxlotiazidni davolashning boshqa turlarini qo'llash mumkin bo'lmagan kam holatlardan tashqari, homiladorlardagi essentsial gipertenziyada qo'llash mumkin emas.
Emizish davrida Telsartan® N preparati bilan davolash mumkin emas.
Hayvonlardagi tadqiqotlarda telmisartan va gidroxlorotiazidni fertilikka ta'siri kuzatilmagan. Odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.