×
×
  • VAGINORM S tabletkalari 250mg N6

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VAGINORM S tabletkalari 250mg N6

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Polichem S.A., Люксембург произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG
ATX kodi:
- G01AD03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MENIFIB tabletkalari N60 Bhargava Phytolab Pvt. Ltd Hindiston
72 800 s`om dan
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
150 000 s`om dan
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
113 000 s`om dan
ABINEKS 0,5 tabletkalari 0,5mg N8 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VAGINORM-S®

VAGINORM-C

Qayd etish raqami: B-250-95 №05008

Preparatning savdo nomi: Vaginorm-S®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): askorbin kislotasi

Dori shakli: vaginal tabletkalar

Tarkibi:

1 vaginal tabletkada:

Faol modda: 250 mg askorbin kislotasi

Yordamchi moddalar: 10 mg polimetilsiloksan, 670 mg laktoza monogidrati, 60 mg gipromelloza, 10 mg magniy stearati

Ta‘rifi: oqdan och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan oval shaklli tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik

ATX kodi: G01AD03

 

Farmakologik xususiyatlari

Askorbin kislotasi qinning rN ni pasaytirib, bakteriyalarning o‘sishini ingibirlaydi va qinning rN ko‘rsatkichlarini va florasini (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishiga va normada tutib turilishga yordam beradi.

Shunday qilib, qinning rN pasayganda bir necha kun davomida anaerob bakteriyalarning o‘sishini yaqqol susayishi, shuningdek normal florani (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishi yuz beradi.

 

Farmakokinetikasi

Tizimli qon oqimida oz miqdori aniqlanadi, buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • Anaerob flora bilan bog‘liq (qin rN ni o‘zgarishi oqibatida) surunkali yoki qaytalanuvchi vaginit (bakterial vaginoz, nospesifik vaginit).
  • Qinning buzilganmikroflorasininormallashtirishuchun.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga. 1 vaginal tabletka kechqurun uyqudan oldin qinga chalqancha yotgan holatda, oyoqlarni biroz bukkan holda 1 marta kiritiladi.

Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Davolash kurslarini takrorlash mumkin.

Zarurati bo‘lganida davolash kursini yanada uzoqroq muddatga uzaytirish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.

Juda kam (<1/10000) – preparatni bironta komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Kam (<1/100, ³1/1000 hollarda) qinda achishish yoki qichishish, shilliq ajralmalarni kuchayishi, vulvani qizarishi, shishi bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • Kandidozli vulvovaginit.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Salisilatlar S vitaminining organizmdan chiqarilish jarayonini rag‘batlantiradi. Estrogenlar S vitaminining biokiraolishligini yaxshilaydi. S vitamini antikoagulyantlarning faolligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qinning zamburug‘li florasining o‘sishini susaytiradi.

Vaginorm S ni qo‘llashda sikllar orasidagi yoki xayz ko‘rish qon ketishlari tufayli tanaffuslar shart emas.

Vitamin S siydikda glyukozaning miqdorini, shuningdek qon zardobidagi transaminazalar, laktat degidrogenaza va bilirubinning miqdorini o‘zgartiradi.

Achishish va qichishish kabi ko‘rinishlar yo‘ldosh asimptomatik zamburug‘ infeksiyasini bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday belgilar paydo bo‘lganida zamburug‘ infeksiyasini istisno qilish uchun tahlil o‘tkazish lozim.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Vaginal tabletkalar. 250 mg dan 6 vaginal tabletkalar PVX-PVDX-Al blisterda.

1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 dori vositasi Polichem S.A., Люксембург произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VAGINORM S tabletkalari 250mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9