Vaginorm-S ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VAGINORM-S®
VAGINORM-C
Qayd etish raqami: B-250-95 №05008
Preparatning savdo nomi: Vaginorm-S®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): askorbin kislotasi
Dori shakli: vaginal tabletkalar
Tarkibi:
1 vaginal tabletkada:
Faol modda: 250 mg askorbin kislotasi
Yordamchi moddalar: 10 mg polimetilsiloksan, 670 mg laktoza monogidrati, 60 mg gipromelloza, 10 mg magniy stearati
Ta‘rifi: oqdan och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan oval shaklli tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik
ATX kodi: G01AD03
Farmakologik xususiyatlari
Askorbin kislotasi qinning rN ni pasaytirib, bakteriyalarning o‘sishini ingibirlaydi va qinning rN ko‘rsatkichlarini va florasini (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishiga va normada tutib turilishga yordam beradi.
Shunday qilib, qinning rN pasayganda bir necha kun davomida anaerob bakteriyalarning o‘sishini yaqqol susayishi, shuningdek normal florani (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Tizimli qon oqimida oz miqdori aniqlanadi, buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Anaerob flora bilan bog‘liq (qin rN ni o‘zgarishi oqibatida) surunkali yoki qaytalanuvchi vaginit (bakterial vaginoz, nospesifik vaginit).
- Qinning buzilganmikroflorasininormallashtirishuchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga. 1 vaginal tabletka kechqurun uyqudan oldin qinga chalqancha yotgan holatda, oyoqlarni biroz bukkan holda 1 marta kiritiladi.
Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Davolash kurslarini takrorlash mumkin.
Zarurati bo‘lganida davolash kursini yanada uzoqroq muddatga uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.
Juda kam (<1/10000) – preparatni bironta komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Kam (<1/100, ³1/1000 hollarda) qinda achishish yoki qichishish, shilliq ajralmalarni kuchayishi, vulvani qizarishi, shishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- Kandidozli vulvovaginit.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Salisilatlar S vitaminining organizmdan chiqarilish jarayonini rag‘batlantiradi. Estrogenlar S vitaminining biokiraolishligini yaxshilaydi. S vitamini antikoagulyantlarning faolligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qinning zamburug‘li florasining o‘sishini susaytiradi.
Vaginorm S ni qo‘llashda sikllar orasidagi yoki xayz ko‘rish qon ketishlari tufayli tanaffuslar shart emas.
Vitamin S siydikda glyukozaning miqdorini, shuningdek qon zardobidagi transaminazalar, laktat degidrogenaza va bilirubinning miqdorini o‘zgartiradi.
Achishish va qichishish kabi ko‘rinishlar yo‘ldosh asimptomatik zamburug‘ infeksiyasini bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday belgilar paydo bo‘lganida zamburug‘ infeksiyasini istisno qilish uchun tahlil o‘tkazish lozim.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Vaginal tabletkalar. 250 mg dan 6 vaginal tabletkalar PVX-PVDX-Al blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari