×
×
  • VALIAN X kapsulalar  N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VALIAN X kapsulalar N100

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Tailand
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
ATX kodi:
- N05CM09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SENTRAL B kapsulalar N30 Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Laboratoria Qualiphar N.V./S.A. Belgiya
53 700 s`om dan
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
210 000 s`om dan
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
4 200 s`om dan
VAMELAN kapsulalar N30 World Medicine, Англия произведено: P.P.F. Hasco-Lek S.A. Polsha
51 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VALIAN X kapsulalar N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALIAN-X

VALIAN-X

Preparatning savdo nomi: Valian-X

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valeriana ekstrakti

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

valeriana ekstrakti (Valeriana officinalis)           445 mg;

quruq ildiziga ekvivalent                                   2 g

yordamchi moddalar: soya moyi, vanilin, gidratlangan o‘simlik moyi, oq mum, lesitin, jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, temir (IV)-oksidi, mis-xlorofill majmuasi (xlorofill Ye141).

Ta‘rifi: uzunchoq to‘q yashil rangli yumshoq jelatin kapsulalar .

Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita

ATX kodi: N05CM09

Farmakologik hususiyatlari

Valeriana kislotasi va valepotriatlar sedativ ta‘sirga ega va MIY hamda siydik chiqarish tizimi a‘zolarining silliq mushaklariga nisbatan spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Valeriananing biologik faol moddalarini majmuasi organizmga ko‘p tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi. Valeriana markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiradi, uning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tabiiy uyquga ketishni yengillashtiradi. Sedativ ta‘siri asta-sekin rivojlanadi, lekin yetarli darajada barqaror. Valeriananing biologik faol moddalarini kompleksi yurak ritmini sekinlashtiradi va yurakning toj tomirlarini kengaytiradi. Valeriana safro haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatining sekretor faoliyatini kuchaytiradi. Preparatning davolovchi ta‘siri muntazam ravishda, uzoq vaqt davomida qo‘llanganda namoyon bo‘ladi. Valeriananing galen preparatlari muntazam ravishda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida biroz gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Uyqusizlik, xavotirlik, bezovtalik, ta‘sirchanlik, uxlashda qiyinchilik tug‘ilganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

1-2 kapsuladan uyqudan yarim yoki bir soat oldin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi. Kapsulani butun holda, yetarli miqdorda suyuqlik ichib yutish kerak. Davolash davomiyligi shifokorning maslahatisiz 10 kungacha vaqtni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Valian-X preparatni qabul qilgandan so‘ng 2-3 soat davomida diqqatni va avtotransportni boshqarish qobiliyatini biroz pasaytirishi mumkin. Valerianani kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralariga bosh og‘rig‘i va me‘dadagi o‘zgarishlar kiradi.

Preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar kuzatilganida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat uxlatuvchi, anksiolitik, og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalar, shuningdek spazmolitiklarning ta‘sirini kuchaytiradi. Sintetik tinchlantiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish aniq tashxis qo‘yish maqsadida shifokorning maslahati talab etiladi.

Sedativ vositalar va antidepressantlar bir vaqtda qabul qilinganida valeriana preparatlarini faqat shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni bevosita boshlashdan oldin Valian-X preparatini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Ma‘lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiy amaliyotga muvofiq, homiladorlik va laktasiya davrida Valian-X preparatini shifokorning tavsiyasisiz qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan alyumin folga va PVX kontur uyali o‘ramda. 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VALIAN X kapsulalar N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VALIAN X kapsulalar N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VALIAN X kapsulalar N100 dori vositasi Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited tomonidan Tailand mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VALIAN X kapsulalar N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VALIAN X kapsulalar N100 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NAT V kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
YeNAT 200 kapsulalar 200me N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
YeNAT 100 kapsulalar 100me N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
GILOBA kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
VALIAN X kapsulalar N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
VALIAN X kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Mega Lifesciences Public Company Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9