Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VALIAN-X
VALIAN-X
Preparatning savdo nomi: Valian-X
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valeriana ekstrakti
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
valeriana ekstrakti (Valeriana officinalis) 445 mg;
quruq ildiziga ekvivalent 2 g
yordamchi moddalar: soya moyi, vanilin, gidratlangan o‘simlik moyi, oq mum, lesitin, jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, temir (IV)-oksidi, mis-xlorofill majmuasi (xlorofill Ye141).
Ta‘rifi: uzunchoq to‘q yashil rangli yumshoq jelatin kapsulalar .
Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita
ATX kodi: N05CM09
Farmakologik hususiyatlari
Valeriana kislotasi va valepotriatlar sedativ ta‘sirga ega va MIY hamda siydik chiqarish tizimi a‘zolarining silliq mushaklariga nisbatan spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Valeriananing biologik faol moddalarini majmuasi organizmga ko‘p tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi. Valeriana markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiradi, uning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tabiiy uyquga ketishni yengillashtiradi. Sedativ ta‘siri asta-sekin rivojlanadi, lekin yetarli darajada barqaror. Valeriananing biologik faol moddalarini kompleksi yurak ritmini sekinlashtiradi va yurakning toj tomirlarini kengaytiradi. Valeriana safro haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatining sekretor faoliyatini kuchaytiradi. Preparatning davolovchi ta‘siri muntazam ravishda, uzoq vaqt davomida qo‘llanganda namoyon bo‘ladi. Valeriananing galen preparatlari muntazam ravishda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida biroz gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Uyqusizlik, xavotirlik, bezovtalik, ta‘sirchanlik, uxlashda qiyinchilik tug‘ilganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozasi
1-2 kapsuladan uyqudan yarim yoki bir soat oldin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi. Kapsulani butun holda, yetarli miqdorda suyuqlik ichib yutish kerak. Davolash davomiyligi shifokorning maslahatisiz 10 kungacha vaqtni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Valian-X preparatni qabul qilgandan so‘ng 2-3 soat davomida diqqatni va avtotransportni boshqarish qobiliyatini biroz pasaytirishi mumkin. Valerianani kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralariga bosh og‘rig‘i va me‘dadagi o‘zgarishlar kiradi.
Preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar kuzatilganida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat uxlatuvchi, anksiolitik, og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalar, shuningdek spazmolitiklarning ta‘sirini kuchaytiradi. Sintetik tinchlantiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish aniq tashxis qo‘yish maqsadida shifokorning maslahati talab etiladi.
Sedativ vositalar va antidepressantlar bir vaqtda qabul qilinganida valeriana preparatlarini faqat shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni bevosita boshlashdan oldin Valian-X preparatini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya
Ma‘lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiy amaliyotga muvofiq, homiladorlik va laktasiya davrida Valian-X preparatini shifokorning tavsiyasisiz qabul qilish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan alyumin folga va PVX kontur uyali o‘ramda. 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz.