169 100 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VALSAM 80/5; VALSAM 160/10; VALSAM 320/5; VALSAM 320/10;
VALSAM 80/5; VALSAM 160/10; VALSAM 320/5; VALSAM 320/10;
Preparatning savdo nomi: Valsam 80/5; Valsam 160/10; Valsam 320/5; Valsam 320/10.
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): valsartan. amlodipin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Valsam 80/5:
faol moddalar: valsartan 80 mg, amlodipinga ekvivalent amlodipin besilati – 5 mg;
Valsam 160/10:
faol moddalar: valsartan 160 mg, amlodipinga ekvivalent amlodipin besilati – 10 mg;
Valsam 320/5:
faol moddalar: valsartan 320 mg, amlodipinga ekvivalent amlodipin besilati – 5 mg;
Valsam 320/10:
faol moddalar: valsartan 320 mg, amlodipinga ekvivalent amlodipin besilati – 10 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy kraxmal glikolyat (Tip A), tozalangan talk, povidon, suvsiz kolloid kremniy, magniy stearati, sariq opadriy, tozalangan suv.
Ta‘rifi:
Valsam 80/5: och-sariq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni ozgina qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan va ikki tomoni tekis tabletka.
Valsam 160/10: och-sariq rangli, kapsula shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan va bir tomoni sindirish uchun chiziqchasi bilan ikki tomoni tekis tabletka.
Valsam 320/5: oq rangli, kapsula shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan va bir tomoni sindirish uchun chiziqchasi bilan ikki tomoni tekis tabletka.
Valsam 320/10: sariq rangli, kapsula shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan va bir tomoni sindirish uchun chiziqchasi bilan ikki tomoni tekis tabletka.
Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vosita
ATX kodi: S08SA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Valsam essensial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda arterial bosimni nazorat qilishni qo‘shimcha mexanizmlariga ega bo‘lgan ikki antigipertenziv komponent saqlaydi: amlodipin kalsiy antagonistlari sinfiga, valsartan esa angiotenzin II antagonistlari sinfiga mansubdir. Bu ingredientlarning majmuasi arterial bosimni yuqori darajada pasaytirib, additiv antigipertenziv samaraga ega.
Amlodipin/Valsartan
Amlodipin va valsartan majmuasi additiv va terapevtik dozalar diapozonida AB ni dozaga bog‘liq pasaytiradi. Amlodipin/valsartan majmuasining bir dozasi qabul qilinganda gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanadi.
Amlodipin
Amlodipin yurak va qon tomirlarning silliq mushaklariga kalsiy ionlarini membrana orqali kirishini susaytiradi. Amlodipinning antigipertenziv ta‘sir mexanizmi qon tomirlarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi relaksasiyalovchi ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lib, bu periferik qon tomirlarning qarshiligini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan arterial bosimni pasayishga olib keladi. Eksperimental ma‘lumotlar amlodipinni digidropiridin va nogidropiridin bog‘lanish joylarida birikishini tasdiqlaydi. Yurak mushagi va qon tomirlarining silliq mushaklarini qisqarish jarayonlari hujayradan tashqari kalsiyni bu hujayralarga maxsus ion kanallari orqali o‘tishga bog‘liq.
Essensial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarga terapevtik dozalarda yuborganidan keyin amlodipin vazodilatasiyani chaqiradi, bu arterial bosimni yotgan va tik turgan holatlarda pasayishga olib keladi. Arterial bosimni bunday pasayishi davomli dozalashda yurak qisqarishlari tezligini yoki plazmadagi katexolaminlar darajasini sezilarli o‘zgarishi bilan birga kechmaydi.
Samarasi yoshlarda va keksa pasientlarda plazmadagi konsentrasiyalari bilan to‘g‘ri proporsionaldir.
Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlarda amlodipinning terapevtik dozalari buyrak qon tomirlarini qarshiligini pasayishga va glomerulyar filtrasiya darajasini oshishiga, shuningdek plazmani o‘zgarmagan filtrlanadigan fraksiya yoki proteinuriyani o‘zgarishisiz samarali buyrak oqimiga olib keladi.
Yurak funksiyaning gemodinamikasini tinch holatda va yuklamada qorinchalarning funksiyasi normal bo‘lgan amlodipin bilan davolangan pasientlarda o‘lchash, umuman dP/dt ga yoki chap qorincha va diastolik bosimga yoki hajmga sezilarli ta‘sirisiz yurak indeksini biroz oshishini ko‘rsatadi. Gemodinamik tekshirishlarda amlodipin intakt hayvonlarda va odamlarda terapevtik dozalarda qo‘llanganida, xatto beta-blokatorlar bilan birga yuborilganida ham, manfiy inotrop samarasi aniqlanmagan.
Amlodipin sog‘lom hayvonlarda yoki odamlarda yurakning sinus-bo‘lmacha tuguni funksiyani yoki bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini o‘zgartirmaydi. Essensial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipin beta-blokatorlar bilan majmuada qo‘llanganda, elektrokardiogramma ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari aniqlanmagan.
Surunkali stabil stenokardiyasi, angiografik jihatdan tasdiqlangan vazopastik stenokardiyasi va ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda amlodipinning ijobiy klinik samaralari kuzatilgan.
Valsartan
Valsartan ichga qo‘llash uchun mo‘ljallangan angiotenzin II reseptorlarining faol va spesifik antagonistidir. U kam tarqalgan va angiotenzin II ning samaralariga ma‘sul bo‘lgan AT1 kichik turi reseptorlariga tanlab ta‘sir qiladi. Valsartan tomonidan AT1-reseptorlarini blokadasi oqibatida angiotenzin II darajasini oshishi, erkin AT2-reseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, bu AT1-reseptorlarining samarasini muvofiqlashtiradi. Valsartan AT1-reseptorlariga nisbatan agonist sifatida qandaydir qisman faollikka ega emas va AT2-reseptorlariga qaraganda AT1-reseptorlari bilan ancha katta (taxminan 2000 marta) yaqinlikka ega.
Valsartan, shuningdek kininaza II nomi bilan ham ma‘lum bo‘lgan, angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi va bradikininni parchalaydigan AAF ni susaytirmaydi. Bradikinin bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday nojo‘ya samaralari kuzatilmaydi. Valsartan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi va boshqa gormonlarning reseptorlarini yoki yurak-qon tomir tizimining funksiyani boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan ion kanallarini bloklamaydi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurish pulsning tez-tezligiga ta‘sir qilmasdan arterial bosimni pasayishga olib keladi. Ko‘pchilik pasientlarda preparatning bir martalik dozasi ichga buyurilganidan keyin antigipertenziv faolligini boshlanishi 2 soat chegarasida aniqlanadi, arterial bosimni maksimal pasayishiga esa 4-6 soat ichida erishiladi.
Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin antigipertenziv samarasi 24 soatdan ko‘proq saqlanadi. Preparat muntazam qo‘llanganida maksimal terapevtik samaraga odatda 2-4 hafta davomida erishiladi va davomli davolashda erishilgan darajada tutib turiladi. Valsartanni to‘satdan bekor qilish gipertenziyani qaytalanishiga yoki boshqa nojo‘ya klinik ko‘rinishlariga olib kelmaydi.
Farmakokinetikasi
Proporsionallik (Chiziqliligi). Valsartan va amlodipin to‘g‘ri proporsional (chiziqli) farmakokinetikani namoyon qiladi.
Amlodipin
So‘rilishi. Amlodipinning terapevtik dozalari ichiga qo‘llanganidan keyin uning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 6-12 soat davomida erishiladi. Hisoblangan mutloq biokiraolishligi 64% dan 80% gachani tashkil qiladi. Ovqat amlodipinning biokiraolishligiga jiddiy ta‘sir qiladi.
Taqsimlanishi. Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi. Essensial gipertenziya bilan xastalangan pasientlarda aylanib yuruvchi preparatning taxminan 97,5% plazma oqsillari bilan bog‘langan.
Biotransformasiyasi. Amlodipin jigarda jadal (taxminan 90%) metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari hosil bo‘ladi.
Chiqarilishi. Amlodipinning plazmadan chiqarilishi ikki bosqichli bo‘lib, yarim chiqarilish davri taxminan 30-50 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi muvozanatli darajasiga doimiy 7-8 kun davomida yuborilganidan keyin erishiladi.
Boshlang‘ich amlodipinning 10% va amlodipinning metabolitlarini 60% siydik bilan chiqariladi.
Valsartan
So‘rilishi. Preparat ichga qabul qilingandan keyin valsartanning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 24 soat davomida erishiladi. Preparatning mutloq biokiraolishligini o‘rtacha kattaligi 23% ni tashkil qiladi. Valsartanning farmakokinetik egri chizig‘i pasayuvchi multieksponensial xarakterga ega (yarim chiqarilish davri T1/2 α<1 soat va T1/2 β taxminan 9 soat). Ovqat ekspozisiyasini kamaytiradi, Valsartanning AUC da (plazma – vaqt konsentrasiyasi) ko‘rsatilishi bo‘yicha taxminan 40% ga, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (Smax) esa – 50% ga, hatto qo‘llanganidan 8 soatdan keyin ham valsartanning plazmadagi konsentrasiyasi preparatni och qoringa qabul qilgan guruhida, preparatni ovqatdan keyin qabul qilgan pasientlar guruhi bilan bir xil.
AUC ni pasayishi terapevtik samarasining klinik jihatdan sezilarli pasayishi bilan birga kechmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi. Valsartanning muvozanatli taqsimlanish hajmi vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 17 l ni tashkil qiladi, bu valsartanni to‘qimalarida taqsimlanishi jadal emasligini ko‘rsatadi. Valsartan plazma oqsillari bilan (94-97%), asosan zardob albumini bilan mustahkam bog‘lanadi.
Biotransformasiyasi. Valsartan sezilarli darajada transformasiyaga uchramaydi, chunki dozaning faqat 20% metabolitlariga o‘tadi. Plazmada past konsentrsiyalarda (valsartanning AUC dan 10% dan kam) gidroksimetaboliti aniqlangan, u farmakologik nofaol.
Chiqarilishi. Valsartan asosan o‘zgarmagan holda ahlat (dozaning taxminan 83%) va siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilganidan keyin valsartanning plazma klirensi taxminan soatiga 2 l ni tashkil qiladi, buyrak klirensi-taxminan soatiga 0,62 l (umumiy klirensini taxminan 30%). Valsartanning yarim chiqarilishi davri – 6 soat.
Valsartan/Amlodipin
Valsam peroral qabul qilinganidan keyin valsartan va amlodipinning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga muvofiq 3 va 6-8 soatda erishiladi. Valsamni so‘rilish tezligi va darajasi valsartan va amlodipinning biokiraolishligiga ekvivalent.
Qo‘llanilishi
Qon bosimi monopreparat bilan boshqarib bo‘lmaydigan pasientlardagi essensial gipertenziyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, oz miqdordagi suv bilan birga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Valsam preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 80/5 mg dozadan boshlash lozim. Dozani davolash boshlangandan keyin 1-2 hafta o‘tgach oshirish mumkin.
Maksimal sutkalik doza – 320/5 mg (valsartanga qayta hisoblaganda) yoki 160/10 mg (amlodipinga qayta hisoblaganda) yoki 320/10 mg.
Alohida guruh pasientlari:
Amlodipin
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar: ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Keksa yoshli pasientlar: dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Valsartan
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar: buyraklar funksiyasini buzilishi
(KK ≥30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan pasientlar: valsartanni og‘ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirrozi va xolestazi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida valsartanning maksimal sutkalik dozasi – 80 mg ni tashkil etadi. 160/10 mg, 320/5 mg va 320/10 mg dozadagi Valsam preparatini qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi:
juda tez-tez ≥1/10
tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha
tez-tez emas ≥1/1000 dan <1/100 gacha
kam hollarda ≥1/10000 dan <1/1000 gacha
juda kam hollarda <1/10000 dan boshlab
tez-tezligi noma‘lum mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas
Valsam preparati
Infeksion va parazitar kasalliklar:
tez-tez: nazofaringit, gripp.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan:
tez-tez: gipokaliemiya.
tez-tez emas: anoreksiya, giperkalsiemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, giponatriemiya.
Ruhiyatni buzilishi:
kam hollarda: xavotirlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez: bosh og‘rig‘i.
tez-tez emas: koordinasiyani buzilishi, bosh aylanishi, postural bosh aylanishi, parasteziya, uyquchanlik.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi.
kam hollarda: ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:
tez-tez emas: vertigo.
kam hollarda: quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: yurak urishini his qilish, taxikardiya.
kam hollarda: xushdan ketish.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: ortostatik gipotenziya.
kam hollarda: AB ni yaqqol pasayishi.
Nafas tizimi, ko‘krak fafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: yo‘tal, tomoq va xalqumda og‘riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: diareya, ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: eritema, teri toshmasi.
Kam hollarda: ekzantema, gipergidroz, terini qichishishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi.
Kam hollarda: mushak spazmlari, butun tanada og‘irlik xissi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: pollakiuriya, poliuriya.
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: erektil disfunksiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
tez-tez: asteniya, yuqori charchoqlik, yuzni shishi, yuz terisiga qonni “oqib klishi” xissi, shishlar, periferik shishlar, kekirish.
Qo‘shimcha ma‘lumotlar
Amlodipin/valsartan majmuasini qabul qilayotgan pasientlarda periferik shishlar, faqat amlodipin bilan davolangan (9%) pasientlardagiga qaraganda, kamroq (5,8%) uchragan.
Amlodipin
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: leykopeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: giperglikemiya.
Ruhiyatni buzilishlari:
tez-tez emas: depressiya, uyqusizlik/uyquni buzilishi, kayfiyatni beqarorligi.
Kam hollarda: ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.
tez-tez emas: ta‘mni buzilishi, paresteziya, xushdan ketish, tremor, gipesteziya.
juda kam: mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, neyropatiya.
tez-tezligi noma‘lum: ekstrapiramid buzilishlar.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:
tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar:
tez-tez: yurak urishini xis qilish.
juda kam hollarda: aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi) va miokard infarkti.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
tez-tez: yuz terisiga qonni “oqib kelishi” xissi, AB ni yaqqol pasayishi.
juda kam hollarda: vaskulit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: xansirash rinit.
juda kam hollarda: yo‘tal.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez: ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.
tez-tez emas: axlatni o‘zgarishi, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, dispepsiya, qusish.
Kam hollarda: gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: jigar fermentlari “faolligini” oshishi (ko‘pincha xolestaz ko‘rinishlari bilan), qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, gepatit, jigar ichki xolestazi, sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: alopesiya, ekzantema, eritema, fotosezuvchanlik reaksiyasi, terini qichishishi, gipergidroz, purpura, teri toshmasi, teri rangini o‘zgarishi.
juda kam hollarda: ko‘pshaklli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:
tez-tez: to‘piqlarni shishi.
tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, mushak spazmlari, mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: siyishni buzilishi, nikturiya, pollakiuriya.
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: erektil disfunksiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
tez-tez: kuchli toliqish, periferik shishlar.
tez-tez emas: asteniya, diskomfort, lohaslik, yurakda nokardiogen og‘riq, og‘riq.
Laborator va instrumental ma‘lumotlar:
Tez-tez emas: tana vaznini pasayishi/oshishi.
Valsartan
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi.
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:
tez-tez emas: vertigo.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: yo‘tal.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: qorinda diskomfort hissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma‘lum: jigar fermentlari “faolligini” oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:
tez-tezligi noma‘lum: terini qichishishi, teri toshmasi, angionevrotik shishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma‘lum: qon plazmasida kreatinin konsentrasiyasini oshishi, buyrak funksiyasini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
tez-tez emas: kuchli toliqish.
Laborator va instrumental ma‘lumotlar:
tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliy miqdorini oshishi.
Preparatning komponentlari xaqida qo‘shimcha ma‘lumotlar
Komponentlardan xar biri qo‘llanganda ilgari xabar berilgan noxush ko‘rinishlar, xatto agar ular klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan bo‘lsada, Valsam preparati qo‘llanganda o‘rin tutishi mumkin.
Amlodipin
tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak urishini xis qilish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, to‘piqlarni shishi;
tez-tez emas: uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi (shu jumladan xavotirlik), depressiya, tremor, ta‘mni buzilishi, xushdan ketish, gipesteziya, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, AB ni yaqqol pasayishi, hansirash, rinit, qusish, dispepsiya, alopesiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, gipergidroz, terini qichishishi, ekzantema, mialgiya, mushaklarni tirishishi, og‘riq, siyishni buzilishi, siyishni tezlashishi, impotensiya, ginekomastiya, ko‘krakda og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi, tana vaznini kamayishi;
kam hollarda: ongni chalkashishi;
juda kam hollarda: leykopeniya, trombositopeniya, allergik reaksiyalar, giperglikemiya, mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi va bo‘lmachalari fibrillyasiyasi), vaskulit, pankreatit, gastrit, milklarning giperplaziyasi, gepatit, sariqlik, “jigar” fermentlari faolligini oshishi (ko‘proq xolestaz oqibatida), angionevrotik shishi, ko‘p shakilli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik. Ekstrapiramid sindromning aloxida xollari ta‘riflangan.
Valsartan
tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombositopeniya, qon zardobida kaliy miqdorini oshishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, buyrak funksiyasini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi, angionevrotik shish, mialgiya, vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan zardob kasalligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda, shuningdek bolalar va 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Valsam preparatini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar funksiyasini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) og‘irlik darajasidagi buzilishi, shuningdek o‘t chiqarish yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida, buyraklar funksiyasini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (KK minutiga 30-50 ml) buzilishlari, buyrak arteriyalarining bir yoki ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi, NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi, giperkaliemiya, giponatriemiya, osh tuzini iste‘mol qilish cheklangan parxez, aylanayotgan qon hajmini (AQX) kamayishi (shu jumladan diareya, qusish), nasliy angionevrotik shishi yoki angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari (AAF II) bilan avval o‘tkazilgan davolash fonidagi shishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Shuningdek, boshqa vazodilatatorlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi yengil va o‘rtacha darajadagi mitral va aortal stenozi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Valsam preparati
Valsam (amlodipin/valsartan) preparati uchun dorilarning umumiy o‘zaro ta‘siri
Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
Boshqa gipotenziv preparatlar (masalan, alfa-adrenoblokatorlar, diuretiklar) va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (masalan, trisiklik antidepressantlar, prostata bezini xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun alfa-adrenoblokatorlar), gipotenziv samarani kuchaytirishi mumkin.
Amlodipin uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar
Greypfrut yoki greypfrut sharbati: ayrim pasientlarda biokiraolishligini oshishi mumkinligini va gipotenziv ta‘sirini kuchayishini xisobga olib, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlikni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari
CYP3A4 izofermentining kuchli yoki o‘rtacha ingibitorlari (proteaza ingibitorlari, verapamil yoki diltiazem bilan, azol guruhi zamburug‘larga qarshi dori vositalari, eritromisin yoki klaritromisin kabi makrolidlar bilan) bir vaqtda qo‘llash, amlodipinning tizimli ekspozisiyasini axamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlarda bu o‘zgarishlar klinik ahamiyatga ega, shuning uchun tibbiy kuzatuv va dozaga tuzatish kiritish zarur.
CYP3A4 izofermentining induktorlari (tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon), rifampisin, teshik dalachoy saqlovchi o‘simlik preparatlari): ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida amlodipinning konsentrasiyasi pasayishi mumkin.
Simvastatin
Amlodipin 10 mg dozada va simvastatinni 80 mg dozada bir vaqtda takroran qo‘llash, simvastatin bilan monoterapiyadagi xuddi shunday holatga nisbatan, simvastatinning ekspozisiyasini 77% ga oshiradi. Amlodipin qabul qilayotgan pasientlarga simvastatinni sutkada 20 mg dan ko‘p bo‘lmagan dozasini qo‘llash tavsiya etiladi.
Dantrolen (vena ichiga yuborish): xayvonlardagi eksperimentlarda verapamil ichga qabul qilingandan va dantrolen vena ichiga yuborilgandan keyin o‘lim bilan yakunlanuvchi fibrillyasiya hollari va giperkaliemiya bilan assosiasiyalangan yurak-qon tomir yetishmovchiligi hollari kuzatilgan. Giperkaliemiya rivojlanishi xavfini xisobga olib, xavfli gipertermiya rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda “sekin” kalsiya kanallarining blokatorlarini, shu jumladan amlodipinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
Boshqalar
Klinik tadqiqotlarda amlodipin tiazid diuretiklar, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, uzoq ta‘sir etuvchi nitratlar, til ostiga qo‘llash uchun nitrogliserin, digoksin, varfarin, atorvastatin, sildenafil, maaloks (alyuminiy- yoki magniy saqlovchi antasid preparatlar, semitikon), simetidin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), antibiotiklar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan ahamiyatli o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi.
Valsartan uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Qandli diabeti va buyrak funksiyasini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda, ARA II, shu jumladan valsartan yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar
Litiy
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini qaytuvchan oshishi va intoksikasiya rivojlanishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi ozuqa qo‘shimchalari va qon zardobida kaliy miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari va moddalar (masalan, geparin).
Kaliyning miqdoriga ta‘sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza 2 (SOG-2) ning selektiv ingibitorlari va sutkada 3 g dan ortiq dozadagi asetilsalisil kislotasi va noselektiv NYAQP.
Bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv samarani susayishi, buyrak faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfini oshishi va qon plazmasida kaliy miqdori oshishi mumkin. Davolashni boshida buyrak faoliyatini baxolash, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishlarini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.
Olib o‘tuvchi- oqsillarning ingibitorlari
In vitro sharoitida tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha valsartan OATR1V1 va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillar uchun substrat xisoblanadi. Valsartanni OATR1V1 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitorlari (masalan, rifampisin, siklosporin) va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitori (masalan, ritonavir) bilan bir vaqtda qo‘llash, valsartanning tizimli ekspozisiyasini (Smax va AUC) oshirishi mumkin. Buni bir vaqtda davolashni boshida va tugashida hisobga olish kerak.
Boshqalar: valsartan bilan monoterapiyada quyidagi dori vositalari: simetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometasin, gidroxlortiazid, amlodipin va glibenklamid bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan:
Maxsus ko‘rsatmalar
Giponatriemiyali va/yoki AQX kamayishi bo‘lgan pasientlar
Asoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan, amlodipin/valsartan majmuasi bilan davolanayotgan pasientlarda, 0,4% xollarda yaqqol arterial gipotenziya kuzatilgan.
RAAT faollashgan pasientlarda (masalan, diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan, degidratasiyasi va/yoki giponatriemiyasi bo‘lgan pasientlarda), angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda, simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin natriy miqdorini tiklash va/yoki, xususan, diuretiklarning dozasini kamaytirish yo‘li bilan AQX to‘ldirish yoki davolashni sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boshlash tavsiya etiladi.
AB ni yaqqol pasayishi rivojlanganda: pasientning oyoqlarini ko‘tarib, gorizontal holatda yotqizish va, zarurati bo‘lganda 0,9% li natriy xloridi eritmasini vena ichiga infuziyasini o‘tkazish kerak. Valsam preparati bilan davolashni gemodinamik ko‘rsatgichlar barqarorlashgandan keyin davom ettirish mumkin.
Giperkaliemiya
Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar yoki qon plazmasida kaliy miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qon plazmasida kaliy ionlari miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.
Buyrak arteriyasining stenozi
Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarda, mochevina va kreatininning zardobdagi konsentrasiyalarini oshishi mumkinligini xisobga olib, Valsam preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak transplantasiyasidan keyingi xolat
Yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda amlodipin/valsartan majmuasini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Jigar funksiyasini buzilishi
Valsartan asosan safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Pasientlarda T1/2 uzayadi, AUC esa – oshadi. Jigar funksiyasini yongil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-8 ball) buzilishi yoki o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Valsam preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak funksiyasini buzilishi
Buyrak funksiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Valsam preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funksiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida kaliy miqdorini va kreatinin konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak funksiyasini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda, ARA II, shu jumladan valsartan, yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Birlamchi giperaldosteronizm
Birlamsi giperaldosteronizmda RAAT shikastlanishini xisobga olib, bu pasientlarga angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni buyurish mumkimn emas.
Angionevrotik shish
Valsam preparati bilan davolash fonida angionevrotik shish (shu jumladan nafas yo‘llarining obstruksiyasini chaqiruvchi xalqum va ovoz boylamlarining shishi va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilning shishi) bo‘lgan pasientlar orasida, anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlariga ham, shishni rivojlanish hollari kuzatilgan. Angionevrotik shishi rivojlangan hollarda, preparatni darhol bekor qilish va takroran qo‘llash imkoniyatini istisno qilish kerak.
Yurak yetishmovchiligi/o‘tkazilgan miokard infarkti
Buyrak funksiyasini RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlarda (masalan, og‘ir SYUE), AAF ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari bilan davolash, oliguriya va/yoki azotemiyani o‘sishi, kam hollarda esa – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Bunday yakunlanishlar valsartan qo‘llanganda ta‘riflangan. SBE yoki o‘tkazilgan miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda, buyrak funksiyasini doimo baholash kerak.
NYHA tasnifi bo‘yicha noishemik etiologiyali III-IV funksional sinfi SYUE bo‘lgan pasientlarda, amlodipinni qo‘llash, plasebo bilan solishtirganda ikki guruxlar orasida SYUE yomonlashish tez-tezligini ishonchli farqi bo‘lmaganda, o‘pka shishini rivojlanish tez-tezligini oshishi bilan kechgan. “Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari, shu jumladan amlodipinni, SYUE bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yurak-qon tomir asoratlarni rivojlanish va o‘lim xavfi oshishi mumkin.
Aortal klapanning yengil va o‘rtacha darajadagi va mitral klapan stenozi
Xar qanday vazodilatatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, mitral stenozi va yengil va o‘rtacha darajali aortal stenozi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amlodipin/valsartan majmuasi faqat arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilgan.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlikda Valsamni qo‘llash mumkin emas.
Angiotenzin II antagonistlari reseptorlarining ta‘sir mexanizmini xisobga olib, preparat homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanganda homila uchun xavfni inkor etish mumkin emas.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga (RAAT) bevosita ta‘sir qiluvchi xar qanday boshqa preparat kabi, Valsam preparatini xomiladorlik vaqtida, shuningdek homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. RAAT ga ta‘sir etuvchi vositalar qo‘llanganda, tug‘ruq yoshidagi ayollarni bu preparatlarni homiladorlik vaqtida homilaga salbiy ta‘sirining potensial xavfi borligi xaqida xabardor qilish kerak. Homiladorlik rejalashtirilganda xavfsizlik profilini xisobga olib pasientni muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak. Homiladorlik aniqlangan hollarda, Valsam preparatini qabul qilishni to‘xtatish va, zarurati bo‘lganida, muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak.
RAAT ga bevosita ta‘sir qiluvchi boshqa vositaldar kabi, Valsam preparatini xomiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas, chunki fetotoksik samaralar (buyrak funksiyasini buzilishi, homila bosh suyagini suyaklanishini sekinlashishi, oligogidroamnion) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliemiya) va xomilaning o‘limini chaqirishi mumkin. Agar preparat homiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llangan bo‘lsa, homilaning buyraklarini va bosh suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Onalari Valsam preparatini qo‘llagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqda arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Emizish davri
Emizish davrida Valsam preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida Valsam preparatini qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Valsam preparati qo‘llanganda transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa texnik moslamalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bosh aylanishi, charchoqlik va ko‘ngil aynishi paydo bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborilishi hollari xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Valsartanning dozasi oshirib yuborilganda ABni yaqqol pasayishi va bosh aylanishi rivojlanishini kutish mumkin. Amlodipinning dozasi oshirib yuborilganda reflektor taxikardiya va xaddan ziyod vazodilatasiya rivojlanish extimoli bilan arterial bosimni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziya rivojlanishini xavfi, shu jumladan shok rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin).
Davolash: simptomatik, uning xarakteri preparat qabul qilingandan o‘tgan vaqtga, va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Doza tasodifan oshirib yuborilganda qusishni chaqirish kerak (agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa) yoki me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak. Sog‘lom ko‘ngillilarda amlodipin qabul qilingan zaxoti yoki 2 soatdan keyin faollangan ko‘mirni qo‘llash, uni so‘rilishini sezilarli pasayishiga olib kelgan. Valsam preparatini qabul qilish fonidagi AB ni yaqqol pasayishida, pasientning oyoqlari ko‘tarilgan holda chalqancha “yotgan” holatga keltirish, yurak-qon tomir tizimining funksiyasini bir maromda tutib turish bo‘yicha choralarni, shu jumladan yurak va nafas tizimlari funksiyasini, AQX va chiqarilayotgan siydik xajmini muntazam nazoratini o‘tkazish yuzasidan, faol choralarni ko‘rish kerak. Qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida qon tomirlari tonusi va AB ni tiklash maqsadida, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin. Kalsiy kanallarining blokadasini bartaraf qilish uchun kalsiy glyukonati eritmasini vena ichiga yuborish mumkin.
Gemodializ o‘tkazilganda valsartan va amlodipinni chiqarilishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Caqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.