×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Лозартан
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Zim Laboratories Ltd
ATX kodi:
- C09CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
9 000 s`om dan
VALSAKOR tabletkalari 160mg N28 KRKA d.d. Sloveniya
60 200 s`om dan
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
26 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOZALIP 25; 50

LOZALIP 25; 50

 

Preparatning savdo nomi: Lozalip 25; 50

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kaliy lozartan

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kaliy lozartan – 25 mg, 50 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz kremniy kolloid, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, mikrokristall sellyuloza, povidon (PVPK-30), magniy stearati, tozalangan talk, natriy kroskarmelloza, sariq xinolin, oq opadriy, izopropil spirti, tozalangan suv.

Ta‘rifi:

Lozalip 25: sariq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni ozgina qavariq, qobiq bilan qoplangan va bir tomoni “Zim” o‘yiqli yozuvi bilan ikkinchi tomoni tekis tabletka.

Lozalip 50: sariq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni ozgina qavariq, qobiq bilan qoplangan va bir tomoni “Zim” o‘yiqli yozuvi bilan ikkinchi tomonida sindirish uchun chiziqchasi bor tabletka.

Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vositalar (angiotenzin II reseptorlari antogonisti )

ATX kodi: S09SA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat angiotenzin II reseptorlarining antagonisti hisoblanadi.

Angiotenzin II kuchli vazokonstriktor, renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faol gormoni, shuningdek arterial gipertenziyaning rivojlanishida hal qiluvchi patofiziologik bo‘g‘in hisoblanadi.

Angiotenzin II ko‘p to‘qimalarda (masalan, qon tomirlarning silliq mushaklarida, buyrak usti bezlarida, buyraklarda va yurakda) aniqlangan AT1 kichik turi reseptorlari bilan bog‘lanadi va qator muhim biologik samaralarni, shu jumladan vazokonstriksiyani (qon tomirlarning torayishini) va aldosteronning ajralib chiqishini chaqiradi. Angiotenzin II shuningdek silliq mushak hujayralarining proliferasiyasini rag‘batlantiradi. Angiotenzin II reseptorlarining ikkinchi turi – AT2 kichik turining – yurak-qon tomir gomeostazidagi roli noma‘lum.

Angiotenzin II AT1–reseptorlari bilan tanlab bog‘lanadi.

Lozartan va uning faol metaboliti (Ye-3174) ham in vitro sharoitida, ham in vivo sharoitida angiotenzin II ning, olinish manbai yoki sintez yo‘lidan qat‘iy nazar, barcha fiziologik samaralarini bloklaydi. Angiotenzin II ning ayrim peptid antagonistlaridan farqli ravishda, lozartan agonistlik samaralariga ega emas.

Lozartan AT1–reseptorlari bilan tanlab bog‘lanadi va yurak-tomir tizimining faoliyatini boshqarilishida muhim rol o‘ynaydigan boshqa gormonlar va ion kanallarning reseptorlari bilan bog‘lanmaydi va bloklamaydi. Bundan tashqari, lozartan bradikininning degradasiyasiga yordam beruvchi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ni ingibisiya qilmaydi. Binobarin, AT1–reseptorlarining blokadasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan samaralar, xususan, bradikininning ta‘siri bilan bog‘liq samaralarni kuchayishi yoki shishlarning rivojlanishini (lozartan 1,7%, plasebo 1,9%), lozartanning ta‘siriga hech qanday aloqasi yo‘q.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida lozartan me‘da–ichak yo‘llari (MIY) dan yaxshi so‘riladi, jigar orqali “birinchi o‘tish” da metabolizmga uchraydi, buning natijasida faol karboksilizasiyaga uchragan metaboliti va faol bo‘lmagan metabolitlari hosil bo‘ladi. Tabletkalar shaklidagi lozartanning tizimli biokiraolishligi taxminan 33% ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitining maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga muvofiq ravishda 1 soat va 3-4 soatdan keyin erishiladi. Lozartan ovqat qabul qilish vaqtida qabul qilinganda lozartanning qon plazmasidagi konsentrasiyasi profiliga klinik ahamiyatli ta‘siri aniqlanmagan.

Lozartan ichga 200 mg gacha dozalarda qabul qilinganida lozartan va uning faol metaboliti to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega. Lozartan va uning faol metaboliti qon plazmasi oqsillari (asosan albumin bilan) bilan 99% dan ortiq bog‘lanadi. Lozartanni yarim chiqarilish davri (T½), uning asosiy metabolitiniki esa 6-9 soat. Dozani taxminan 35% siydik bilan, 60% ahlat bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya. Arterial gipertenziyasi va chap qorincha (CHQ) ning gipertrofiyasi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfini pasaytirish; proteinuriya bilan kechuvchi qandli diabetning 2 tipi (giperkreatininemiya va proteinemiyaning rivojlanishi xavfini kamaytirish); surunkali yurak yetishmovchiligida (AAF ingibitorlari bilan davolash samarasizligida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Arterial gipertenziyada preparatning boshlang‘ich sutkalik dozasi 25 mg ni, o‘rtacha sutkalik doza – 50 mg ni tashkil qiladi, qabul qilishlar soni – sutkada 1 marta.

Maksimal gipotenziv samara preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3-6 haftadan so‘ng erishiladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 100 mg gacha oshirilishi mumkin, bunda preparatni sutkada 2 marta qabul qilish mumkin.

Yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 12,5 mg ni tashkil qiladi. Odatda, davolashni o‘zlashtirilishiga qarab, doza 1 haftalik oraliq bilan (ya‘ni
12,5 mg/sut, 25 mg/sut va 50 mg/sut), o‘rtacha tutib turuvchi doza sutkada 1 marta 50 mg gacha oshiriladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga lozartanni kichikroq dozalarda buyurish kerak.

Keksa yoshdagi shaxslarda, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan, shu jumladan gemodializdagi bemorlarda preparatning boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q.

Preparatni boshqa antigipertenziv preparatlar bilan birga buyurish mumkin.

Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, dispepsiya; kam hollarda – qonda jigar transaminazalarining faolligi va bilirubinning darajasini oshishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquni buzilishi, bosh og‘rig‘i.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – nafasni buzilishi, yo‘tal.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, kam hollarda – angionevrotik shish (shu jumladan yuz, lablar, xalqum va/yoki tilni shishlari), juda kam hollarda:vaskulit, shuningdek Shenleyn Genoxa kasalligi

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya.

Suv-elektrolit muvozanati tomonidan: kam hollarda (<1%) – giperkaliemiya (zardobdagi kaliy 5,5 mmol/l dan ko‘p).

Boshqalar: mialgiyalar, shish,  giperkaliemiya (zardobdagi kaliy 5,5 mmol/l dan ko‘p); kam hollarda – taxikardiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • anuriya;
  • yaqqol arterial  gipotenziya;
  • yaqqol buyrak faoliyatini buzilishlari (KK<30 ml/min);
  • yaqqol jigar faoliyatini buzilishlari;
  • gipovolemiya (shu jumladan  diuretiklarni  yuqori  dozalari  fonida);
  • homiladorlik;
  • emizish davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • preparatni komponentlariga  yuqori  sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Buyrak arteriyalarini bilaterial stenozi yoki yakka buyrak arteriyalarini stenozi  bo‘lgan pasientlarga, qandli diabeti, giperkalsemiya, giperurikemiya va/yoki podagrali  pasientlarga, biriktiruvchi to‘qimalarni (shu jumladan tizimli qizil yugurik), shuningdek og‘irlashgan anamnezli va bronxial astmali bemorlarga  ehtiyotkorlik  bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lozartanni gidroxlortiazid, digoksin, simetidin, fenobarbital, ketokonazol, eritromisin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.

Lozartan (angiotenzin II ni bloklovchi boshqa preparatlar kabi) va kaliyni tejovchi diuretiklar (masalan, spirolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi qo‘shimchalar yoki kaliy tuzlari bilan birga qo‘llash, qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Lozartan boshqa antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipotenziv ta‘sirni o‘zaro kuchayishi kuzatiladi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (ayniqsa indometasin bilan) bilan bir vaqtda qo‘llash lozartanning gipotenziv ta‘sirini susayishini chaqirishi mumkin.

Lozartanni diuretiklar bilan bir birga qo‘llash AB ni pasayishini chaqirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Lozartanni boshqa antigipertenziv preparatlari bilan birga buyurish  mumkin.

Preparatni  qo‘llash fonida buyrak arteriyalarini ikki yoqlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyalarini stenozi bo‘lgan pasientlarda mochevina va kreatininni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshishi mumkin.

Degidratasiyasi bo‘lgan bemorlarda (masalan, yuqori dozalardagi diuretiklar bilan davolashda) preparat bilan davolashni boshida simptomatik arterial gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Suv-elektrolit balansini muvofiqlashtirish preparatni buyurishdan oldin o‘tkazish yoki davolashni kichikroq dozalaridan boshlash lozim.

Farmakologik ma‘lumotlar jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda lozartanning qon plazmasidagi konsentrasiyasi ahamiyatli oshishini ko‘rsatadi, shuning uchun anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga dorini pastroq dozalarda buyurish lozim. Renin-angiotenzin tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi ayrim preparatlar, buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qondagi mochevina va zardobdagi kreatinin darajasini oshirishi mumkin.

Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Lozartan ko‘krak suti bilan chiqariladimi yoki yo‘qmi, noma‘lum. Preparatni laktasiya davrida buyurishning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish kerak.

Preparatni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB yaqqol pasayishi, taxikardiya, bradikardiya (vagus orqali rag‘batlantirilishi natijasida).

Davolash: agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa me‘dani yuvish lozim,  simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkaziladi ,zarurati bo‘lganida suv elektrolit buzilishlarini to‘g‘rilash zarur. Lozartan va uning faol metabolitlari gemodializ yordamida yo‘q qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Caqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Zim Laboratories Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LORISTA tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 27 400 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
Narh: 36 399 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 12,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30
LOZALIP 25 tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZIMOKARD MR tabletkalari 35mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
ZUMALIS 20 plenki 20mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
ZUMALIS 20 plenki 20mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
ZUMALIS 10 plenki 10mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
VALSAM 320/5 tabletkalari 320mg/5mg N30
VALSAM 160/10 tabletkalari 160mg/10mg N30
SEFRAZ poroshok 30g 100mg/5ml
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
VALSAM 80/5 tabletkalari 80mg/5mg N30
LOZALIP 25 tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
ROZDEY 20 tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
PEZPRIL 8 tabletkalari 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
PEZPRIL 4 tabletkalari 4mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
PEZPRIL 2 tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9