×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VAZILIP 0,01 tabletkalari N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya / Rossiya
Faol modda:
Симвастатин
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- КРКА д.д. Ново место АО/ Вектор-Медика АО
ATX kodi:
- C10AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
STROFANTIN G inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25mg/ml N10 ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО Ukraina
MILDRONAT kapsulalar 250mg N40 Гриндекс, АО Latviya
77 000 s`om dan
RIBOKSIN eritma 10ml 20mg/ml N10 Гротекс, ООО Belarusiya
4 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot

Vazilip® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg

Vazilip® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg

Vazilip® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 40 mg

Simvastatin

Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ilova-varaqadagi barcha ma‘lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga zarar yetkazishi mumkin, hatto agarda Sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa xam.
  • Agarda Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu annotasiyada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga ham taalluqli. 4 bo‘limga qarang.

Ushbu ilova-varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi

  1. Vazilip® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Vazilip® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak
  3. Vazilip® preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Vazilip® preparatini qanday saqlash kerak
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

  1. Vazilip® preparati o‘zi nima, va u nima uchun mo‘ljallangan.

Vazilip® ta‘sir etuvchi modda simvastatin saqlaydi. Vazilip® – qonda umumiy xolesterin, “yomon” xolesterin (PZLP-xolesterini) va trigliseridlar nomi ostidagi yog‘ moddalari darajasini pasaytirish uchun qo‘llanadigan preparatdir. Bundan tashqari, Vazilip® “yaxshi” xolesterin (YUZLP-xolesterini) darajasini oshiradi. Vazilip® statinlar nomi ostidagi preparatlar guruxiga kiradi.

Xolesterin – qon oqimida aniqlanadigan bir necha yog‘ moddalaridan biri. Sizdagi umumiy xolesterin darajasi asosan PZLP- va YUZLP-xolesterindan iboratdir.

PZLP-xolesterin ko‘pincha “yomon” xolesterin deb ataladi, chunki u blyashkalar hosil qilib, Sizning qon tomirlaringizda to‘planishi mumkin. Bunday blyashkalarni to‘planishi arteriyalarni torayishiga olib kelishi mumkin. Bunday torayish xayotiy muxim a‘zolar, masalan, yurak va bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini sekinlashtiradi. Qon bilan ta‘minlanishni bunday susaytirilishi yurak xurujlari va insultlarga olib kelishi mumkin.

YUZLP-xolesterini ko‘pincha “yaxshi” xolesterin deb ataladi, chunki u zararli xolesterinni arteriyalarda to‘planishiga va yurak kasalliklarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Trigliseridlar – yurak kasalliklari xavfini oshiruvchi, qon oqimidagi yog‘larning yana bir shakli. Siz ushbu preparatni qo‘llash vaqtida xolesterin miqdori past bo‘lgan parxezga rioya qilishingiz kerak.

Agar Sizda quyidagilar bo‘lsa, xolesterin miqdori past bo‘lgan parxezga qo‘shimcha ravishda Vazilip® qo‘llanadi:

  • qonda xolesterin darajasi yuqori (birlamchi giperxolesterinemiya) yoki qonda yog‘larning darajasi yuqori (aralash giperlipidemiya);
  • qonda xolesterinning darajasini oshiruvchi nasliy kasallik (gomozigot nasliy giperxolesterinemiya). Siz shuningdek boshqa preparatlarni xam olishingiz mumkin.
  • yurak ishemik kasalligi (YUIK) yoki YUIK ni rivojlanishini yuqori xavfi (anamnezdagi qandli diabet, insult yoki qon tomirlarining boshqa kasalliklari tufayli). Vazilip® qondagi xolesterinning darajasidan qat‘iy nazar, yurak kasalliklari tomonidan buzilishlar xavfini pasaytirish yo‘li bilan xayot davomiyligini oshirishi mumkin.

Ko‘pchilik pasientlarda xolesterin darajasini oshishini tez ko‘rinadigan belgilari bo‘lmaydi. Sizning shifokoringiz oddiy qon taxlili yordamida xolesterin darajasini aniqlashi mumkin. Muntazam ravishda shifokor xuzuriga boring, xolesterin darajasini kuzating va maqsadingizni shifokor bilan muxokama qiling.

  1. Siz Vazilip® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak.

Vazilip® preparatini qabul qilmang;

  • agar Sizda simvastatinga yoki bu preparatning boshqa komponentlariga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa;
  • agar Sizda jigar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz;
  • agar Siz quyida ko‘rsatilgan ta‘sir etuvchi modda bo‘lgan bir yoki bir necha preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
  • itrakonazol, ketokonazol, pozakonazol yoki vorikonazol (zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun vosita);
  • eritromisin, klaritromisin yoki telitromisin (infeksiyalarni davolash uchun);
  • OIV-proteaza ingibitorlari, masalan, nelfinavir, ritonavir va sakvinavir (OIV-proteaza ingibitorlari OIV-infeksiyasini davolash uchun qo‘llanadi)
  • boseprevir yoki telaprevir (S gepatiti virusi infeksiyasini davolash uchun)
  • nefazadon (depressiyani davolash uchun)
  • kobisistat
  • gemfibrozil (xolesterin darajasini pasaytirish uchun)
  • siklosporin (a‘zolar transplantasiyasidan keyin pasientlarni davolash uchun)
  • danazol (endometriyni bachadon chegaralaridan tashqariga o‘sib ketish xolati bo‘lgan endometriozni davolash uchun odam organizmidan olinadigan gormon)
  • agar Siz oxirgi 7 kunda fuzidiy kislotasi nomli preparatni (bakterial infeksiyani davolash uchun) qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Sizda yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar yuzasidan ishonch hosil qilmasangiz, shifokor bilan maslahatlashing.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘z shifokoringizga xabar bering:

  • o‘zingizdagi barcha kasalliklar haqida, shu jumladan allergiya haqida.
  • ko‘p miqdorda alkogolni iste‘mol qilish haqida.
  • agar Sizda qachonlardir jigar kasalliklari bo‘lgan bo‘lsa. Vazilip® Sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
  • agar Sizda operasiya rejalashtirilgan bo‘lsa, Vazilip® tabletkalari preparatini qo‘llashni qisqa muddatga to‘xtatish talab qilinishi mumkin.
  • agar Siz osiyolik bo‘lsangiz, chunki bunday hollarda Sizga boshqa doza ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
  • agar Siz oxirgi 7 kun mobaynida ichga yoki in‘eksiyalar ko‘rinishida fuzidiat kislotasi nomli preparatni (bakterial infeksiyani davolash uchun) qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz. Fuzidiat kislotasi va Vazilip®ning majmuasi mushaklar tomonidan jiddiy muammolarni (rabdomioliz) keltirib chiqarishi mumikn.

Vazilip® preparatini qabul qilishni boshlashingizdan oldin yoki Vazilip® preparatini qo‘llash vaqtida jigar tomonidan buzilishlar bo‘lganida, Sizning shifokoringiz qon tahlilini o‘tkazishi kerak. Ushbu tahlil Sizning jigaringiz faoliyatini tekshirish uchun mo‘ljallangan.

Sizning shifokoringiz Vazilip® preparati bilan davolashni boshlanganidan keyin jigar faoliyatini tekshirish uchun Sizga qon tahlilini o‘tkazishni tavsiya etishi mumkin.

Agar Sizda diabet bo‘lsa yoki uni rivojlanish xavfi bo‘lsa, bu preparat bilan davolanish vaqtida Sizning shifokoringiz Sizning holatingizni sinchiklab nazorat qiladi. Qonda qand va yog‘ning darajasi yuqori bo‘lgan hollarda, ortiqcha tana vazni va yuqori arterial bosim bo‘lganda, Sizda diabet rivojlanishi mumkin.

Siz shunigdek doimiy mushak kuchsizligi borligi haqida shifokor yoki farmasevtga xabar berishingiz kerak. Bu holatni diagnostikasi va davolash uchun qo‘shimcha tahlillar talab qilinishi mumkin.

O‘pkaning og‘ir kasalligi borligi haqida shifokorga xabar bering.

Mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riq, og‘riqlilik va kuchsizlik rivojlanganda, darhol shifokorga xabar bering. Bu, kam hollarda kuzatiladigan mushaklar tomonidan jiddiy xarakterga ega bo‘lgan, jumladan mushak to‘qimasini yemirilishining buyrakni shikastlanishiga olib keluvchi buzilishlar tufayli zarur; kam hollarda esa o‘lim bilan yakunlanish qayd etilgan.

Mushaklarning yemirilishini bunday xavfi Vazilip® preparatini yuqori dozalarda, ayniqsa 80 mg dozada qo‘llanganda kuzatiladi. Mushaklarni yemirilishini xavfi, shuningdek pasientlarning ayrim guruhlarida ham oshgan. Agar Sizda quyida keltirilgan holatlardan birontasi kuzatilsa, shifokorga xabar bering:

  • siz katta miqdorda alkogol iste‘mol qilasiz
  • sizda buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa
  • sizda qalqonsimon bezi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa
  • sizning yoshingiz 65 yoki katta bo‘lsa
  • siz ayolsiz
  • sizda “statinlar” yoki fibratlar deb nomlanuvchi gipolipidemik preparatlar bilan davolanish vaqtida mushaklarga oid qandaydir muammolar bo‘lsa
  • siz yoki sizning yaqin qarindoshingizda nasliy mushak kasalliklari bo‘lsa.

Boshqa dori preparatlari va Vazilip®

Agar Siz quyidagi ta‘sir etuvchi moddalardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar berish o‘ta muhimdir. Vazalip® preparati va bu preparatlarni qo‘llash mushaklar tomonidan buzilishlar xavfini oshiradi (ulardan ayrimlari yuqorida, “Vazilip® preparatini qabul qilmang” bo‘limida ko‘rsatilgan).

  • siklosporin (ko‘pincha pasientlarda a‘zolar transplantasiyasidan keyin qo‘llanadi)
  • danazol (endometriyni bachadondan tashqariga o‘sib ketish holati hisoblangan, endometriozni davolash uchun odam organizmdan olinadigan gormon)
  • faol modda sifatida itrakonazol, ketokonazol, pozakonazol yoki vorikonazol saqlovchi preparatlar (zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun)
  • ta‘sir etuvchi modda sifatida gemifibrozil va benzofibrat saqlovchi fibratlar (xolesterinni pasaytirish uchun)
  • eritromisin, klaritromisin, telitromisin yoki fuzidiat kislotasi (bakterial infeksiyalarni davolash uchun). Bu preparat bilan davolanish vaqtida fuzidiat kislotasini qabul qilmang. Shuningdek ushbu ilova-varaqaning 4 bo‘limiga qarang.
  • OIV-proteaza ingibitorlari, masalan, indinavir, nelfinavir, ritonavir va sakvinavir (OITS ni davolash uchun)
  • Bosepravir yoki telaprevir (virusli S gepatiti infeksiyasini davolash uchun)
  • nefazadon (depressiyani davolash uchun)
  • ta‘sir etuvchi modda sifatida kobisistat saqlovchi preparatlar
  • amiodaron (nomuntazam yurak urishini davolash uchun)
  • verapamil, diltiazem yoki amlodipin (yuqori arterial bosimni, yurak kasalliklari oqibatidagi ko‘krakdagi og‘riqni, yoki yurak tomonidan boshqa buzilishlarni davolash uchun)
  • lomitapid (xolesterinni to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy yoki kam uchraydigan genetik kasallikni davolash uchun qo‘llanadi)
  • kolxisin (podagrani davolash uchun)
  • agar sizga bakterial infeksiyani davolash uchun ichga fuzidiat kislotasini qo‘llash zarurati bo‘lganda, bu preparat bilan davolashni vaqtinchalik to‘xtatish kerak. Vazilip® preparatini fuzidiat kislotasi bilan birga qo‘llash kam hollarda holsizlikka, mushaklarda og‘riqlilik va og‘riqlarga olib kelishi mumkin (rabdomioliz). Rabdomioliz haqida kengroq ma‘lumotni olish uchun 6-bo‘limga qarang.

Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlardan tashqari, agar Siz boshqa preparatlarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Xususan, agar Siz quyidagi ta‘sir etuvchi moddalardan birontasini saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering:

  • qon laxtalarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi ta‘sirga ega modda saqlovchi preparatlar, masalan, varfarin, fenprokumon yoki asenokumarol (antikoagulyantlar)
  • fenofibrat (xolesterin darajasini pasaytirish uchun ham qo‘llanadi)
  • niasin (xolesterin darajasini pasaytirish uchun ham qo‘llanadi)
  • rifampisin (tuberkulyozni davolash uchun).

Shuningdek, agar Siz niasin (nikotin kislotasi) yoki niasin-saqlovchi preparat qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yoki xitoylik bo‘lsangiz, shifokorga xabar bering.

Shuningdek Sizga yangi preparatni buyurayotgan shifokorga, Siz allaqachon Vazilip® qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.

Vazilip® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Greypfrut sharbati ayrim dori preparatlarini, shu jumladan Vazilip®, organizm tomonidan ishlatilishiga ta‘sir qiluvchi bir yoki bir necha komponentlar saqlaydi. Greypfrut sharbatini iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi, fertillikka ta‘siri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorlikni rejalashtirsangiz yoki homiladorman deb o‘ylasangiz, Vazilip®ni qabul qilmang. Agar Siz Vazilip® preparatini qo‘llash vaqtida homilador bo‘lib qolsangiz, darhol uni qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing. Agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz, Vazilip®ni qabul qilmang, chunki bu preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum.

Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi

Vazilip® preparatining xavfsizligi va samaradorligi 10-17 yoshli o‘g‘il bolalarda va kamida bir yil oldin hayz ko‘rish sikli boshlangan qiz bolalarda o‘rganilgan. Vazilip® preparatini qo‘llash 10 yoshdan kichik bolalarda o‘rganilmagan. Yanada batafsil ma‘lumot olish uchun shifokor bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Vazilip®ni Sizning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatingizga ta‘sir qilish ehtimoli kam. Lekin, Vazilip® preparati qo‘llanganidan keyin ayrim pasientlarda bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Vazilip® laktoza saqlaydi

Agar Sizning shifokoringiz, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bor degan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. Vazilip® preparatini qanday qabul qilish kerak

Sizning shifokoringiz holatingizga, ushbu davolash va Sizga xos bo‘lgan xavfga qarab, preparatning kerakli dozasini belgilaydi.

Vazilip®ni doimo, Sizga shifokor aytganidek aniq qo‘llash kerak. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, O‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Vazilip® preparati bilan davolanish vaqtida xolesterin miqdori past bo‘lgan parhezga rioya qilish kerak.

Dozalash

Ichga qabul qilish uchun tavsiya etiladigan doza sutkada Vazilip® 10 mg, 20 mg yoki 40 mg li preparatining 1 tabletkasini tashkil qiladi.

Kattalar

Standart boshlang‘ich doza sutkada 10, 20 mg yeki boshqa xolatlarda 40 mg ni tashkil qiladi. Sizning shifokoringiz kamida 4 haftadan keyin, dozaga tuzatish kiritish mumkin, u sutkada 80 mg dan oshmaydi. Sutkada 80 mg dan ortiq qabul qilmang.

Agar Siz yuqorida ko‘rsatilgan ayrim dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yoki buyrak funksiyasini ayrim buzilishlari kuzatilsa, shifokoringiz Sizga pastroq dozalarni buyurishi mumkin.

80 mg doza faqat xolesterinning darajasi juda yuqori bo‘lgan va yurak kasalliklarini yuqori xavfi guruhidagi, pastroq dozalarda xolesterinning darajasini belgilangan qiymatlariga erishilmagan katta pasientlarga tavsiya etiladi.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi

Bolalarda (10-17 yoshli) tavsiya etilgan standart boshlang‘ich doza kechqurungi vaqtda sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan doza sutkada 40 mg ni tashkil qiladi.

Yuborish usuli va davomiyligi

Vazilip®ni kechqurungi vaqtda qabul qiling. Preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Sizning shifokoringiz Sizga davolashni to‘xtatishni aytmagunicha, Vazilipni qabul qilishni davom ettiring. Agar Sizning shifokoringiz Sizga Vazilip®ni o‘t kislotalarining sekvestrantlarini saqlovchi xolesterin darajasini pasaytirish uchun boshqa preparatlar bilan birga buyursa, Vazilip®ni o‘t kislotalarining sekvestrantlarini qo‘llashdan kamida 2 soat oldin yoki 4 soat keyin qabul qilish kerak.

Agar Siz Vazilip® preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

  • bu haqida shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Vazilip® preparatining dozasini o‘tkazib yuborish

  • qo‘shimcha dozani qabul qilmang, keyingi kuni odatdagi vaqtda Vazilip® preparatining odatdagi miqdorini qabul qiling.

Agar Siz Vazilip® preparatini qo‘llashni to‘xtatsangiz

  • shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing, chunki xolesterin darajasi yana oshishi mumkin.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, O‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Hamma boshqa dori preparatlariga o‘xshab, Vazilip® ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishining tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi mezonlar qo‘llanadi:

  • kam (1000 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin)
  • juda kam (10000 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin)
  • noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)

Quyidagi jiddiy nojo‘ya samaralari rivojlanishi haqida xabar berilgan.

Ushbu jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlangan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtating va darxol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.

  • mushaklarda og‘riq, og‘riqliliq, kuchsizlik hissi yoki spazmlari. Kam hollarda mushaklar tomonidan bunday buzilishlar jiddiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin, shu jumladan buyrakni shikastlanishiga olib keluvchi mushaklarning parchalanishi; juda kam hollarda o‘lim bilan yakunlanish qayd etilgan.
  • o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergik) reaksiyalari, shu jumladan:
  • yuz, til va tomoqni shishi, u nafasni axamiyatli qiyinlashishini chaqiradi
  • mushaklarda kuchli og‘riq, odatda, yelkalarda va sonlarda
  • oyoq-qo‘l va bo‘yin mushaklarida toshma va kuchsizlik
  • bo‘g‘imlarda og‘riq va yallig‘lanish (revmatik polimialgiya)
  • qon tomirlarni yallig‘lanishi (vaskulit)
  • odatdagi bo‘lmagan ko‘karishlarni hosil bo‘lishi, terida toshmalar va shish (dermatomiozit), eshakemi, terini quyosh nuriga sezuchanligi, isitma, giperemiya
  • nafasni qiyinlashishi (xansirash) va lohaslik
  • yugirikni eslatuvchi simptomlar (toshma, bo‘g‘imlar tomonidan buzilishlar va qon xujayralari tomonidan buzilishlar)
  • quyidagi simptomlar bilan jigarni yallig‘lanishi: teri va ko‘zlarni sarg‘ayishi, qichishish, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi, ichni oqish kelish, charchoqlik va kuchsizlik, ishtahani yo‘qolishi, jigar yetishmovchiligi (juda kam hollarda)
  • me‘da osti bezini yallig‘lanishi ko‘pincha qorinda kuchli og‘riq bilan birga kechadi.

Kam hollarda quyidagi nojo‘ya samaralari haqida xam xabar berilgan:

  • qizil qon hujayralari sonini kamayishi (anemiya)
  • qo‘l va oyoqlarni uvishishi yoki kuchsizligi
  • bosh og‘rig‘i, sanchilish hissi, bosh aylanishi
  • ovqat xazm bo‘lishini buzilishi (qorin og‘rig‘i, qabziyat, meteorizm, hazm bo‘lmaslik, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish)
  • toshma, qichishish, sochlarni to‘kilishi
  • kuchsizlik
  • uyquni buzilishi (juda kam hollarda)
  • xotirani pasayishi (juda kam hollarda), xotirani yo‘qolishi, ongni chalkashishi

Shuningdek quyidagi nojo‘ya samaralar qayd etilgan, lekin mavjud ma‘lumotlar asosida ularning tez-tezligini baxolash mumkin emas (tez-tezligi noma‘lum):

  • erektil disfunksiya
  • depressiya
  • nafasni buzilishini chaqiruvchi o‘pkani yallig‘lanishi, turg‘un yo‘tal va/yoki xansirash va isitmani xam qo‘shib
  • ba‘zida paylarni uzilishi bilan asoratlangan paylar tomonidan buzilishlar
  • doimiy xarakterga ega bo‘lgan mushaklarini kuchsizligi

Statinlar qo‘llanganida, shuningdek qo‘shimcha potensial nojo‘ya samaralari haqida ham xabar berilgan:

  • uyquni buzilishi, shu jumladan dahshatli tush ko‘rish
  • jinsiy buzilishlar
  • qandli diabet. Agar Sizda qonda qand va yog‘ning darajasi yuqori bo‘lsa, Sizda ortiqcha tana vazni yoki yuqori arterial bosim bo‘lsa, buning ehtimoli ko‘proq. Sizning shifokoringiz bu preparatni qo‘llash vaqtida holatingizni nazorat qiladi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari

Jigar funksiyasini va mushak fermentining (kreatininkinaza) xolati haqida dalolat beruvchi qon taxlilining ayrim laborator ko‘rsatkichlarini oshishi aniqlangan.

  1. Vazilip® preparatini qanday saqlash kerak

Bu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Bu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlash mumkin emas.

Siz ishlatmaydigan dori preparatlarini qanday yo‘qotish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Vazilip® preparati nima saqlaydi

Faol modda – simvastatin. Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 10, 20 mg  yoki 40 mg simvastatin saqlaydi.

  • Yordamchi moddalar:
  • Yadro: laktoza monogidrati, o‘ta jelatinlangan kraxmal, butilgidroksianizol, suvsiz limon kislotasi, askorbin kislotasi, jo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
  • Qobiq: gipromelloza, talk, propilenglikol, titan dioksidi.

Vazilip® preparati va o‘ram ichidagisi qanday ko‘rinishga ega

Vazilip® tabletkalari 10 mg: dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan tabletkalar.

Vazilip® tabletkalari 20 mg: dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan tabletkalar.

Vazilip® tabletkalari 40 mg: dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan va bir tomoni riskali  tabletkalar.

7 tabletkadan PVX/PE/PVDX folga va alyumin folga blisterda.

2, 4 yoki 12 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

Berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 dori vositasi КРКА д.д. Ново место АО/ Вектор-Медика АО tomonidan Sloveniya / Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VAZILIP 0,01 tabletkalari N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SIMVASTATIN tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Симвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek S.A.
VAZILIP tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Симвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
VAZILIP tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Симвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
SIMEKAR tabletkalari 20mg N28
SIMVASTATIN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Симвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9