×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VELODEP eritmasi 200ml N1

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, натрия лактат и сорбитол, Натрия хлорид
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Aishwarya Healthcare Vill. Thana, Baddi, Nalagarh, Distt. Solan (H.P), Индия
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- B05XA31
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 40 ta dorixonasida topildi

ico 57 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

VIKASOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
16 800 s`om dan
NATALSID suppozitorii 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
200 ml infuziya uchun eritma USP II turidagi tiniq flakonda, rezina qopqoqli.

1 flakon davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramga joylashtiriladi.

Xar 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Sorbitol USP 6,00 g

Natriy laktati USP 1,9 g

Natriy xloridi USP 0,6 g

Kaltsiy xloridi USP 0,01 g

Kaliy xloridi USP 0,03 g

Magniy xloridi USP 0,02 g 

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv.

Plazma o'rnini bosuvchi preparat. Reologik shokka qarshi, dezintoksikasion, ishqorlovchi ta'sir ko'rsatadi. Asosiy farmakologik faol moddalar sorbitol va natriy laktati hisoblanadi. Jigarda sorbitol oldin fruktozaga aylanadi, u so'ngra glyukozaga, so'ngra esa glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch enerogetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi esa glikogen ko'rinishida zahira sifatida qoldiriladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregant ta'sirga ega va, shunday qilib, mikrosirkulyasiyani va to'qimalarning perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metabolik asidoz korrektsiya, rn ni ko'rsatgichlarida keskin tebranishlarini chaqirmasdan, uni moddalar almashinuviga sekin kirishi bilan yuz beradi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o'tgach nomoyon bo'ladi.

Natriy xloridi – plazma o'rnini bosuvchi vosita, dezintoksikasion va regidratasion ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik xolatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi.

Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarining o'tkazilish jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarning qisqarishini, miokard faoliyatini, suyak to'qimasining shakillanishini, qonning ivishini amalga oshirish uchun zarur. Hujayralar va qon-tomirlar devorining o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagositozni axamiyatli kuchaytirishi mumkin.

Kaliy xloridi suv-Eloktrolit balansini tiklaydi. Manfiy xrono - va batmotrop ta'sir, yuqori dozalarda – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulslarining o'tkazilishida ishtirok qiladi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limining qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi, miasteniyada skelet mushaklarining qisqarish jarayonlarini yaxshilaydi.

Sorbitol tez umumiy metabolizmga kirishib ketadi, uning 80-90% jigarda utilizasiya qilinadi va glikogen ko'rinishida to'planadi. 5% miya to'qimalarida, yurak mushagida va skelet mushaklarida to'planadi. 6-12% siydik bildan chiqariladi.

Natriy laktati qon-tomir xavzasiga yuborilganda natriy bikarbonati hosil qilib, karbon ikki oksidi va suv bilan o'zaro ta'sirga kirishida, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmi faol hisoblanadi (L izomer), boshqa yarmi esa (D izomer) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini (AQX) faqat vaqtinchalik oshirib, qon-tomir xavzasidan tez chiqariladi. Diurezni oshiradi.

Alkaloz ko'rinishlari, allergik reaktsiyalar (terida toshmalar, qichishish) paydo bo'lishi mumkin.

Preparat kislota-ishqor holatning va qonning elektrolitlari, shuningdek jigarning funktsional holatining ko'rsatgichlarini nazorati ostida qo'llanadi.

Kalkulez xolesistiti bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

-o'tkir qon yo'qotish, kuyish kasalligida, travmatik, operasiyadan keyingi, gemolitik, toksik va kuyish shokini oldini olish va davolash maqsadidi kapillyar qon oqimini yaxshilash uchun;

-intoksikasiya, surunkali gepatitni zo'rayishi bilan birga kechuvchi infektsion kasalliklar;

-sepsis;

-operasiya oldidan tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda;

-trombozlar, tromboflebitlar, endarteriitlarni oldini olish va davolash maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun;

-Reyno kasalligida qo'llaniladi.

-alkaloz;

-katta xajmdagi suyuqliklarni quyish mumkin bo'lmagan xolatlar (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekopensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya;

-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda ko'llash mumkin emas.

Jigar funktsiyasining buzilishi, me'da-ichak yara kasalligi, gemorragik koliti bo'lgan bemorlarga preparatni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llash

Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Velodepni fosfat - va karbonatlarni saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Boshqa dori preparatlari uchun tashuvchi-eritma sifatida qo'llash mumkin emas.

 

25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Muzlatilmasin.


Yaroqlilik muddati-3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz eritma.

Vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi.

Kattalarga vena ichiga minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo'lganda minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilgandan keyin, preparatni oqim bilan yuborishga yo'l qo'yiladi.

15 tomchi yuborilganidan keyin preparatning infuziyasi to'xtatiladi, 3 minut o'tgach esa, reaktsiya kuzatilmaganda, Velodep oqim bilan yuboriladi.

Surunkali gepatitlarda – 400 ml dan (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, takroriy yuboriladi.

Qon tomirlarni tromboobliterasiyalanuvchi kasalliklarida – tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan, tomchilab, takroriy, kun ora yuboriladi, davolash kursi 10 infuziyagacha.

Operasiyadan keyingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan keyin – 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, bir marta yoki takroriy, xar kuni, 3-5 kun davomida yuboriladi.

O'tkir qon yo'qotilishida – 1500-1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday holda Velodepning infuziyasini mahsus tez yordam mashinasida, kasalxonaga yotqizishgacha bo'lgan bosqichda o'tkazish tavsiya etiladi.

Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shokda – 600-1000 ml dan (tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroriy, oldin oqim bilan, so'ngra tomchilab yuboriladi.

6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi, 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan katta bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.

Simptomlari: alkaloz ko'rinishlari paydo bo'ladi, ular preparatni yuborish darhol to'xtatilgan sharoitda tez mustaqil o'tib ketadi.

Velodep preparatini homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.

Bolalarda qo'llanishi

6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi; 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VELODEP eritmasi 200ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VELODEP eritmasi 200ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VELODEP eritmasi 200ml N1 dori vositasi Aishwarya Healthcare Vill. Thana, Baddi, Nalagarh, Distt. Solan (H.P), Индия tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VELODEP eritmasi 200ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VELODEP eritmasi 200ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
REOLAKT infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9