VELODEP ko'rsatmalar
-intoksikasiya, surunkali gepatitni zo'rayishi bilan birga kechuvchi infektsion kasalliklar;
-sepsis;
-operasiya oldidan tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda;
-trombozlar, tromboflebitlar, endarteriitlarni oldini olish va davolash maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun;
-Reyno kasalligida qo'llaniladi.
-katta xajmdagi suyuqliklarni quyish mumkin bo'lmagan xolatlar (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekopensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya;
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda ko'llash mumkin emas.
Jigar funktsiyasining buzilishi, me'da-ichak yara kasalligi, gemorragik koliti bo'lgan bemorlarga preparatni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llash
Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Natriy laktati qon-tomir xavzasiga yuborilganda natriy bikarbonati hosil qilib, karbon ikki oksidi va suv bilan o'zaro ta'sirga kirishida, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmi faol hisoblanadi (L izomer), boshqa yarmi esa (D izomer) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini (AQX) faqat vaqtinchalik oshirib, qon-tomir xavzasidan tez chiqariladi. Diurezni oshiradi.
Kalkulez xolesistiti bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Bolalarda qo'llanishi
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi; 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.
faol moddalar:
Sorbitol USP 6,00 g
Natriy laktati USP 1,9 g
Natriy xloridi USP 0,6 g
Kaltsiy xloridi USP 0,01 g
Kaliy xloridi USP 0,03 g
Magniy xloridi USP 0,02 g
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv.
Kattalarga vena ichiga minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo'lganda minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilgandan keyin, preparatni oqim bilan yuborishga yo'l qo'yiladi.
15 tomchi yuborilganidan keyin preparatning infuziyasi to'xtatiladi, 3 minut o'tgach esa, reaktsiya kuzatilmaganda, Velodep oqim bilan yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda – 400 ml dan (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, takroriy yuboriladi.
Qon tomirlarni tromboobliterasiyalanuvchi kasalliklarida – tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan, tomchilab, takroriy, kun ora yuboriladi, davolash kursi 10 infuziyagacha.
Operasiyadan keyingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan keyin – 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, bir marta yoki takroriy, xar kuni, 3-5 kun davomida yuboriladi.
O'tkir qon yo'qotilishida – 1500-1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday holda Velodepning infuziyasini mahsus tez yordam mashinasida, kasalxonaga yotqizishgacha bo'lgan bosqichda o'tkazish tavsiya etiladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shokda – 600-1000 ml dan (tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroriy, oldin oqim bilan, so'ngra tomchilab yuboriladi.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi, 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan katta bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.
Boshqa dori preparatlari uchun tashuvchi-eritma sifatida qo'llash mumkin emas.
1 flakon davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramga joylashtiriladi.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metabolik asidoz korrektsiya, rn ni ko'rsatgichlarida keskin tebranishlarini chaqirmasdan, uni moddalar almashinuviga sekin kirishi bilan yuz beradi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o'tgach nomoyon bo'ladi.
Natriy xloridi – plazma o'rnini bosuvchi vosita, dezintoksikasion va regidratasion ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik xolatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi.
Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarining o'tkazilish jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarning qisqarishini, miokard faoliyatini, suyak to'qimasining shakillanishini, qonning ivishini amalga oshirish uchun zarur. Hujayralar va qon-tomirlar devorining o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagositozni axamiyatli kuchaytirishi mumkin.
Kaliy xloridi suv-Eloktrolit balansini tiklaydi. Manfiy xrono - va batmotrop ta'sir, yuqori dozalarda – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulslarining o'tkazilishida ishtirok qiladi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limining qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi, miasteniyada skelet mushaklarining qisqarish jarayonlarini yaxshilaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Chiqarish shakllari