70 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash102 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish82 000 s`om dan
Bron qilishodam alfa-2b interferoni 150000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g,
natriy askorbat 0,0108 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edeta digidrat
0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini
bosuvchi 1 gacha.
VIFERON 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant
odam alfa-2b interferoni 500000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,
natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat
0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini
bosuvchi 1 gacha.
VIFERON 1000000 XB 1 suppozitoriysi kuyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant
odam alfa-2b interferoni 1000000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,
natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat
0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini
bosuvchi 1 gacha.
VIFERON 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant
odam alfa-2b interferoni 3000000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,
natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat
0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini
bosuvchi 1 gacha.
infektsiyalar, shu jumladan gripp, jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan,
pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);
majmuaviy davolash tarkibida yangi tug'ilgan, shu jumladan chala tug'ilgan
bolalarning infektsion-yallig'lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli),
sepsis, ona qorni ichidagi infektsiya (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiya,
enterovirus infektsiya, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz);
bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida, shu jumladan
jigar tsirrozi
bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va
gemosorbtsiya bilan birga V, S, D surunkali virusli gepatitlari;
kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo'llarining infektsion-
yallig'lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiya, ureaplazmoz,
trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiya, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi
qin kandidozi, mikoplazmoz);
kattalarda teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik
infektsiyalari, chegaralangan shakli, engil va o'rtacha og'irlikda kechishi, shu jumladan
urogenital shaklini davolashda qo'llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab preparatni qo'llash mumkin. Emizish davrida
qo'llashga cheklovlar mavjud emas.
Dog'lar yoki marmarlik ko'rinishida bir xil rangda bo'lmasligiga yo'q qo'yiladi.
Bo'ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud. Suppozitoriy diametri 10 mm gacha.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIFERON®
VIFERON®
Preparatning savdo nomi: Viferon®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): interferon alfa-2b
Dori shakli: rektal suppozitoriylar
Tarkibi:
VIFERON® 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 150000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha
VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.
VIFERON® 1000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.
VIFERON® 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gachasaqlaydi.
Ta‘rifi: Pulyasimon shaklli, oq-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan suppozitoriylar. Dog‘lar yoki marmarlik ko‘rinishida rangini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Bo‘ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud. Suppozitoriyning diametri 10 mm gacha.
Farmakoterapevtik guruhi: sitokin.
ATX kodi: L03AB05
Farmakologik xususiyatlari
Odam rekombinant alfa-2b interferonb viruslarga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, antiproliferativ xususiyatlarga ega, RNK- va DNK-saqlovchi viruslarning replikasiyasini susaytiradi. Makrofaglarning fagositar faolligini kuchaytirish, nishon-xujayralarga limfositlarning sitotoksikligini spesifik oshishi kabi interferon alfa-2b ning immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlari uning bilvosita antibakterial faolligini ta‘minlaydi.
Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati mavjudligida interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi spesifik faolligi oshadi, uning immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri kuchayadi, bu patogen mikroorganizmga qarshi organizmning xususiy immun javobining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Preparat qo‘llanilganda A sinf sekretor immunoglobulinlar darajasi oshadi, immunoglobulin Ye darajasi normallashadi, interferon alfa-2b endogen tizimining faoliyati tiklanadi. Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati yuqori faollikka ega antioksidant hisoblanib, yallig‘lanishga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, shuningdek regenerasiyalovchi xususiyatlarga ega. VIFERON® preparatini qo‘llaganda interferon alfa-2b preparatlarini parenteral yuborilganda paydo bo‘luvchi nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi, interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi faolligini neytralizasiya qiluvchi antitelalar hosil bo‘lmasligi aniqlangan. Majmuaviy davolash tarkibida VIFERON® preparatini qo‘llash antibakterial va gormonal dori vositalarining terapevtik dozalarini kamaytirish, shuningdek ko‘rsatilgan davolashning toksik samaralarini kamaytirish imkonini beradi.
Kakao moyi fosfolipidlar saqlaydi bu esa preparatni ishlab chiqarish jarayonida sintetik toksik emulgatorlarni ishlatmaslik imkonini beradi, ko‘p to‘yinmagan yog‘lar mavjudligi esa preparatni yuborishni va erishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat rektal qo‘llanadi. 1 suppozitoriy faol modda sifatida ko‘rsatilgan dozalarda (150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB) odam rekombinant interferon alfa-2b saqlaydi.
Kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infeksiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali).
Kattalar, shu jumladan homilador va 7 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya etiladigan doza VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan va gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.
Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda har kuni 5 sutka davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.
Majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infeksiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infeksiyasi, enterovirus infeksiyasi, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, shu jumladan gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparati 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.
Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.
Turli infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida tavsiya etilgan davolash kurslar soni: sepsis – 2-3 kurs, meningit – 1-2 kurs, gerpetik infeksiya – 2 kurs, enterovirus infeksiya – 1-2 kurs, sitomegalovirus infeksiya – 2-3 kurs, mikoplazmoz, kandidoz, shu jumladan visseral – 2-3 kurs. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbsiyani qo‘llash bilan birga.
Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFERON® 3000000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, keyinchalik xaftada uch marta kunora 6-12 oy davomida buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga sutkada 300000-500000 XB; 6 oylikdan 12 oylikkacha – sutkada 500000 XB tavsiya etiladi.
1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 3000000 XB tavsiya etiladi.
7 yoshdan oshgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 5000000 XB tavsiya etiladi.
Preparat sutkada 2 marta har 12 soatda 10 sutkada davomida har kuni, so‘ngra xaftada kunora 6-12 oy davomida qo‘llanadi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Har bir pasient uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash ushbu yoshda tavsiya etiladigan dozani Garford, Terri va Rurku bo‘yicha bo‘y va tana vazni bo‘yicha tana yuzasi maydonini hisoblash uchun nomogramma bo‘yicha hisoblangan tana yuzasi maydoniga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Bir martalik dozani aniqlash uchun hisoblab topilgan sutkalik dozani 2 marta yuborishga bo‘lish orqali amalga oshiriladi, olingan qiymatni suppozitoriyning dozasigacha yaxlitlanadi.
Yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatit va jigar sirrozida plazmaferez va/yoki gemosorbsiya o‘tkazishdan oldin 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga VIFERON® 150000 XB, 7 yoshdan oshgan bolalarga VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 14 sutka davomida buyuriladi.
Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infeksiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infeksiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz).
Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5-10 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
Homilador ayollarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON®150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.
Teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infeksiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi, shu jumladan homiladorlardagi urogenital shakli.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza – VIFERON®1000000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida va qaytalanuvchi infeksiyada undan ko‘proq buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Teri va shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo‘lganda davolashni darhol boshlash tavsiya etiladi.
Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrda yoki qaytalanish belgilarini paydo bo‘lishini boshida boshlash afzal.
Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON® 150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda allergik reaksiyalar (teri toshmalari, qichishish) kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida uni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
VIFERON®, rektal suppozitoriylar yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo‘llanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB. 10 suppozitoriydan PVX/PVX kontur uyali o‘ramda. 10 suppozitoriyli 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.