×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vilprafen

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Faol modda:
Джозамицин
ATX kodi:
- J01FA07 Джозамицин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LEVOGLOB infuziya uchun eritma 100ml 0,5% Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
STREPTOMISIN poroshok 1g Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
2 500 s`om dan
NIKAPIM poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
47 900 s`om dan
Saqlash shartlari
В защищенном от света месте, при температуре не выше 25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy)
4 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Vilprafen qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VILPRAFEN®

WILPRAFEN®

 

Preparatning savdo nomi: Vilprafen®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): djozamisin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: djozamisin – 500 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, polisorbat 80, kolloid kremniy oksidi, natriy karboksimetilsellyuloza, magniy stearati, metilsellyuloza, makrogol 6000, talk, titan dioksidi, alyuminiy gidroksidi, metakril kislotasi va uning efirlarining sopolimeri.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan, cho‘zinchoq, ikki tomonlama qavariq, ikki tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik, makrolid.

ATX kodi: J01FA07.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Makrolidlar guruhiga mansub antibakterial preparat. Ta‘sir mexanizmi ribosomalarning 50S-subbirligiga qaytuvchan bog‘lanishi oqibatida mikrob xujayrasida oqsil sintezini buzilishi bilan bog‘liq. Terapevtik konsentrasiyalarda, odatda, bakteriyalarni o‘sishi va ko‘payishini sekinlashtirib, bakteriostatistik ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalari hosil qilinganda bakterisid samara ko‘rsatadi.

Djozamisin grammusbat bakteriyalar (Staphylococcus spp., shu jumladan Staphylococcus aureus ning metisillinga sezgir shtammlari Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus ryogenes va Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphteriae, Listeriae monocytogenes, Propionbacterium acens, Bacillus anthracis, Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.), grammanfiy bakteriyalar (Neisseria menengitidis, Neisseria gonorrhoeae, Moraxella catarrhalis, Bordetells spp., Brucella spp., Legionella spp., Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni) Bacteroides fragilis sezuvchanligi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, Chlamydia spp., shu jumladan C. trachomatis, Chlamydorhila spp. (ilgari Chlamydia pneumoniae deb nomlangan), Mycoplasma spp., shu jumladan Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalium, Ureaplasma spp., Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi larga nisbatan faol.

Djozamisin, odatda, enterobakteriyalarga nisbatan faol emas, shuning uchun me‘da-ichak yo‘llarining mikroflorasiga ozgina ta‘sir ko‘rsatadi. Qator hollarda makrolidlarning efflyuksi (chidamlilikning M-fenotipi) bilan bog‘liq bo‘lgan mikrorganizmlarni eritromisinga va boshqa 14- va 15-a‘zoli makrolidlarga rezistentligida faolligini saqlaydi. Djozamisinga rezistentlik, 14- va 15-a‘zoli makrolidlarga qaraganda kamroq uchraydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin djozamisin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, ovqat qabul qilish biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi. Djozamisinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach erishiladi. 1 g dozada qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 2-3 mg/ml ni tashkil qiladi. Djozamisinning taxminan 15% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Djozamisin plazmadagidan yuqori va uzoq vaqt terapevtik darajada saqlanuvchi konsentrasiyalar hosil qilib, a‘zolar va to‘qimalarda (bosh miyadan tashqari) taqsimlanadi. Djozamisinning yuqori dozalari, ayniqsa o‘pka, bodomsimon bezlar, so‘lak, ter va ko‘z yoshi suyuqligida hosil bo‘ladi. Balg‘amdagi konsentrasiyasi plazmadagidan 8-9 marta yuqori bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak sutiga sekresiya qilinadi. Djazomisin kamroq faol metabolitlarigacha jigarda metabolizmga uchraydi va asosan safro bilan chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi, lekin jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda uzayishi mumkin. Preparatni buyrak orqali chiqarilishi 10% dan oshmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Vilprofen® preparatiga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

Yuqori nafas yo‘llari va LOR a‘zolarining infeksiyalari: tonzillit, faringit, paratonzillit, laringit, o‘rta otit, sinusit, difteriya (difteriya anatoksini bilan davolashga qo‘shimcha), skarlatina (penisillinga o‘ta yuqori sezuvchanlik hollarida).

Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari: o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, shu jumladan atipik qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan, ko‘kyo‘tal, psittakoz.

Stomatologiyadagi infeksiyalar: gingivit, perikoronit, periodontit, alveolit, alveolyar abssess.

Oftalmologiyadagi infeksiyalar: blefarit, dakreosistit.

Teri qoplamalari va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari: follikulit, furunkul, furunkulez, abssess, kuydirgi, saramas, akne, limfangit, limfadenit, flegmona, panarisiy, jaroxat (shu jumladan operasiyadan keyingi) va kuyish infeksiyalari.

Siydik-jinsiy tizimining infeksiyalari: xlamidiyalar va/yoki mikoplazmalar tomonidan chaqirilgan uretrit, servisit, epididimit, prostatit, gonoreya, sifilis (penisillinga o‘ta yuqori sezuvchanlikda), venerik limfagronulema

  1. H. pylori bilan assosiasiyalangan me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali gastrit va boshqalarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Kattalar uchun Vilprafen® preparatining tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 2,5-2 g ni tashkil etadi. Sutkalik doza bir necha marta qabul qilishiga bo‘linishi mumkin. Zarurati bo‘lganida sutkalik doza 3 g va ko‘proqqa oshirilishi mumkin.

Bolalar

Vilprofen® preparatining sutkalik dozasi bolalar uchun tana vazniga 40-50 mg/kg hisobidan, har kuni bir necha dozalarga bo‘lib buyuriladi.

Kichik yoshdagi (2-6 yosh) bolalarga Vilprafen® faqat jiddiy kasallik bo‘lganida buyurilishi mumkin va qat‘iy shifokor nazorati ostida qo‘llanishi kerak.

Antixelikobakter davolash sxemalarida Vilprafen® 1 g dozada kuniga 2 marta 7-14 kun davomida, boshqa preparatlar bilan majmuada ularning standart dozalarida (famotidin nuniga 40 mg yoki ranitidin kuniga 150 mg 2 marta – Vilprafen® 1 g kuniga 2 marta + metronidazol 500 mg 2 kuniga 2 marta; omeprazol 20 mg (yoki lansoprazol 30 mg, yoki pantoprazol 40 mg, yoki ezomeprazol 20 mg, yoki rabeprazol 20 mg) kuniga 2 marta – amoksisillin 1 g kuniga 2 marta – Vilprafen® 1 g kuniga 2 marta – vismut trikaliy disitrati 240 mg kuniga 2 marta; famotidin kuniga 40 mg – furozalidon 100 mg kuniga 2 marta + Vilprafen® 2 g kuniga 2 marta + vismut trikaliy disitrati 240 mg kuniga 2 marta) buyuriladi.

rN metriya bilan tasdiqlangan me‘da shilliq qavatining axlorgidriyali atrofiyasi mavjudligida: amoksisillin 1 g kuniga 2 marta + Vilprofen® 1 g kuniga 2 marta + vismut trikaliy disitrati 240 mg kuniga 2 marta) buyuriladi.

Oddiy va sharsimon xusunbuzarlarda Vilprafen®ni 500 mg dozada birinchi 2-4 xafta davomida kuniga ikki marta, keyinchalik samarani bir maromda tutib turuvchi davolash sifatida 8 xafta davomida buyurish tavsiya etiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Boshqa makrolidlarni qabul qilinganda bo‘lgani kabi, Vilprafen® preparatini qabul qilinganda ham me‘da-ichak yo‘llari tomonidan o‘rtacha namoyon bo‘lgan allergik reaksiyalar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, diareya) qayd etilgan.

Jigar funksiyasini monitoringi o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar yetishmovchiligining bir necha holatlarini aniqlash imkoniyatini bergan, ular preparat bekor qilinganida yo‘qolgan. Yuzning shishini bir necha holatlari aniqlangan.

Noxush reaksiyalar quyidagi mezonlarga muvofiq sanab o‘tilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez tez (≥ 1/100, <1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, <1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (≤1/10000), noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

Tez-tez – me‘dada diskomfort, ko‘ngil aynishi

Tez-tez emas – qorinda diskomfort, qusish, diareya

Kam hollarda – stomatit, qabziyat, ishtaxani pasayishi

Juda kam hollarda– soxtamembranoz kolit

Metabolizmni buzilishi

Noma‘lum – ishtahani yo‘qolishi

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasining kasalliklari

Noma‘lum – purpura, toksik epidermal nekroliz

Immun tizimi tomonidan

Noma‘lum – anafilaktik reaksiyalar

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Kam hollarda– eshakemi, Kvinke shishi va anafilaktoid reaksiyalar

Juda kam hollarda – bullyoz dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, she jumladan Stivens-Djonson sindromi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan

Noma‘lum – jigar funksiyasini buzilishi va sariqlik, ular odatda jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishini aks ettiruvchi xolestatik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi (lekin faqat ular bilan cheklanmaydi).

Sezgi a‘zolari tomonidan

Kam hollarda dozaga bog‘liq eshitishni o‘tkinchi buzilishlari xaqida xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • djozamisinga va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • boshqa makrolidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vilprafen® preparati va terfenadinni birga qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki Vilprafen®, terfenadin va astemizol saqlovchi antigistamin preparatlarining metabolizmiga ahamiyatli darajada ta‘sir qilib doza oshirib yuborilishining nisbiy ko‘rinishlarini chaqirishi va xayot uchun xavfli aritmiyalarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Bolalarda Vilprafen® preparati teofillin va boshqa ksantinlar bilan birga qo‘llanganda, eliminasiyasini sekinlashishi oqibatida qon plazmasida ksantinlarning konsentrasiyasini oshishi mumkin. Agar qon plazmasida teofillinning toksik konsentrasiyasi aniqlansa, uning dozasiga tuzatish kiritish va qon plazmasida uning konsentrasiyasini muntazam nazorat qilish kerak.

Vilprafen® preparatini shoxkuya alkaloidlari bilan birga qo‘llash vazokonstriksiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ergotizm belgilari paydo bo‘lgan hollarda Vilprafen®ni bekor qilish va tegishli davolash choralarini (mahalliy issiq, vazodilatasiyalovchi (qon tomirlarini kengaytiruvchi) preparatlarni buyurish) o‘tkazish kerak.

Vilprofen® preparati va siklosporin/takrolimusni birga buyurish siklosporin/takrolimusning konsentrasiyasini oshishiga va buyrakni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Qon plazmasida siklosporin/takrolimusning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Triazolamni qabul qilish fonida Vilprafen® preparatini qabul qilish, bosh aylanishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Triazolamning dozasi oshirib yuborilgan hollarda, uni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

Vilprafen® bromokriptin mezilatining ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, bu bosh aylanishi, ataksiya va boshqalarga olib kelishi mumkin. Bromokriptin mezilati bilan zaxarlanishda, uni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

Vilprafen® varfarin va boshqa K vitamini antagonistlari kabi peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Vilprafen® shuningdek ichak mikroflorasi tomonidan endogen K vitamini sintezini susaytirish xususiyatiga ega. Qon ketishida Vilprafen® preparatini va/yoki peroral antikoagulyantlarni qabul qilish to‘xtatilishi kerak. Bunda protrombin vaqti/xalqaro normallashtirilgan nisbat ko‘rsatgichlari asosida, qon ketishi yoki koagulopatiya og‘irligi darajasini hisobga olish kerak.

Vilprafen® preparat i va bakteriostatik antibiotiklarni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi – linkozaminlar bilan birga qo‘llanganda ikkala preparatning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qon plazmasida konsentrasiyasini oshishi tufayli, jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarga Vilprafen®ni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Shuningdek agar davolash davomiyligi 15 kundan ko‘proqni tashkil qilsa, jigar funksiyasini nazorat qiilsh tavsiya etiladi.

Garchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lmasa-da, Vilprafen® preparati va makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklari bilan davolash (ayniqsa davomli), rezistent bakteriyalar va zamburug‘lar o‘sishini keltirib chiqarishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda antibiotiklarni qabul qilish to‘xtatilishi kerak, muvofiq davolashni buyurish lozim.

Terfenadin va astemizol saqlovchi antigistamin preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarga Vilprafen®ni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki djozamisin ularning eliminasiyasini buzadi, bu jiddiy aritmiyalarga olib kelishi mumkin («Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Turg‘un og‘ir diareya paydo bo‘lgan hollarda, xayot uchun xavfli soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Vilprafen® preparati bilan davolashni muvofiq laboratoriya testlarining (endogen kreatinin klirensini aniqlash) natijalarini hisobga olgan xolda o‘tkazish kerak.

Makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklariga kesishgan chidamlilik rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. O‘xshash ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan antibakterial preparatlarga (linkozamidlar, streptograminlar) chidamli mikroorganizmlar, shunigdek djozamisinga xam chidamli bo‘lishlari mumkin (chidamlilikning MLSb fenotipi, nuqtali mutasiyalar).

Homiladorlik va laktasiya davri

Homilador ayollarda va reproduktiv yoshdagi ayollarda Vilprafen® preparati faqat shifokor nazorati ostida va faqat shifokor foyda/xavfni baholaganidan keyin qo‘llanishi mumkin.

Djazomisin ko‘krak sutiga o‘tadi

JSST ning Yevropa bo‘limi djazomisinni homilador ayollarda xlamidiya infeksiyasini davolashda tanlov preparati sifatida tavsiya etadi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir etish xususiyati

Vilprafen® preparati transport fositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Vilprafen® preparatining dozasini oshirib yuborilishi ovqat xazm qilish tizimi funksiyasining ko‘ngil aynishi va qusish kabi buzilishlariga olib kelishi mumkin, bu davolash choralarini ko‘rishni talab qilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qolplangan tabletkalar 500 mg.

10 tabletkadanPVX/alyumin folga blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vilprafen dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vilprafen dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vilprafen dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
VILPRAFEN SOLYUTAB 1,0 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Джозамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Лион
Другие формы препарата
VILPRAFEN 0,25/5ML 15,0 granuli
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Джозамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Лион
VILPRAFEN 0,125/5ML 15,0 granuli
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Джозамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Лион
VILPRAFEN SOLYUTAB 1,0 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Джозамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Лион
VILPRAFEN 0,5 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Джозамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Драгенофарм Апотекер Пюшль ГмбХ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9