×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIRDAK tabletkalari 60mg N28

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Даклатасвир
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Hetero Labs Limited (Unit-III)
ATX kodi:
- J05AX14
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IMMUNOKTA tabletkalari 500mg N20 Виокта ООО Rossiya Federatsiyasi
70 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Зеленая Дубрава, ЗАО Rossiya Federatsiyasi
5 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Нижфарм, АО Rossiya
5 000 s`om dan
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 Montage Laboratories PVT. LTD., Индия (производитель) для Avantika Medex PVT. LTD., Индия Hindiston
420 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIRDAK

VIRDAK

 

Preparatning savdo nomi: Virdak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): daklatasvir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 30 mg va 60 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: daklatasvir gidroxloridi 33,00 mg yoki 66,00 mg muvofiq ravishda 30,00 mg yoki 60,00 mg daklatasvirga ekvivalent,

yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, mikrokristall sellyuloza (RN101), natriy kroskarmelloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati,

qobiq tarkibi: Opadri sariq 03V520025 (gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol/polietilenglikol, temir (II) oksidi (Ye172)) (30 mg doza uchun);

Opadri sariq 03V520090 (gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol/polietilenglikol, temir (II) oksidi (Ye172)) (30 mg doza uchun); tozalangan suv.

Ta‘rifi:

Dumaloq shaklli, qirralari kesilgan, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “N” va boshqa tomonida “D14” gravirovkali sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (30 mg doza uchun).

Dumaloq shaklli, qirralari kesilgan, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “N” va boshqa tomonida “D19” gravirovkali sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (60 mg doza uchun).

Farmakoterapevtik guruhi: Viruslarga qarshi preparatlar. Viruslarga qarshi boshqa preparatlar. Daklatasvir.

ATX kodi: J05AX14

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Daklatasvir S gepatiti virusiga qarshi bevosita ta‘sirga ega yuqori spesifik vosita hisoblanadi va boshqa RNK- va DNK-saqlovchi viruslar, shu jumladan OITV ga qarshi yaqqol faollikka ega emas. Daklatasvir S gepatiti virusi replikasiyasi uchun zarur ko‘p funksional protein 5A nostruktur oqsil (NS5A) ning ingibitori hisoblanadi va shu orqali virus hayot siklining ikkita etapi – virus RNK sini replikasiyasi va virionlarni yig‘ilishini bostiradi. In vitro sharoitda olingan ma‘lumotlar va kompyuter modellashtirish ma‘lumotlariga asosida daklatasvir 1 oqsil domeni chegarasida N-oxiri bilan o‘zaro ta‘sirlashishi ko‘rsatilgan, u NS5A oqsili faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qiluvchi struktur o‘zgarishlarni chaqirishi mumkin. Daklatasvir pikomolyardan past nanomolyar samarali konsentrasiya ko‘rsatkichlari bilan (50% pasayish, YeS50) S gepatiti virusining 1a, lb, 2a, 3a, 4a, 5a va 6a genotiplarini replikasiya kompleksining kuchli pangenotipik ingibitori ekanligini aniqlangan. Replikonlarning xujayraviy miqdoriy tahlillarida daklatasvirning YeS50la, 1b, 3a, 4a, 5a va 6a genotiplarida 0,001 dan 1,25 nmol/l gacha va 2a genotipida 0,034 dan 19 nmol/l gacha o‘zgaradi. Bundan tashqari, daklatasvir YeS50 ko‘rsatkichi 0,02 nmol/l ga teng bo‘lganida S gepatiti virusining 2 a genotipini (JFH-1) ingibisiya qiladi. 1a genotipida avval davolanmagan pasientlarda daklatasvirning 60 mg bir martalik dozasi 24 soatdan keyin o‘lchangan virusli yuklamani o‘rtacha 3,2 log10 XB/ml ga pasayishiga olib keladi.

Xujayra kulturasidagi tadqiqotlar ham interferon alfa va NS3 proteaza ingibitorlari, NS5B S gepatiti virusining nonukleotid ingibitorlari, NS5B ning nukleotid analoglari bilan birga qo‘llanilganda daklatasvirning viruslarga qarshi ta‘sirini kuchayishini ko‘rsatdi. Sanab o‘tilgan barcha dori vositalari guruhlari bilan viruslarga qarshi samaraning antagonizmi kuzatilmagan.

Xujayra kulturasidagi rezistentlik

S gepatiti virusining 1-6 genotiplarida daklatasvirga rezistentlikni chaqiruvchi aminokislotalarni almashinishi replikon xujayra tizimida ajratib olingan va NS5A 100 aminokislotali qoldiqning N-terminal sohasida kuzatilgan. L31V va Y93H almashinishlar 1b genotipida tez-tez kuzatiladigan, M28T, L31V/M, Q30E/H/R va Y93S/H/N almashinishlari esa 1a genotipida tez-tez kuzatiladigan hisoblanadi. Aminokislotalarni ayrim almashinishlari 1b genotipi uchun rezistentlikning past darajasini (L31V, Y93H uchun YeS50<1 nmol/l) va 1a genotipi uchun rezistentlikning yuqoriroq darajasini (Y93N uchun 350 nmol/l gacha) chaqiradi. Klinik amaliyotda rezistentlikni paydo bo‘lishi pripsipi in vitro sharoitda kuzatiladigan rezistentlikni paydo bo‘lish prinsiplari bilan bir xil bo‘lgan.

Klinik tadqiqotlardagi rezistentlik

S gepatiti virusining dastlabki polimorfizmini davolashga samarasi. NS5A ni dastlabki tabiiy paydo bo‘luvchi almashinishi (polimorfizm) va davolash natijasi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot jarayonida NS5A polimorfizmining ta‘siri davolash sxemasiga bog‘liqligi aniqlangan.

Daklatasvir+asunaprevir majmuasi bilan davolash. II-III faza klinik tadqiqotlarda daklatasvir + asunaprevir majmuasining samaradorligi NS5A L31 va/yoki Y93H dastlab almashingan S gepatitining 1b genotipi bilan infeksiyalangan pasientlarda pasaygan. NS5A L31 va/yoki Y93H almashinishi bo‘lgan 40% (48/119) pasientlar, polimorfizmning ushbu turlari bo‘lmagan 93% (686/742) pasientlarga nisbatan barqaror virusologik javobga (UVO12) erishishgan. NS5A L31 va/yoki Y93H almashinishining dastlabki tarqalganligi 14% va alohida L31 uchun 4%, alohida Y93H uchun 10% va L31+Y93H uchun 0,5% ni tashkil qilgan. Virusologik samarasizlikning 127 holatlaridan NS5A ning dastlabki almashinishining faqat L31 almashinishi 16% xolatlarida – faqat Y93H almashinishi 38% va L31+Y93H almashinishida 2% holatlarda kuzatilgan.

Daklatasvir + asunaprevir + peginterferon alfa + ribavirin majmuasi bilan davolash. Ushbu majmua tadqiqotida sekvenirizasiya o‘tkazilgan 373 nafar pasientlardan 42 nafar pasientlarda daklatasvirga rezistentlik bilan bog‘liq dastlabki almashinishlar mavjud bo‘lgan. Bu 42 nafar pasientlarda 38 nafari UVO12 ga erishgan, 1 pasientda novirusologik samarasizlik bo‘lgan, 3 nafar pasientlarda esa virusologik samarasizlik (1a genotipi bo‘lgan 1 pasientda NS5A L31M almashinishi va 1 pasientda – dastlabki darajada NS5A Y93F almashinishi bo‘lgan; 1b genotipi bo‘lgan 1 pasientda dastlabki darajada NS5A L31M almashinishi) bo‘lgan.

Farmakokinetikasi

Daklatasvirning farmakokinetik xususiyatlari sog‘lom ko‘ngillilarda va S gepatiti virusining surunkali infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda baholangan. Sutkada 1 marta
60 mg dozada daklatasvirni peginterferon alfa va ribavirin bilan majmuada ko‘p marta peroral qabul qilingandan keyin daklatasvir Smax ning o‘rtacha ko‘rsatkichi (o‘zgaruvchanlik koeffisenti, %) 1534 (58%) ng/ml, AUC0-24 – 14122 (70%) ng*soat/ml va Smin – 232 (83%) ng/ml ni tashkil qilgan.

So‘rilishi. So‘rilishi tez amalga oshadi. Daklatasvirning Smax ichga qabul qilingandan 1- 2 soatdan keyin kuzatiladi. Qonda AUC, Smax va Smin dozaga bog‘liq hisoblanadi, daklatasvirning qon plazmasidagi barqaror darajasi sutkada 1 marta ichga qabul qilishning 4-chi kuni kuzatiladi. Tadqiqotlarida V gepatiti bo‘lgan bemorlarda va sog‘lom ko‘ngillilarda daklatasvirning farmakokinetikasida farqlar aniqlanmagan. Odamning Saso-2 xujayralarida o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlar daklatasvir R-gp ning substrati ekanligini ko‘rsatadi. Daktatasvirning mutloq biokiraolishligi 67% ni tashkil qiladi.

Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat (taxminan 50% yog‘larni saqlovchi taxminan 1000 kkal) iste‘mol qilgandan 30 minutdan keyin 60 mg daklatasvirni bir marta qabul qilish qonda daklatasvirning Smax ni 28% ga va AUC ni 23% ga kamaytirishi aniqlangan. Yengil ovqatlangandan keyin (taxminan 15% yog‘larni saqlovchi taxminan 275 kkal) uning qondagi konsentrasiyasi o‘zgarmagan.

Taqsimlanishi. 100 mkg vena ichiga bir marta yuborilgandan keyin daklatasvirning Vss 47 l ni tashkil qiladi. Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi dozaga bog‘liq emas (o‘rganish diapazoni 1 mg dan 100 mg gacha) va 99% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar daklatasvir CYP3A izofermentining substrati ekanligini ko‘rsatdi, bunda CYP3A daklatasvirning metabolizmi uchun javobgar CYP ning asosiy izoformasi hisoblanadi. Dastlabki modda konsentrasiyasining 5% dan ko‘proq metabolitlari mavjud emas.

Chiqarilishi. Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan radiofaol uglerod bilan nishonlangan daklatasvirning (14S -daklatasvir) bir martalik dozasi peroral qabul qilingandan keyin barcha radiofaollikning 88% axlat bilan (53% o‘zgarmagan ko‘rinishda) chiqarilgan.

S gepatiti virusi bilan infeksiyalangan pasientlar daklatasvirning ko‘p martalik dozalari qabul qilgandan keyin daklatasvirning T1/2 12 soatdan 15 soatgacha o‘zgargan. Daklatasvirni 60 mg tabletkalarini qabul qilgan, keyinchalik 100 mkg 13S, 15N-daklatasvir yuborilgan pasientlarda umumiy klirens soatiga 4,24 l ni tashkil qilgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. S gepatiti virusi va buyrak faoliyati normal (kreatinin klirensi minutiga 90 ml) bo‘lgan pasientlar va S gepatiti virusi infeksiyasi va buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60, 30 va 15 ml) bo‘lgan pasientlarda AUC kattaligini solishtirish AUC ni muvofiq ravishda 26, 60 va 80% (bog‘lanmagan AUC – 18, 39 va 51%) ga oshishini ko‘rsatdi. Gemodializni o‘tkazishni talab etuvchi terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan AUC ni 27% (bog‘langan – 20%) ga oshishi kuzatilgan. S gepatiti virusi bo‘lgan pasientlarning ma‘lumotlarini statistik populyasion tahlili yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AUC ni oshishini ko‘rsatadi, lekin bu oshishning kattaligi daklatasvirning farmakokinetikasi uchun klinik ahamiyatli hisoblanmaydi. Daklatasvirni plazmadagi oqsillar bilan yuqori darajada bog‘lanishi tufayli, gemodializni o‘tkazish uning qondagi konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda daklatasvirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. 30 mg dozada daklatasvirning farmakokinetik tadqiqotlari jigar faoliyatini buzilishi bo‘lmagan pasientlar bilan solishtirganda yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha A-S sinflari) bilan S gepatiti bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan. Daklatasvirning Smax va AUC ko‘rsatkichlari (erkin va oqsillar bilan bog‘langan) sog‘lom ko‘ngillilardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan jigar yetishmovchiligi bo‘lganida pastroq bo‘lgan, lekin konsentrasiyani bunday pasayishi klinik ahamiyatli bo‘lmagan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini o‘zgartirish zarurati yo‘q.

Keksa pasientlar. Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi (310 nafar odam 65 yosh va undan katta, 20 nafar esa – 75 yosh va undan katta bo‘lgan) pasientlar ishtirok etgan. Keksa pasientlarda preparatning farmakokinetikasi, shuningdek samaradorlik va xavfsizlik profilida o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Jins. Daklatasvirning umumiy klirensida (Cl/F) farqlar kuzatiladi, bunda ayollarda Cl/F pastroq, lekin ushbu farq klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.

Qo‘llanilishi

  • boshqa preparatlar bilan majmuada katta pasientlarda viruslarga qarshi majmuaviy sxemaning komponenti sifatida surunkali S gepatiti (SSG) ni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat surunkali S gepatitini davolash tajribasiga ega faqat davolovchi shifokor tomonidan buyurilishi mumkin.

Tavsiya etilgan doza – ovqatlanishdan qat‘iy nazar kuniga bir marta 60 mg ni tashkil qiladi. Virdak preparati bilan davolashni boshqa preparatlar bilan majmuaviy sxemaning komponenti ko‘rinishida buyurilishi kerak. Virdakni qabul qilishni boshlashdan oldin birga qo‘llanadigan dori vositalarini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan tanishib chiqing.

1 jadval. Virdak bilan interferonsiz majmuaviy tavsiya etilgan davolash

 

Pasientlarning toifalari* Tartib (sxema) va davomiylik
SSG 1 yoki 4 genotiplari  
Sirrozi bo‘lmagan pasientlar Daklatasvir tabletka + sofosbuvir12 hafta davomida.
Sirrozi bo‘lgan pasientlar

 

SR A yoki V

 

 

 

 

SR S

 

 

Daklatasvir tabletka + sofosbuvir + ribavirin12 hafta davomida.

yoki

Daklatasvir tabletka + sofosbuvir (ribavirinsiz)24hafta davomida.

Daklatasvir tabletka + sofosbuvir +/- ribavirin 24hafta davomida.

SSG 3 genotip
Sirrozi bo‘lmagan pasientlar Daklatasvir tabletka + sofosbuvir12 hafta davomida.
Sirrozi bo‘lgan pasientlar Daklatasvir tabletka + sofosbuvir +/- ribavirin 24hafta davomida.
Jigar transplantasiyasidan keyin SSG qaytalanuvchi infeksiyasi (1, 3 yoki 4genotipi)
Pasientы bez sirroza Daklatasvir tabletka + sofosbuvir + ribavirin v techenie 12 nedel.
Pasientы s sirrozom SR A ili V

genotip 1 ili 4

 

3genotip

 

Daklatasvir tabletka + sofosbuvir + ribavirin12 hafta davomida.

Daklatasvir tabletka + sofosbuvir +/- ribavirin24hafta davomida.

SR S sirrozi bo‘lgan pasientlar Daklatasvir tabletka + sofosbuvir +/- ribavirin24hafta davomida.

CP: «Child-Pugh»

* shu jumladan bir vaqtda odam immun tanqisligi virusi (OITV) bilan infeksiyalangan pasientlar.

«1 Tabletka daklatasvir + peginterferon alfa + ribavirin» – bu tartib/sxema sirrozi bo‘lmagan yoki kompensasiyalangan sirrozi bo‘lgan 4 genotipli pasientlar uchun muqobil tavsiya etilgan sxema hisoblanadi. Virdak 24 hafta davomida qo‘llanadi; peginterferon alfa va ribavirin bilan birga – 24-48 hafta davomida qo‘llanadi:

  • agar SSG RNK davolashning ikkala 4 va 12 haftalarida aniqlanmaydigan darajada qolsa, davolashning barcha 3 komponentini 24 hafta davomida davom ettirish kerak.
  • agar SSG RNK aniqlanmaydigan darajaga erishilsa, lekin davolashning ikkala 4 va 12 haftalarida emas, Virdakni 24-chi haftada qabul qilishni to‘xtatish kerak, peginterferon alfa va ribavirinni 48 hafta davomida qabul qilishni davom ettirish kerak.

Ribavirin, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Virdak bilan birga qo‘llanadigan ribavirinning dozasi bemorning tana vazniga bog‘liq (<75 kg yoki ≥75 kg pasientlar uchun muvofiq ravishda 1000 yoki 1200 mg). Avval ribavirinni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing.

Chayld-Pyu bo‘yicha A, V, S yoki jigar sirrozi bo‘lgan yoki jigar transplantasiyasidan keyin SSG infeksiyasini qaytalanishi bo‘lgan pasientlarda ribavirinning tavsiya etilgan dozasi ovqat bilan birga kuniga 600 mg ni tashkil etadi. Agar boshlang‘ich doza yaxshi o‘zlashtirilsa, dozani har kuni maksimum 1000-1200 mg gacha (chegara nuqtasi 75 kg) titrlash mumkin. Agar boshlang‘ich doza yomon o‘zlashtirilsa, dozani gemoglobinni o‘zgarishi va kreatinin klirensi asosida klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha kamaytirish kerak (2-jadvalga qarang).

2 jadval: Sirrozi yoki posttransplantasion davrdagi pasientlarda Virdak bilan birga ribavirinni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

 

Laborator ko‘rsatkichlar / klinikmezonlar Ribavirinni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Gemoglobin  
> 12 g/dl Har kuni 600 mg
> 10 do ≤ 12 g/dl Har kuni 400 mg
> 8.5 do ≤ 10 g/dl Har kuni 200 mg
≤ 8.5 g/dl Ribavirinni bekor qilish
Kreatinin klirensi
>50 ml/min. Gemoglobin darajasiga qarab yuqorida ta‘riflangan yo‘riqnomaga rioya qiling
> 30 do ≤ 50 ml/min. Ikki kunda bir marta 200 mg
≤ 30 ml/min. yoki gemodializ Ribavirinni bekor qilish

Dozani modifikasiya qilish, vatincha to‘xtatish va to‘xtatish

Noxush reaksiyalarni boshqarish uchun Virdak tabletkalarining dozani modifikasiya qilish tavsiya etilmaydi. Agar noxush reaksiyalar rivojlangan hollarda sxemadagi komponentlar bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish talab etilsa, Virdakni monoterapiya sifatida yuborish mumkin emas.

Virdak preparatini qabul qilish to‘xtatilganda Virdak + sofosbuvir majmuasiga qo‘llab bo‘ladigan virusologik davolashning hech qanday qoidalari mavjud emas.

Daklatasvir, peginterferon alfa va ribavirin bilan davolash vaqtida virusologik javob yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda davolashni to‘xtatish.

Davolash vaqtida virusologik javob yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda barqaror virusologik javobga (SVR)erishish ehtimoli kam; shuning uchun bunday pasientlarda davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Davolashni to‘xtatishni chaqiruvchi (ya‘ni davolashni to‘xtatuvchi qoidalar) SSG RNK chegaraviy ko‘rsatkichlari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.

3-jadval: Davolash vaqtida virusologik javob yetishmovchiligi bo‘lgan, Virdak (daklatasvir) ni peginterferon alfa va ribavirin bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda davolashni bekor qilish qoidalari

 

SSG RNK Harakat
Davolashning 4 haftasi: >1000 XB/ml Daklatasvir, peginterferon alfa varibavirinni qabul qilishni to‘xtatish
Davolashning 12haftasi: ≥25XB/ml Daklatasvir, peginterferon alfa varibavirinni qabul qilishni to‘xtatish
Davolashning 24haftasi: ≥25XB/ml Peginterferon alfa varibavirinni qabul qilishni to‘xtatish (daklatasvir bilan davolash 24 haftada yakunlangan)

Bir vaqtda yuboriladigan dori preparatlarining dozasi bo‘yicha tavsiyalar

Sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4)fermentining kuchli ingibitorlari

CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda yuborilganda Virdakning dozasi kuniga bir marta 30 mg gacha kamaytirilishi kerak.

CYP3A4 ning o‘rtacha induktorlari

CYP3A4 ning o‘rtacha induktorlari bilan bir vaqtda yuborilganda Virdakning dozasi kuniga bir marta 90 mg gacha oshirilishi kerak.

O‘tkazib yuborilgan dozalar

Pasientlar agar ular Virdakni qabul qilishni o‘tkazib yuborishgan bo‘lsa, agar pasient preparatni qabul qilishning rejalashtirilgan vaqtining 20 soat davomida yodiga tushgan bo‘lsa, Virdak tabletkasini iloji boricha tezroq qabul qilishi kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak. Shunga qaramasdan, agar pasientlar o‘tkazib yuborilgan doza haqida preparatni qabul qilishning rejalashtirilgan vaqtidan 20 soatdan ko‘proqdan keyin yodiga tushgan bo‘lsa, bu dozani qabul qilish o‘tkazib yuboriladi, keyingi doza esa tegishli vaqtda qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Daklatasvir xavfsizligining umumiy profili Virdakni kuniga bir marta yoki ribavirin bilan yoki usiz sofosbuvir bilan majmuada (pasientlarning soni = 679, umumlashtirilgan ma‘lumotlar) yoki peginterferon alfa va ribavirin bilan majmuada qabul qilgan (pasientlarning soni = 1536, umumlashtirilgan ma‘lumotlar) surunkali SSG infeksiyasi bo‘lgan 2215 nafar pasientlarning umumuy 14 klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga asoslangan.

Daklatasvir sofosbuvir bilan majmuada

Eng tez-tez xabar berilgan noxush reaksiyasi bo‘lib toliqish, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi bo‘lgan. 3 og‘irlik darajasidagi noxush reaksiya haqida 1% kamroq pasientlarda xabar berilgan, hech bir pasientda 4 og‘irlik darajasidagi noxush reaksiya kuzatilmagan. Noxush ko‘rinishlar tufayli 4 nafar pasientlar daklatasvir bilan davolashni to‘xtatishgan, ularning faqat bittasida o‘rganilayotgan davolash bilan bog‘liq deb hisoblangan.

Daklatasvir peginterferon alfa va ribavirin bilan majmuada

Eng tez-tez xabar berilgan noxush reaksiyasi bo‘lib toliqish, bosh og‘rig‘i, qichishish, anemiya, grippsimon holat, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, neytropeniya, asteniya, toshma, ishtahani pasayishi, terini qurishi, alopesiya, gipertermiya, mialgiya, ta‘sirchanlik, yo‘tal, diareya, hansirash va artralgiya bo‘lgan. Eng tez-tez xabar berilgan kamida 3 og‘irlik darajasidagi noxush reaksiyalar (tez-tezligi 1% yoki ko‘proq) quyidagilar bo‘lgan: neytropeniya, anemiya, limfopeniya va trombositopeniya. Peginterferon alfa va ribavirin bilan majmuadagi daklatasvirning xavfsizlik profili peginterferon alfa va ribavirinni alohida qo‘llanilganda, shu jumladan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlardagi bilan bir xil bo‘lgan.

Noxush reaksiyalar jadvali

Noxush reaksiyalar 4-jadvalda tartib/sxema, a‘zolar tizimlari sinfi va tez-tezligi bo‘yicha sanab o‘tilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam holarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) vajuda kam hollarda (<1/10000). Tez-tezlik har bir guruhi ichida noxush reaksiyalar jiddiyligi/og‘irligini kamayishi tartibida keltirilgan.

4-jadval: Klinik tadqiqotlarda kuzatilgan noxush reaksiyalar

 

A‘zolar tizimlari sinfi Noxush reaksiyalar
Tez-tezligi daklatasvir+sofosbuvir + ribavirin,

soni= 203

daklatasvir+sofosbuvir

soni= 476

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez anemiya  
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez Ishtahani pasayishi  
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez Uyqusizlik, ta‘sirchanlik uyqusizlikbessonnisa
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez Bosh og‘rig‘i Bosh og‘rig‘i
Tez-tez Bosh aylanishi, migren Bosh aylanishi, migren
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez Quyilishlar  
Nafas tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez Hansirash, jismoniy yuklamada hansirash, yo‘tal, burun bitishi  
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez Ko‘ngil aynishi  
Tez-tez Diareya, qusish, qorinda og‘riq, gastroezofageal reflyuks kasalligi, qabziyat, og‘izni qurishi, meteorizm Ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez Toshma, soch to‘kilishi, qichishish, terini qurishi  
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tez Artralgiya, mialgiya Artralgiya, mialgiya
Umumiy xarakterdagi buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar
Juda tez-tez Toliqish Toliqish

Laborator ko‘rsatkichlarni normadan og‘ishi

Klinik tadqiqotlarda daklatasvir ribavirin bilan yoki usiz sofosbuvir bilan majmuada qo‘llanilganda 2% pasientlarda gemoglobinni 3 darajali pasayishi kuzatilgan; bu pasientlarning barchasi daklatasvir + sofosbuvir + ribavirin qabul qilgan. Umumiy bilirubinni 3/4 darajadagi oshishi 5% bemorlarda (bir vaqtda atazanavir qabul qilgan OITV-infeksiyasi bo‘lgan, Chayld-Pyu bo‘yicha A, V, S sinflari yoki jigar sirrozi yoki jigar transplantasiyasidan keyingibarcha pasientlar) kuzatilgan.

 

 

Alohida noxush reaksiyalarning ta‘rifi

Yurak ritmini buzilishi

Daklatasvir sofosbivir bilan majmuada va amiodaron va/yoki yurak qisqarishlari sonini kamaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda yuborilganda og‘ir bradikardiya va yurak blokadasi holatlari qayd etilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • daklatasvirga yoki preparatning yordamchi komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik
  • tutqanoqqa qarshi (fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, okskarbazepin), antibakterial dori vositalari (rifampisin, rifabutin, rifapentin), tizimli glyukokortikosteroidlar (deksametazon), o‘simlikdan olingan dori vositalari (teshik dalachoy, Hypericum perforatum asosidagi) kabi CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari bilan majmuada
  • asunaprevirni o‘z ichiga olgan sxemani qo‘llaganda CYP3A4 izofermentining o‘rtacha induktorini bir vaqtda qo‘llash
  • laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Virdak majmuaviy davolash sxemalari tarkibida qo‘llanishi tufayli, sxemaning har bir dori vositasi bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sirlar bilan tanishib chiqish kerak. Yondosh davolash buyurilgan hollarda konservativ tavsiyalarga rioya qilish kerak.

Daklatasvir CYP3A4 izofermentining substrati hisoblanadi, shuning uchun CYP3A4 ning o‘rtacha va kuchli induktorlari qon plazmasida daklatasvirning darajasini va uning terapevtik samarasini kamaytirishi mumkin. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari daklatasvirning zardobdagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Virdak P-gp ning ham substrati hisoblanadi, lekin qon plazmasida daklatasvirning konsentarsiyasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi uchun yetarli darajada emas. Davlatasvir 1B1 va 1B3 organik anionlarning transport polipeptidi va sut bezi raki rezistentligining (BCRP) oqsili P-gp ning ingibitori hisoblanadi. Daklatasvirni qo‘llash P-gp ning yoki 1B1/1B3 organik anionlarning transport polipeptidi yoki BCRP ning substrati hisoblangan dori vositalarining tizimli ta‘sirini oshirishi mumkin, bu ularning terapevtik samarasini oshirishi yoki uzaytirishi va noxush ko‘rinishlarni kuchaytirishi mumkin. Daklatasvir va ko‘rsatilgan izofermentlar/tashuvchilarning substratlarini birga qo‘llaganda, ayniqsa ularning tor terapevtik diapazonida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Quyida daklatasvirni boshqa dori vositalari bilan aniqlangan potensial ahamiyatli dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha klinik tavsiyalar to‘plangan.

S gepatitini davolash uchun viruslarga qarshi dori vositalari

Asunaprevir. Daklatasvir va asunaprevirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari mavjud emas; asunaprevirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Haftada 1 marta 180 mkg peginterferon alfa va sutkada 2 marta 500 yoki 600 mg ribavirin. Daklatasvir, peginterferon alfa va ribavirinning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvir, peginterferon alfa va ribavirinning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Simeprevir. Daklatasvir va simeprevirning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvir va simeprevirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Sofosbuvir. Daklatasvir va GS-331007 (sofosbuvirning asosiy metaboliti) ning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvir va sofosbuvirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Telaprevir. Birga qo‘llash qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshiradi; telaprevirning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi.

Turli ta‘sir mexanizmiga ega OITV va V gepatitini davolash uchun viruslarga qarshi dori vositalari

Atazanavir/ritonavir. Birga qo‘llash qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshiradi; atazanavir/ritonavir yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Darunavir/ritonavir, lopinavir/ritonavir. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Proteaza ingibitorlari tomonidan CYP3A4 ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli daklatasvir va darunavir yoki lopinavirni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Boseprevir. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Boseprevir tomonidan CYP3A4 ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Boseprevir yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Tenofovir. Daklatasvir va tenofovirning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvir va tenofovirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Lamivudin, zidovudin, emtrisitabin, abakavir, didanozin, stavudin. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Daklatasvir va teskari transkriptazaning nukleotid ingibitorlari (TTNI) ning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvirva TTNI ning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Efavirenz. Birga qo‘llash qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini kamaytiradi; Daklatasvir vaboshqa CYP3A4 ning o‘rtacha induktorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 90 mg gacha oshirish kerak.

Etravirin, nevirapin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Etravirin vanevirapin tomonidan CYP3A4 ni induksiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini kamayishi kutiladi. Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli daklatasvir va etravirinyoki nevirapinni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Rilpivirin. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan.Daklatasvir va rilpivirinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvir va rilpivirinning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Raltegravir, dolutegravir (integrazaingibitorlari).O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Daklatasvir va integraza ingibitorlarining qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va integraza ingibitorlarining dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Enfuvirtid (birikish ingibitori). O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Daklatasvir va enfuvirtidningqon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va enfuvirtidning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Maravirok (CCR5-reseptorlari antagonistlari).O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Daklatasvir va maravirokning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va maravirokning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Kobisistat.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Kobisistattomonidan CYP3A4 ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Kobisistat yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Kislota hosil bo‘lishini susaytiruvchi vositalar

Famotidin (H2-gistamin reseptorlarining antagonisti).Daklatasvirning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Omeprazol (proton nasosi ingibitori).Daklatasvirning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi; daklatasvirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Antibakterial dori vositalari

Klaritromisin, telitromisin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Antibiotiklar tomonidan CYP3A4 ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Klaritromisin yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Eritromisin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Eritromisin tomonidan CYP3A4 ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Birga qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi.

Azitromisin, siprofloksasin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan.Daklatasvir va azitromisin va siprofloksasinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va azitromisin yoki siprofloksasinning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Antikoagulyantlar

Dabigatraneteksilati.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Daklatasvir tomonidan P-gp ni ingibisiya qilinishi tufayli, dabigatran eteksilatining qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Dabigatran eteksilati yoki tor terapevtik diapazonga ega P-gp ning boshqa substratlarini qabul qilgan pasientlarda daklatasvir bilan sxemalarni qo‘llashning boshida xavfsizlikni sinchkovlik bilan monitoring qilish tavsiya etiladi.

Varfarin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan.Daklatasvir va varfarinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va varfarinningdozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Antidepressantlar

Essitalopram (SQQOSI).Daklatasvir va essitalopramning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi; daklatasvir va essitalopramningdozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Zamburug‘larga qarshi dori vositalari

Ketokonazol 400 mg.Ketokonazol tomonidan CYP3A va P-gp ni susaytirilishi tufayli daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi kuzatiladi. Ketokonazol yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Itrakonazol, pozakonazol, vorikonazol.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Zamburug‘larga qarshi dori vositalaritomonidan CYP3A ni susaytirilishi tufayli, daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi kutiladi. Ketokonazol yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini yondosh qo‘llaganda daklatasvirning dozasini sutkada 1 marta 30 mg gacha kamaytirish kerak.

Flukonazol. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Zamburug‘larga qarshi dori vositalaritomonidan CYP3A ni susaytirilishi tufayli, ikkala dori vositalarining dozasini o‘zgartirishni talab etmaydigan daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini o‘rtacha oshishi kutiladi. Flukonazolning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishi kutilmaydi.

Yurak-qon tomirga ta‘sir etuvchi dori vositalari

Digoksin. Daktatasvir tomonidan P-gp ni susaytirilishi tufayli daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi kutiladi. Digoksin va tor terapevtik diapazonga ega P-gp ning boshqa substratlarini daklatasvir bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Digoksinning eng past dozasini buyurish va qon plazmasida digoksinning darajasini kuzatish kerak. Kutilgan terapevtik samaraga erishish uchun dozani titrlashni o‘tkazish kerak.

Diltiazem, nifedipin, amlodipin.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Kalsiy kanallari blokatorlari tomonidan CYP3A ni ingibisiya qilinishi tufayli, daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi kutiladi. Daklatasvirni kalsiy kanallari blokatorlari bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Verapamil.O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Verapamil tomonidan CYP3A va P-gp ni ingibisiya qilinishi tufayli, daklatasvirning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi kutiladi. Verapamilni daklatasvir bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Peroral kontraseptivlar

Sutkada 1 marta 35 mkg etinilestradiol + 7 kun davomida sutkada 1 marta 0,18/0,215/0,25 mg norgestimat.Peroral kontraseptivlarning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishi kuzatilmaydi. Birga qo‘llash daklatasvirning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sirga ega emas.

Sutkada 1 marta 30 mkg etinilestradiol + sutkada 1 marta 1,5 mg noretindron asetati (yuqori dozadagi homilaga qarshi vosita).Peroral kontraseptivlarning (faqat peroral kontraseptivlarning past dozalarini qo‘llashga nisbatan) konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishi kuzatilmaydi. Birga qo‘llash daklatasvirning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sirga ega emas.

Immunodupressantlar

Sutkada 1 marta 400 mg siklosporin.Daklatasvir va siklosporinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kuzatiladi. Daklatasvir va siklosporinningdozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Sutkada 1 marta5 mgtakrolimus. Daklatasvir vatakrolimusning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kuzatiladi. Daklatasvir va takrolimusning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Sirolimus, mikofenolat mofetili. O‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan.Daklatasvir vaimmunodepressantning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarmasligi kutiladi. Daklatasvir va immunodepressantlarningdozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Gipolipidemik dori vositalari

Rozuvastatin, atorvastatin, fluvastatin, simvastatin, pitavastatin, pravastatin.Daklatasvir qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshiradi. Boshqa statinlar yuzasidan o‘zaro ta‘sirlar o‘rganilmagan, lekin daklatasvir tomonidan OATP 1B1 va/yoki BCRP ni ingibisiya qilinishi tufayli, qon plazmasida statinlarning konsentrasiyasini oshishi kutiladi. Daklatasvir va rozuvastatin yoki OATP 1B1, OATP 1B3 va BCRP larning boshqa substratlarini birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Narkotik analgetiklar

Sutkada 1 marta 8/2 dan 24/6 mg gacha buprenorfin/nalokson, individual doza (kuniga 1 marta 60 mg daklatasvir). Buprenorfin/nalokson bilan davolangan opioidga qaram pasientlarda daklatasvirning farmakokinetikasida (AUC, Cmax, Cmin) klinik ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan. Buprenorfin va norbuprenorfinning qon plazmasidagi konsentrasiyalarini klinik ahamiyatli o‘garishlari kuzatilmagan. Daklatasvirvabuprenorfinning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Metadon 40–120 mg bir marta, har kunlik dozasia (kuniga 1 marta 60 mg daklatasvir).Metadon bilan davolangan opioidga qaram pasientlarda daklatasvir va R-metadonning qon plazmasidagi konsentrasiyalarini klinik ahamiyatli o‘garishlari kuzatilmagan. Daklatasvirvametadonningdozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

 

Sedativ vositalar

Midazolam (5 mg bir marta), triazolam, alprazolam. Midazolamning qon plazmasidagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘garishlari kuzatilmagan. Triazolam va alprazolam yuzasidan o‘zaro ta‘sirlar o‘rganilmagan, lekin bu benzodiazepinlarning qon plazmasidagi konsentrasiyalarini o‘zgarishi kutilmaydi. Midazolam va CYP3A4 ning boshqa substratlarining dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Daklatasvir monoterapiya sifatida qo‘llanmasligi kerak.

Og‘ir bradikardiya va yurak blokadasi

Daklatasvir sofosbivir bilan majmuada va yurak qisqarishlari sonini kamaytiruvchi boshqa preparatlar bilan yoki usiz amiodaron bir vaqtda yuborilganda og‘ir bradikardiya va yurak blokadasi holatlari qayd etilgan. Ta‘sir mexanizmi aniqlanmagan. Amiodaronni bir vaqtda yuborish sofosbuvir va bevosita ta‘sir ega viruslarga qarshi preparatlarni (DAAs)klinik qo‘llanishi bilan cheklangan. Bunday holatlar hayot uchun potensial xavfli hisoblanadi, shuning uchun amiodaronni faqat boshqa muqobil antiaritmik davolash usullari o‘zlashtirilmasa yoki qo‘llash mumkin bo‘lmasa daklatasvir va sofosbuvirni qabul qilayotgan pasientlarda qo‘llash kerak.

Agar amiodaronni bir vaqtda qo‘llash zarur deb hisoblansa, daklatasvirni sofosbuvir bilan majmuada qabul qilishni boshlayotgan pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Bradiaritmiyaning yuqori xavfiga ega pasientlar tegishli klinik sharoitlarda 48 soat davomida uzluksiz kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Amiodaronning davomli yarim parchalanish davri tufayli, oxirgi bir necha oy davomida amiodaronni qabul qilishni to‘xtatgan va sofosbuvir bilan majmuada daklatasvirni qabul qilishni boshlamoqchi bo‘lgan pasientlarni tegishli kuzatish kerak.

Daklatasvir va sofosbuvirni yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiruvchi boshqa preparatlar bilan yoki usiz amiodaron bilan majmuada qabul qilayotgan barcha pasientlar ham bradikardiya va yurak blokadasining simptomlari haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak va bu simptomlar paydo bo‘lgan hollarda pasientlar darhol tibbiy yordamga murojaat etishlari kerak.

Genotip-spesifikfaollik

Turli genotiplar uchun tavsiya etilgan sxemalar bilan “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limidan tanishib chiqing; genotip-spesifik virusologik va klinik faollik – “Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang.

2 genotip infeksiyasini davolashni tutib turish uchun Virdak va sofosbuvirni qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan.

4 va 6 genotip SSG infeksiyalangan pasientlarda daklatasvir va sofosbuvirni tutib turish uchun qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan. 5 genotipi bo‘lgan bemorlardagi klinik ma‘lumotlar mavjud emas.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar, Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinf

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinf jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda SSG-infeksiyasini davolaganda daklatasvirning xavfsizligi va samaradorligi ALLY-1 (AI 444215, 12 hafta davomida daklatasvir + sofosbuvir + ribavirin) klinik tadqiqotida aniqlangan; shunga qaramasdan Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflari bo‘lgan bemorlarga nisbatan SVR ko‘rsatkichi pastroq bo‘lgan. Shunday qilib, pasientlarni bu guruhiga 24 hafta davomida daklatasvir + sofosbuvir +/- ribavirin bilan konservativ davolash sxemasi tavsiya etiladi. Pasientni individual klinik baholash asosida ribavirin qo‘shilishi mumkin.

Daklatasvir bilan takroran davolash

Dastlab NS5A ingibitori bilan davolangan pasientlarda takroran davolash tartibining bir qismi sifatida Virdakning samaradorligi aniqlanmagan.

 

S gepatiti virusi/V gepatiti va/yoki OITS virusi bilan koinfeksiya

V gepatiti va/yoki OITS virusi bilan koinfeksiyasi bo‘lgan pasientlarda SSG infeksiyasini davolaganda daklatasvirning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Virdakni boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish boshqa preparatlarning konsentrasiyasini o‘zgartirishi mumkin va boshqa dori vositalari daklatasvirning konsentrasiyasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”, “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limlariga qarang).

Daklatasvir bilan majmuaviy davolashning klinik tadiqotiga kiritilgan 2000 dan ortiq pasientlardan 372 nafar pasientlarda kompensasiyalangan jigar sirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinfi) bo‘lgan. Kompensasiyalangan sirrozi bo‘lgan pasientlarda va sirrozi bo‘lmagan pasientlarda xavfsizlik va samaradorlik ko‘rsatkichlarida farqlar kuzatilmagan. Kompensasiyalanmagan sirrozi bo‘lgan pasientlarda daklatasvirni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Kuchsiz (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinfi), o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yichaV sinfi) yoki og‘ir (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yichaS sinfi) jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda daklatasvirning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda daklatasvir bilan majmuaviy davolashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Jigar transplantasiyasidan keyin daklatasvirni qo‘llashning cheklangan tajribasi mavjud.

Daklatasvirni QTc intervaliga ta‘siri sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan randomizasiya qilingan plasebo-nazoratlangan tadqiqotlarda baholangan. Daklatasvirning 60 va 180 mg bir martalik dozalari Frederik formulasi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan QTc intervaliga(QTcF) klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan. Qon plazmasida daklatasvirning konsentrasiyasini oshishi va QTc ni o‘zgarishi orasida bog‘liqlik kuzatilmagan. Bunda daklatasvirning 180 mg bir martalik dozasi klinik qo‘llanilganda qon plazmasidagi maksimal kutilgan konsentrasiyaga mos keladi.

Homiladorlik

Daklatasvir bilan davolash yakunlangandan keyin 5 hafta davomida kontrasepsiyaning adekvat usullaridan foydalanish kerak.

Dori vositasining transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Virdakni qo‘llaganda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Agar pasient diqqatni jamlashga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan bosh aylanishi, diqqatni jamlashni buzilishi, ko‘rish o‘tkirligini noaniqligi/pasayishini his qilsa (ushbu noxush ko‘rinishlar peginterferon alfa bilan davolash sxemasi qo‘llanilganda kuzatilgan), u transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishi kerak.

Virdak bilan davolashni buyurishdan oldin va davolash vaqtida dorilarning o‘zaro ta‘sirini e‘tiborga olish, yondosh dori vositalarini buyurilishini tekshirish va yondosh dori vositalari bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalarni nozorat qilishni amalga oshirish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozani oshirib yuborilishining simptomlari ta‘riflanmagan. I faza klinik tadqiqotlarda sog‘lom odamlarda daklatasvir 10 kun davomiylikda 100 mg gacha dozada yoki 200 mg gacha bir martalik dozada kutilmagan nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan.

Davolash: Virdak preparatiga spesifik antidot noma‘lum. Dozani oshirib yuborilganda bemorning hayotiy muhim faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va bemorni hayot faoliyati uchun tegishli davolashni o‘tkazish kerak. Plazma oqsillari bilan yuqori darajada (˃99%) bog‘lanishi tufayli, dializ daklatasvirning plazmadagi konsentrasiyasini ahamiyatli darajada kamaytirishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 30 mg va 60 mg.

28 tabletkadan yuqori zichlikdagi polietilen konteynerga joylanadi.

1 konteynerdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIRDAK tabletkalari 60mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 dori vositasi Hetero Labs Limited (Unit-III) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DALASBIN tabletkalari 60mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Даклатасвир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Global Napi Pharmaceuticals
  • Vakil: Rotapharm
DAKLOS tabletkalari 60mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Даклатасвир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Incepta Pharmaceuticals Ltd
  • Distribyutor: Neo Farm MChJ
DAKLOS tabletkalari 60mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Даклатасвир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Incepta Pharmaceuticals Ltd
  • Distribyutor: Neo Farm MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9