×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIS NOL kapsulalar 120mg N100

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Висмута субнитрат
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармак, ПАО
ATX kodi:
- A02BX05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 100 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
MAALOKS tabletkalari N20 Sanofi Aventis S.p.A. Italiya
64 900 s`om dan
OMEZ kapsulalar 20mg N30 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
ZULBEKS tabletkalari 20mg N28 Krka d.d. Sloveniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIS NOL kapsulalar 120mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIS-NOL

VIS-NOL

 

Preparatning savdo nomi: Vis-nol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vismut subsitrati (bismuth subcitrate)

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 120 mg Vі2O3 ga qayta hisoblanganda 499,8 mg kolloid vismut subsitrati;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: korpusi oq rangli, qopqog‘i sariq rangli, № 1 silindrik shakldagi qattiq jelatinli kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – oq rangli yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli kukunsimon granulalangan aralashma, ammiak hidiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Peptik yara va gastroezofageal reflyuksli kasallikni davolash uchun vositalar. Vismut subsitrati.

ATX kodi: A02V X05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gastroprotektor ta‘sirga ega. Me‘daning kislotali muhitida kolloid vismut subsitrati yaralar va eroziyalar yuzasida himoya plyonkasini hosil qiladi, bu ularning chandiq hosil qilib bitishiga yordam beradi va shilliq qavatni me‘da shirasi ta‘siridan saqlaydi. Preparat Ye2 prostaglandini sintezini rag‘batlantiradi, musin hosil bo‘lishini va gidrokarbonat sekresiyasini ko‘paytiradi, nuqson zonasida o‘sishning epidermal omilini to‘planishiga olib keladi, pepsin va pepsinogen faolligini pasaytiradi.

Preparat Helicobacter rylori ga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega.

Farmakokinetikasi

Kolloid vismut subsitrati me‘da-ichak yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi, faol moddaning faqat uncha katta bo‘lmagan miqdori qonga o‘tadi va siydik bilan chiqariladi, bunda qon plazmasida vismut konsentrasiyasi davolash tugaganidan keyin tezda pasayadi. Asosan ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastrit (xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalari tarkibida);
  • surunkali gastrit va zo‘rayish bosqichidagi, shu jumladan Helicobacter rylori tomonidan chaqirilgan gastroduodenit.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Oz miqdordagi suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 14 yoshdan boshlab bolalarga sutkada 4 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan  30 minut oldin va kechasiga yoki sutkada 2 marta 2 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.

8 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2 marta 1 kapsuladan ovqatlanishdan 30 minut oldin buyuriladi.

4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 8 mg/kg dozada, sutkalik dozani 2 marta qabul qilishga bo‘lib, lekin sutkada 2 kapsuladan oshmagan holda buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi – 4-8 hafta. 8 hafta davomida tarkibida vismut saqlovchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Helicobacter rylori mavjud bo‘lganida xelikobakteriyaga qarshi davolash sxemalarida Vis-Noldan foydalanish shifokor tomonidan buyuriladi. Kvadroterapiyada Vis-Nolni sutkada 4 marta 120 mg dozada qabul qilishni tetrasiklin bilan sutkada 4 marta 500 mg dozada, metronidazol bilan sutkada 3 marta 500 mg dozada va proton pompasi ingibitori (omeprazol, lanzaprozol, pantaprazol yoki ezomeprazol) bilan sutkada 2 marta standart davolash dozasida birga amalga oshirish tavsiya etiladi. Majmuaviy davolash davomiyligi – 10-14 kun.

Yara nuqsoni regenerasiyasini yaxshilash uchun Vis-Nol bilan keyingi davolashni amalga oshirish: sutkada 4 marta nonushta, tushlik va kechki ovqatlanishdan 30 minut oldin, va to‘rtinchi marta uyqudan oldin 1 kapsuladan. Vis-Nol bilan davolashning umumiy davomiyligi – 6 haftagacha (eng ko‘pi bilan 8 hafta).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ahlatni qora rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya.

Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan: toshma, qichishish.

Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vis-Nolni qabul qilishga qadar yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin hech qanday boshqa dorilarni, ovqat yoki ichimliklarni, sut antasidlari, mevalar yoki meva sharbatlarini iste‘mol qilish mumkin emas, chunki ular preparat ta‘sirini o‘zgartirishi mumkin.

Preparat tetrasiklinlarni so‘rilishini kamaytiradi; tarkibida vismut saqlovchi preparatlar (vikalin, vikair, roter) ni bir vaqtda qabul qilish qonda vismut konsentrasiyasi haddan ziyod oshib ketish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qo‘llanilganida ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin. Bunday holda shifokorga maslahat uchun murojaat qilish zarur.

Preparatni qabul qilishdan yarim soat oldin va qabul qilingandan keyin yarim soat keyin antasid preparatlarini qabul qilish va sut ichish mumkin emas, chunki mavjud me‘da shirasi himoya qatlamini shakllantirish uchun zarur bo‘ladi.

Kam hollarda ensefalopatiya yuzaga kelishi tufayli, vismut birikmalarini uzoq muddat davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatni tavsiya etilgan qabul qilish tartibiga rioya qilinganida ushbu nojo‘ya ta‘sir yuzaga kelishi xavfi juda ham kam. Biroq Vis-Nolni qabul qilish davomida tarkibida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Tavsiya etilmaydi.

Bolalar.

Vis-Nolni bolalarda 4 yoshdan boshlab qo‘llanadi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Vis-Nolni reaksiya tezligiga salbiy ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Biroq preparatning bunday ta‘siri ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning katta dozalari tez-tez qabul qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin bo‘lib, u 10 kundan keyin buyrak yetishmovchiligi uchun xos bo‘lgan simptomlar (qon plazmasida vismut darajasining oshishi) bilan ifodalanishi mumkin.

Qon plazmasida vismut yuqori miqdorda bo‘lishi bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishida kompleks hosil qiluvchi birikmalar – dimerkaptoqahrabo va dimerkaptopropansulfon kislotalari qo‘llaniladi.

Davolash me‘dani yuvish va so‘ngra faollashtirilgan ko‘mir hamda osmotik surgi vositalarini qabul qilishdan iborat. Qo‘shimcha davolash sifatida vismut absorbsiyasi majburiy emas. Buyrakning og‘ir kasalliklari bilan kechganida gemodializni o‘tkazish lozim.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 10 blisterdan qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIS NOL kapsulalar 120mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIS NOL kapsulalar 120mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIS NOL kapsulalar 120mg N100 dori vositasi Фармак, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIS NOL kapsulalar 120mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIS NOL kapsulalar 120mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DE NOL tabletkalari 120mg N112
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Висмута субнитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 268 800 so'mdan Batafsil
DE NOL tabletkalari 120mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Висмута субнитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DIALIPON TURBO infuziya uchun eritma 50ml 1,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 800 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 2 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75%
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,1g N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 200mg/ml N1
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 300mg/ml N1
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 24mg N30
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 16mg N30
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9