Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
42 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash43 000 s`om dan
Bron qilishQULLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VITAMED®
VITAMED®
Preparatning savdo pomp: Vitamed®
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
faol moddalar: | |
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) | 10 mg |
Riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) | 4 mg |
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) | 4 mg |
Nikotinamid (RR vitamini) | 40 mg |
Sianokobalamin (V12 vitamini) | 8 mkg |
D-pantenol (V5 provitamini) | 6 mg |
yordamchi moddalar: | |
Benzil spirti | 18 mg |
Propilenglikol | 100 mg |
Natriy edetat | 2 mg |
In‘eksiya uchun suv | 2 ml gacha |
Ta‘rifi: tiniq sariq eritma
Farmakoterapevtik guruxi: V guruh vitaminlar majmuasi
ATX kodi: A11E
Farmakologik xususiyatlari
Preparatni tarkibiga kiruvchi V guruh vitaminlarning xususiyati bilan aniqlanadi.
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – odam organizmida fosforlanish jarayoni natijasida kokarboksilazaga aylanadi, bu ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Tiamin mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi va qon elementlari sinteziga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyati, to‘qima nafasini boshqarish uchun zarur.
Riboflavin (V2 vitamini) – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvida, shuningdek ko‘zning normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Biogen aminlar va neyrotransmitterlarning almashinuvini nazorat qiladi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Piridoksin aminokislotalarning almashinuviga ta‘sir qiluvchi ko‘pchilik fermentlarning oksidlanmagan 1kofermenti hisoblanadi. Piridoksin triptofan, meteonin, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida ishtirok qiladi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Piridoksin lipidlar almashinuvini me‘yorlashtirish qobiliyatiga ega.
Nikotinamid (RR vitamini) – nikotinamid kofermentlarning (NAD+ va NADF+ va boshqa tiklangan shakllari) strukturali komponenti hisoblanadi. Ular energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynovchi, 300 ga yaqin oksidlanish-qaytarilish fermentlarining tarkibiga kiradi. Nikotinamid bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stloq qismining faoliyatiga, qon tomir havzasining holatiga va qon oqimining tezligiga faollashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Qonda xolesterin va trigliseridlar miqdorini kamaytiradi, oqsillar va karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) – yuqori biologik faollikka ega. Normal qon yaratish uchun zarur (eritrositlarni yetilishiga yordam beradi). Transmetillanish jarayonlarida, vodorodni olib o‘tilishida, meteonin, nuklein kislotalari, xolin, kreatininni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigar funksiyasiga va nerv tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qon ivish tizimini faollashtiradi.
D-pantenol (V5 provitamini) – yog‘lar, oqsillar, karbonsuvlar metabolizmida asosiy rolni o‘ynaydi, hayot uchun muhim bo‘lgan sterollar, neyromediatorlar, fosfolipidlar, porfirin kabi birikmalarning sintezida ishtirok qiladi. Nerv tizimining holatiga, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bezining faoliyatiga me‘yorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sutkada 1 marta 0.25-2 ml mushak ichiga chukur yoki vena ichiga sekin yuboriladi. Davolash kursi 10-30 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda qichishish, eshakemi, ko‘p terlash, toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Gipervitaminozi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar va bazis davolashning boshqa preparatlari bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
V guruh vitaminlar kompleksi – suvda eruvchan vitaminlar bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam.
V vitaminining dozasini oshirib yuborilishi simptomlari: jumladan, chanqoqni oshishi, teri qizarishi, xaddan ziyod siydikni ajralishi, diareya. Bu simptomlar – tana kompensasion mexanizmi, tanadan ortiqcha vitaminni safro qopi va ichaklar orkali chiqarish.
Chikarilish shakli
In‘eksiya 2 ml eritma jigarrang rangli shisha ampulada (I tur). 5 ampula plastik kontur uyali o‘ramda karton kutida (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan) joylangan.
Saklash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.