Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VITAMIN Ye
Preparatning savdo nomi: Vitamin Ye
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Tocopherol
Dori shakli: kapsulalar 200 mg va 400 mg
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi modda: alfa-tokoferilasetat – 200 mg va 400 mg.
Yordamchi modda: kungaboqar moyi.
Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, tozalangan suv, natriy benzoati Ye-211.
Ta‘rifi: oval shaklli, chokli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar, Boshqa vitaminlar.
ATX kodi: A11NA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ye vitamini antioksidant vosita bo‘lib hisoblanadi, xujayralar proliferasiyasi, to‘qima metabolizmi jarayonlarida ishtirok etadi, eritrositlar gemolizini oldini oladi, yuqori o‘tkazuvchanlik va kapillyarlarning mo‘rtligini oldini oladi.
Preparat ateroskleroz, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida degenerativ-distrofik o‘zgarishlar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, miokardni oziqlanishi va qisqaruvchanlik qobiliyatini yaxshilaydi, miokard tomonidan kislorodni iste‘mol qilinishini kamaytiradi. Erkin radikal reaksiyalarni tormozlaydi, xujayraviy va subxujayraviy membranalarni shikastlovchi peroksidlar hosil bo‘lishini oldini oladi. Gem va gem saqlovchi fermentlar – gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza, peroksidaza sintezini rag‘batlantiradi.
Nuklein kislotalar va prostaglandinlar metabolizmida, xujayra nafas siklida, araxidon kislotasi sintezida ishtirok etadi.
To‘qima nafasini yaxshilaydi, oqsillar (kollagen, ferment, struktur va skelet va silliq mushaklar, miokardning qisqaruvchi oqsillari) sintezini rag‘batlantiradi, A vitaminini oksidlanishdan himoya qiladi, xolesterin sintezini ingibisiya qiladi, qon plazmasida lipidlar darajasini normallashishiga yordam beradi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari va selenni (elektronlarni tashilishining mikrosomal tizimi komponenti) oksidlanishini tormozlaydi.
Fagositozni faollashtiradi va eritrositlarning normal rezistentligini tutib turish uchun qo‘llanadi. Yuqori dozalarda trombositlar agregasiyasini oldini oladi. Odamda reproduktiv tizimga yaqqol ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Organizmda Ye vitamini bo‘lmaganida (Ye avitaminozi) skelet mushaklarida degenerativ o‘zgarishlar rivojlanadi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi oshadi, urug‘ kanallari, moyak epiteliysi haddan tashqari o‘sadi. Embrionlarda qon quyilishi yuzaga keladi, ularni ona qorni ichida o‘limi yuz beradi. Shuningdek nerv xujayralarida degenerativ o‘zgarishlar va jigar parenximasini shikastlanishi ham aniqlangan.
U vitamini yetishmovchiligida qon zardobida oqsillar konsentrasiyasini va jigar va urug‘ suyuqligida nuklein kislotalarining darajasini pasayishi kuzatiladi.
Odamda Ye vitaminini yetishmovchiligi oziqlanishni o‘ziga xos xususiyatlari (masalan ovqatda o‘simlik yog‘larini bo‘lmasligi) yoki turli kasalliklar, masalan jigar, me‘da osti bezi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Yuborilgan dozaning taxminan 50% me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi, qondagi maksimal darajasiga 4 soatdan keyin erishiladi. So‘rilishi uchun yog‘ kislotalari, yog‘larni mavjudligi, me‘da osti bezining normal funksiyasi talab etiladi. So‘rilish jarayonida Ye vitaminining xujayra ichida tashuvchilari bo‘lgan lipoproteidlar bilan majmua hosil qiladi. Asosan limfaga, keyinchalik – umumiy qon oqimiga tushadi, u yerda asosan alfa1 va beta-lipoproteidlar bilan, qisman zardobdagi albumin bilan bog‘lanadi. Oqsil almashinuvi buzilganida tashilishi qiyinlashadi. Barcha a‘zo va to‘qimalarda, asosan yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Xinon strukturasiga ega hosilalargacha (ularning ayrimlari vitamin faolligiga ega) jigarda metabolizmga uchraydi. Safro (90% dan ko‘proq) va siydik (taxminan 6%) bilan o‘zgarmagan va metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Yetarli bo‘lmagan miqdorda yo‘ldosh orqali kiradi: homila qonida ona qonidagi konsentrasiyasidan 20-30% kiradi. Ko‘krak sutiga kiradi.
Qo‘llanilishi
Ye vitamini tanqisligini davolashda qo‘llanadi.
Ye vitamini kapsulalarda malabsorbsiya sindromi bilan bog‘liq Ye vitamini tanqisligi holatlarini davolash uchun mos keladi. Bunday hollarda preparatlarni parenteral yuborish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat katta pasientlar tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya etilgan doza:
Ye vitaminining 200 mg li kapsulalari – sutkada 1-2 kapsuladan;
Ye vitaminining 400 mg li kapsulalari – sutkada 1 kapsuladan.
Maksimal sutkalik dozasi 800 mg Ye vitamini.
Kapsulani yetarli miqdordagi biron-bir suyuqlik (200 ml suv bilan maqsadga muvofiq) ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin butunligicha qabul qilinadi.
Davolash davomiyligi asosiy kasallikning kechishiga bog‘liq. Doza va davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi.
Dozani oshirib yuborilishi xavfi tufayli, Ye vitaminini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar uchun faol moddani kamroq miqdorda saqlovchi preparatlar mavjud.
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ehtiyotkorlik choralari
Dozalash tartibiga qat‘iy rioya qilish kerak.
Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalar miqdori yuqori parhezga rioya qilish Ye vitaminiga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
Alopesiya bilan shikastlangan tug‘ma bullyoz epidermolizda oq sochlar o‘sishni boshlashi mumkin.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda va/yoki takroriy davolash kurslarini buyurish zarurati bo‘lganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini, shuningdek qonda xolesterin darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Og‘ir kardioskleroz, o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin, tromboemboliya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lganida, shuningdek gipoprotrombinemiyada (K vitamini tanqisligi fonida – Ye vitaminining dozasi 400 mg dan yuqori bo‘lganida zo‘rayishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Odam organizmida birlamchi alohida Ye vitamini tanqisligi kam hollarda uchraydi. Kattalarda qonda normal ko‘rsatkich taxminan 9,5 mg/l ni tashkil qiladi, bu 22 mkmol/l ga to‘g‘ri keladi.
So‘rilishdagi, metabolizmdagi nuqsonlar yoki oksidlanishli stressda vitaminni sarflanishni oshishi tanqislikka olib kelishi mumkin. Yetishmovchilik asosan vitaminni ovqat bilan yetarli darajada tushmasligi oqibatida kelib chiqadi, shuning uchun muvozanatlashtirilgan parhez Ye vitamini tanqisligini chaqirmaydi.
Ye vitamini yeng boy manbalar: o‘stirilgan bug‘doy va ko‘pgina o‘simlik moylari. Boshqa manbalar bargli sabzavotlar, hayvonlar a‘zolari, sut va saryog‘ni o‘z ichiga oladi.
Mavsumiy o‘zgarishlar oqibatida oziq-ovqat mahsulotlaridagi Ye vitaminining miqdorini kuchli o‘zgaruvchanligi, shuningdek saqlash va tayyorlash jarayonidagi yo‘qotishlar tufayli organizmga Ye vitaminini tushishini baholash qiyin.
Milliy tavsiyalarga muvofiq sog‘lom kattalar uchun Ye vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 15 mg tokoferol ekvivalentini (1 mg alfa-tokoferol asetati = 0,67 mg tokoferol ekvivalenti) tashkil qiladi. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘shimcha sutkada 2 dan 4 mg gacha tokoferol ekvivalenti talab etiladi.
Bundan tashqari, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini yetarli miqdorda iste‘mol qilmaganda tokoferolga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
Shuningdek ayrim dori vositalarini (masalan ximioterapevtik) uzoq vaqt qabul qilganda yoki alohida kasalliklarda (masalan A-beta-lipoproteinemiya) qo‘shimcha ehtiyoj yuzaga keladi.
Odam organizmida Ye vitaminining ikkilamchi tanqisligi quyidagi sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin: me‘da rezeksiyasidan keyin, seliakiyada, enterokolitlarda, surunkali pankreatitlarda, mukovissedozda, xolestazda, qisqa ichak sindromida, A-beta-lipoproteinemiyada, uzoq vaqt parenteral oziqlantirilganda.
Ye vitamini tanqisligi erkin radikallar tomonidan induksiya qilingan xujayra va to‘qimalar tomonidan yaqqol buzilishlar, ayniqsa respirator distress-sindrom, retrolental fibroplaziya va gemolitik anemiya kabi chala tug‘ilgan chaqaloqlarda namoyon bo‘ladi. Ye vitaminini yaqqol tanqisligida nerv-mushak buzilishlari, xususan spinoserebral degenerasiya kuzatiladi.
Ichakda so‘rilishini buzilishi bilan bog‘liq Ye vitaminini tanqisligi holatlarini davolash uchun Ye vitaminining peroral shakllari mos kelmaydi. Ichakda so‘rilishini buzilishi masalan xolestazda, A-beta-lipoproteinemiyada va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilishi mumkin. bunday hollarda vitaminni parenteral yuborish talab etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Ona va homila qonidagi Ye vitaminining konsentrasiyasi orasida aniq bog‘liqlik yo‘qligi yaxshi ma‘lum. Tug‘ruq oldidan homilador ayol tomonidan Ye vitaminini qisqa muddatli qabul qilish faqat onada Ye vitamini statusini oshiradi. Ye vitamini yo‘ldosh orqali bola qoniga yetarli bo‘lmagan samaradorlikda o‘tadi deb hisoblanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tishni boshqarish mexanizmlari oxirigacha o‘rganilmagan bo‘lib qolmoqda, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali α-tokoferolni o‘tishi bo‘yicha α-TTR ning boshqaruvchi roli taxmin qilinadi.
Ye vitamini bilan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar hech qanday teratogen samaralarni namoyish qilmagan.
Tokoferol ko‘krak sutiga kiradi.
Ye vitaminini sutkalik ehtiyojlarga mos miqdorda qabul qilish mumkin. Ye vitaminining (tokoferol ekvivalenti) tavsiya etilgan sutkalik dozasi kattalar uchun 15 mg; homilador ayollar uchun 17 mg (homiladorlikning 2 yarmidan boshlab), emizikli onalarda – 19 mg ni tashkil qiladi.
Homilador ayollarda Ye vitaminining 200 mg (400 mg) dozadagi kapsulalarini qo‘llash yuzasidan nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Garchi bugungi kungacha hech qanday jiddiy samaralar noma‘lum bo‘lsada, preparatni homiladorlik vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Emizish davrida preparatni qo‘llash faqat, agar potensial foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgandagina tavsiya etiladi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Ye vitamini qonda lipidlarning perikisli oksidlanish mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi. Fenobarbital, fenitoin va karbamazepin kabi tirishishga qarshi vositalar plazmada Ye vitaminining konsentrasiyasini kamaytiradi.
Steroid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi. Yurak glikozidlari, shuningdek A va D vitaminlarining samaradorligini oshiradi va toksikligini kamaytiradi. Ye vitaminini yuqori dozalarda buyurish organizmda A vitamini tanqisligini chaqirishi mumkin.
Sutkada 400 mg dan yuqori dozada Ye vitaminini antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari), antiagregantlar (klopidogrel va dipiridamol), nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (aspirin, ibuprofen va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash gipoprotrombinemiya va qon ketishi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, izoniazid, orlistat, sukralfat va olestra yog‘ o‘rnini bosuvchi alfa-tokoferilasetatini so‘rilishini kamaytiradi.
Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Alfa-tokoferilasetatini siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llaganda siklosporinning so‘rilishi oshadi.
Hayvonlardagi eksperimentlarda Ye vitaminining haddan tashqari yuqori dozalari A va K vitaminini so‘rilishini cheklanishini namoyish qilgan.
Temirning peroral preparatlari, ikkala preparat bir vaqtda qabul qilinganda ichakda Ye vitamini so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Bunday hollarda ikkala preparatlar taxminan 4 soatlik interval bilan qabul qilish maqsadga muvofiq.
Malabsorbsiya sharoitida, Ye vitamini va K vitamini birga tanqisligida, shuningdik K vitamini antagonistini (masalan peroral antikoagulyantlarni) qabul qilganda koagulyasiyani sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak, chunki organizmda K vitamini to‘satdan kamayishi mumkin.
Antikoagulyant davolanayotgan pasientlar yoki K vitamini tanqisligi bo‘lgan pasientlar qon ketishi xavf yuqori ekanligi tufayli, sinchkov tibbiy kuzatuvsiz Ye vitaminini qo‘llamasliklari kerak.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar. 1200 mg dan yuqori dozada alfa-tokoferol asetati (800 mg tokoferol ekvivalenti) qabul qilinganda kreatinuriya, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – diareya, epigastriyda og‘riq; ko‘ngil aynishi, meteorizm; qon zardobida kreatinkinaza faolligini oshishi kuzatilishi mumkin.
Alfa-tokoferol asetatini kuniga 600 mg (400 mg tokoferol ekvivalenti) uzoq vaqt qabul qilish qon zardobida qalqonsimon bezi gormonlarining darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: sutkada 400-800 mg dozalarda uzoq vaqt qabul qilganda ko‘rishni noaniqligi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, odatdagi bo‘lmagan toliqish, diareya, gastralgiya, asteniya; sutkada 800 mg dan yuqori dozada uzoq vaqt qabul qilganda – K gipovitaminozi bo‘lgan bemorlarda qon ketishi rivojlanishi xavfini oshishi, tireoid gormonlar metabolizmini buzilishi, jinsiy funksiyani buzilishi, tromboflebit, tromboemboliya, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, giperbilirubinemiya, buyrak yetishmovchiligi, ko‘z to‘p pardasiga qon quyilishi, gemorragik insult, assit, gemoliz.
Davolash: preparatni bekor qilish; jigarda Ye vitamini metabolizmini tezlashtiruvchi glyukokortikoidlar; simptomatik vositalar buyuriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga quyidagilar kiradi:
Avtomobilni boshqarish, texnika bilan ishlash qobiliyati
Ta‘sir ko‘rsatmaydi.
O‘rami
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 3 yoki 6 kontur uyali o‘ramdan ilova-varaqa bilan qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.