×
×
  • VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
ATX kodi:
- A11GA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 43 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 FORTE tabletkalari 100mg/10mg N40 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical and Chemical Works Private Co. Ltd Vengriya
112 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqinoma

Vitamin V1

Tiamin xloridining in‘eksiya uchun 5% eritmasi, 1 ml

1 ml eritma 50 mg tiamin gidroxloridi saqlaydi;

Yordamchi moddalar: dinatriy edetati, in‘eksiya uchun suv.

Eritmaning ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi – metabolik jarayonlarga ta‘sir qiluvchi vosita, vitamin preparati.

Farmakologik xususiyatlari. Vitamin V1 na faqat gipo- va avitaminozda spesifik ta‘sirga ega, u modda almashinuvi va nerv-refletor boshqaruviga qo‘shilib organizmning faoliyatiga faol ta‘sir ko‘rsatadi. Tiamin xloridi to‘rtlamchi azot atomini saqlovchi sifatida sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Gangliobloklovchi va kuraresimon samaralarga ega. Preparat qutblantiruvchi mushak relaksantlarining kuraresimon ta‘sirini susaytirishi mumkin.

Qo‘llanilishi. Tiamin xloridi V1 gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash uchun, nevritlarni, polinevritlarni, radikulitni, nevralgiyalarni, periferik falajlarni, ensefalopatiyalarni davolash uchun qo‘llanadi. Nevrasteniya, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi, ichak atoniyasi, jigar kasalliklari, miokard distrofiyasi, periferik tomirlarning spazmi (endoarterit va boshqalar), nevrogen kelib chiqishga ega dermatozlarda; terining qichishishda, piodermiyada, ekzemada, psoriazda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari. Tiamin xloridining eritmasi kattalarga mushak ichiga 0,05 g dan (1 ml 5% eritma) kuniga 1 marta har kuni, bolalarga – 0,0125 g dan (0,5 ml 2,5% eritma) yuboriladi. Davolash kursiga – 10-30 in‘eksiyalar.

Qo‘llashning o‘ziga xosligi. Tiamin xloridini V6 vitamini (piridoksin) va V12 vitamini (sianokobalamin) bilan bir vaqtda parenteral yuborish tavsiya qilinmaydi, chunki birinchisi muvofiq ravishda tiaminning allergik samarasini kuchaytiradi. Ikkinchisi uni fosforlangan biologik faol shakliga aylanishini tormozlaydi. Tiamin xloridini penisillin yoki streptomisin bilan, hamda tiamin xloridi va nikotin kislotasini bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘siri. Allergik reaksiyalar (terini qichishishi, Kvinke shishi), anafilaktik shok bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan reaksiyalar allergiyaga moyillikda, ayollarning klimakterik davrida, alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. Tiamin xloridini allergik kasalliklarida va anamnezida dorilarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Chiqarilish shakli. 5% in‘eksiya uchun eritma, 1 ml dan ampulalarda, 10 ampula karton o‘ramda. Saqlash sharoiti va muddati. Preparatni kuruq va yoruglikdan himoyalangan joyda, 15-25°S haroratda saqlash kerak. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Preparat resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAMIN S inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
VITAMIN V6 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9