×
×
  • VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
ATX kodi:
- A11GA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 102 ta dorixonasida topildi

ico 6 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 8 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
ROTAVIT KIDS sirop 150ml Rotapharm Ilaclar Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITAMIN V12

VITAMINUM B12

Preparatning savdo nomi: Vitamin V12

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sianokobalamin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sianokobalamin – 0,5 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidrosulfiti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: qizil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: V03VA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

V12 vitamini metabolik va gemopoetik ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmda (asosan jigarda) koferment shakli – V12 vitaminining faol shakli bo‘lgan adenozilkobalaminga yoki kobamamidga aylanadi va ko‘p sonli fermentlarning, shu jumladan folat kislotasini tetragidrofolatga aylantiruvchi reduktazaning tarkibiga kiradi.

Yuqori biologik faollikka ega.

Kobamamid metil va boshqa bir uglevodli fragmentlarni tashilishida ishtirok etadi, shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, kreatin, metil guruhlarining donori – metioninni hosil bo‘lishi uchun, lipotrop omil – xolinning sintezida, metilmalon kislotasini mielinning tarkibiga kiruvchi qahrabo kislotasiga aylantirish uchun, propion kislotasini utilizasiya uchun kerak. Normal qon yaratilishi uchun kerak – chunki eritrositlarni yetilishiga yordam beradi.

Eritrositlarda sulfgidril guruhlarni saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam beradi ularning gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollikni va protrombinning faolligini oshiradi. Qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi. Nerv tizimi va jigar faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarning regenerasiyalanish qobiliyatini oshiradi.

V12 vitaminiga sutkalik talab: katta yoshdagi erkaklar uchun – 1-2 mg; keksa yoshdagilar uchun – 1,2-1,4 mg; ayollar uchun – 1-2 mg (homiladorlarda 0,5 mg ga ko‘proq, emizayotganlarda – 0,6 mg ga) ko‘proq; bolalar uchun yoshiga qarab – 0,3-1,4 mg ni tashkil qiladi.

Farmakokinetikasi

Qonda V12 vitamini uni to‘qimalarga tashuvchi I va II transkobalaminlar bilan bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganidan keyin maksimal konsentrasiyaga 1 soatdan keyin erishiladi.

Jigardan ichakka safro bilan chiqariladi va yana qonga so‘riladi. Yarim chiqarilish davri – 500 kun. Buyrakning faoliyati normal bo‘lganida 7-10% buyrak orqali, taxminan 50% – axlat bilan chiqariladi; buyraklar faoliyati pasayganida – 0-7% buyrak orqali, 70-100% axlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali, ko‘krak sutiga o‘tadi.

Qo‘llanilishi

V12 vitaminini tanqisligi bilan kechuvchi xolatlar: V12 vitaminini tanqisligi bilan kechuvchi surunkali anemiyalar (Addison-Birmer kasalligi, alimentar makrositar anemiya) anemiyalarni majmuaviy davolash tarkibida (shu jumladan, temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik anemiya, toksik moddalar va/yoki dori vositalari chaqirgan anemiyalar).

Majmuaviy davolashda: surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi.

Nevrologiyada: polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi), funikulyar mieloz, periferik nerv tizimini jarohatlanishi oqibatidagi kasalliklari, amiotrofik yon sklerozi, bolalar serebral falaji, Daun kasalligi.

Dermatologiyada: psoriaz, fotodermatoz, gerpesga o‘xshash dermatit, atopik dermatit.

Profilaktika maqsadida – biguanidlar, paraaminosalisil kislotasi, askorbin kislotasini yuqori dozalarda buyurilganda, V12 vitaminini so‘rilishini buzilishi bilan kechuvchi, me‘da va ichak kasalliklari (me‘da va ingichka ichakning bir qismini rezeksiyasi, Kron kasalligi, malabsorbsiya sindromi, spru), enterit, diareya, nur kasalligida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga va intralyumbal yuboriladi.

Addison-Birmer kasalligida – sutkada 100-200 mkg dan, kunora teri ostiga; funikulyar mielozda nerv tizimini faoliyatini buzilishi bilan kechuvchi makrositar anemiyalarda – birinchi haftada sutkada 400-500 mkg dan har kuni, so‘ngra – 5-7 kunda 1 marta (bir vaqtda folat kislotasi buyuriladi); remissiya davrida samarasini bir maromda ushlab turuvchi doza – sutkada 100 mkg dan bir oyda 2 marta, nevr tizimi faoliyatini buzilishlarida – 200-400 mkg dan bir oyda 2-4 marta buyuriladi.

O‘tkir postgemorragik va temir tanqisligi anemiyalarida – 30-100 mkg dan haftada 2-3 marta; aplastik anemiyada 100 mkg dan klinik-gematologik yaxshilanish bo‘lgunicha yuboriladi. Nerv tizimi buzilishlari tomonidan – 200 – 400 mkg dan bir oyda 2-4 marta qo‘llaniladi.

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi kasalliklarida – 200-500 mkg dan kunora 2 xafta davomida yuboriladi.

Periferik nerv tizimining travmatik shikastlanishlarida – 200-400 mkg kunora 40-45 kun davomida qo‘llaniladi.

Gepatitlar va jigar sirrozida sutkada 30-60 mkg yoki 100 mkg kunora, 25-40 kun davomida yuboriladi.

Nur kasalligida – 60-100 mkg dan har kuni 20-30 kun davomida qo‘llaniladi. Funikulyar mielozda, amiotrofik yon sklerozda – 15-30 mkg dan intralyumbal, dozasi asta-sekin 200-250 mkg gacha oshiriladi.

V12 vitamini tanqisligini bartaraf qilish uchun V12 vitamini 1 mg dan har kuni 1-2 hafta davomida mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.

Erta yoshdagi bolalarga alimentar anemiya va chala tug‘ilgan bolalar anemiyasida – teri ostiga kuniga 30 mkg har kuni 15 kun davomida yuboriladi. Kichik yoshdagi bolalar distrofiyasida, Daun kasalligi va bolalar serebral falajida – teri ostiga 15-30 mkg dan kunora yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, ruxiy qo‘zg‘aluvchanlik, kardialgiya, taxikardiya, diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Yuqori dozalarda qo‘llanganda – giperkoagulyasiya, purin almashinuvini buzilishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, tromboemboliya, eritremiya, eritrositoz, homiladorlik (V guruh vitaminlari katta dozalarda qo‘llanganda teratogen ta‘siri qilish ehtimoli yuzasidan ayrim ko‘rsatmalar bor), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Askorbin kislotasi, og‘ir metall tuzlari (sianokobalaminni faolsizlanishi), tiamin bromidi, piridoksin, riboflavin (sianokobalamin molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni boshqa vitaminlarni buzadi) bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir. Qon ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Aminoglikozidlar, salisilatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, kolxisin, kaliy preparatlari preparatni so‘rilishini pasaytiradi. Tiamin chaqirgan allergik reaksiyalarning rivojlanish xavfini oshiradi. Xloramfenikol – preparatga nisbatan gemopoetik javobni pasaytiradi. Folat kislotasi bilan majmuada toksik ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Folat kislotasi yetishmovchiligini yashirishi mumkinligi sababli, preparatni buyurishdan oldin V12 vitamini tanqisligi diagnostik tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Davolash vaqtida periferik qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak: davolashning 5-8 kuni retikulositlarning soni, temir konsentrasiyasi aniqlanadi. Gemoglobin, eritrositlarning miqdori va rangli ko‘rsatkichni bir haftada 1-2 marta 1 oy davomida, so‘ngra – bir oyda 2-4 marta nazorat qilish kerak. Eritrositlarning miqdori 4-4,5 mln/mkl gacha oshganida, eritrositlarning normal o‘lchamlarga erishilganida, anizo- va poykilositoz yo‘qolgani, retikulositar krizdan keyin retikulositlarning soni normal bo‘lganida remissiyaga erishiladi. Gematologik remissiyaga erishilgandan keyin periferik qon nazorati 4-6 oyda kamida 1 marta o‘tkaziladi.

Tromb hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan shaxslarda va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda (in‘eksiyaga 0,1 mg gacha kam dozalarda) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Pernisioz anemiyada, me‘da-ichak yo‘llarida (MIY) o‘tkaziladigan operasiyalarda uzoq vaqt qo‘llaniladi. Homiladorlik, emizish davrida, shuningdek keksa yoshdagi odamlarda tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda, yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalardan tashqari, reaksiyalar kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya reaksiyalar kuchayishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 dori vositasi B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAMIN V12 inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
VITAMIN S inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
VITAMIN V6 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: B.V. Chemie Pharmacie Holland, Голландия произведено: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9