×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITANGO tabletkalari N40

Kategoriya:
- Tetiklashtiradigan
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
родиола розовая
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
ATX kodi:
- A13A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFAGIN kapsulalar N20 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
25 000 s`om dan
JENSHENYA nastoyka 40ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
9 000 s`om dan
ALOE ekstrakt 1ml N10 БиоФарма OOO Ukraina
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 Гриндекс, АО Latviya
19 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITANGO tabletkalari N40 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITANGO®
VITANGO®

Preparatning savdo nomi: Vitango®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Rodiola roza (Rhodiola rosea) ildizining quruq ekstrakti (1,5-5:1) (WS®1375) – 200 mg (ekstragent – 60% li etanol (m/m)),

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmeloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromeloza, stearin kislotasi, temir (II) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), ko‘pikka qarshi emulsiya (simetikon, metilsellyuloza, sorbin kislotasi).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, qizg‘ish-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: umumiy tonusni oshiruvchi vositalar.

ATX kodi: A13A

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

O‘simliklardan olinadigan antistress, adaptogen dori preparatidir. Rodiola roza ekstrakti stress omillariga nospesifik rezistentlikni rag‘batlantiruvchi adaptogen hisoblanadi. Rodiola roza ekstrakti o‘zining adaptogen ta‘sirini monoamin, kortizol va 3-endorfinning almashinuvini normallashishi; odam organizmini stressga nisbatan birlamchi javob tizimini modulyasiyasi, HPA tizimini modulyasiyasi hisobiga namoyon bo‘ladi. U shuningdek antioksidant samaraga ega, hujayrada energiyasi hosil bo‘lishini yaxshilaydi, masalan ATF miqdorini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Vitango® ko‘pgina komponentlardan tarkib topgan kompleks aralashmadir. Barcha ekstraktni faol modda deb hisoblash mumkin. Individual komponentlari bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar ma‘lum emas.

Qo‘llanilishi

Stress va toliqishning mental va jismoniy simptomlarini (toliqish, nevrasteniya, vegeto-tomir distoniyasi, ta‘sirchanlik, zo‘riqish) oldini olish va yengillashtirish uchun qo‘llanadigan o‘simlikdan olinadigan adaptogen preparatdir.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilish buyuriladi. Bir tabletka nonushtadan oldin, ikkinchisi tushlikdan oldin bir stakan suv bilan qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Rodiola roza ildizining ekstraktiga yoki dori vositasining yordamchi komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda
  • homiladorlik va laktasiya davrida
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga Vitango® dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmagan.

Transport vositasini boshqarish yoki boshqa potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta‘sir qilish xususiyati

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka PVX/PVDX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITANGO tabletkalari N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITANGO tabletkalari N40 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITANGO tabletkalari N40 dori vositasi Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITANGO tabletkalari N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITANGO tabletkalari N40 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITANGO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: родиола розовая ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UMKALOR eritma dlya priema vnutr 20ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
UMKALOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
VITANGO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: родиола розовая ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
UMKALOR eritma dlya priema vnutr 50ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
UMKALOR tabletkalari 20mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9