VITANGO ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Vitango®
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Rodiola roza (Rhodiola rosea) ildizining quruq ekstrakti (1,5-5:1) (WS®1375) – 200 mg (ekstragent – 60% li etanol (m/m)),
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmeloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromeloza, stearin kislotasi, temir (II) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), ko‘pikka qarshi emulsiya (simetikon, metilsellyuloza, sorbin kislotasi).
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, qizg‘ish-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: umumiy tonusni oshiruvchi vositalar.
ATX kodi: A13A
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
O‘simliklardan olinadigan antistress, adaptogen dori preparatidir. Rodiola roza ekstrakti stress omillariga nospesifik rezistentlikni rag‘batlantiruvchi adaptogen hisoblanadi. Rodiola roza ekstrakti o‘zining adaptogen ta‘sirini monoamin, kortizol va 3-endorfinning almashinuvini normallashishi; odam organizmini stressga nisbatan birlamchi javob tizimini modulyasiyasi, HPA tizimini modulyasiyasi hisobiga namoyon bo‘ladi. U shuningdek antioksidant samaraga ega, hujayrada energiyasi hosil bo‘lishini yaxshilaydi, masalan ATF miqdorini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Vitango® ko‘pgina komponentlardan tarkib topgan kompleks aralashmadir. Barcha ekstraktni faol modda deb hisoblash mumkin. Individual komponentlari bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar ma‘lum emas.
Qo‘llanilishi
Stress va toliqishning mental va jismoniy simptomlarini (toliqish, nevrasteniya, vegeto-tomir distoniyasi, ta‘sirchanlik, zo‘riqish) oldini olish va yengillashtirish uchun qo‘llanadigan o‘simlikdan olinadigan adaptogen preparatdir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilish buyuriladi. Bir tabletka nonushtadan oldin, ikkinchisi tushlikdan oldin bir stakan suv bilan qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Rodiola roza ildizining ekstraktiga yoki dori vositasining yordamchi komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda
- homiladorlik va laktasiya davrida
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga Vitango® dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmagan.
Transport vositasini boshqarish yoki boshqa potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta‘sir qilish xususiyati
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka PVX/PVDX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari