×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya respublikasi
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- «Walmark a.s.»
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 80 ta dorixonasida topildi

ico 88 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 101 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 90 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qobiq bilan qoplangan, 1200 mg massali tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda, 6 yoki 9  yoki 12 blisterlar karton qutida. yoki60 yoki 90 yoki 120 tabletkadan flakonda, 1 flakon karton qutida.
Faol komponentlar: magniy (magniy laktati), V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi).Yordamchi komponentlar: namlikni tutib turuvchi agent sorbitol, yopishishga qarshi agent tsellyuloza, yopishishga qarshi agent stearin kislotasining magniyli tuzi, yopishishga qarshi agent stearin kislotasi, tabletka qobig'i (stabilizator gidroksipropilmetilsellyuloza, stabilizator gidrokspropilsellyuloza, 
yopishishga qarshi agent tsellyuloza, yopishishga qarshi agent talk, o'rtacha zanjirli trigliseridlar), yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi. Sorbitol saqlaydi. Haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin
ozuqaga biologik faol qo'shimcha – magniy va V6 vitaminining qo'shimcha manbai sifatida qo'llanadi.
mahsulotning komponentlarini individual o'zlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davri, ichak funktsiyasini buzilishiga moyillikda qo'llash mumkin emas
Kattalarga 2 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurati bo'lganida qabul qilishni takrorlash mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor  bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

VITRUM®

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

 

Preparatning savdo nomi: VITRUM®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

TARKIBI: bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini) va betakaroten1                         5000 XB2

Kolekalsiferol (D3 vitamini)                                                  400 XB3

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                      30 XB4

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                                          60 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                            1,5 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                       1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  2 mg

Nikotinamid                                                                                  20 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                  6 mkg

Folat kislotasi                                                                             400 mkg

Biotin                                                                                              30 mkg

Kalsiy pantotenati pantoten kislotasiga hisoblaganda     10 mg

Fitomenadion  (K1 vitamini)                                                     25 mkg

Kalsiy gidrofosfati kalsiyga hisoblaganda                                  162 mg

Magniy oksidi magniyga hisoblaganda                                     100 mg

Kaliy xloridi kaliyga hisoblaganda                                        40 mg

Temir fumarati temirga hisoblaganda                                       18 mg

Mis oksidi misga hisoblaganda                                                  2 mg

Rux oksid ruxga hisoblaganda                                                      15 mg

Xrom xloridi xromga hisoblaganda                                            25 mkg

Marganes sulfati marganesga hisoblaganda                           2,5 mg

Qalay xloridi qalayga hisoblaganda                                         10 mkg

Nikel sulfati nikelga hisoblaganda                                     5 mkg

Kremniy oksidi kremniyga hisoblaganda                                             10 mkg

Natriy metavanadati vanadiyga hisoblaganda                          10 mkg

Kaliy xloridi xlorga hisoblaganda                                           36,3 mg

Kalsiy gidrofosfati fosforga hisoblaganda                        125 mg

Natriy molibdati molibdenga hisoblaganda                            25 mkg

Natriy selenati selenga hisoblaganda                                       25 mkg

Kaliy yodi yodga hisoblaganda                                                  150 mkg

1 – beta-karotin sinonimi

2 – 1515 mkg retinol ekvivalentiga ekvivalent

3 – 10 mkg kolekalsiferol ekvivalent

4 – 30 mg alfa-tokoferol asetati ekvivalent

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

Kobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, triasetin, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110), qizil bo‘yovchi (Ye129).

TA‘RIFI

Shaftolidan to oqish-shaftoli rangligacha bo‘lgan plyonka qobik bilan qoplangan, kapsulasimon tabletkalar, tabletkaning bir tomonida bo‘luvchi riskasi va boshqa tomonida “VITRUM” gravirovkasi bor. O‘ziga xos hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Polivitamin vositasi + minerallar.

ATX KODI: [A11AA04]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Preparatning tarkibiga kiruvchi moddalar-ning xususiyatlari bilan belgilanadi.

13 vitaminlar va 17 mineral moddalarni saqlovchi zamonaviy muvozanatlangan majmua. Kuniga bir tabletka katta odam organizmini sog‘liqni mustahkamlash va o‘zini yaxshi xis qilishni tutib turish uchun kerakli bo‘lgan barcha vitaminlar va mineral moddalar bilan ta‘minlaydi.

QO‘LLANILISHI

Gipovitaminozlar, mineral moddalar va mikroelementlar yetishmovchiligini oldini olish, shu jumladan:

  • jadal jismoniy va aqliy yuklanish davrida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzilish davrida;
  • etarlicha bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; A gipervitaminozi; D gipervitaminozi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

PREPARATNI HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin. Preparatni qabul qilishning davomiyligini shifokor belgilaydi.

NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

BOSHQA DORI VOSITALAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Preparat temir va kalsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetrasiklin guruhi antibiotiklarini, shuningdek antimikrob vositalar – ftorxinol hosilalarining so‘rilishini kechiktiradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalar ta‘sirini va nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek xolestiramin, temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi diuretik vositalari bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiemiya ehtimoli oshadi (qonda kalsiy miqdorini oshishi).

A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan Vitrum® ni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu ushbu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilishi xavfini oshiradi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilmaydi.

CHIQARILISH SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100 yoki 130 tabletkadan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

SAQLASH SHAROITI

10 – 300S dan haroratda, quruq joyda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 dori vositasi «Walmark a.s.» tomonidan Chexiya respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 151 400 so'mdan Batafsil
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 157 000 so'mdan Batafsil
VITRUM VITAMIN D3 MAKS tabletkalari N60
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N90
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Narh: 54 500 so'mdan Batafsil
Vitrum Vitality 50+ N30
Narh: 136 100 so'mdan Batafsil
VITRUM ENERGY tabletkalari N30
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Vitrum Vitality 50+ N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9