×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vitrum Vitamin D3 Maks N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya respublikasi
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «Walmark a.s.»
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 39 ta dorixonasida topildi

ico 51 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 51 500 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
220 mg massali, riskali tabletkalar, 10 tabletkadan blisterda 3 yoki 6 yoki 9 blisterlar  karton qutida.
D3 vitaminining asosiy fiziologik funktsiyasi bo'lib organizmda kaltsiy va fosfor muvozanatini tutib turish hisoblanadi, u tishlar va suyaklarni normal shakllanishi uchun zarur.Kaltsiyni samarali o'zlashtirilishi uchun yog'da eruvchan D3 vitamini talab etiladi. D3 vitamini ichakda kaltsiyni so'rilishiga yordam beradi va suyak to'qimasi mineralizasiyasini ta'minlash uchun qonda kaltsiy va fosfatlarning 
zarur darajalarini tutib turadi. U shuningdek bolalarda suyaklarni o'sishi va kattalarda suyaklarni yangilanishi jarayonida zarur.Organizmga D3 vitaminining optimal miqdorlarini tushishi suyak to'qimasini kaltsifikasiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun zarur sharoit bo'lib hisoblanadi
Faol komponent: D3 vitamini (xolekalsiferol)
Yordamchi komponentlar: yopishishga qarshi agent sellyuloza, tabletka qobig'i (stabilizator 
gidroksipropilmetilsellyuloza, bo'yovchi titan dioksidi, yopishishga qarshi agent talk, yopishishga qarshi agent  sellyuloza, stabilizator gidroksipropilsellyuloza, o'rtacha zanjirli triglitseridlar) yopishishga qarshi agent  stearin kislotasining magniyli tuzi.
ozuqaga biologik faol qo'shimcha – D3 vitaminining (500 HB ½ tabletka) qo'shimcha manbai sifatida 
buyuriladi.D3 vitamini immun tizimini tutib turish uchun
D3 vitamini immun tizimining sog'lom funktsiyasini tutib turishga yordam beradi: immunitet reaktsiyasini boshqaradi, mikroblarga qarshi moddalarni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
MUSHAKLARNING NORMAL FUNKTSIYASINI TUTIB TURISHGA YORDAM BERADI
D3 vitamini mushaklar kuchi (ishi)ni tutib turadi, shuningdek neyrotrop xususiyatlarga ega. D3 vitamini tanqisligi  belgilari bo'lib mushak kuchsizligi, nerv buzilishlari, uyqusizlik va ta'sirchanlik hisoblanadi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda 25°S dan yuqori bo'lmagan  haroratda saqlansin.
Kattalarga 1/2 tabletkadan kuniga 1 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurati bo'lganida qabul qilishni takrorlash mumkin.Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Vitrum Vitamin D3 Maks N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

VITRUM®

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

 

Preparatning savdo nomi: VITRUM®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

TARKIBI: bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini) va betakaroten1                         5000 XB2

Kolekalsiferol (D3 vitamini)                                                  400 XB3

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                      30 XB4

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                                          60 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                            1,5 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                       1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  2 mg

Nikotinamid                                                                                  20 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                  6 mkg

Folat kislotasi                                                                             400 mkg

Biotin                                                                                              30 mkg

Kalsiy pantotenati pantoten kislotasiga hisoblaganda     10 mg

Fitomenadion  (K1 vitamini)                                                     25 mkg

Kalsiy gidrofosfati kalsiyga hisoblaganda                                  162 mg

Magniy oksidi magniyga hisoblaganda                                     100 mg

Kaliy xloridi kaliyga hisoblaganda                                        40 mg

Temir fumarati temirga hisoblaganda                                       18 mg

Mis oksidi misga hisoblaganda                                                  2 mg

Rux oksid ruxga hisoblaganda                                                      15 mg

Xrom xloridi xromga hisoblaganda                                            25 mkg

Marganes sulfati marganesga hisoblaganda                           2,5 mg

Qalay xloridi qalayga hisoblaganda                                         10 mkg

Nikel sulfati nikelga hisoblaganda                                     5 mkg

Kremniy oksidi kremniyga hisoblaganda                                             10 mkg

Natriy metavanadati vanadiyga hisoblaganda                          10 mkg

Kaliy xloridi xlorga hisoblaganda                                           36,3 mg

Kalsiy gidrofosfati fosforga hisoblaganda                        125 mg

Natriy molibdati molibdenga hisoblaganda                            25 mkg

Natriy selenati selenga hisoblaganda                                       25 mkg

Kaliy yodi yodga hisoblaganda                                                  150 mkg

1 – beta-karotin sinonimi

2 – 1515 mkg retinol ekvivalentiga ekvivalent

3 – 10 mkg kolekalsiferol ekvivalent

4 – 30 mg alfa-tokoferol asetati ekvivalent

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

Kobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, triasetin, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110), qizil bo‘yovchi (Ye129).

TA‘RIFI

Shaftolidan to oqish-shaftoli rangligacha bo‘lgan plyonka qobik bilan qoplangan, kapsulasimon tabletkalar, tabletkaning bir tomonida bo‘luvchi riskasi va boshqa tomonida “VITRUM” gravirovkasi bor. O‘ziga xos hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Polivitamin vositasi + minerallar.

ATX KODI: [A11AA04]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Preparatning tarkibiga kiruvchi moddalar-ning xususiyatlari bilan belgilanadi.

13 vitaminlar va 17 mineral moddalarni saqlovchi zamonaviy muvozanatlangan majmua. Kuniga bir tabletka katta odam organizmini sog‘liqni mustahkamlash va o‘zini yaxshi xis qilishni tutib turish uchun kerakli bo‘lgan barcha vitaminlar va mineral moddalar bilan ta‘minlaydi.

QO‘LLANILISHI

Gipovitaminozlar, mineral moddalar va mikroelementlar yetishmovchiligini oldini olish, shu jumladan:

  • jadal jismoniy va aqliy yuklanish davrida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzilish davrida;
  • etarlicha bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; A gipervitaminozi; D gipervitaminozi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

PREPARATNI HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin. Preparatni qabul qilishning davomiyligini shifokor belgilaydi.

NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

BOSHQA DORI VOSITALAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Preparat temir va kalsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetrasiklin guruhi antibiotiklarini, shuningdek antimikrob vositalar – ftorxinol hosilalarining so‘rilishini kechiktiradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalar ta‘sirini va nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek xolestiramin, temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi diuretik vositalari bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiemiya ehtimoli oshadi (qonda kalsiy miqdorini oshishi).

A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan Vitrum® ni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu ushbu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilishi xavfini oshiradi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilmaydi.

CHIQARILISH SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100 yoki 130 tabletkadan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

SAQLASH SHAROITI

10 – 300S dan haroratda, quruq joyda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vitrum Vitamin D3 Maks N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vitrum Vitamin D3 Maks N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Vitrum Vitamin D3 Maks N30 dori vositasi «Walmark a.s.» tomonidan Chexiya respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Vitrum Vitamin D3 Maks N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vitrum Vitamin D3 Maks N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 157 900 so'mdan Batafsil
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
VITRUM VITAMIN D3 MAKS tabletkalari N60
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N90
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
Vitrum Vitality 50+ N30
Narh: 126 000 so'mdan Batafsil
VITRUM ENERGY tabletkalari N30
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VITRUM IMMUNAKTIV tabletkalari N30
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60
VITRUM VITAMIN D3 MAKS tabletkalari N60
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N90
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: «Walmark, a.s.»
VITRUM IMMUNAKTIV tabletkalari N60
VITRUM ENERGY tabletkalari N30
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Vitrum Vitality 50+ N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9