×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya respublikasi
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «Walmark, a.s.»
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

ASTANOL tabletkalari 10mg N10 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
LYUKODERMIN maz 30g 0,75% Lahore Chemical & Pharmaceutical Works (Pvt) Ltd Pokiston
DR. KOFF ledensi so vkusom limona i meda 4,5g N60 HIMONT Laboratories (PVT) LTD Pokiston
ASEFIL KAF sirop 120ml Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
20 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qobiq bilan qoplangan, 930,01 mg massali, chaynaladigan tabletkalar. 30 tabletkadan flakonda, 1 flakon karton qutida.
Faol komponent: S vitamini (L-askorbat natriy, L-askorbin kislotasi)
Yordamchi komponent: shirinlashtiruvchi sorbitol, tabletka qobig'i (NutraPolish® F oq 014.65 MS (stabilizator gidroksipropilmetilsellyuloza, yopishishga qarshi agent talk, bo'yovchi titan dioksidi, yopishishga qarshi agent tsellyuloza, stabilizator gidroksipropilsellyuloza, o'rtacha zanjirli trigliseridlar), bo'yovchi qalampir ekstrakti, kislotalikni olma kislotasi, aromatizator "apelsin", shirinlashtiruvchi atsesulfam K), yopishishga qarshi agent stearin kislotasi, aromatizator "apelsin", yopishishga qarshi agent magniy stearati, shirinlashtiruvchi: aspartam, atsesulfam K, neogesperidin, natriy saxarini.
Fenilalanin manbaini saqlaydi.
Shirinlashtiruvchilar saqlaydi. Haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Faol komponent
Iste'mol qilishning sutkalik normasidagi miqdori 
(qobiq bilan qoplangan, 930,01 mg massali chaynaladigan 1 tabletka) sutkalik iste'molning tavsiya etilgan darajasidan %
S vitamini 600 mg 1000

 Iste'mol qilishning yuqori chegarasidan oshmaydi
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha – S vitaminining qo'shimcha manbai sifatida qo'llanadi.

S VITAMINI
S vitamini askorbin kislotasi sifatida ma'lum bo'lib, ko'pchilik sut emizuvchilardan farq qilib odam organizmda sintezlanmaydi va zarur miqdorda ovqat bilan birga tushishi kerak. organizmda Ingichki ichakda to'liq so'riladi va qonda aylanib yurib, a'zolar va to'qimalarda taqsimlanadi, ortiqcha miqdori esa bir necha soat davomida siydik bilan chiqariladi.
IMMUN TIZIMI FUNKTSIYASINI TUTIB TURISH
 Immun tizimi faolligini (interferon va ayrim boshqa komponentlar sintezini) tutib turadi. Askorbin kislotasi bilan to'yintirilgan neytrofillar o'zining xususiy patologik o'zgargan xujayralar, bakterial, virusli va boshqa yot agentlarni tanish va yo'q qilish qobiliyatini kuchaytiradi.

S vitamini (askorbin kislotasi) 
 Antioksidant bo'lib hisoblanadi va xujayralarni erkin radikallarning shikastlovchi ta'siridan bevosita himoyani ta'minlaydi.
mahsulotning komponentlarini individual o'zlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davri, fenilketonuriyada qo'llash mumkin emas.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Kattalarga kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurati bo'lganida qabul qilishni takrorlash mumkin.
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

VITRUM®

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

 

Preparatning savdo nomi: VITRUM®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

TARKIBI: bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini) va betakaroten1                         5000 XB2

Kolekalsiferol (D3 vitamini)                                                  400 XB3

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                      30 XB4

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                                          60 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                            1,5 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                       1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  2 mg

Nikotinamid                                                                                  20 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                  6 mkg

Folat kislotasi                                                                             400 mkg

Biotin                                                                                              30 mkg

Kalsiy pantotenati pantoten kislotasiga hisoblaganda     10 mg

Fitomenadion  (K1 vitamini)                                                     25 mkg

Kalsiy gidrofosfati kalsiyga hisoblaganda                                  162 mg

Magniy oksidi magniyga hisoblaganda                                     100 mg

Kaliy xloridi kaliyga hisoblaganda                                        40 mg

Temir fumarati temirga hisoblaganda                                       18 mg

Mis oksidi misga hisoblaganda                                                  2 mg

Rux oksid ruxga hisoblaganda                                                      15 mg

Xrom xloridi xromga hisoblaganda                                            25 mkg

Marganes sulfati marganesga hisoblaganda                           2,5 mg

Qalay xloridi qalayga hisoblaganda                                         10 mkg

Nikel sulfati nikelga hisoblaganda                                     5 mkg

Kremniy oksidi kremniyga hisoblaganda                                             10 mkg

Natriy metavanadati vanadiyga hisoblaganda                          10 mkg

Kaliy xloridi xlorga hisoblaganda                                           36,3 mg

Kalsiy gidrofosfati fosforga hisoblaganda                        125 mg

Natriy molibdati molibdenga hisoblaganda                            25 mkg

Natriy selenati selenga hisoblaganda                                       25 mkg

Kaliy yodi yodga hisoblaganda                                                  150 mkg

1 – beta-karotin sinonimi

2 – 1515 mkg retinol ekvivalentiga ekvivalent

3 – 10 mkg kolekalsiferol ekvivalent

4 – 30 mg alfa-tokoferol asetati ekvivalent

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

Kobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, triasetin, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110), qizil bo‘yovchi (Ye129).

TA‘RIFI

Shaftolidan to oqish-shaftoli rangligacha bo‘lgan plyonka qobik bilan qoplangan, kapsulasimon tabletkalar, tabletkaning bir tomonida bo‘luvchi riskasi va boshqa tomonida “VITRUM” gravirovkasi bor. O‘ziga xos hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Polivitamin vositasi + minerallar.

ATX KODI: [A11AA04]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Preparatning tarkibiga kiruvchi moddalar-ning xususiyatlari bilan belgilanadi.

13 vitaminlar va 17 mineral moddalarni saqlovchi zamonaviy muvozanatlangan majmua. Kuniga bir tabletka katta odam organizmini sog‘liqni mustahkamlash va o‘zini yaxshi xis qilishni tutib turish uchun kerakli bo‘lgan barcha vitaminlar va mineral moddalar bilan ta‘minlaydi.

QO‘LLANILISHI

Gipovitaminozlar, mineral moddalar va mikroelementlar yetishmovchiligini oldini olish, shu jumladan:

  • jadal jismoniy va aqliy yuklanish davrida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzilish davrida;
  • etarlicha bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; A gipervitaminozi; D gipervitaminozi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

PREPARATNI HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin. Preparatni qabul qilishning davomiyligini shifokor belgilaydi.

NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

BOSHQA DORI VOSITALAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Preparat temir va kalsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetrasiklin guruhi antibiotiklarini, shuningdek antimikrob vositalar – ftorxinol hosilalarining so‘rilishini kechiktiradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalar ta‘sirini va nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek xolestiramin, temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi diuretik vositalari bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiemiya ehtimoli oshadi (qonda kalsiy miqdorini oshishi).

A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan Vitrum® ni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu ushbu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilishi xavfini oshiradi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilmaydi.

CHIQARILISH SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100 yoki 130 tabletkadan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

SAQLASH SHAROITI

10 – 300S dan haroratda, quruq joyda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 dori vositasi «Walmark, a.s.» tomonidan Chexiya respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KARDIOM OMEGA-3 FORTE kapsulalar 1000mg N30
Narh: 144 000 so'mdan Batafsil
URINAL KIDS sirop 150ml N1
ANDRODOZ kapsulalar 410mg N60
Narh: 260 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Vitrum Vitality 50+ N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9