×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIVAKOF sirop 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Фенилэфрин, Бромгексин, Гвайфенезин, Дифенгидрамин
Ishlab chiqaruvchi:
- Vivalia Remedies Pvt. Ltd., Индия произведено: East African (India) Overseas
ATX kodi:
- R05FB02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
AMBROKSOL inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 Dongkwang Pharm. Co. Ltd Koreya
4 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIVAKOF sirop 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIVAKOF

VIVAKOF

 

Preparatning savdo nomi: VivaKof

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): bromgeksin gidroxloridi. difengidramin gidroxloridi, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi.

Dori shakli: sirop.

Tarkibi:

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: bromgeksin gidroxloridi – 4 mg, difengidramin gidroxloridi – 10 mg, gvayfenezin – 50 mg, fenilefrin gidroxloridi – 5 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, 70% li sorbitol eritmasi, dinatriy edetati, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, natriy benzoati, propilenglikol, aralash mevalar ta‘mi, natriy saxarini, Ponso 4R bo‘yovchisi, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: qizil rangli, xushbo‘ylashtirilgan siropsimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.

ATX kodi: R05FB02

Farmakologik xususiyatlari

VivaKof yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llanadigan majmuaviy dori vositasi bo‘lib, terapevtik ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Bromgeksin gidroxloridi – balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan mukolitik vositadir. Bronxial sekretda mavjud bo‘lgan kislotasi polisaxaridlarni depolyarizasiyasi va bronxlarning shilliq qavatida, neytral polisaxaridlarni saqlagan sekretni ishlab chiqaruvchi sekretor hujayralarni rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqligini pasaytiradi. Bromgeksin nafas jarayonida alveolyar hujayralarning barqarorligini ta‘minlovchi endogen surfaktantni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Gvayfenezin – balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, uning ta‘siri balg‘amning sirt tarangligini pasaytirishga va balg‘amni bronxlarning shilliq qavatiga yopishishini kamaytirishga asoslangan. Bronxlardagi kipriksimon epiteliyning ta‘sirini kuchaytiradi va balg‘amni nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtiradi. Gvayfenezin anksiolitik ta‘sirga ega.

Difengidramin gidroxloridi N1-gistamin reseptorlarning blokatori hisoblanadi. Allergiyaga qarshi faollikka ega, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, spazmolitik va o‘rtacha darajada ganglioblakator ta‘sir ko‘rsatadi. Ichga qabul qilinganida tinchlantiruvchi va uxlatuvchi samara chaqiradi, qusishga qarshi o‘rtacha ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek markaziy xolinolitik faollikka ega.

Fenilefrin gidroxloridi qon-tomirlarni toraytiuvchi ta‘sir ko‘rsatadi – yuqori nafas yo‘llari va burunning yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavati giperemiyasi va shishini kamaytiradi, shu bilan burunni bitishini bartaraf qiladi va burundan ajralmalar ajralishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning birgalikdagi ta‘siri bilan bog‘liq, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish ilojisi yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • bronxospazm bilan kechuvchi yo‘talni simptomatik davolash;
  • o‘tkir respirator kasalliklarni (laringit, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxial astma) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vivakof ichga ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Preparatni suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirish mumkin. Siropni dozalash uchun 5 ml, 10 ml, 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.

Vivakof quyidagicha buyuriladi:

0 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 3 marta;

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta;

6 yoshdan boshlab bolalarga – 10 ml dan sutkada 3 marta;

kattalarga – 15-20 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, kam hollarda – peptik yarani zo‘rayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurakni urishini his etish, taxikardiya.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik.

Juda kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • yurak ritmini buzilishi;
  • jigar faoliyatini buzilishi;
  • me‘da va o‘n ikki barmoqni peptik yarasi;
  • qon ketishlariga moyillik;
  • homiladorlikning I uch oyligi, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida gvayfenezin markaziy nerv tizimi (MNT) ning faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi vositalar, shuningdek etanolning ta‘sirini kuchaytiradi.

Bromgeksin antibiotiklar (amoksisillin, eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin), sulfanilamid dori vositalarni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.

Yurak glikozidlari, kortikosteroidlar, bronxodilatatorlar, diuretiklarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Balg‘am ko‘chishi jarayoniga qarshilik ko‘rsatuvchi, tarkibida kodein saqlovchi dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida Vivakofni buyurish mumkin emas.

Preparat gipertireoz, qandli diabet, yurak-qon tomir tizimini og‘ir darajadagi kasalliklari, arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni b-adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

VivaKof preparatini homiladorlikning I uch oyligi va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning II-III uch oyliklarida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va potensial havfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: taxikardiya, ongni buzilishi, tirishishlar, ekstrasistoliya, gipotenziya, gipokaliemiya bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak. Davolash simptomatik bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

Sirop 100 ml dan flakonda. 1 flakon o‘lchov qopqoqchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Qorong‘i va quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIVAKOF sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIVAKOF sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIVAKOF sirop 100ml dori vositasi Vivalia Remedies Pvt. Ltd., Индия произведено: East African (India) Overseas tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIVAKOF sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIVAKOF sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VIVAFLU tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Vivalia Remedies Pvt. Ltd., Индия произведено: East African (India) Overseas
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9