Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIZAVIRIN
VISAVIRIN
Preparatning savdo nomi: Vizavirin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ribavirin
Dori shakli: kapsulalar 200 mg
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 200 mg ribavirin,
yordamchi moddalar: povidon K-30, talk,
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, natriy lauril sulfati, metil paraben, propil paraben, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, gliserin, bronopol, bo‘yovchilar (titan dioksidi, brilliant ko‘ki).
Ta‘rifi: Ko‘k rangli qopqoqcha va korpusdan tashkil topgan qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: Bevosita ta‘sir etuvchi viruslarga qarshi preparatlar. Nukleozidlar va nukleotidlar.
ATX kodi: J05AB04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Preparatning bir martalik dozasi ichga qabul qilingandan keyin ribavirin oson so‘riladi (Tmax=1,5 soat), undan keyin organizmda tez taqsimlanadi. Organizmdan chiqarilish fazasi uzoq vaqtni talab etadi. Bir martalik dozani so‘rilish, taqsimlanish va chiqarilish ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 0,05, 3,73 va 79 soatni tashkil qiladi. Ribaverin jadal so‘riladi. Lekin mutloq biokiraolishligi taxminan 65% ni tashkil qiladi, bu birinchi o‘tishdagi metabolizmi bilan bog‘liq. Ribavirinni 200 mg dan 1200 mg dan bir martalik dozada qabul qilganda doza va biokiraolishlik (AUCtf) orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjud. Taqsimlanish xajmi taxminan 5000 l ni tashkil qiladi. Ribavirin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Ribavirinning qon/plazmadagi konsentrasiyasi nisbati taxminan 60:1 ni tashkil qiladi, qonda ribavirinning ortiqcha miqdori ribavirinning eritrositlarda izolyasiya qilingan nukleotidlari ko‘rinishida mavjud bo‘ladi.
Ribavirinning metabolizmi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) qaytuvchan fosforlanish va 2) parchalanuvchi aylanish, unga deribozizasiya va triazol karboksil metabolitini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi amidli gidroliz kiradi. Ribavirinning o‘zi va uning metabolitlari – triazolkarboksamid va triazolkarbon kislotasi – organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Ribavirin ko‘p marta yuborilganda plazmada jadal ravishda to‘planadi. Ko‘p marta qabul qilinganda va bir marta qabul qilinganda biokiraolishlikning (AUC12h) nisbatlari oltiga teng. Peroral qabul qilinganda (600 mg kuniga ikki marta) ribavirinning plazmadagi barqaror konsentrasiyasiga 4 hafta oxirida erishilgan; bunda u taxminan 2200 ng/ml ni tashkil qilgan. Qabul qilish to‘xtatilgandan keyin ribavirinning yarim chiqarilish davri taxminan 298 soatni tashkil qilgan, bu ehtimol uni plazmadan tashqaridagi strukturalardan sekin chiqarilishidan dalolat beradi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ribavirinning farmakokinetikasi bir marta qabul qilinganda (AUCtfva Cmax ko‘rsatkichlari oshadi) o‘zgarmaydi. Bu o‘zgarish bunday bemorlarda haqiqiy klirensni pasayishi bilan bog‘liq. Gemodializda ribavirinning plazmadagi konsentrasiyasi sezilarli darajada o‘zgarmaydi.
Turli og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda bir martalik dozasi yuborilganda ribavirinning farmakokinetikasi sog‘lom shaxslardagi ribavirinning farmakokinetikasiga o‘xshash.
65 yoshdan oshgan shaxslarda kapsula shaklidagi ribavirinning farmakokinetikasi sezilarli darajada o‘zgarmaydi.
Kapsula shaklidagi ribavirinning farmakokinetikasi surunkali S gepatiti bo‘lgan 3-16 yoshdagi bolalarda sog‘lomlardagi farmakokinetikasiga o‘xshash.
Farmakodinamikasi
Ribavirin ayrim RNK- va DNK-viruslariga nisbatan faol nukleozidlarning sintetik analogi hisoblanadi. Ribavirin bilan monoterapiya S gepatiti virusining (S gepatiti virusi RNKsi) eliminasiyasiga yoki jigarning gistologik manzarasini yaxshilanishiga olib keladi, lekin ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuasi, peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan monoterapiyaga nisbatan davolashga javob darajasini oshishiga olib kelgan.
Qo‘llanilishi
Avval Ribavirin qabul qilmagan pasientlar
Katta pasientlar: alaninaminotrasferaza (ALT) darajasi oshgan, S gepatiti virusining ribonuklein kislotasi (HCV-RNA) ijobiy jigar yetishmovchiligi bo‘lgan avval davolanmagan pasientlarda peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti;
Kompensasiyalangan jigar sirrozi va/yoki klinik stabil OITV ko-infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda peginterferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti.
6 yosh va undan katta bolalar va o‘smirlar: S gepatiti virusining ribonuklein kislotasi (HCV-RNA) ijobiy jigar yetishmovchiligi bo‘lgan avval davolanmagan pasientlarda peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti.
Avval davolangan pasientlar
Katta pasientlar: avval interferon alfa bilan monoterapiyaga javob (davolashni oxirida ALT darajasini normallashishi bilan), lekin keyinchalik kasallikni qaytalanishi kuzatilgan katta pasientlarda interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti; interferon alfa (pegilirlangan va pegilirlanmagan) yoki ribavirin bilan majmuada davolash muvaffaqiyatsiz bo‘lgan katta pasientlarda peginterferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatitida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni S gepatiti bo‘lgan bemorlarni davolash tajribasiga ega shifokor tomonidan olib borilishi kerak.
Vizavirin kapsulalarini davolashning yagona terapevtik vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki ribavirin S gepatinini monoterapiyasida samarasiz. Vizavirin peginterferon alfa-2b bilan ham, interferon alfa-2b bilan ham majmuada qo‘llanishi mumkin. Majmuaviy davolash tartibini tanlash, tanlangan majmuaning kutilayotgan samaradorligi va xavfsizligiga qarab shaxsiy ravishda amalga oshiriladi. Majmuaviy davolashni buyurilganda shuningdek peginterferon alfa-2b preparatining yoki interferon alfa-2b in‘eksiya uchun eritmasi preparatining qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga ham rioya qilish kerak.
Kattalar.
Vizavirin preparatining dozasi pasientning tana vazniga (1 jadval) qarab hisoblanadi. Peginterferon alfa-2b preparatining tavsiya etilgan dozasi haftada 1,5 mkg/kg, interferon alfa-2b preparatining tavsiya etilgan dozasi 3 mln XB haftada uch martani tashkil etadi.
1-jadval
Pasientning tana vazniga qarab Vizavirin preparatining tavsiya etilgan dozalari
Pasientning tana vazni (kg) | Vizavirinning kunlik dozasi | 200 mg dan kapsulalar soni |
< 65 | 800 mg | 4 a |
65 – 80 | 1000 mg | 5 b |
81 – 105 | 1200 mg | 6 c |
> 105 | 1400 mg | 7 d |
a: 2 ertalab, 2 kechqurun
b: 2 ertalab, 3 kechqurun
c: 3 ertalab, 3 kechqurun
d: 3 ertalab, 4 kechqurun
Vizavirin preparati va PEG interferon alfa 2b bilan majmuaviy davolash
Interferon alfa qabul qilmagan pasientlarni davolash davomiyligi
S gepatiti virusining RNK aniqlanmaydigan darajasiga erishilmagan 1 genotip virusi bilan infeksiyalangan pasientlarda yoki barqaror virusologik javobni paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan 4 yoki 12 haftada adekvat virusologik javob paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish zaruratini baholash kerak.
1 genotip:
2 va 3 genotip: Barcha pasientlarga 24 hafta davolash kursini o‘tash tavsiya etiladi, S gepatiti/OITV ko-infeksiyalangan pasientlardan tashqari ,ular 48 haftalik davolash kursini o‘tashlari kerak.
4 genotip: Umuman olganda 1 genotip virusi bilan infeksiyalangan pasientlar davolanishga kamroq beriladigan deb qaraladi, ular uchun 1 genotip uchun davolash davomiyligi mos keladi.
Pasientlarni takroriy davolash davomiyligi.
12 haftada zardobda S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past bo‘lgan barcha pasientlar genotipdan qat‘iy nazar 48-haftalik davolanishlari kerak. 12 haftada virusologik javob (masalan, S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past) paydo bo‘lmagan takroran davolangan pasientlarda 48 hafta davolaganda barqaror virusologik javob kam ehtimollik bilan paydo bo‘ladi.
Davolashga javob paydo bo‘lmagan 1 genotipli pasientlarda 48 haftadan ortiq takrorlash davomiyligi Vizavirin bilan pegilirlangan interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolaganda o‘rganilmagan.
Vizavirin praparati va interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash
Davolash davomiyligi.
Pasientlarni kamida olti oy davomida davolash tavsiya etiladi. Pasientlarni bir yil davomida davolangan tadqiqotlar olti oy davomida davolagandan keyin virusologik javob (S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past)paydo bo‘lmagan pasientlarda virusologik javob (davolash to‘xtatilgandan olti oydan keyin S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past) past ehtimollik bilan paydo bo‘lgan.
1 genotip: Olti oy davolangandan keyin S gepatiti virusining RNK bo‘lmagan pasientlarda davolashni yana olti oy (ya‘ni, umuman bir yil davomida) davom ettirish kerak.
Genotips Non-1: Olti oy davolangandan keyin S gepatiti virusining RNK bo‘lmagan pasientlarda davolashni davom ettirish qarori boshqa prognostik omillar (masalan, yoshi >40 yosh, erkak jinsi, ko‘priksimon fibroz) ga asoslanishi kerak.
Bolalarda Vizavirin preparatini peginterferon alfa-2b va interferon alfa-2b bilan majmuada qo‘llanishi
Tana vazni 47 kg dan kam yoki kapsulani yuta olmaydigan pasientlar uchun Ribavirinning ichga qabul qilish uchun eritma 40 mg/ml dori shaklini qo‘llash tavsiya etiladi.
Vizavirin preparatining dozani tanlash bolaning tana vazni bo‘yicha aniqlanadi va peginterferon alfa-2b va interferon alfa-2bpreparatlarning dozasi tana yuzasining maydoni bo‘yicha hisoblanadi.
Peginterferon alfa-2bpreparatining tavsiya etilgan dozasi haftada 60 mkg/m2 ni tashkil qiladi, uni Vizavirin praparatini kuniga 15 mg/kg dozada ikki marta peroral qabul qilish bilan teri ostiga in‘eksiya orqali yuboriladi.
Interferon alfa-2bpreparatining tavsiya etilgan dozasi 3 mln XB/m2 haftada uch martani tashkil qiladi, uni Vizavirin praparatini kuniga 15 mg/kg dozada ikki marta peroral qabul qilish bilan yuboriladi (2-jadval).
2-jadval
Majmuaviy davolash qo‘llanilganda Vizavirin preparatining tavsiya etilgan dozalari
Pasientning tana vazni, kg | Ribavirinning sutkalik dozasi, mg | 200 mg dan kapsulalar soni |
<47 | 15 mkg/kg | Vizavirinni ichga qabul qilish uchun eritma shaklini qabul qilish mumkin |
47-49 | 600 mg | 3 (1 ertalab, 2 kechqurun) |
50 –65 | 800 mg | 4 (2 ertalab, 2 kechqurun) |
>65 | Kattalar uchun dozalash jadvaliga qarang (1 jadval) |
Bolalar va o‘smirlar uchun davolash davomiyligi
1 genotip: Tavsiya etilgan davolash davomiyligi bir yilni tashkil qiladi. 12 haftada virusologik javobga erishilmagan pasientlarda barqaror virusologik javob paydo bo‘lishi ehtimoli kam. Shuning uchun, agar ularda avvalgi davolashga nisbatan 12 haftada S gepatiti virusining RNK darajasi <2 log10gacha kamaygan yoki agar 24 haftada ularda S gepatiti virusining RNK aniqlanadigan darajada paydo bo‘lsa, interferon alfa-2b (pegilirlangan va pegilirlanmagan) / Vizavirin bilan majmuaviy davolashni to‘xtatish kerak.
2 va 3 genotip: Tavsiya etiladigan davolash davomiyligi 24 haftani tashkil qiladi.
4 genotip: Tavsiya etilgan davolash davomiyligi bir yilni tashkil qiladi. Agar davolashgacha nisbatan 12 haftada S gepatiti virusining RNK darajasi <2 log10 gacha kamaygan yoki agar 24 haftada ularda S gepatiti virusining RNK aniqlanadigan darajada paydo bo‘lsa, peginterferon alfa-2b/Vizavirin majmuasini qabul qilayotgan bolalar va o‘smirlarda davolashni to‘xtatish kerak.
Barcha pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish
Vizavirin va peginterferon yoki interferon alfa-2b bilan davolash vaqtida jiddiy noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lganda yoki laborator ko‘rsatkichlarda og‘ishlar paydo bo‘lganda noxush ko‘rinishlar yo‘qolguncha yoki ularning og‘irlik darajasi kamayguncha har bir preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (3-jadval).
3-jadval
Laborator ko‘rsatkichlar asosida dozaga tuzatish kiritish
Laborator ko‘rsatkichlar |
Faqat Vizavirinning kunlik dozasini kamaytirish (1 izohga qarang) agar:
|
Faqat peginterferon alfa-2b yoki interferona alfa-2b ning dozasini kamaytirish (2 izohga qarang) agar: | Quyida ko‘rsatilgan ko‘rsatkich kuzatilsa, majmuaviy davolashni to‘xtatish kerak ** |
Gemoglobin | <10 g/dl. | – | <8,5 g/dl. |
Kattalar: yurakning stabil kasalligi bo‘lgan pasientlarda gemoglobin
Bolalar va o‘smirlar: qo‘llab bo‘lmaydi |
³2 g/dl. Davolashning istalgan 4-haftalik davri davomida gemoglobinning darajasini kamayishi (dozani doimiy kamaytirish)
|
<12 g/dl. Doza kamaytirilgandan 4 haftadan keyin |
|
Leykositlar | – | <1,5 x 109/l | <1,0 x 109/l |
Neytrofillar | – | < 0,75 x 109/l | < 0,5 x 109/l |
Trombositlar | – | <50 x 109/l (kattalar)
<70 x 109/l (bolalar va o‘smirlar) |
<25 x 109/l (kattalar)
<50 x 109/l (bolalar va o‘smirlar) |
Bilirubin – bilvosita | – | – | 2,5 x ULN* |
Bilirubin – bevosita | >5mg/dl. | – | > 4 mg/dl. (kattalar)
> 5 mg/dl. (> 4 hafta uchun) (interferon alfa-2b bilan davolangan bolalar va o‘smirlar uchun), yoki > 4 mg/dl. (> 4 hafta uchun) (peginterferon alfa-2b bilan davolangan bolalar va o‘smirlar uchun) |
Zardobdagi kreatinin
|
– | – | > 2.0 mg/dl. |
Kreatinin klirensi | – | – | Agar CrCl <50 ml/minut bo‘lsa Vizavirin preparatini qabul qilishni to‘xtatish |
Alaninamino-transferaza (ALT)
Yoki aspartataminotransferaza (AST) |
– | – | 2 x dastlabki darajada va
> 10 x ULN* yoki 2 x dastlabki darajada va > 10 x ULN*
|
* normaning yuqori chegarasi
** dozaga tuzatish kiritish va davolashni to‘xtatish uchun va pegilirlangan interferon alfa-2b va interferon alfa-2b ni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang.
1 izoh: Katta pasientlar uchun Vizavirin preparatining dozasini birinchi marta kuniga 200 mg ga pasaytiriladi (1400 mg qabul qiluvchi pasientlardan tashqari, ularda doza kuniga 400 mg ga kamaytirilishi kerak). Zarurati bo‘lganida Vizavirin preparatining dozasini kuniga 200 mg ga qo‘shimcha ikkinchi marta kamaytirish mumkin. Vizavirin preparatining dozasi 600 mg gacha kamaytirilgan pasientlar har kuni 1 kapsula (200 mg) ertalab va ikki kapsula (2x200 mg) kechqurun qabul qilishadi.
Vizavirin preparati plyus peginterferon alfa-2b bilan davolangan bolalar va o‘smirlar uchun Vizavirin preparati uchun birinchi kamaytirish kuniga 12 mg/kg, Vizavirin preparatining dozasini ikkinchi marta kamaytirish kuniga 8 mg/kg ga teng.
Vizavirin preparati plyus interferon alfa-2bbilan davolangan bolalar va o‘smirlar uchun Vizavirin preparatining dozasi kuniga 7,5 mg/kg gacha kamaytiriladi.
2 izoh: Vizavirin preparati plyus peginterferon alfa-2b bilan davolangan katta pasientlar uchun peginterferon alfa-2b preparatining dozasini birinchi kamaytirish haftada 1 mkg/kg ga teng. Zarurati bo‘lganida peginterferon alfa-2b preparatining dozasi haftada 0,5 mkg/kg gacha ikkinchi marta kamaytiriladi.
Vizavirin preparati plyus peginterferon alfa-2b bilan davolangan bolalar va o‘smirlar uchunpeginterferon alfa-2b preparatining dozasini birinchi kamaytirish haftada 40 mkg/m2 ga, peginterferon alfa-2b preparatining dozasini ikkinchi kamaytirish haftada 20 mkg/m2 gateng.
Vizavirin preparati plyus interferon alfa-2b bilan davolangan katta pasientlar, bolalar va o‘smirlar uchun interferon alfa-2b ning dozasini ikki barobar kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Majmuaviy davolaganda kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar Vizavirin bilan ham, interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarning tasnifi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum.
Kattalar
Juda tez-tez
tez-tez:
Tez-tez emas
Kam hollarda
Juda kam hollarda
Noma‘lum
OITV ko-infeksiyasi bo‘lgan pasientlardagi nojo‘ya samaralar
Tez-tez kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar
Bolalar va o‘smirlar
Juda tez-tez
Tez-tez
Tez-tez emas
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Majmuaviy davolaganda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Vizavirin bilan ham, interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sitoxrom R450 fermentlari ribavirinning metabolik jarayonlarida ishtirok etmaydi. Ribavirin sitoxrom R450 fermentlarini susaytirmaydi. Ribavirin jigarning fermentativ faolligini rag‘batlantiradi. Shuning uchun sitoxrom R450 bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli minimal darajada.
Ribavirin inozinmonofosfatdegidrgenazaga ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatib azatioprin metabolizmiga xalaqit berishi mumkin, u azatioprin bilan davolangan pasientlar orasida mielotoksik bilan bog‘liq 6-metiltiozinmonofosfat (6-MTIMP) to‘planishiga olib kelishi mumkin. Pegilirlangan alfa-interferonlar va ribavirinni azatioprin bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Ayrim hollarda Ribavirinni azatioprin bilan birga yuborishdan foyda potensial xafdan yuqori bo‘lgan hollarda mielotoksiklik belgilarini aniqlash uchun davolash vaqtida sinchkovlik bilan gematologik monitoring olib borish tavsiya etiladi, ular aniqlanganda ushbu preparatlar bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Peginterferon alfa-2b va interferon alfa-2b. Ribavirin va peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b orasida o‘zaro ta‘sir belgilari aniqlanmagan.
Antasidlar. Magniy va alyuminiy yoki simetikon saqlovchi antasid bilan qabul qilinganda 600 mg dozadagi rabavirinning biokiraolishligi kamaygan.
Nukleozid analoglari. Ribavirinning zidovudin va stavudinning fosforlanishini susaytirish qobiliyati aniqlangan. Ribavirinni zidovudin yoki stavudin bilan raqobatli qo‘llanishi qon plazmasida OITV konsentrasiyasini oshishiga olib keladi deb hisoblanadi. Shuning uchun Ribavirinni bu dori vositalaridan biri bilan majmuada davolanayotgan bemorlarda qon plazmasida RNK-OITV konsentrasiyasi darajasini sinchkovlik bilan monitoringi olib borish tavsiya etiladi. Plazmada RNK-OITV konsentrasiyasi darajasi oshganda Vizavirinni teskari transkriptaza ingibitorlari bilan birga qo‘llashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Nukleozid analoglarini alohida yoki boshqa nukleozidlar bilan majmuada qo‘llanishi laktatasidozga olib kelishi mumkin. Ribavirin purin nukleozidlarining fosforlangan metabolitlarining darajasini oshishiga olib keladi. Bu samara nukleozidlarning purin analoglari (masalan, didanozin yoki abakavir) chaqirgan laktatasidoz paydo bo‘lishi xavfini kuchaytirishi mumkin.
YUFARD (yuqori faol antiretrovirus davolash) olayotgan OITV-infeksiyalangan pasientlarda laktoasidoz paydo bo‘lishi xavfi oshadi. Shuning uchun YUFARD (yuqori faol antiretrovirus davolash) fonida majmuaviy davolashni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Davomli yarim chiqarilish davri tufayli, qo‘llash to‘xtatilgandan keyin Ribavirin bilan o‘zaro ta‘sir ehtimoli ikki oy (ribavirinning 5 yarim chiqarilish davri) saqlanib qoladi.
Ribavirinni teskari transkriptazaning nukleozid bo‘lmagan ingibitorlari yoki proteaza ingibitorlari bilan o‘zaro ta‘sirining isbotlari yo‘q.
Vizavirin preparati va didanozinni birga yuborish mumkin emas, chunki didanozinning faol metabolitlari (dideoksifdenozin 5’-trifosfat) ta‘siri kuchayadi. Fatal jigar yetishmovchiligi, shuningdek periferik neyropatiya, pankreatit va simptomatik giperlaktatemiya/laktosidoz paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ribavirinni monoterapiya sifatida qo‘llash mumkin emas, shuning uchun Vizavirin kapsulalarini S gepatitini davolaganda mustaqil ravishda qabul qilish mumkin emas. Majmuaviy davolashning samaradorligi va xavfsizligi faqat Ribavirinni peginterferon alfa-2b/interferon alfa-2b in‘eksiya uchun eritmasi bilan aniqlangan.
Ruhiy buzilishlar va markaziy nerv tizimi (MNT)
Vizavirin va peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolaganda yoki hatto davolash tugaganidan keyin, ayniqsa 6 oy davomida ayrim pasientlarda MNT tomonidan jiddiy buzilishlar, xususan depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikri va o‘z joniga qasd qilish harakatlari kuzatilgan. Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy qabul qilgan bolalar va o‘smirlarda kattalarga nisbatan o‘z joniga qasd qilish fikri va o‘z joniga qasd qilish harakatlari ko‘proq kuzatilgan (1% ga qarshi 2,4%). Katta pasientlar, bolalar va o‘smirlarda shuningdek boshqa ruhiy buzilishlar, masalan depressiya, emosional labillik, uyquchanlik kuzatilgan. Bunday simptomlar paydo bo‘lganda shunga o‘xshash noxush ko‘rinishlar jiddiy ekanligini e‘tiborga olish kerak. Simptomlar saqlanib kolganda yoki kuchayganda yoki o‘z joniga qasd qilish fikri yoki tajavuzkor hulq-atvor aniqlanganda davolashni to‘xtatish va pasientga tegishli psixiatrik yordam ko‘rsatish tavsiya etiladi.
Ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan yoki anamnezida buzilishlar bo‘lgan pasientlar. Ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan yoki anamnezida buzilishlar bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Agar ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan yoki anamnezida buzilishlar bo‘lgan katta pasientlarda Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy qo‘llash zarur degan qarorga kelingan bo‘lsa, uni faqat tegishli shaxsiy ravishdagi diagnostika o‘tkazilgandan keyin va ruhiy holatini doimiy nazorati ostida olib borish kerak.
Interferonlar bilan davolash ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan yoki anamnezida buzilishlar bo‘lgan S gepatiti virusi bilan infeksiyalangan pasientlarda ruhiy buzilishlar simptomlarining zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. Agar bunday buzilishlari bo‘lgan pasientlarda interferonlar bilan davolash zarur bo‘lsa, interferonlar bilan muvaffaqiyatli davolashga erishish uchun ruhiy simptomlarni tegishli davolash o‘tkaziladi. Bundan tashqari, pasientlarning hulq-atvorini va ruhiy buzilishlar simptomlarining tez-tezligini shaxsiy ravishdagi skriningi talab etiladi. Ruhiy simptomlar paydo bo‘lguncha yoki rivojlanguncha bunday pasientlarni dastlab davolash talab etiladi.
Bolalar va o‘smirlarni o‘sishi va rivojlanishi. Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuasi bilan 48 hafta davom etuvchi davolash kursi davomida 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda tana vaznini yo‘qotish va o‘sishni orqada qolishi odatdagi holat hisoblanadi.
Bolalar uchun foyda/xavf nisbatini shaxsiy ravishda baholash. Davolashdan kutilayotgan foyda sinchkovlik bilan baholanishi kerak. Majmuaviy davolash qaytuvchanligi hozirgacha aniqlanmagan o‘sishni orqada qolishini chaqirganligini ehtiborga olish muhim. Kasallikni avj olishidan dalolat beruvchi bolaning kasalliklarini xarakteristikasi (ayniqsa fibroz), kasallikni avj olishiga salbiy ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan yondosh kasalliklar (OITV ko-infeksiyasi), shuningdek javobning prognostik omillari (S gepatiti virusi genotipi va virusli yuklama) ga qarshi ushbu xavfni baholash kerak.
Iloji bo‘lganda, o‘sishni orqada qolishini xavfini kamaytirish uchun bolani pubertat davrida tez o‘sishidan keyin davolash kerak. Davolashni jinsiy yetilishga uzoq vaqt ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas.
Gemoliz/anemiya. Garchi preparat yurak-qon tomir tizimiga bevosita ta‘sir etmasada, Ribavirinni qabul qilish bilan bog‘liq anemiya yurak yetishmovchiligini kuchaytirishi va/yoki koronar kasallik simptomlarini zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida yurak-qon tomir tizimi holatini klinik monitoringini olib borish, yurak-qon tomir tizimi tomonidan har qanday yomonlashish belgilari paydo bo‘lganda davolash to‘xtatilishi kerak.
Gemoliz oqibatida qon zardobida siydik kislotasi darajasi oshishi mumkin. Shuning uchun podagra rivojlanishi xavfini hisobga olib, bu kasallikka moyilligi bo‘lgan pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
Yurak-qon tomir tizimi. Dimlangan yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti va/yoki aritmiya belgilari (yoki anamnezida) bo‘lgan katta pasientlar shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida elektrokardiografiyani o‘tkazish tavsiya etiladi. Aritmiyalar (asosan, qorinchalar usti) odatda an‘anaviy davolashga beriladi, lekin davolashni to‘xtatishni talab etishi mumkin.
Darhol tipdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik. O‘ta yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyasi rivojlanganda (masalan, eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, anafilaksiya)uchun Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuada qo‘llashni darhol to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish kerak. Tranzitor toshmalar davolashni to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.
Oftalmologik buzilishlar. Barcha pasientlar ko‘zlarni shoshilinch va to‘liq tekshiruvidan o‘tishi kerak. Avval oftalmologik buzilishlari (masalan, diabetik yoki gipertenziv retinopatiya) bo‘lgan pasientlar alfa-interferonlar bilan majmuaviy davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan oftalmologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Yangi oftalmologik buzilishlar paydo bo‘lgan yoki mavjud bo‘lganlarini yomonlashishi kuzatilgan pasientlarda alfa-interferonlar bilan majmuaviy davolashni to‘xtatish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lganda qo‘llanishi. Ribavirin va jigar faoliyatini orasida farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan. Shuning uchun jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Ribavirinning peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuadagi dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Interferon alfa-2b qo‘llanilganda gepatotoksiklik, shu jumladan fatal gepatotoksiklik kam hollarda kuzatilgan. Davolash vaqtida jigar faoliyatini sezilarli yomonlashishi belgilari bo‘lgan barcha pasientlari sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Jigar faoliyatini buzilishlari belgilari va simptomlari avj olgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak. Jigarning og‘ir disfunksiyasi yoki jigarning dekompensasiyalangan kasalligida Ribavirinni peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganda qo‘llanishi. Buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda kreatinin klirensini sezilarli darajada pasayishi tufayli, bunday pasientlarda Ribavirinning farmakokinetikasi izdan chiqadi. Shuning uchun Ribavirin bilan davolashni boshlashdan oldin barcha pasientlarda buyrak faoliyatini baholash tavsiya etiladi. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda Vizavirinni qo‘llash mumkin emas.
Bolalar va o‘smirlarni qo‘shimcha maxsus kuzatish:
Qalqonsimon bezi faoliyatini nazorat qilish. Ribavirin va interferon alfa-2b bilan davolanayotgan taxminan 12% bolalarda TTG darajasini oshishi kuzatilgan, 4% bolalarda TTG ni tranzitor pasayishi aniqlangan. Interferon alfa-2b bilan davolashni boshlashdan oldin TTG darajasini aniqlash kerak. Bu vaqtda aniqlangan tireoid faoliyatning biron-bir og‘ishlari an‘anaviy davolash bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Agar TTG darajasini medikamentoz davolash yordamida normal darajada saqlab turishga erishilsa, interferon alfa-2b bilan davolashni boshlash mumkin. Alfa-interferon bilan davolash fonida qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi simptomlari paydo bo‘lganda tireoid statusni aniqlash va tegishli davolashni o‘tkazish kerak. Bolalar va o‘smirlarda har 3 oyda qalqonsimon bezi faoliyatini (masalan, TTG darajasini aniqlash) nazorat qilish kerak.
S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan pasientlarda qo‘llanishi.
Mitoxondrial toksiklik va laktosidoz.
S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan va teskari transkriptazaning nukleozid ingibitorlari (NRTI) (ayniqsa ddI va d4T) bilan bir vaqtda davolayotgan pasientlarni interferon alfa-2b/ribavirin davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ribavirin yuborilganda mitoxondrial toksiklik va laktasidoz markerlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Xususan:
Avj olib boruvchi jigar sirrozi bilan kechuvchi S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan pasientlar orasida jigar dekompensasiyasi.
YUFARD (yuqori faol antiretrovirus davolash) olayotgan avj olib boruvchi jigar sirrozi bilan kechuvchi ko-infeksiyalangan pasientlar jigar dekompensasiyasi yoki o‘limni yuqori xavfiga duchor bo‘lishlari mumkin. Alfa-interferonlar yoki ribavirin bilan majmuaviy qo‘shimcha davolash bu xavfni oshirishi mumkin.
Antiretrovirus va gepatitga qarshi davolanayotgan ko-infeksiyalangan pasientlarni davolash vaqtida Chayld-Pyu tasnifiga oid ballar bo‘yicha baholab, sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Jigar dekompensasiyasi avj olib boruvchi pasientlarda gepatitga qarshi davolashni darhol to‘xtatish va ularni antiretrovirus davolashni qayta baholashni o‘tkazish kerak.
S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan pasientlar orasida gematologik anomaliyalar.
S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan va peginterferon alfa-2b/ribavirin va YUFARD bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlar faqat S gepatiti bilan infeksiyalangan pasientlarga nisbatan yuqori xavf (neytropeniya, trombositopeniya va anemiya kabi) ostida bo‘lishlari mumkin. Ularning ko‘pchiligi pasaytirilgan dozada davolanishlari mumkinligiga qaramasdan, pasientlarning ushbu guruhida gematologik ko‘rsatkichlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
CD4 soni past bo‘lgan pasientlar.
S gepatiti virusi/OITV ko-infeksiyalangan va CD4 soni bir mkl a 200 xujayradan kam bo‘lgan pasientlar orasida samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha cheklangan (N=25) ma‘lumotlar mavjud. Shunday qilib, CD4 soni past bo‘lgan pasientlarni davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (ko-infeksiyani davolaganda antiretrovirus preparatlarni birga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga qarang).
Keksa yoshdagi (≥65 yosh) shaxslarda qo‘llanishi
Ribavirin farmakokinetikasini yoshga aniq bog‘liqligi yo‘q. Lekin, boshqa pasientlar kabi Vizavirin bilan davolashni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini baholash tavsiya etiladi.
18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi. Vizavirin kapsulalarda 3 yosh va undan katta bolalarda interferon alfa-2b/peginterferon alfa-2b bilan majmuada qo‘llanishi mumkin. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Ribavirinni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Majmuaviy davolash haqidagi qarorni kasallikni avj olishini (jigarda yallig‘lanish jarayoni faolligi va fibroz) ham, virusologik javob rivojlanishi uchun prosnostik omillar, HCV-genotip va virusli yuklamani ham hisobga olib, har bir alohida qabul qilish kerak. Davolashdan kutilayotgan foydani baholaganda shuningdek bolalar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda olingan ma‘lumotlarga asoslanish kerak. Ribavirinni pegilirlangan yoki interferonning boshqa turlari (masalan, alfa-2b emas) majmuasi bu toifadagi bemorlar uchun baholanmagan.
Dental va periodontal buzilishlar. Ribavirin va interferonalfa-2b yoki peginterferonalfa-2b bilan majmuaviy davolangan pasientlar orasida dental va periodontal buzilishlar rivojlanishi haqida xabar berilgan. Qo‘shimcha ravishda, og‘izni qurishi . Ribavirin va interferonalfa-2b yoki peginterferonalfa-2b bilan uzoq muddatli majmuaviy davolash vaqtida tishlar va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga shikastlovchi samara ko‘rsatishi mumkin. Pasientlarga tishlarni kuniga 2 marta sinchkovlik bilan tozalash va vaqti-vaqti bilan stomatologik ko‘rikdan o‘tish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ayrim pasientlarda qusish kuzatilishi mumkin, undan keyin pasientlar og‘iz bo‘shlig‘ini sinchkovlik bilan chayishlari kerak.
Laborator tekshiruvlar. Barcha pasientlar uchun davolashni boshlashdan oldin standart gematologik test, qonning biokimyoviy tekshiruvi (shu jumladan, gemoglobin darajasi va neytrofil leykositlari va trombositlar sonini aniqlash) va qonning kimyoviy tahlilini (shu jumladan, AST, ALT, bilirubin va siydik kislotasi darajasini aniqlash) o‘tkazish kerak.
Vizavirin bilan davolashni boshlashga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanuvchi dastlabki darajadagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Gemoglobin Kattalar: ≥12 g/dl. (ayollar), ≥13 g/dl. (erkaklar)
Bolalar va o‘smirlar: ≥11 g/dl. (ayollar),
≥12 g/dl. (erkaklar)
Trombositlar ≥100000/mm3
Neytrofillar soni ≥1500/mm3
Laborator baholashni davolash vaqtida 2, 4 haftada va shundan keyin klinik ko‘rsatmalarga qarab vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladi.
Davolash vaqtida RNK-VGS tekshiruvini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish kerak.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar
Davolanayotgan ayollar davolashning butun davri davomida va davolash to‘xtatilgandan keyin 4 oy davomida har oyda homiladorlikka test o‘tkazishlari kerak. Jinsiy sheriklari davolanayotgan – ayollar davolashning butun davri davomida va davolash to‘xtatilgandan keyin 7 oy davomida har oyda homiladorlikka test o‘tkazishlari kerak.
Kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Vizavirinning har bir kapsulasi 40 mg laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarda Vizavirinni qo‘llash mumkin emas.
Embriotoksik va teratogen ta‘sirlar
Ribavirin xujayra ichida to‘planadi va organizmdan juda sekin chiqariladi, shunday qilib, spermada to‘planishi va odam embrioni/homilasiga unga xos bo‘lgan terotogen yoki genotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Dori vositasini avtomobil yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi.
Davolash fonida toliqish, uyquchanlik yoki ongni chalkashishi paydo bo‘lgan pasientlar avtomobil yoki murakkab texnikani boshqarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ribavirin bilan davolash vaqtida dozani oshirib yuborilishining jiddiy simptomlari aniqlanmagan. Noxush ko‘rinishlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan va davolashni bekor qilishni talab etmagan.
Dori vositasining dozasi oshirib yuborilganda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lgan hollarda hayot uchun muhim a‘zolar faoliyatini monitoringi va pasientning holatini muntazam nazorati ostida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan alyumin folgali (Alu/Alu)kontur uyali o‘ramda.
1, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Salqin, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.